Guliston davlat universiteti pedagogika fakultetiti



Download 275,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana31.12.2021
Hajmi275,52 Kb.
#210255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
kichik yoshdagi oquvchilarni axloqij tarbiyalashda xalq ogzaki izhodi namunalaridan fojdalanish

  Muammoning 

dolzarbligi. Yоshlarga ta’lim-tarbiya berish har doim ham eng

dolzarb muammo sanalib kelingan. Jamiyatning taraqqiyoti insonlarning ongiga,

aql-zakovati, axloq-odobiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. YAxshi tarbiya ko‘rgan

kishi eng avvalo el-yurtning, xalqning manfaatini o‘ylaydi. CHunki har bir

shaxsning baxt-saodati alohida, o‘z holicha amalga oshmaydi. Atrofdagilar baxtli

va farovon turmush kechirganlarida huzur-halovat hammaga tatiydi. Bu qoida

qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, unga turli davrlarda turlicha amal qilib

kelingan.

 

Insoniyat boshidan kechirgan turli jamiyatlarda mafkura, g‘oya, siyosiy va



ijtimoiy qonun-qoidalar bir-biridan farq qilgan. Ta’lim va tarbiya ishlari ijtimoiy

buyurtma sifatida mavjud jamiyatning ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilgan.

SHu asnoda xilma-xil ta’lim-tarbiya tizimlari tarkib topgan. YAngicha qarashlar,

ta’minotlar, nazariya  va amaliy tajriba namunalari paydo bo‘lgan.

 

Hali insoniyat yozish-o‘qishni bilmagan paytlarda yoshlarga ta’lim-tarbiya



berish haqidagi qarashlar xalq og‘zaki ijodi namunalarida aks etgan. Uzoq davrlar

tajribada sinalib, sayqallanib borgan. Kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish darajasiga

etgan. YOzish-o‘qish paydo bo‘lgandan keyin ham xalq og‘zaki ijodi o‘z mavqeini

yo‘qotmagan, aksincha, yozma adabiyotlar mazmuniga singgan holda

ta’sirchanligi yanada ortib borgan [......].

  YOshlardagi ta’lim-tarbiyaning asosi oilada, maktabgacha ta’lim

muassasalarida hosil qilinsada, uning tizimi amalga oshirilishi maktablarda tashkil

etiladi. O‘quvchi o‘rta umumiy ta’lim maktablarida o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit

haqida, tabiat hodisalari, yil fasllarida bo‘ladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida, ayniqsa

jamiyat va uni rivojlantiruvchi kuchi sanalgan insonlar, ularning mehnat faoliyati,

ijodi, ong, tafakkur  mahsuli haqida bilib oladilar. SHuning uchun ham

maktablarda o‘quvchilarga berishga mo‘ljallangan ta’lim mazmuni chuqur ilmiy

asoslangan holda tanlanadi. Maktab-ma’orif muassasalari tarkib topib, ularda



4

yoshlarga o‘qitiladigan ta’lim mazmuni olimlar va mutaxassislar tomonidan ishlab

chiqilganda xalq og‘zaki ijodi namunalari alohida e’tiborga olingan.

  Ayniqsa,O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin yoshlarga milliy

tarbiya berishga ehtiyoj juda ortdi. CHunki xalq og‘zaki ijodi millat paydo bo‘lish

jarayonida minglab yillar davomida tajribada sinab kelingan, millatning ruhi

chuqur singgan qarashlarni o‘zida mujassamlashtirganlik xususiyatiga ega.

 

YOshlarning ta’lim-tarbiya olishlariga mas’ul bo‘lgan barcha o‘rinlarda xalq



pedagogikasi xazinasidan foydalanish hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarildi.

 

O‘quvchilarga ta’lim va tarbiya uzviy bog‘langan holda berilishi, bilim



egallash jarayonida tarbiyalanib borishi, tarbiyaviy ta’sir etilayotganda

bilimlarning boyishiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Prezidentmiz I.Karimov yoshlarning  tarbiyasini quyidagicha ifodalaydi: "Biz



xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan

ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va

imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya

masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi".

1

 YOshlarning ma’naviy-



axloqiy tarbiyasi quyi sinflarda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan samarali

foydalanilganda bu darajaga erishish engil amalga oshadi.

 

O‘rta umumiy ta’limning birinchi bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich sinflarda



o‘quvchilarning bilim egallashga bo‘lgan qiziqishlari, havasi asosida aqliy

qobiliyatlari shakllantiriladi. Aqliy kamolotga uyg‘un tarzda o‘quvchilarning

ma’naviy dunyosi boyitiladi. Axloqiy fazilatlar takomillashtiriladi.

 

O‘quvchilarda mehnatsevarlik, yuksak did, fahm-farosat, nafis his-tuyg‘ular



rivojlanib  boradi.   Boshlang‘ich   sinflardayoq   iqtisodiy   va ekologik tushuncha,

ko‘nikma va malakalar tarkib topib boshlaydi.

 

Ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning har tomonlama kamol



topishiga e’tibor qaratiladi. Jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga mazkur

jamiyatning ehtiyojini to‘la qondirishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlab berish

talabi qo‘yiladi.

1

Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т. “Маънавият”, 2008. 4 б.




5

 

Bu talabning bajarilishi jamiyatning rivojlanishi, taraqqiyotini aks ettiradi.



 

Milliy mustaqillikka erishib, o‘zining yangi taraqiyoti boshidan kechirayotgan

Respublikamizda huquqiy-demoratik jamiyat qurish jarayoni muvaffaqiyatli

amalga oshirilmoqda. Bu jarayonning yanada jadallashuvi yoshlarni aqliy va

axloqiy ulg‘ayishlari, jismoniy va ruhiy barkamol bo‘lishlariga ko‘p jihatdan

bog‘liq hisoblanadi. O‘quvchi-yoshlarning maktab ta’limini chuqur egallashlari,

jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy o‘zgarishlarning to‘g‘ri anglashlariga va

imkon darajasida o‘z hissalarini qo‘shish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma  va

malakalarning tarkib topishini ta’minlaydi. Faqat o‘quvchilarga beriladigan

bilimlarning mazmuni to‘g‘ri tanlanishi, o‘quv reja, dastur va darsliklarda

mukammal eks ettirilishi zarur bo‘ladi. O‘quvchilarga xalqimizning boy ilmiy va

ma’naviy-ma’rifiy merosini etkazib berish hozirgi paytda ta’lim tizimining asosiy

vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da: “YOsh

avlodni ma’naviy-tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga,

urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy,

pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy   etiladi”, degan

firlar bildirilgan [2]. CHunki, yoshlarning voyaga etishi, kamol topishlari

maktabdagi ta’lim va tarbiya jarayonining qay darajada ilmiy asosda yo‘lga

qo‘yilganiga, qanday bilimlarning kimlar tomonidan berilayotganiga, qaysi usul va

vositalardan foydalanayotganligiga har tomonlama bog‘liqdir. SHuning uchun ham

maktab ta’limi tizimining bara bosqichlari bir maqsadga – o‘quvchilarni etuk

bilimdon va axloqli qilib o‘stirishga yo‘naltirishi zarur. Ayniqsa, boshlang‘ich

sinflarda o‘quvchilarga beriladigan bilimlar keyingi bosqichlarda ilm egallash

uchun asos hisoblandi. Mana shu asos qancha mustahkam  bo‘lsa, o‘quvchilarning

aqliy salohiyati shuncha yuksak darajaga ko‘tarila oladi.

  O‘quvchilarning har tomonlama tarbiyasi bilim asoslarini o‘zlashtirish,

ongining o‘sishi, tabiatdagi va jamiyatdagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri tushunish, hozirgi

zamon ishlab chiqarish jarayonlarini harakatga keltiruvchi texnika va

texnologiyalardan samarali foydalana olishini taqozo etadi. Ta’lim-tarbiya bola



6

dunyoga  kelgandan boshlab berib boriladi. Oilada va maktabgacha tarbiya

muassasalarida dastlabki dunyoqarash asoslari tarkib topib boshlaydi.

 

Reja asosida, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalangan



holda, boshlang‘ich sinflarda ilmiy asosdagi, tizimlashgan bilimlarni olishga

kirishadi.

  Boshlang‘ich ta’lim bola aqliy tarbiyasini kuchaytiradigan, tarbiyaning

boshqa yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liqlikda olib boriladigan, bilim va

dunyoqarashning ko‘lamini kengaytiradigan, eng asosiysi, yuqori sinflarda

muvaffaqiyatli ta’lim olishini ta’minlaydigan bosqichdir.

 

SHu tufayli boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlar, ularning



bo‘limlari, har bir mavzu va tushunchalar alohida e’tibor bilan tanlanadi.

O‘quvchining bilim saviyasi va darajasiga mos holda aqlining o‘sib borishini

ta’minlaydigan, kundalik turmush amaliyotida foydalanadigan, hayotda sodir

bo‘lgan voqea va hodisalarning mohiyatini anglatuvchi materiallar o‘tiladi. Buning

uchun har bir fanning mazxmuniga kirgan mavzular mutaxssis va olimlar

tomonidan alohida tanlanadi. Mana shu jarayonda yuqorida aytganimizdek, xalq

og‘zaki ijodi namunalari ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

 

Xalq og‘zaki ijodi namunalarining yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga



qaratilganlarini fanda xalq pedagogikasi deb yuritiladi. Xalq ommasining turmush

kechirish jarayonida to‘plangan ta’lim-tarbiya borasidagi tajribalar va bilimlar

yig‘indisi xalq pedagogkasining mazmunini ifodalaydi.

  Xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va donishmandlarning yoshlarni

kutilgan maqsadga muvofiq barkamol kishilar qilib etishtirishda tarbiyaning

maqsad va vazifalariga bo‘lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim-

tarbiya ishlarini amalga oshirish borasida qo‘llanib kelingan usul, vosita, ko‘nikma

va malakalar birligi, tajribalar asosida to‘plangan bilim va ma’lumotlar

yig‘indisidir. Ulardan ta’lim jarayonida foydalanish o‘quvchilarni milliy o‘zligini

anglashga, mustaqil O‘zbekistonning munosib farzandlari bo‘lishiga katta hissa

qo‘shadi. SHu tufayli ham boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning

mazmuniga xalq og‘zaki ijodi namunalaridan kiritilib kelinadi.




7

 

Xalq dostonlari, maqollar, matallar, topishmoqlar, hikmatli so‘zlar, afsona va



rivoyatlar yoshlarning dunyoqarashini shakllantiradi, oliyjanob  insoniy fazilatlarni

tarkib toptiradi. Bola ular orqali o‘z xalqining o‘timishini, mehnat faoliyatini, orzu-

havas va intilishlarini bilib oladi.

 

Xalq og‘zaki ijodi namunalari o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtiradi, ongli va



faol o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida tajribada sinalgan, hayotda

takror-takror qo‘llangan, shubhasiz yaxshi natijalar bergan tushunchalarni aks

ettiradi.

Bu tushunchalar xalq aql-zakovati va ijodiy mulohazalari bilan

sayqallangan, yuksak badiiy qiymat kasb etadigan darajaga etkaziladi.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi qisqa, aniq ma’no anglatadigan maqollardan, keng

qamrovli, bir-biriga ulanib ketadigan dostonlargacha bo‘lgan har xil turdagi

namunalarni o‘z ichiga oladi. Bularning hammasida inson kamoloti, aql-idroki,

kuch-qudrati, axloq-odobi, mehnat faoliyati va mahorati talqin qilinadi.

Bola kamolotining turli davrlariga mos keladigan, ta’limning har bir

bosqichida o‘rganilishi mumkin bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi namunalari mavjud

bo‘lib, ularni to‘g‘ri tanlash, xilma-xil metod va usullardan, vosita va shakllardan

foydalangan holda o‘rgatish o‘qitishning samaradorligini oshiradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy tarbiya berish kuchaytirilgan hozirgi

paytda, ta’lim va tarbiyaning mazmuniga o‘zgartirishlar kiritilayotgan sharoitda

bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi namunalari ijobiy

natija berishi shubhasizdir. SHuning uchun ham bu muammoni o‘rganishni dolzarb

deb hisobladik.

Mustaqil O‘zbekistonning rivojlanish yo‘li negizlari bo‘lgan umuminsoniy

qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va

rivojlantirish, vatanparvarlik hamda milliy tarbiyani amalga oshirishda xalq

og‘zaki ijodi namunalari eng ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Respublikamiz olimlari tomonidan xalq og‘zaki ijodi namunalari va ularni

yoshlarga o‘qitish muammosi muntazam o‘rganib kelingan.



8

H.Zarifov, I.Afzalov, M.Alaviya, M.Murodov, G‘.Jahongirov, T.Mirzaev,

M.Obidova, Z.Husainovalarning tadqiqotlarida xalq og‘zaki ijodi namunalarining

turli janrlari, paydo bo‘lishi va taraqqiyot masalalari nazariy jihatdan asoslangan

[..........].

Xalq og‘zaki ijodi namunalarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini ayrim

sinflarda o‘qitilishi muammolarini Z.Mirtursunov, M.SHerboev, O.Mo‘minov,

U.Xolmatov, O.Safarov, M.Isaeva va boshqalar tadqiq etishganlar [..........].

Olimlar O.Musurmonova, Z.Boybekovalar “O‘zbek xalq pedagogikasi”ning

paydo bo‘lishi, turlari, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini ancha mukammal o‘rganib

chiqqanlar [.........].

Professor Z.Mirtursunovning tadqiqotlarida o‘zbek xalq pedagogikasining

tarkibiy qismi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘quvchilarni axloqiy,

mehnat, estetik, jismoniy tarbiyalashdagi o‘rni chuqur tahlil etilgan [.......].

Olima Z.Husainova o‘zbek xalq topishmoqlarining o‘quvchilar aqliy

tarbiyasiga ta’sirini tadqiq etgan [........].

Topishmoqlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, taqqoslashi, xulosalar

chiqarishi, tez va mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi vosita ekanligi ko‘rsatib

berilgan. YAna bir qancha olim va mutaxassislar xalq og‘zaki ijodi

namunalarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganishga qo‘l urganlar.

YUqoridagi ilmiy izlanishlarga suyangan holda bitiruv malakaviy ishimizning

mavzusini “Kichik yoshdagi o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi

namunalaridan foydalanish” deb belgiladik. Mavzuning dolzarbligining yana bir

jihati shundaki, yuqorida qayd etilgan tadqiqotlarda asosan 2000 yillargacha

bajarilgan ishlar aks etgan. Keyingi o‘tgan o‘n besh yil davomida xalq og‘zaki

ijodi namunalarining boshlang‘ich sinflarda o‘rganilishi ma’lum darajada

yangilangan. Ushbu yangiliklarni tahlil etishga harakat qildik.


Download 275,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish