Германия фашистларининг хокимият тепасига келиши ва урушга тайёргарлик кўриши



Download 165 Kb.
bet9/11
Sana09.07.2022
Hajmi165 Kb.
#766297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Numanov boxodir

2. 1871-yildagi Parij kommunasi.
“1871-yilning 26-mart kuni Parijning munitsipial kengashi (Kommuna) ga saylov o‘tkazildi. Unda xalq ommasining keng qatlamlari ishtirok etishdi. Lekin Kommunaning tarkibida turli siyosiy guruhlarning vakillari bor edi. Ayniqsa, neoyakobinchilar, blankichilar, prudonchilarning ta’siri Kommuna Kengashida katta edi.”1 Ular o‘zlarining asosiy maqsadi sifatida monarxistik aksilinqilobchilar xujumi va tashqi dushmandan Fransiyani himoya qilishdan iborat edi. “86 kishidan iborat Kommuna Kengashi tuzildi. Bu kengash o`z a’zolaridan iborat 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi. Vazirlar delegat deb ataldi. Shu tariqa, Parij shahri o`ziga xos kichik bir davlatga aylandi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi.”1 1871-yilning 28-mart kuni ratusha binosi oldidagi maydonda 200 ming kishilik Parijliklar guvohligida milliy gvardiya MK o‘z vakolatini Parij Kommunasiga topshirdi. Kommuna muntazam armiyani va politsiyani qurollangan xalq vakillari – milliy gvardiya bilan almashtirdi. Eski byuroqratik burjua davlat apparatini yangicha ruhdagi xokimyat bilan almashtirdi. Unda quyidan yuqoriga qadar saylash tamoyiliga amal qilinadigan bo‘ldi.
Eng muhimi, hokimyat boshqaruvining barcha bo‘g‘imlari va sud tizimida almashib turish va xalq oldida hisobot berib turish qoidasiga amal qilindi. Kommuna qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimyatni o‘zida mujassam qildi. Uning dekretiga asosan, o‘nta komissiya tuzildi. “Kommuna ijtimoiy – iqtisodiy sohada xalq manfaatlariga mos keladigan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi:
- Cherkov davlatdan ajratildi ;
- Maktablarda dunyoviy bilimlar o‘qitiladigan bo‘ldi;
- Egallari tashlab ketgan korxonalarni boshqarish ishchi assosatsiyalari ixtiyoriga berildi;
- Egalari bor bo‘lgan korxonalarda ishchi anzorati kuchaytirildi;
- Maxsus dekret asosida o‘zboshimcha jarimalar solish bekor qilindi;
- Novvoyxonalarda tungi ishlash taqiqlandi;
- 10 soatli ish kuni joriy etildi;
- Ishsizlar uchun ishga joylash masalalari bilan shug‘ulanadigan byurolar tashkil etildi;
- San’at muassasalari oddiy xalq uchun ochib qo‘yildi;”1
Kommuna o‘z faoliyati davomida ba’zi xatolarga ham yo‘l qo‘yildi: Birinchidan, Parijdan qochib ketgan Ter hukumatini ta’qib qilmadi. Bu esa Terga Kommunaga qarshi kurash uchun zarur kuch to`plab olishga imkon berdi. Natijada, hukumat armiyasi Parijni qamalga olishga muvaffaq bo`ldi;
Ikkinchidan, mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo`llab quvatlamadi. Bu hukumatning kommunachilarni mamlakatni dushman ishg`ol qilib turgan paytda bosh ko`targan isyonchilar deb yuritgan nafratli tashviqotining natijasi edi. Dehqonlarni, Kommuna to`la g`alaba qozonsa, mol-mulkidan ajralib qolishi mumkinligi bilan qo`rqitishga erisha oldi; Uchinchidan, Kommuna davlat xazinasini, banklarni to`la o`z qo`liga olmadi; To`rtinchidan, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo`lmadi; Beshinchidan, Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi;
“Chunonchi, Bismark 40 ming fransuz askar va zobitlarni asirlikdan bo`shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi. Tashabbusni o`z qo`liga olgan hamda Germaniyadan katta yordam olishga erishgan Tyer Kommunani tor-mor qilishga qaror qildi. Parij Kommunasining qisqa 72 kunlik faoliyati g‘oyat murakkab sharoitlarda davom etdi. Versal shahri Kommunalarga qarshi kurash markaziga aylandi.”1 U yerdagi qora kuchlarni Germaniya quvvatlab turdi. Natijada yaxshi qurollangan muntazam armiya tashkil etildi. 2-aprel kuni verselchilar Kommunalarga qarshi xujum boshlaydi. Kommunalar fidoyilik bilan mudofaa janglarini olib borishdi. Lekin xarbiy kuchlar nisbat teng bo‘lgani sababidan kommunalar mag‘lub bo‘lishdi. Ayniqsa 21-maydan e’tiboran shiddatli janglar Parijning har bir metr eri uchun bordi. Hukumat armiyasi 21- may kuni hujumga o`tdi va beparvolik tufayli himoyasiz qoldirilgan Sen Klu darvozasi orqali shu kuni Parijga kirib keldi.
Kommunachilar mardona jang qildilar. Biroq, kuchlar noteng edi. 28 may kuni Kommunaning so‘nggi barrilsadasi taslim bo‘ldi. Verselchilar Kommunalardan shafqatsizlik bilan o‘ch ola boshlaydi. Shiddatli janglar mobaynida 30 ming odam xalok bo‘ldi. 50 ming kishi qamalda va 14 ming odam katorgelarga surgun qilingan. Bular orasida minglab xotin-qizlar va 650 bola bor edi. Shu tariqa, 72 kun yashagan Kommunaga xotima berildi. Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari hokimiyat bilan fuqarolarning o`zaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi zarurligini istbotlab berdi.
Xulosa tarzida aytish mumkinki, Kommunachilarning faoliyati davomida Fransuz xalqiga xos bo‘lgan eng ezgu xislatlar yaqqol ko‘rindi. Kommunarlar hayot – mamot jangini olib borayotgan bir sharoitda 10-may kuni (1871) Ter Frankfurut shahrida to‘la ma’nodagi sulx shartnomasini Germaniya bilan imzoladi. Unga asosan, Fransiya 5 millyard frank miqdorida tovon to‘lashi haqidagi majburiyatni o‘z zimmasiga oldi. O‘sha ulkan mablag‘ to‘langunicha, nemis qo‘shinlari Fransiyaning Shimoliy – Sharqiy qismini ishg‘ol qilib turadigan bo‘ldi. Sulh shartnomasi Millat majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinguncha nemislar o‘z qo‘shinlarini Parijda saqlab turishga kelishishib oldi.
Uning ustiga Fransiya iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Elzas va Lotaringiya viloyatlaridan ajraldi. “Ayni paytda, 28 ta qal’a Germaniya tasarrufiga o‘tdi. Bu talonchilik shartnomasining tasdiklanishiga erishish hamda hokimiyat tepasida mustahkamlanib olish uchun hukmron doiralar shosha-pisha Millat majlisiga saylov o‘tkazdilar. Mamlakat aholisining asosiy kismini tashkil etgan dehqonlarning qoloqligi monarxistlarning Millat majlisida ko‘pchilik bo‘lib olishlariga imkon berdi. Bu ko‘pchilik reaksion hukumat tuzdi. Hukumatga revolyutsiyaning ashaddiy dushmani bo‘lgan A. Tyer boshchilik kildi. Tyer hukumati Parijni o‘z rezidensiyasi qilib olib, Germaniyaning hukmron doiralaridan qo‘llab-quvvatlash haqida va’da oldi va revolyutsion harakatni bostirish uchun kuch to‘play boshladi. Mana shu tarzda Fransiya – Prussiya urushi natijasida Germaniya imperiyasi tashkil topdi.”1
Bu davrdagi siyosiy jarayonlar avvalgi kurashning bevosita davomi edi. Agar eslasak, 1871 yilning boshlarida Fransiya o‘z tarixidagi g‘oyat murakkab va ziddiyatli voqealarni boshidan kechirdi. Parij qamal holatida turgan bo‘lishiga qaramay, Millat majlisiga saylovlar 1871-yilning 8-fevralida o‘tkazildi. Parlamentdagi 630 ta deputatlik mandatining 400 tasini monarxiyachilar egalladi. “Garchand 1870-yilning 4-sentyabrida xalq qo‘zg‘oloni tufayli Fransiyada respublika tuzumi e’lon qilingan bo‘lsa-da, Milliy majlisdagi ko‘pchilik o‘rinlarni monarxiyachilar egallashgan. Respublikachilar parlamentda ozchilikni tashkil qilishgan. Ular turli oqimlarga mansub edilar, go‘yo mamlakatda “respublikachilarsiz respublika mavjud edi”. Monarxiyachilar guruhi siyosiy hokimiyat uchun kurashishdi.
1. Ligitimistlar.
2. Burbonlar.
3. Bonopartchilar.
Ligitimistlar-Burbonlar sulolasining nomzodi Karl X ning nabirasi graf Shamborni quvvatlashsa, orleanchilar sulolasiga mansub monarxiyachi deputatlar Lui Filippning nabirasi graf Parijskiyni quvvatlashdi. Monarxiyachi deputatlar o‘rtasidagi kurashdan Ter ustalik bilan foydalandi. U 1871- yilning 31-avgust kuni Fransiya prezidenti etib saylandi. Mamlakatda chiqarilgan ichki zayomlar evaziga qisqa muddat oralig‘ida 1873 -yilning martiga qadar Germaniyaga 5 milliard frank miqdoridagi tovon puli to‘landi. Tyer Fransiyada konservativ respublika tuzumini amalda saqlanishiga majbur bo‘ldi. Ter monarxiyani tiklashga jur’at etolmadi va monarxiyachilar ishonchini oqlamadi.”1 Mana shu tarzda Tyer monarxiyachilarning ishonchini oqlay olmaganligi uchun Tyer 24-may (1873y) iste’foga chiqarildi. Shundan so‘ng, Burbonlarga mansub Mak Magon o‘sha yilning may oyida respublika prezidenti lavozimini egalladi. 1873-yilning noyabrida monarxiyachilarning xoxishi bilan prezidentlik vakolati 7 yilga cho‘zildi. Mak Magon mamlakatdagi “ahloqiy tartiblar”ni tiklash maqsadida davlat maxkamalaridagi amaldorlarni monarxiyachilar bilan almashtirdi. O‘sha davrdagi Fransiyani istehzo bilan “Gersoglar respublikasi” deb atalgan. 1875-yilning 21- yanvarida Fransiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unda davlat tuzumining shakli haqida so‘z ketganda, “Respublika” atamasi ishlatiladi. Faqat bir ovoz farqi tufayli (353 qarshi 352) konstitutsiya qabul qilindi. Germaniyaning “yuqoridan” va Prussiya monarxiyasi boshchiligidagi birlashishi yakunlandi.
“Frankfurt shartnomasi Veralda imzolangan shartnomaning asosiy shartlarini tasdiqladi. Umuman, shartnomaning shartlari iqtisodiy, siyosiy va harbiy jixatdan Fransiyani zaiflashtirdi va Germaniyani kuchaytirdi. Fransiya-Prussiya urushi davrida Rimda joylashgan va papani qo‘llab-quvvatlagan fransuz korpusi vataniga chaqirib olindi; Papa viloyati Italiya bilan birlashdi - Italiyaning birlashishi yakunlandi.”1 Urush lokal tarzda bo‘lib o‘tadimi yoki boshqa davlatlar ham bu urushga aralashishadimi? Bunday asosiy muammo fransuz va prus diplomatlari oldida turar edi. Fransuz hukumati Avstriya-Vengriya va Italiyaning ko‘magini qo‘lga kiritishga intilardi; pruss hukumati esa ularning betarafligiga erishmoqchi edi. Avstriya-Vengriyaning urushga kirishi yoki betarafligi masalasining hal etilishida Rossiyaning munosabati eng katta ahamiyatga ega edi.
Ikkinchi imperiya 60-yillarda Sharqda Rossiyaga qarama-qarshi harakatlar olib borar edi. Parij-Rim koalitsiyasi siyosati Fransiya tomonidan davom etardi. Bundan tashqari, Napoleon III rus-polyak ishlariga (1863-yil Polshadagi qo‘zg‘olon) aralashishga urinardi. Prussiyaning urushda Fransiyadan mag‘lubiyati Avstro-Vengriyaning kuchayshiga olib borardi. Bu holat ham Peterburgda inobatga olinardi. Barcha omillarni inobatga olib, rus podshohi, Avstriyaning urushga aralashgan taqdirda, Prussiyaga harbiy yorda ko‘rsatish va’dasini berdi. Bundan tashqari, fransuz armiyasining Sedandagi mag‘lubiyatidan so‘ng Avstriyaning urushga aralashuvi to‘g‘risidagi masala kun tartibidan olib tashlandi.
Ikkinchi imperiya siyosati Italiyaning birlashishiga to‘sqinlik qilardi va ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga imkoniyat bermasdi. Ikkinchi tomondin, Italiya Fransiyadan moliyaviy jihatdan qaram edi. Shuning uchun, Italiya hukumati Napoleon III bilan munosabatlarni keskinlashtira olmasdi. Oxiriga kelib, Italiyaning tashqi siyosiy munosabatini Sedan belgilab berdi. Fransuz armiyasining halokatidan so‘ng, Fransiyaga yordam berish rejalari chetga surib tashlandi. “Angliyaga to‘xtalsak, Gladston hukumati qit’adagi urushga aralashishga intilmasdi. Ikki urushayotgan tomondan Belgiya betarafligini saqlash tasdig‘ini olish bilan ingliz hukumati kifoyalandi. Angliyaning hukumat doiralari kuchli dengiz va mustalakachi davlat-Fransiyaning zaiflashuvidan manfaatdor edi.”1 Fransiya-Prussiya urushi XIX asrning oxirgi choragidagi xalqaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib berdi. Yevropaning siyosiy xaritasida qudratli Germaniya imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu davlat kuchli va yirik harbiy, sanoat va moliyaviy salohiyatga ega edi. Fransiya-Prussiya urushining muhim xalqaro ahamiyatga ega natijasi sifatida Italiya birlashishining yakunlanishi namoyon bo‘ldi. Bu buyuk davlat O‘rta yer dengizi xavzasida Fransiyaning raqibi bo‘lib qoldi. “Avstriya-Vengriya, o‘z navbatida, urushidagi mag‘lubiyati uchun revansh olish g‘oyasidan voz kechib, Germaniya bilan yaqinlashishiga qaror qildi. Germaniya iqtisodiy qudratining tez kuchayishi va uning mustamlakachilik ekspansiyasi maydoniga chiqishi ingliz-german ziddiyatlarning keskinlashuvini muqarrar qilib qo‘ydi.”2
Shunday qilib, Fransiya-Prussiya urushi va Germaniya imperiyasining tashkil topishi Yevropada kuchlarning qayta guruhlanishiga olib keldi va xalqaro vaziyatni keskinlashtirdi. Germaniya imperiyasining asoschisi va uning birinchi kansleri Otto fon Bismark Germaniya boshchiligida harbiy-siyosiy koalitsiya (ittifoq) tuzishga intildi. Bundan asosiy maqsad Fransiyani yakkalab qo‘yish va keyinchalik unga qarshi yangi urush uchun qulay diplomatik sharoit yaratish edi. Fransiyaga qarshi Bismarkning tashqi siyosati “Uch imperator” ittifoqini (Rossiya, Avstriya-Vengriya, Germaniya) 1873-yilda tashkil etishida namoyon bo‘ldi. Fransiyani ehtimoliy ittifoqchilar sifatida Rossiya va Avtsriya-Vengriyadan mahrum etish uchun Bismark Yevropada “tartibni” mustahkamlashda monarxik birdamlik qilish g‘oyasidan foydalandi. “Uch imperator” ittifoqi 1887- yilgacha umr ko‘rdi. Bu paytga kelib Avstriya-Rossiya va Germaniya-Rossiya ziddiyatlari yangi kuch bilan keskinlashib ketdi. Rossiyaning “Uch imperator”ittifoqiga kirishi yangi german tajovuzi paytida Fransiyani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi emasdi. Rossiya Fransiyaning yanada zaiflashuvidan manfaatdor emasdi. “Yevropada kuchlar muvozanatini” saqlab qolish siyosatini olib borgan Angliya ham harbiy Yevropada bitta buyuk davlatning (Germaniyaning) ustivorligi o‘rnatilishiga qarshi edi. Aynan Rossiya va Angliyaning pozitsiyalari (mavqei) 1875-yilda Bismarkka Fransiyaga qarshi yangi urush ochishga to‘sqinlik qildi.”1



Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish