Германия фашистларининг хокимият тепасига келиши ва урушга тайёргарлик кўриши



Download 165 Kb.
bet1/11
Sana09.07.2022
Hajmi165 Kb.
#766297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Numanov boxodir


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog‘langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni ko‘proq o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmoqda. Bu esa, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy g‘oyalarga sodiq va yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan fuqaroni shakllantirish sohasidagi pedagogik intilishlarning asosini tashkil etadi. Buning uchun o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish va kafolatlangan natijaga erishishni ta’minlash lozim.
Bugungi kunda “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!” degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan.1
XIX asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tarixini, shu jumladan ko‘p asrlar mobaynida Yevropa va jahondagi xalqaro munosabatlarda, xalqaro xo‘jalik tizimida muhim rol o‘ynab kelayotgan, dunyo sivilizatsiyasida o‘z o‘rniga ega Fransiyaning tarixini o‘rganish, kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyotida bu davrning ahamiyatini tadqiq qilish bizning kurs ishimizning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
Ma’lumki, 1870-1880 yillarda G‘arbiy Yevropada iqtisodiy taraqqiyot va siyosiy kurash yangi, misli ko‘rilmagan bosqichga ko‘tarildi. Bu bosqich fan va texnikaning muhim yutuqlarga erishganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda esa mamlakatlar taraqqiyotida yirik o‘zgarishlar bo‘lganligi bilan xarakterlarnadi. Bu vaqtga kelib G‘arbiy Yevropada nemis va italyan davlatlarida birlashish jarayoni nihoyasiga etib Germaniya imperiyasi va Italiya qirolligi vujudga keldi. Avstriya imperiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Angliya “dunyo ustaxonasi” dan chet elga kapital chiqaruvchi yirik kreditorga aylana bordi. Rus davlatida krepostnoylik huquqi bekor qilinib, keng iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar davri boshlandi. Turkiya imperiyasi tarkibiga kirgan. Bolqon yarim oroli davlatlarida milliy-ozodlik harakati avj oldi. AQSH da fuqarolar urushi yakunlanganidan so‘ng janubiy shtatlarni Rekonstruksiya qilishga kirishildi. Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi hamda Tinch okean havzasi mustamlakalarga aylantirilishi tezlashdi. Yirik mustamlakalar esa diniy dominion huquqini qo‘lga kiritdi. O‘rganilayotgan davrda fan va texnika rivoji kapitalistik ishlab chiqarishning tobora ko‘proq konsentratsiyalashuviga ta’sir qildi. Yirik korxonalarning vujudga kelishi, potok konveyer jarayonining joriy qilinishi, turli xil texnologik uskunalarning, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilganligi, energetika, metallurgiya, metallga ishlov berish, tog‘-kon ishi, ximiyaviy texnologiya, qurilish, transport, aloqa, temir yo‘llar qurilishi, bug‘ mashinalari, turbinalar, ichki yonuv dvigatellaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan yangi texnikalarning ixtiro qilinishi biz o‘rganayotgan 70-80 yillarning xususiyatlarini belgilab berardi. Fan va texnika taraqqiyoti hayotiy zaruratga aylanib, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish borasida raqobatning kuchayishi yangidan-yangi texnik vositalarni ixtiro qilish va ishlab chiqarishga tadbiq etish zaruratini keltirib chiqardi.
Fransiya xususida nima deyishimiz mumkin?
Avvalo Fransiya II-imperiya davrida boshidan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy voqealarni kechirdi. 1851 yil dekabr davlat to‘ntarishi, Rim papasi hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash, katolik mazhabiga mansub janubiy nemis davlatlariga ta’sir o‘tkazish, keng ko‘lamli mustamlaka urushlari olib borish va birlashgan nemis davlatlari bilan 1870-1871 yillarda olib borilgan urush harakatlari shular jumlasidandir. Biz ayniqsa ikki siyosiy voqeaga – 1851 yil dekabrda respublika tuzumini ag‘darilishiga va 1870 yil sentyabrda respublika idora usulini tiklashiga tarix fanidan juda katta e’tibor berilganligini o‘z mvzuimizni o‘rganish borasida guvoxi bo‘ldik.
Fransiyaning siyosiy – ijtimoiy hayotining etmish yilga yaqin davrini o‘ziga qamrab olgan salkam o‘n yillik-1870-1880 yillar – tarixini o‘rganishda biz avvalo Fransiyaning Prussiya bilan bo‘lgan urushdan so‘nggi davrdagi iqtisodiy va siyosiy hayotiga nazar solishga urindik.
1870-1871- yillardagi nemis davlatlari bilan bo‘lgan va Germaniya imperiyasining tashkil topishiga hamda Fransiyada davlat tuzumining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan urush mamlakatga 13 milliard frank ziyon etkazdi. Bundan 5 milliard oltin frank kontributsiya to‘langunga qadar nemis qo‘shinlarining Fransiya hisobidan uning hududida qolishi yana katta sarf-harajatlarga sabab bo‘ldi.
Fransiya kontributsiyani muddatidan ilgari, 1873 yilning sentyabridayoq to‘lab bo‘ldi. Iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari 1873, 1874, 1882 yillardagi iqtisodiy inqirozlar davrida ham sezilarli ravishda pasaymadi.
Siyosiy hayot esa II-imperiyaning qulatilishi va davlat idora tuzumini belgilash bilan xarakterlandi. Fransiya-Prussiya urushi Yevropa siyosiy tarixiga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta oqibatni keltirib chiqardi. Birinchisi – Fransiyada II-imperiya qulatilib, Parij Kommunasi va III-respublika paydo bo‘lishi. Ikkinchisi – Prussiya Gegemonligida va Avstriyaning ishtirokisiz yagona Germaniya imperiyasining vujudga kelishi. Nihoyat, uchinchisi – Italiya qirolligiga Papa viloyatining qo‘shib olinishi, Rimdan Papani qo‘llab-quvvatlab turgan fransuz qo‘shinlarining olib chiqilishi va poytaxti Rim shahri bo‘lgan Italiya qirolligining tashkil topishi. Ushbulardan biz Milliy majlisda ko‘p bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan davlat tuzumi to‘g‘risidagi masalaga to‘xtalib o‘tdik. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Milliy majlisda monarxiya tarafdorlari deputatlarning aksariyati (730 deputatdan 400 ga yaqini) tashkil qilardilar. Ular uch oqimga – legitimchilar, orleanchilar va bonapartchilarga bo‘linishgan. Ushbu oqimlarning deputatlari qaysi ijtimoiy qatlamlar manfaatlarini himoya qilganliklari, Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish va qabul qilishda qay tariqa ishtirok etganliklarini o‘rganib chiqdik.
1875 yilda qabul qilingan Konstitutsiya mamlakatda respublika idora usuli uzil-kesil qaror topganligini, monarxiyani tiklash bundan buyon mumkin bo‘lmaslgini, Fransiya ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotda respublika tuzumidan ortga qaytmasligini isbotladi. Iqtisodiy-taraqqiyot xususiyatlari Germaniya, Angliya, AQSH kabi davlatlar taraqqiyotiga hamohangdir. XIX asrning so‘nggi 30-yilligi tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarish 56 martaga, qayta ishlash sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish uch baravar oshdi. Fransiyada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 10 foizdan 7 foizgacha,tashqi savdodagi hissasi 10 foizdan 9 foizga qisqardi. Iqtisodiy rivojlanishda Fransiya qabul qilgan qonunlari, ta’lim, maorif, din sohasida o‘tkazgan islohotlari iqtisodiy inqirozlar yuz bergan hollarda ham o‘z samarasini berdi.
Biz o‘z kurs ishimizda fransuz kapitalining sudxo‘rlik xarakteriga ega bo‘la borishini yoritdik. Bank kapitali mujassamlashgan uch yirik bankdan biri “Milliy xisob-kitob kontorasi” (yangi tipdagi banklar shunday deb atala boshlandi) ning tashkiliy tizimi o‘ziga xos edi. Bank kapitalining uchdan bir qismi hissadorlarga, yana shunchasi munitsipalitetlarga hamda qolgan yana uchdan biri davlat xazinasiga tegishli edi. Kapitalning markazlashuvi ortib borib, banklar Fransiyadagina emas, balki undan tashqarida ham ko‘plab yirik sanoat korxonalari faoliyatini o‘z nazoratiga oldilar. Yirik monopoliyalalar bilan birgalikda moliya olitarxiyasi ham o‘sib bordi.
Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi, aholining ko‘pgina qatlamlarining qashshoqlashuvi, iqtisodiy inqirozlar, tashqi va ichki siyosatining dolzarb muammolari Fransiyani o‘ziga ittifoqchi qidirishga majbur qildi. Fransiya chetga kapital chiqarishda eng avval o‘ziga shunday davlatlarni tanladiki, ular fransuz sarmoyalariga muhtoj edilar, ayni paytda Fransiya bilan ayrim masalalar bo‘yicha hamfikr ham edilar.
Fransiya tarixini tadqiq qilish unga bo‘lgan qiziqishni orttirishi shak-shubha uyg‘otmaydi. 1870-1880 yillardagi taraqqiyot masalalarini o‘rganganimizda biz bunga yana bir bor ishonch hosil qildik. Ayniqsa Yevropaning iqtisodiy jihatdan ravnaq topgan, siyosiy jihatdan barqaror (mana yarim asrga yaqin vaqtdan buyon bu yerda V-respublika mavjud bo‘lib kelmoqda), jahon madaniyati va xalqaro munosabatlarda o‘zining o‘rniga ega bo‘lgan Fransiyada konstitutsiya joriy qilinishi, monarxiyaning tiklanishi uchun shart-sharoitlarning barham topishi, aholi qatlamlari ijtimoiy va siyosiy faolligining oshishi, turli partiyalar va siyosiy guruhlar o‘rtasidagi kurashlarning tarixini o‘rganishda biz uchratgan ma’lumotlar va faktlar o‘quvchida tarixga, xususan Fransiyaning XIX asrning ikkinchi yarmidagi tarixiga ixlos uyg‘otadi, deb o‘ylaymiz. Fikrimizcha, o‘z tarixini chuqur bilgan inson boshqa mamlakatlar tarixini o‘rganib, bilimlarini boyitib borsagina ichki va xalqaro hayotning joriy voqealarini tahlil qila oladi, ommaviy axborot vositalari xabarlarini davrlarga bog‘liq ekanligini anglaydi, chunki tarixni bilish kelajakka bo‘lgan yo‘lni doimo yoritib turadi.

Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish