Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi


Oila jamiyatning birlamchi, asosiy bo‘g‘ini



Download 44,17 Kb.
bet2/4
Sana07.07.2022
Hajmi44,17 Kb.
#752796
1   2   3   4
Bog'liq
Qobilova 2

1. Oila jamiyatning birlamchi, asosiy bo‘g‘ini
Kelajak nasllarning qanday insonlar bo‘lib kamolotga etishi oilaga, oila muhitiga, oilaviy ta’lim-tarbiyaga, oila sardorlari bo‘lgan yer bilan xotinning o‘zaro ahil va totuvligiga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlashga to‘g‘ri keladi. Prezidentimiz tomonidan aytilganidek, “Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero oila farovonligi-milliy farovonlik asosidir. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru-oqibat, meh-natsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan.
Oilani jamiyatdan, jamiyatni esa oiladan ayricha holda tasavvur etib bo‘lmaydi, ularning har biri boshqasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu ta’sir va aks ta’sir jarayonida ikkalasi ham rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Bu – cheksiz, uzluksiz jarayondir. Oilaning mustahkamligi, barqarorligi va kamoloti jamiyatga, jamiyatning imkoniyatlariga, oila uchun yaratib bergan shart-sharoitlar, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, madaniy-ma’naviy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq. Basharti, jamiyat, davlat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan nochor, siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ma’naviy zaif bo‘lsa, bu narsa albatta oilaviy munosabatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsat-masdan qolmaydi.
2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oila bobi
Oilaning jamiyat oldidagi nufuzi, e’tibori va ahamiyati, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi kabi masalalarga O‘zbekiston Konstitutsiyasining XIV bobidagi, to‘rtta modda ajratilgan bo‘lib, ularda oilaning jamiyatda tutgan o‘rni va davlat tomonidan muhofazalanishi, fuqarolarning nikohlanishi, ota-onalarning farzandlar va ota-ona-siz qolgan bolalarning huquq va majburiyati qonunan quyidagi tarzda belgilangan: “
63-modda. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi.
64-modda. Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.
65-modda. Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
66-modda. Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar» Oilani mustahkamlashga oid qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari nimalardan iboratligi 1998 yil aprel oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi”da mukammal ifodasini topgan.
Bu tarixiy hujjat demokratiya va yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib o‘z mohiyati va ahamiyati bilan mamlakatimizdagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga, onalik va bolalik huquqlarini himoya qilishga, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan. “Oila kodeksi”dan ko‘zlangan asosiy maqsad “Oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda huquqlarining himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir”.
“Oila kodeksi”ning 2-moddasida oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqliligi mazmun-mohiyati nimalardan iboratligi o‘zining mukammal ifodasini topgan: “Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlari tuzilgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirish va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga etmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi”.

Download 44,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish