Gippermatn va Multimedia haqida umumiy tushuncha 4



Download 1,76 Mb.
bet1/4
Sana18.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#457075
  1   2   3   4
Bog'liq
Gippermatn va Multimedia haqida umumiy tushuncha 2

Mundarija


KIRISH 3
Gippermatn va Multimedia haqida umumiy tushuncha 4
Gippermatn va multimedia vositalaridan foydalanib elektron o‘quv materiallar tayyorlash. 14
Dars jarayonida elektron o‘quv qo‘llanmalar va elektron didaktik materiallar ahamiyati. 22
XULOSA 27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 28


KIRISH


Hozirgi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Respublikamizning deyarli barcha sohalarini keng qamrab olishi natijasida ulardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Yildan-yilga axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanib va mukammallashib bormoqda. Hozirgi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilimlariga ega bo‘lish zamon talabiga aylandi.Bunga sabab axborot-kommunikatsiya mahoratiga ega bo‘lgan kadrlarga talab kundan-kunga ortib borayotganligidir. Bu borada Respublikamiz Prezidenti shunday deydi: “Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog‘liq”
O‘quv adabiyotlarining yangi avlodi orasida elektron o‘quv adabiyotlari alohida o‘rin egallaydi. Elektron o‘quv adabiyotlar-zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbadir. Bu adabiyotlar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirish, dastlabki bilimlarni rivojlantirish, chuqurlashtirish qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq mustaqil bilim olishda foydalaniladi.
Kurs ishida “Gippermatn va multimedia vositalaridan foydalanib ta’lim resursi yaratish haqida ma’lumot va ko‘rsatmalar keltirilgan.

Gippermatn va Multimedia haqida umumiy tushuncha


1960 yillarning oxirida Ted Nelson ismli olim gippermatn tushunchasini yaratdi. Bu konsepsiya butun olam to‘rining asosini tashkil etadi. Unda xujjatlar va sahifalar orasida bog‘lanishlar ko‘zda tutilganligini alohida ta‘kidlab o‘tish kerak Nelson axborotni o‘rganishning yangi usulini taklif qildi. U o‘quvchiga ma’lumotlarni kitobdagi kabi ketma-ket joylashgan tarzda emas, balki o‘quvchiga qulay bo‘lgan va zarurat tug‘ilganda turli joylarda joylashgan sahifalarga ham o‘ta olish imkoniyatiga ega bo‘lgan tarzda tasvirlashni xoxlagan edi. Bu usulda kitobni boshidan oxirigacha o‘qish va axborotni ketma-ket o‘zlashtirish o‘rniga o‘quvchi o‘zi tushunmagan biror so‘zni ajratib olishi va bu so‘z haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.
Nelson o‘zi taklif etgan usulni quyidagicha tasavvur qilgan edi. Masalan, konstitutsiyani o‘qib turib saylov tizimi tushunchasiga duch keldingiz, shu erdan boshqa xujjatni ochib, saylov tizimi qanday ishlashi haqidagi batafsil ma’lumotlarni olasiz.U yerdan saylov tizimining tashkil etilgan paytidan hozirgi
kungacha bo‘lgan tarixi aks etgan xujjatga o‘tasiz. Bu xujjatdan sobiq prezidentlardan birining tarjimai holiga o‘tdingiz.. Bu esa hozirgi kunda internetda foydalaniladigan gippermatnning o‘zginasidir. Tim Berners-Li olimlar tarmoq orqali o‘z ilmiy ishlarini tarqatishlarining oson usulini yaratish haqida o‘ylaganda ham, balki shu narsalar uning hayolidan o‘tgandir. Uning maqsadi, olimlarning izlanishlari haqidagi xujjatlarning biridan ikkinchisiga o‘tish va ularning ishlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradigan tizimni yaratish edi. Shu tariqa gippermatn dunyoga keldi.
Gippermatn deganda tarmoq tashkil etuvchi hamda o‘zaro bir-biriga yo‘naltirilgan bog‘lanishlarni birlashtiruvchi axborot obyektlarining (bo‘limlarining) tizimini tushunadilar. Har bir obyekt ekranning axborot paneli bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bog‘lanishlardan birini foydalanuvchi panelidan asosiy ravishda tanlashi mumkin. Obyektlar albatta matnlardan iborat bo‘lishi shart emas, ular grafik, musiqa, multiplikatsiya, audeo va videotexnika vositalarini ishlatgan bo‘lishi mumkin. Gippermatnlarga ishlov berish, odatdagidan sifati bilan farq qiluvchi, axborotni o‘zlashtirishning yangi imkoniyatlarini ochib berdi. Gippermatn texnologiyasi qidiruv kalitining mosligi bo‘yicha axborotni qidirish o‘rniga bir axborot obyektidan boshqasiga o‘tish ular ma’nosining, semantikasining bog‘liqligini hisobga olish bilan bajarilishini nazarda tutadi. Gippermatn texnologiyasida formal xulosalar qoidasi bo‘yicha axborotlarga ishlov berish gippermatn bo‘yicha yurish yo‘lini yodda saqlashga mos keladi.
Gippermatn texnologiyasi odam o‘rniga axborotlarga ishlov berishga emas, odam bilan birga ishlov berishga qaratilgan. Undan foydalanishning qulayligi shundan iboratki, foydalanuvchining o‘zi materialni o‘rganishga yoki yaratishga bo‘lgan yondoshuvni o‘zining individual qobiliyatini bilimini, kvalifikatsiy a va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan xolda aniqlaydi. Gippermatn faqat axborotni emas, balki uni samarali qidiruv vositalarini ham o‘z ichiga oladi.
Gippermatnli xujjatlarning asosiy ajralib turadigan qismi, bu xujjatlarga qo‘yiladigan giperizohlardir. Giperizohlar “jonli” ravishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni oddiy matnlarga qo‘yilgan, masalan, qo‘yidagicha izoh ”qo‘shimcha ma’lumotni ikkinchi varaqdan olasiz” kabi izohda, siz uni ikkinchi varaqqa o‘tsangiz olasiz. Gippermatnlarda esa o‘sha izohlarning o‘zi ham harakatlanadi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish