Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 252 Kb.
bet2/6
Sana05.12.2022
Hajmi252 Kb.
#879682
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temirova Mo\'tabar

Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos.

Kurs ishining maqsadi. Palmanamolar qabilasiga mansub umumiy tansiflari haqida va ularni turlarini o’rganish, shuningdek Palmanamolar qabilasiga tarkibiy xususiyatlarini o’rganish

Kurs ishining vazifalari:


  • Palmanamolar qabilasiga umumiy tavsif;

─ Palmanamolar qabilasining zamonaviy holatini o`rganish;


─Palmanamolar qabilasining turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish

  • ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;



  • taksonomik tahlil;



  • hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish;

Kurs ishining ob`ekti: Palmadoshlar sahifasini qanday qilib yaxshilash borasida boshqa foydalanuvchilar bilan munozara boshlash va o’rganish.

I BOB PalmanaMOLARNING AHAMIYATI VA FOYDALI JIHATLARI
1.1. Palmanamolarga umumiy tavsifi

O’zbekiston aholisining ko’pchilik qismini musulmonlar tashkil etadi. Musulmon ahlining muqaddas oylaridan biri Ramazon oyi kirib keldi. Shu munosabat bilan xalqimiz tomonidan Ramazon oyi tokin-sochinlik, fayz-barakali holda o’tkaziladi. Bugun bozorlarimizda hohlagan narsalarimizni sotib olishimiz mumkin. Ayniqsa ushbu oyda sevib iste’mol qilinadigan xurmo mevasini bozor rastalarida har doimgidan ham ko’proq uchratamiz. Xurmo qanday meva, uning inson organizimiga qanday foydali hususiyatlari bor, nima uchun bu mevani aynan ro’za oyida ko’p iste’mol qilamiz? Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Muxtorjon Ilyosov quyidagicha javob beradi. “Xurmo –bu taom, dori, shirinlik va sharbatdir. Odam organizmida qondagi qand miqdorining kamayishi natijasida ochlik hissi paydo bo‘ladi, xurmo yegandan so‘ng bu his yo‘qoladi. Ro‘zadorlar xurmoni iftorlikdan oldin yesa, organizmda ochlik hissi bartaraf etiladi, ishtaha orom oladi va shuning natijasida birdan ko‘p ovqat yeb qo‘yishning oldi olinadi. Boshqa mevalardan farqli o‘laroq, xurmoda 23 xil aminokislota mavjud. Masalan, triptofan aminokislotasi miyaning funksional va ruhiy holatini me’yorda ushlab turadi. Tinchlantiruvchi va biroz uyqu chaqiruvchi xususiyatga ega. Natijada miya hujayralari faoliyati tezlashadi, skleroz oldi olinadi. Glyutamin aminokislotasi oshqozon kislotasini (shirasini) kamaytiradi. Xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza (26-55%) vitamin V5 bilan organizmda faol so‘rilib, ochlik hissini yo‘qotadi, jismoniy quvvatni oshiradi. Miya va asab tizimi faoliyatini to‘liq tiklaydi. Boshqa mevalar kabi xurmo tarkibida xolesterin saqlanmaydi. Energetik quvvati yangi pishgan mevada 142-274 kalloriyaga teng. Xurmo o‘zida 77% gacha quruq moddalar saqlaydi va kam kalloriyali mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun boshqa shirinliklar o‘rniga qo‘rqmay iste'mol qilish mumkin, semizlikka olib kelmaydi. Olimlarning fikricha, bir kunda 10 dona xurmo yesa, odam sutkalik magniy, mis, oltingugurt, temir, kalsiyning o‘rni qoplanadi. Soddaroq qilib aytganda, faqat xurmo va suv bilan inson bemalol bir necha yil yashashi mumkin.


Xurmoning xususiyatlari va organizmga ta’sirini o‘rganish jarayonida quyidagi foydali xususiyatlari aniqlangan:
-Xurmo tarkibida xavfli parazitlar, bakteriyalar, mikroblar saqlanmaydi;
-Xurmo tarkibidagi moddalar odam organizmidagi kasallik chaqiruvchi zararli bakteriyalarni o‘ldiradi;
-Xurmo ayollarda bachadon qisqarishini yaxshilaydi va shu tufayli tug'ruqlar yengil kechadi;
-Ishtahani me’yoriga keltiradi;
-Mushaklar funksiyasini yaxshilaydi va tiklaydi;
-Och qoringa iste'mol qilish organizmdagi parazitlarni o‘ldiradi.”
Kokos suvining foydasi. Tabiiy izotonik. Izotonik bu – faol jismoniy mashqlardan keyin organizmga yordam beruvchi ichimlik. Odatda mashg‘ulotlar vaqtida va jismoniy faollik yuqori bo‘lganida iste'mol qilinadi. Tabiiy izotonik bo‘lgan kokos suvi kuch zaxirasini tezda to‘ldiradi. Yana bir afzalligi – chanqoqni tezda qondirib, organizmdagi suv muvozanatini tiklaydi. Detoks.Kokosli suv organizmning tozalanish jarayonida ham yordam beradi. U og‘ir metall va toksinlarini chiqarib tashlaydi. Uzoq va doimiy ravishda iste'mol qilinganida moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi. Yoshlik.Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qiladigan kishilar u terining yoshligini uzaytirishini aytishgan. Buning hayron qoladigan jihati yo‘q. Axir ichimlik tarkibida hujayralarning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadigan o‘simlik gormonlari bor. Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qilish teringizga taranglik va yarqirashni beradi. Parhez. Ichimlik tarkibida yog‘lar mavjud emas. 100 gramm suvga 18 kkal to‘g‘ri keladi. Bu esa boshqa istalgan izotonikka qaraganda kamroq. Shunga qaramay, ichimlik mikroelementlarga boy. Moddalar almashinuvining tezlashishi. Kokos suvi metabolizmga ta'sir ko‘rsatadi. Bu parhezga amal qiluvchi va tanasini ixcham ko‘rinishga keltirishni istaganlar uchun a'lo darajadagi natija. Shifokorlar kokos suvi qondagi qand miqdorini kamaytirishini ta'kidlashadi. Shuningdek, u buyraklar faoliyatida buzilishlari bo‘lgan kishilar uchun ham foydali. Ichimlikni doimiy ravishda iste'mol qilish talvasa ehtimolini kamaytiradi. Chaqaloqlar uchun. Kokos suvi tarkibida laurin kislotasi bor. U ona sutida ham mavjud va oziqlantirishda juda muhim. Shifokorlar bu ichimlik bolani tabiiy oziqlantirish o‘rnini bosishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.
Palmanamolar qabilasi — Arecalcs
Bu oila vakillari asosan daraxtsimon, ayrimlari butasimon o'simliklardir. Poyalari to'g'ri, bir tekis yo'g'onlashgan, shoxlanmagan, bo'yi 40—50 rn ga, diametri 1 m ga yetadi. Lianalarning bo'yi 200— 300 m gacha yetadi. Yirik poyalari barg izlari va barg qini qoldiqlari bilan qoplangan. Palmalarning ildizipoyasiga nisbatan uncha taraqqiy etmaydi. Ular qo'shimcha ildizga ega bo'ladi. Barglari qinli, bandli, turli yo'llar bilan patsimon yokipanjasimon bo'laklarga ajralgan. Gullari bir, ba’zan ikki jinsli, to'g'ri, mayda, rangsiz, qoplovchi barg qo'ltig'ida joylashgan. Gullari 14 mctrgacha yetadigan uzunlikda to'pgul hosil qiladi. Monokarpik turlarida to'pguli oddiy, poyasining uchida chiqadi, polikarpik turlarida esa to'pgul har yili eski barg qo'ltig'idan chiqadi. Gulqo'rg'on barglari ko'pincha 6 ta, 3 tadan 2 doira bo'lib joylashgan. Changchisi 6 ta yoki 3 ta, ba’zan ko'p. Urug'chisi uch mevabargli va 1—3 uyali. Gul formulasi: P3+3 A63G j3). Mevasi danakcha, ho'l meva yoki yong'oq. Bu oila 212 turkum va 3000 turdan iborat. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda botanika bog'larida va xiyobonlarda manzarali o'simlik sifatida yopiq xonalarda o'stiriladi. Xurmo (finik palmasi) (Phoenix dactylifcra). Ko'p yillik daraxtsimon tana hosil qiluvchi o'simlik. Barglaripatsimon bo'lingan, tana uchida to'p bo'lib joylashgan. Ikki uyli. Xurmoning 1000 dan ortiq navlari bor. Mevasi jiydasimon, shirin etli, bir danakli. Bizda u „xurmo" nomi bilan yuritiladi. Mevasi so'ligan holda 70 foiz qand, 2,5 foiz yog' va 3 foiz oqsilga ega, undan har xil ta’omlar tayyorlanadi.
Palmadoshlar oilasi — Arecaceae. Bir pallali daraxtsimon oʻsimliklar oilasi. Tropik va qisman subtropiklarda oʻsadigan 240 tacha turkumi, 3400 tacha turi maʼlum. P.ning koʻp turlari Osiyoda (Indoneziya), Afrika va jan. Amerikada, Palmaning past boʻyli turi esa Yevropada tarqalgan. Koʻpincha shoxlamay tik oʻsadi. Tanasining boʻyi 60 m cha, diametri 1 m ga yetadi. Baʼzi turlari butasimon, lianasimon (300 m gacha). Barglari patsimon, daraxtsimonlarida tana uchida tuda boʻlib, butasimonlarida esa yer bagirlab osilib yotadi. Barglarining uz. hatto 15 m cha. Palma bir va ikki uyli oʻsimlik. Ayrim turlari har yili, baʼzilari faqat bir marta gullab mevalaydi. Toʻpguli yirik, oq, sargʻish yoki koʻkish, ayrim jinsli, baʼzan qoʻsh jinsli mayda gullardan iborat. Mevalari — quruq yoki etli danak: kamroq rezavor-mevasimon, baʼzilari mayda, boshqalari esa kichik xandalakdek keladi. Palma 5—12 yoshida gullaydi, 30—50 yil yashaydi. Palma 2 oilachaga boʻlinadi. Koʻpgina P.ning mevasi yeyiladi. Xom mevasidan kokos suti olinadi. Pusti archilgan mevalaridan yogʻ va margarin olishda foydalaniladi (moyli palma). Poya tolalaridan juda pishiq arqon, barg tolalaridan savat, shlyapalar toʻqiladi. Poyasining kraxmalli oʻzagidan sago (sago palmasi, mavrikiya palmasi) olinadi. Finikiya palmasippnt mevasi isteʼmol qilinadi. Palma Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Gʻarbiy Gruziyada, Qrimning jan. soqillarida, Turkmanistonning gʻarbiy qismida va boshqa yerlarda qadimdan manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Palma urugʻidan, baʼzi turlari parhishlab koʻpaytiriladi.
Xurmo (Diospyros) — xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, Oʻrta dengiz boʻyi mamlakatlari, Avstraliya, AQSH, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Mevasi uchun, asosan, sharq X., sovuqqa chidamli virginiya X.si (D. virginiana), shuningdek, Kavkaz X.si (D. lotus) oʻstiriladi. Oʻzbekistonda ekiladigan sharq X.si (D. kaki Tpip.)ning vatani — Xitoy. Daraxti 8–12 m, chiroyli, shoxshabbasi dumaloq yoki piramidasimon. 100 —400 yil, baʼzan undan ham koʻproq yashaydi, lekin 50— 60 yilgacha yaxshi meva beradi. X. —15, —20° gacha sovuqqa chidaydi, yorugʻsevar oʻsimlik. Bargi yirik tuxumsimon, usti toʻq yashil, orqasi tukli, ketmaket joylashgan, toʻkilish oldidan qizgʻish rangga kiradi.
Guli bir, baʼzan ikki jinsli. Aprelda — mayda gullaydi, oktabr —noyabda pishadi. Mevasi turli shakdda (500 g gacha). X. tarkibida qand, S vitamini, protein, temir tuzlari, oqsil, oshlovchi moddalar va boshqa bor. Mevasi 2 —3 oy sakdanadi, yangiligida hamda quritilgan holda isteʼmol kilinadi, qandolatchilik sanoatida ishlatiladi, likyor, vino, jem tayyorlanadi. X., asosan, payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda 8x6 va 6x6 m sxemada ekiladi. Kumli, shagʻalli shoʻr yerlarni yoktirmaydi. 3—4yili hosilga kiradi, 10—12 yoshida toʻliq hosil bera boshlaydi. Bir tup daraxti 250 kg gacha hosil beradi. Oʻsuv davrida yer sharoitiga qarab 10 —12 marta sugoriladi; oʻgʻitlanadi, atrofi yumshatib turiladi. X.NING Oʻzbekistonda tarkalgan va Surxondaryo, shuningdek, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlari uchun rnlashtirilgan asosiy navlari — Vaxsh, Xiakume, Zendjimaru, Tojikiston, va boshqa.



Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish