Geologiya fanlari universiteti



Download 0,67 Mb.
bet5/9
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#559041
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7.Timur Ernazarov(nivelir)

3-rasm.O’rtadan nivelirlash


O’rtadan nivelirlash.


Nivelir ish holatiga keltiriladi, qarash trubasi dastlab ketingi (nuqtadagi) reykaga vizirlanib, reykadan (a) sanoq olinadi, so’ngra oldingi (B nuqtadagi) reykaga vizirlanib, (b)sanoq olinadi. Keyin (B) nuqtaning (A) nuqtaga nisbatan balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi:
hAB=a-b (5)
Shunday qilib, o’rtadan nivelirlashda nisbiy balandlik ketingi reykadan olingan sanoq bilan oldingi reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo’ladi.
O’rtadan turib nivelirlashda ikkinchi nuqtaning absolut balandligi nisbiy balandlik bo’yicha hisoblashda (9.4) formuladan, asbob gorizonti bo’yicha hisoblashda esa (9.5) formuladan foydalaniladi. Bunda asbob gorizonti quyidagiga teng bo’ladi:
Hi=HA+a (9.6)
Misol.a=1150mm; b=0375mm; HA=256.385 m, deylik. Shunda (B) nuqtaning (A) nuqtaga nisbatan balandligi

4-rasm.Nisbiy balandlikni o`lchash


hAB=1150-0375=+0775mm
bo’ladi. Nisbiy balandlik bo’yicha hisoblaganda B nuqtaning absolut balandligi
HB=256.385+0.775=357.160 m, asbob gorizonti bo’yicha hisoblaganda esa
Hi=256.385+1.150=357.535 m
HB=357.353-0.375=357.160 m
Geometrik nivelirlashda asosan o’rtadan nivelirlash foydalaniladi. O’rtadan nivelirlash mumkin bo’lmagandagina oldinga nivelirlash uslubi ishlatiladi. Oldinga nivelirlashning kamchiligi shundan iboratki, nishab joyning nisbiy balandligi bilan reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo’lganligidan bunda faqat asbob balandligiga tashqari, oldinga nivelirlashda har bir stansiyada asbob balandligini aniq o’lchash zarur bo’lganligidan ish ancha qiyinlashadi va mehnat ko’p sarf bo’ladi. O’rtadan nivelirlashning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  1. Har bir stansiyada reyka balandligiga teng bo’lgan nisbiy balandlikni, ya`ni oldinga nivelrlashdagiga nisbatan kattaroq nisbiy balandlikni o’lchash mumkin;

  2. Har bir stansiyada nivelir balandligini o’lchashning hojati yo’q;

  3. Nivelirning qarash trubasi nivelir bilan reyka orasidagi masofani kattalashtirib ko’rsatganligidan oldinga nivelirlashdagiga qaraganda ikki baravar uzunroq masofani nivelirlash mumkin.

  4. Asbob ikki nuqta orasiga o’rnatilganligidan yer egriligining va atmosfera refraksiyasining ta`siri juda kamayadi.

  5. Asbob nivelirlanayotgan ikki nuqtaning qoq o’rtasiga o’rnatilganda asbob vizir o’qining gorizontal emasligi natijasida ro’y beradigan xatoning ta`siri bo’lmaydi. Bu o’rtadan nivelirlashning asosiy afzalligi bo’lib hisoblanadi. O’lchov asboblarining ishidagi xatoni butunlay yo’qotib bo’lbaganligi singari, qanchalik sinchiklab tekshirilmasin, nivelirning vizir o’qini ham mutloq gorizontal holatga keltirib bo’lmaydi. Shu tufayli oldinga nivelirlashda reykadan (b) sanoq emas, balki sal noto’g’riroq sanoq: b`= b+∆ olinishi mumkin (9.4-rasm, a) bu xato nisbiy balandlikni aniqlash natijasiga ta`sir qiladi. Oldinga nivelirlashda xato (∆) ni yo’qotib bo’lmaydi.

O’rtadan nivelirlashda o’lchash natijasiga bu xato deyarli ta`sir etmaydi. Masalan: qarash trubasi orqadagi reykaga vizirlanib sanoq olinganda ro’y bergan xato tufayli a sanoq o’rniga (a`=a+∆)sanoq, oldindagi reykaga qarab sanoq olinganda esa (b)o’rniga (b`=b+∆) sanoq olinadi (9.4-rasm, b). shu sanoqlardan nisbiy balandlik hisoblab chiqariladi:
h=a`-b (7)
(a`)va (b) lar o’rniga ularning qiymatlari qo’yilsa
h=(a+∆)-(b+∆)
bundan
h=a+∆-b-∆
yoki h=a-b (8)
Shunday qilib, o’rtadan nivelirlashda asbobning vizir o’qi aniq gorizontal bo’lmaganligi sababli reykadan olingan sanoqdagi xato bir-biriga teng bo’ldi, ya`ni har ikkala reykadan olingan sanoqlar bir xil miqdorda o’zgaradi. Natijda ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik to’g’ri aniqlanadi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish