Mavzu: “Eng ulug’ maqsad.” Maqsadlar: Ta’limiy



Download 150,13 Kb.
bet1/51
Sana23.04.2022
Hajmi150,13 Kb.
#578114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
2016-2017 o\'quv yili uchun konspekt 9-sinf


Sana ____________9 sinf Fan Milliy g’oya
Mavzu: “Eng ulug’ maqsad.
Maqsadlar:
Ta’limiy: o’quvchilarga mustaqillikka osonlik bilan erishmaganimiz va uni asrab avaylashimiz haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy:o’quvchilarni vatanparvarlikka, vatanni ulug’lashga, oiaga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:mazkur mavzu yuzasidan olgan bilimlarini qo’shimcha adabiyot yordamida rivojlantirish.
Mashg’ulot tipi: yangi bilimlar berish.
Metod: Guruxlarda ishlash
Darsning jihozi; darslik, videolavha, tarqatma materiallar, asar
Tayanch iboralar: milliy istiqlol g’oyasi, mafkura, demokratiya, erkinlik, litsey, kollej, intellektual salohiyat, Movarounnahr, komillik, hamjihatlik, vijdon erkinligi, sunniylik, mazhab.
Tashkiliy qism davomatni aniqlash uy vazifasini so’rash
Darsning borishi: o’quvchilarning darsga tayyorligi tekshiriladi.
Yangi mavzu bayoni:
1991 yil 31 avgustda respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Davlat mustaqilligini e’lon qildi. 1 sentyabr Mustaqillik kuni deb belgilandi. Shuningdek, Oliy Kengashda “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida” Qonun qabul qilindi. 17 moddadan iborat ushbu qonunning birinchi moddasida: “O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan mustaqil, demokratik davlatdir”, - deb belgilab qo’yildi. Davlat mustaqilligi to’g’risidagi mazkur hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusini ro’yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo’ldi. O’zbekiston mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o’z taqdirini o’zi belgilash, o’zlari uchun munosib taraqqiyot yo’lini tanlash imkoniyatini yaratdi.
O’zbekiston xalqining milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari konsepsiyasi - bu g’oya xalqimizning necha asrlik orzu - armonlari, ezgu - intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no mazmunini ifodalagani, mustaqil taraqqiyotimizning asosiy maqsad-muddaolarini aks ettirgani uchun ham xalqimizning birlashtiruvchi bayroqdir. Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’lidagi bosh maqsadi nima? Bu yo’ldagi bosh maqsad buyuk davlat barpo etishdir. Davlatning buyukligi, nima bilan belgilanadi? Davlatning buyukligi, avvalo, Vatanning ozodligi va obodligi, insonning komilligi, xalqning tinch va farovon hayoti bilan belgilanadi.
Ozodlik barcha demokratik erkinliklarga erishihsning, fuqarolarning barcha haq-huquqlarini kafolatlangan va ta’minlangan jamiyat barpo etishning bosh sharti bo’lsa, Mustaqillik milliy davlatchilik asoslarini tiklash hamda uni rivojlantirishning bosh shartidir. Shuning uchun ham, bosh g’oyamizda “Ozodlik” so’zi birinchi o’rinda turadi.Ozodlik tushunchasining ustuvor va yetakchi o’rinda turishi Vatan mustaqilligi barcha orzu-intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yorug’ kelajagimizning asosi ekanidan dalolat beradi.
Obodlik esa davlatning qudratini bildiradi, Sohibqiron bobomiz Amir Temur: “Kimki qudratimizga shubha bilan qarasa, biz qurgan binolarga boqsin”,- deb xalqimizning kuch qudrati va aql zakovati vositasida barpo etilgan betakror obidalar bilan ruhlangani bejiz emas.
Obod yurtda fayz-baraka bo’ladi, odamlar o’rtasida mehr-oqibat hukm suradi, ilm-ma’rifat, madaniyat rivojlanadi. Obod yurtning odamlari faqat yaxshilik haqida o’ylaydi. Obod yurtga Ollohning nazari tushadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz: “Ona Vatanimiz Allohning nazari tushgan muqaddas diyordir”,- deb ta’kidlaganlar.
Obodlik ham ozodlik singari, xalqimizning azaliy orzusidir. Siz o’qigan ertak qahramonlarining obod yurtlarni sayohat qilishi, bir-biridan go’zal shaharlarni ko’rishi, bog’larida suv o’rniga sharbat oqib yotadigan, daraxtlarida qishin-yozin mevalar pishib turadigan, odamlari urush nimaligini bilmaydigan yurtlarni sayr etishi buning yaqqol dalilidir.
Erkinlik inson hayotining mohiyatidir. Ya’ni erkin bo’lmagan, qullik va qaramlikda hayot kechirgan odamni to’laqonli inson deb bo’lmaydi. Chunki erkin bo’lmagan odam o’zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’liq qondirolmaydi, o’zicha fikr yuritib, o’zicha faoliyat ko’rsata olmaydi. Shuning uchun, erkin hayot insoniyatning orzusi, yuksak taraqqiyotning sharti bo’lib kelgan.
Bugungi kunda biz erkin hayot deganda, avvalo, yurtimiz mustaqilligini, bu muborak zaminda demokratik qadriyatlarning to’liq qaror topishini, qonun asosidagi ongli faoliyatini, yuksak ma’naviyatini tushunamiz, inson kishilik jamiyati bosib o’tgan tarixiy tajribalarini, bilimlarini, bugungi zamonaviy tushunchalarini qancha ko’p egallasa, ma’naviyati qancha yuksak bo’lsa, shuncha erkin bo’ladi.
Erkinlik farovonlik bilan bog’liq tushuncha, ya’ni inson erkin bo’lmog’i uchun ,avvalo, u moddiy ta’minlangan bo’lishi zarur. Bu o’rinda xalqimizning “Avval iqtisod, so’ngra siyosat” degan naqli juda mos tushadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy shart-sharoit har qanday hayotning negizi, poydevori hisoblanadi. Jumladan, erkin hayot ham iqtisodiy taraqqiyotga asoslanadi. Yevropa, Amerika va Osiyo qit’asidagi iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan mamlakatlardagi hayot bunga yaqqol dalil bo’la oladi.
Istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari mustaqil taraqqiyotimizning bosh g’oyasidan kelib chiqadi va o’zining ma’no-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan uni xalqimizning qalbi va ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Jumladan, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi g’oyalari o’z ma’no - mohiyati va falsafasiga ko’ra, avvalo, jamiyatimiz o’z oldiga qo’ygan ulug’vor maqsad-muddaolarni yaqqol aks ettiradi, binobarin, bosh g’oyamizni yanada kuchaytiradi.
Mustaqillik – o’z ruliga ega bo’lish yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha narsalar va shu kabi muayyan xalq va davlat manfaati uchun xizmat qiluvchi boshqa omil va vositalarga hech kim hech qanday davlat aralashmasligi kerak. Xalq va davlat mustaqilligining tub mohiyati ma’nosi, mazmunini va falsafiy mantiqi shuni taqozo etadi. Boshqacha bo’lishi mumkin emas.
E’tibor – biror narsaga xaddan ziyoda ishonish.
Iymon ham ishonish demakdir.
Lekin u tuprli ma’na – mazmun kasb etadi. Diniy ma’nosi Allox taologa va uning buyruqlariga til va ko’ngil bilan ishonishdan iboratdir. Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriy xadislarida shunday yozadilar:

  • to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq;

  • kishilar bilan yaxshi muomalada bo’lmoq;

  • kish o’z ustida ishlamog’i va o’zini iborat va ibodatga chiniqtirmog’i;

kimki bularni to’la o’zlashtirsa, iymoni mukammal bo’lg’aydir. Iymoni mukammal kishini hech qanday, yo’l va usul bilan ozdirish mumkin emas.


Download 150,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish