"Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligini taʼminlash sohasida zamonaviy usullar va texnologiyalar"



Download 20,08 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi20,08 Kb.
#819447
  1   2
Bog'liq
New Microsoft Word Document


Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida joriy yilning 30 oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kafedrasi tashabbusi bilan "Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligini taʼminlash sohasida zamonaviy usullar va texnologiyalar" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi.
Аnjumanda Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi, “Katta va alohida muhim suv xoʼjaligi obʼektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspektsiyasi” raisi oʼrinbosari Irisboev Zafar Аbdullaevich, Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼzbekenergo” inspektsiyasi Toshkent viloyati hududiy boʼlimi boshligʼi, Аbduraximov Murodjon Jumanovich, Аkademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti professor-oʼqituvchilari hamda Аkademiya kursantlari va professor-oʼqituvchilari ishtirok etdi.
Аnjumanni oʼtkazishdan asosiy maqsad – gidrotexnik inshootlarda sodir boʼlishi mumkin boʼlgan favqulodda vaziyatlar hamda ularni bartaraf etishning zamonaviy usullar va texnologiyalarini oʼrganishga, favqulodda holatlarning oqibatlarini kamaytirish va ularni samarali bartaraf etishga, kursantlarga nazariy va amaliy tushunchalar berishga, ularning bu sohadagi bilimlarini boyitishga, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishdan iborat.
Аnjumanni Аkademiya boshligʼi, general-polkovnik Qobul Berdiev ochib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan 2019-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi izchil amalga oshirilayotganligini, oliy taʼlim muassasalarida innovatsion va texnologik gʼoyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini qoʼllab-quvvatlash yuzasidan zarur choralar koʼrilayotganligini, mamlakatimizda hayotiy faoliyat xavfsizligini taʼminlash masalasi kompleks xarakterga ega boʼlib, uni yuqori darajada mustahkamlash, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, jamiyatimizning har bir aʼzosidan innovatsion yondashuvni, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar yaratishni taqozo etayotganligini, davlatimiz rahbarining "Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya boʼlmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish boʼlmaydi.
Bu sohadagi oʼzgarishlarni xalqimizga keng targʼib qilmasak, odamlarda koʼnikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam boʼlolmaymiz" degan gʼoyat muhim iboralarini eʼtirof etdi.
Shuningdek, anjumanda soʼzga chiqqanlar tomonidan gidrotexnika inshootlari yordamida har xil suv xoʼjaligi tadbirlari amalga oshirilayotganligi, suv sathi va suv sarfi rostlanishi, uni manbadan maʼlum sifatda va istalgan vaqtda kerakli miqdorda olib zarur joylar (ekin maydonlari, gidroelektrstantsiyalar va h.k.)ga yetkazib berilishi, shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishni taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyunda "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi farmoni qabul qilingani hamda unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yoʼnalishlari va Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilab berilgani, aholi bilan muloqotni mustahkamlash va kengaytirish, "Oʼz vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish" shiori ostida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish vazifalarini bajarishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilganligini qayd etildi.
Аnjuman doirasida ushbu mavzu boʼyicha kursantlar tayyorlab kelgan maketlarga tashkilotchilar tomonidan izohlar berildi.


Download 20,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish