Gumanitar fanlar


Xulosa……………………………………………………………………………40



Download 98,99 Kb.
bet2/11
Sana24.09.2021
Hajmi98,99 Kb.
#184237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Aniqlovchi va uning gap tuzilishidagi o`rni

Xulosa……………………………………………………………………………40

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………42


Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Umumtilshunoslikda olimlar e’tiborini o‘ziga jalb etib kelayotgan muammolardan biri gap bo‘laklari, ularning tipologiyasi va kiriteriysi masalasidir. Avvalo, bu masalaga doir boy ilmiy manbalar yaratilganligi mutaxassislarga ma’lum. Shunday bo‘lsa-da, gap bo‘laklari o‘rtasidagi ichki qonuniy bog‘lanishlar va ularni bog‘lovchi qonuniyatlar hamda farqlovchi muhim belgilar, korrelyativlik yetarli tadqiq etilmaganligini ko‘rsatmoqda. Bu holat amalda gap bo‘laklarining tiplarini bir-biriga qorishtirishga, terminologik chalkashlikning yuzaga kelishiga va natijada o‘qitish tizimida ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan olganda, gap bo‘laklarining o‘zaro munosabatini tadqiq etish tamoyillarini o‘rganish hamda gap bo‘laklari orasida aniqlovchining pozitsiyasini aniqlash va u haqidagi mavjud fikrlarni o‘rganish va tahlil etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Ma’lumki, mustaqillik sharofati bilan ta’lim – tarbiya, ilm-fan va milliy madaniyatimizning har bir sohasida sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, bu davr mobaynida ona tilimizning hayotimizdagi o‘rni va roli yanada ortdi, tilning qo‘llanilish darajasi amalda nihoyatda kengaydi. Buning isboti sifatida o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni, yangi-yangi lug‘atlarning chop etilayotganligini e’tirof etish mumkin. O‘z navbatida muhtaram prezidentimiz Islom Adbug‘aniyevich Karimov ham ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lgan ona tilimizning yanada yuksak darajada taraqqiy etishini ta’minlashda til ilmi tadqiqotchilari oldida bir qator mas’uliyatli vazifalar turganligini o‘zining “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” nomli risolasida ta’kidlab o‘tadi: “Ajdodlarimizdan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab – avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarurligi, ona tilimizni har tomonlama mukammal o‘rganishimiz, tilimizning beqiyos imkoniyatlarini kashf etishga tinimsiz intilishimiz lozimligi, chunki “O‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz”.1(Каримов) Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligi fani ham boshqa sohalarda bo‘lgani kabi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Buni tilning barcha sathlari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, izlanishlar ham ko‘rsatib turibdi. Bunga “Sintaktik sath” deb ataluvchi tilshunoslik yo‘nalishining tez sur’atda rivojlanib borayotganligini misol qilishimiz mumkin. Bu borada yetuk tilshunos olimlardan professor A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.G‘ulomov, A.Hojiyev, Yo.Tojiyev, M.Asqarova, G‘.Abdurahmonov, J.Omonturdiyev kabi olimlarning xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Shuningdek, jahon va rus tilshunosligida N.D. Arutyunova, V.G.Gak, V.M.Solnsev, F.Sossyur, A.Peshkovskiy, E.Benvenist, G.A.Zolotova, T.P.Lomtev, V.S.Xrakovskiy, V.V.Vinogradov kabi olimlarni ham esga olib o‘tish lozim.

Gap bo‘laklarining ifoda materiali shu qadar boyki, ular: 1) morfologik planda ham yetarli darajada o‘rganilmagan, o‘zining ta’rif – tavsifga mos atamalarga ega emas; 2) bu morfologik me’yorlarni sintaktik planda – gap bo‘lagi sifatida talqin qilish modellashtirish “qolipini topish va nom berish” katta ahamiyatga ega. Tilshunoslikda gap bo‘laklarining funksional turlariga ta’rif beriladi-yu, bo‘lak tushunchasini belgilash va ta’riflashga e’tibor berilmaydi. Holbuki, gapni bo‘laklarga ajratish gapning strukturasini o‘rganish uchun asosiy va boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Zero, butunning mohiyati bo‘lak orqali ochiladi. Butun bo‘lakning sintezi, u bo‘lak zamirida yashaydi. Qolaversa, gap bo‘lagi tushunchasining to‘g‘ri belgilanmaganligi tilshunoslikda ko‘pgina formal hodisalarni – gap bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan, gapning uzviy yoki struktural qismi bo‘la olmaydigan kirish so‘z va undalmalarni gap bo‘lagi deb qarashga sabab bo‘lmoqda. Gapning ikkinchi darajali bo‘lagi haqidagi traditsion vazifa deb yozadi. V.V.Vinogradov, - tubdan qayta ko‘rib chiqishga muhtojdir1. Yana bir o‘rinda u quyidagicha fikr yuritadi. “Gapda ajralayotgan uchta ikkinchi darajali bo‘lak va ularning turlarga bo‘linishi gap sostavida so‘zlarni juda ko‘p jonli sintaktik aloqalarni ko‘rsatilayotganligi grammatik prinsiplarga emas, balki gap strukturasining sun’iy sematizatsiyasiga asoslanib amalga oshirilmoqda”.

Hozirgi vaqtda sintaktik tahlil ma’lum bosqichlarda gapning kommunikativ turlari, strukturasi va bo‘laklarida o‘tkazilayotgan bo‘lsa ham, bu masala nazariy jihatdan yetarlicha asoslanmaganligi uchun, ko‘proq maktab grammatikasi hajmidagina o‘rganilmoqda. Ya’ni faktik materiallarning qoidalashtirilgan ma’lum qismi yoki sodda shakllarigina sintaktik tahlilning ob’ekti bo‘lib qolmoqda. Gap bo‘laklarining tahlili esa, asosan, bir bosqichda funksional planda o‘rganilmoqda. Gap bo‘lagini bunday yo‘nalishda o‘rganish asosiy mezondir. Chunki bu bosqich gap bo‘laklari tahlilining nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri o‘rganishga imkon beradi.




Download 98,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish