Guruh talabasi suyunova muxlisa ozodovnaning


Semalarning darajasiga ko’ra turlari



Download 81,64 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi81,64 Kb.
#262538
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishim

Semalarning darajasiga ko’ra turlari. Seme­ma tarkibidagi semalar darajasiga ko’ra ham tasnif qilinadi. Darajasiga ko’ra semema semalari birlashtiruvchi semalarga (integral semalar) va farqlovchi semalarga (differensial semalarga) ajratiladi. Birlashtiruvchi, semalar deb ikki va undan ortiq lek­semalarni bir guruhga birlashtiruvchi, bir necha sememalar uchun umumiy sanaluvchi semalarga aytiladi. Jumladan, [ota], [ona], [aka], [ona] leksema sememalari uchun 1) qarindosh, 2) qon-qarindosh, 3) bevosita sarindosh, 4) mendan katta kabi birlashtiruvchi, umumiy semalar hisoblanadi. Chunki bu semalar ush­bu leksemalarining tarkibida mavjuddir. Farqlovchi semalar deb ikki leksemani (yoki leksemalarning ikki guruhini) bir-biridan farqlovchi semalarga aytiladi. Chunonchi [ota] va [ona] leksemalari «erkak» va «ayol» semalariga ko’ra o’zaro farqlanib turadi. Aynan shu semalar [aka] va [opa] leksema sememalarida ham ko’zatiladi. yoki [ota] va [ona] leksemala­ri «I avlod» semasi asosida birlashib, «bir avlod» semasiga ega [aka] va [opa] leksemalari bilan teng qiymatli ziddiyat hosil qiladi. Farqlovchi sema vazifasini nafatsat atash semalari, balki ifoda va vazifa semalari ham o’tayveradi. Jumladan, [ajoyib] va [ralati], [ajoyib] va [ajib] leksema sememalaridagi «so’zlashuv nutqiga xoslik», «kitobiy nutqqa xoslik» semalari farqlovchi sema vaszifasini bajaradi. Shuni aytish kerakki, semalarni birlashtiruvchi va farqlovchi semalarga ajratish o’ta shartlidir. Chunki ko’p hollarda, ayniqsa, leksemalarning katta guruhlaridan pog’onali usulda kichik, undan va yana ham kichik guruhlar ajratilganda, ayni bir sema kichikroq guruhni kattaroq guruhning boshqa ma’no turlaridan farqlaydi (ya’ni farqlovchi sema vazifasini o’taydi). Ayni vaqtda u ajratilgan guruhdagi leksemalarni o’zaro birlashtiradi. Masalan, [tuzuk] , [durust], [yaxshi] va [ajoyib] kabi leksemalar qatorida 1) «belgi», 2) «barqaror belgi», 3) «sifat belgi», 4) «baholash», 5) «umumiy baho», 6) «ijobiylik» kabi oltita sema umumlashtiruvchi, birlashtiruvchi se­malar hisoblanadi. Lekin bu qatorda tom ma’nodagi birlashtiruvchi sema «ijobiylik» semasidir. Chunki «belgi» semasi sifat, qisman ravish va fe’l turkumlarini birlashtirib, ot va sonlardan farqlaydi. “Barqaror belgi» semasi esa sifatlarni fe’llardan ajratadi va ularni alohida guruhga birlashtiradi. «Sifat belgi» semasi asliy sifatlarni (-roq qo’shimchasi bilan birika oladigan sifatlarni) sifatning boshqa ma’no turlaridan ajratadi va ularni shu se­ma asosida birlashgan guruhga kiritadi. «Baholash» semasi shaxsiy baho va munosabatni ifodalovchi si­fatlarni (yaxshi, yomon, dono, zukko, sezgir, ahmok.. . .) asliy sifatlarning boshqa turlaridan farqlaydi va alohida guruhga birlashtiradi. «Umumiy baho» sema­si shu ma’no xususiyatiga ega bo’lgan baholash sifatlarini [yaxshi], [yomon] boshqa xususiy baho [dono], [chaqqon], [ahmoq] . . . sifatlaridan ajratadi. «Ijobiylik” semasi esa [yaxshi] qatorini «salbiylik» semasiga ega [yomon] qatoridan ajratadi va bu qatorni alohida guruhga birlashtiradi. Ko’rinib turibdiki, birlashtiruvchi va farqlovchi semalar tushunchasi o’ta nisbiy bo’lib, ayni bir sema bir jihatdan farqlovchi, ikkinchi jihatdan esa birlashtiruvchi sema vazifasi­ni o’taydi (ma’lum bir kichik guruhni birlashtirib, shu guruhni u kiradigan kattaroq guruhning boshqa guruhchalaridan farqlaydi). Shu bo’linishda [tuzuk], [durust], [yaxshi)], [ajoyib] leksik paradigmasida «belgining I, II, III, IV darajasi» semasi farqlovchi sema vazifasini o’taydi.

Birlashtiruvchi va farqlovchi semalarning nisbiyligi boshqa bir hodisada ham namoyon bo’ladi. Jumla­dan, [ota], [ona] leksemalarida «erkak» va «ayol» farq­lovchi sema vazifasini o’taydi. Ammo [bobo], [ota], [aka], [tog’a], [amaki], [o’g’il] leksemalari qatorida «erkak», [buvi], [ona], [opa], [xola], [amma], [qiz] qatorida esa «ayol» semasi birlashtiruvchi sema va­zifasini o’taydi.

Birlashtiruvchi va farqlovchi semalarning ajratilishi shartli va nisbiy bo’lganligi uchun semema tarkibidagi semalarni joylashtirishda alohida qoidaga rioya qilinadi. Kattaroq guruhlarni birlashtiruv­chi semalar kichikroq guruhlarni farqlovchi va birlash­tiruvchi semalardan oldin beriladi. Ulardan keyin mutanosib ziddi1yat hosil qiladigan semalar beriladi. So’ng belgining darajasi semalari va oxirida esa ifoda semalari beriladi. Masalan, [padar] leksema sememasining ma’no tarkibi quyidagicha berilishi mumkin: [padar] =1) predmet; 2) shaxs; 3) qarindoshlik; 4) qon-qarindoshlik; 5) bevosita; 6) 1- avlod; 7) «men» dan katta; 8) erkak; 9) kitobiy; 10) ko’tarinki.

Bu sememadagi I—IV semalar maxsus guruhlarni farqlaydi va birlashtiradi. V—VIII semalar qarindoshlik nomlari ichida mutanosib ziddiyatlar hosil qiladi. Ya’ni, ayni shu belgi bir necha ziddiyatda takrorlanadi. Chunonchi, «erkak», «ayol», semasi nafaqat [ota] : [ona], balki [bobo] : [buva], [kuyov] : [kelin], [amaki] : [amma] ziddiyatlarida ham, «1-avlod» se­masi [ota] : [ona]; [tog’a] : [amaki]; [xola] : [amma] va [o’g’il] : [qiz] ziddiyatlarida ham takrorlanadi+.

IX, X semalar ifoda semalari sifatida [padar] leksemasini [ota] leksemasidan tom ma’noda farqlaydi. Ular farqlovchi sema vazifasini o’taydi.

Leksema sememasini tarkibiy qismlarga, semalarga ajratib taxlil qilish komponent tahlil usuli deb aytiladi. Bu usul sistem tilshunoslikda til birliklarining ma’no (mazmun) tomonini o’rganishda asosiy hisoblanadi. So’z ma’nosini tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish usu­li nafaqat leksik ma’noni, balki grammatik, ma’noni o’rganishda ham keng qo’llaniladi. Aniqrog’i, ushbu usul so’z ma’nosini o’rganishda eng qulay usullardan sanaladi. Chunki bu usul sanoqli semalar yordamida son-sanoqsiz sememalarning va so’zlarning ma’no tarkibini aniqlash, izohlash va tasvirlash imkonini beradi. Shu jihatdan u mohiyat e’tiboriga ko’ra moddiy dunyoda D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi elementlarni eslatadi. 100 dan ortiqroq turlicha elementlarning turli usulda birikishi butun moddiy olamni yuzaga keltirganidek, 100—150 semaning birikishi ham tillardagi mikdoran cheksiz lek­sema va so’z ma’nolarini tasvirlash imkonini beradi. Shuning uchun ayni tahlil usulining kelajagi nihoyatda porloqdir. Biz tolibi ilmlarimizga A. M. Ko’znetsovning yakunlovchi asari bilan chuqur tanishib chiqishlarini, komponent tahlil usulini to’liq o’zlashtirib olishlarini maslahat beramiz.

Sememaning xususiyatlari, tushuncha bilan aloqasi, tarkibi kabilar bilan tanishib chiqqanimizdan so’ng sememaga ta’rif berish imkoniga egamiz. Semema leksemaning ichki, ma’no tomoni bo’lib, leksemaning o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlari orqali aniqlanadigan atash, ifoda va vazifa semalarining bir butunligidir. Bu ta’rifdagi juda muhim bo’lgan bir tomonga e’tibor berishimiz lozim. Bu ham bo’lsa sememaning leksemaning o’zidan emas, balki leksemaning o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlari orqali aniqlanishidir. Jumladan, [ona] leksemasini olaylik. Uning ma’nosi quyidagicha: «Bir ota-onadan tug’ilgan farzandlar ichida o’zidan kichiklarga (ukalariga, singillariga) nisbatan katta qiz». Demak [ona] leksemasining sememasi bevosita shu leksemaning o’zi­dan emas, balki uning [ota], [ona], [farzand], [uka], [singil] kabi leksemalar orasida mavjud bo’lgan, bevosita kuzatishda berilmagan, ammo ayni vaqtda ongimizda yashovchi munosabatlarning jami orqali aniqlanadi. Yoki [ol] fe’l leksemasining sememasi shu leksemaning [ber-], [sot-], [uzat-] kabi leksemalar bilan bo’lgan ma’no va vazifa munosabatlari orqali aniqlanadi. Leksemalar orasidagi yuqorida qayd etilgan munosabatlar aslida ongimizda mavjuddir. Ya’ni, bunday, (Munosabatlar hahiqiy bo’lib, ular leksemalarning ziddiyatlarida, o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlarida aks etadi.

Semema til birligiga xos tomon bo’lganligi uchun bevosita kuzatishda berilmaydi. U leksemalarning o’zaro munosabatlari, leksemalarning tahlili orqali ochiladi. Barcha til birliklari kabi semema ham nutqda voqelashadi, yuzaga chiqadi, aniqlashadi. Quyida shu masalaga to’xtalamiz.

Bir sememali va ko’p sememali leksemalar. An’anaviy tilshunoslik bir (Ma’noli (monosemantik) va ko’p ma’noli (polisemantik) so’zlarni farqlaydi. Bu jarayonda u, asosan, nutqiy ma’nolarga tayanadi. Nutqiy birliklar, jumladan, nutqiy ma’nolar turlicha bo’lganligi sababli bir ma’nolilik, asosan, ilmiy va xususiy atamalarga (terminlarga), sanoqli so’zlarga xos deb tan olinadi. Ko’p ma’nolilik esa ko’plab so’zlarga xos deb hisoblanadi. Bir ma’noli so’zlar sirasiga ilmiy atamalardan boshqa ko’pincha yangi so’zlar, qo’llanish doirasi (qo’shnichilik munosabatlari) o’ta tor bo’lgan so’zlar kiritiladi. Masalan, (darz ketmoq), (cho’rt kesmoq), (tarq yorilmoq) va h. k. Jamiyat taraqqiyoti natijasida yangi so’zlar ham asta-sekin qo’shimcha ma’nolarga ega bo’lib, qo’llanish doiraysini kengaytirib, ko’p ma’nolilik hosil qiladi. Til va nutq hodisalarini izchillik bilan farqlovchi sistem tilshunoslik (sistem tahlil) bu masalaga boshqacha yondashadi. U til va nutq birlik­lari orasidagi asosiy xususiyatlarni ochishga intiladi. Sistem tahlilning eng asosiy tushunchalari: barqaror butunlik barqaror til birligi (invariant) va o’zgaruvchan nutqiy ko’rinish (variant) tushunchalaridir.

Barqaror birliklar va nutqiy ma’no. Til birliklari bevosita kuzatishda berilmaganligi, muayyan moddiy shaklga ega bo’lmaganligi sababli ular barqaror birliklar hisoblanadi. Til birliklari ma’lum bir butunliklarning tizimlarning tarkibiy qismi, elementi sifatida ayni butunlik qurilishida barqaror o’ringa ega bo’ladi. Chunonchi, tor, lablangan unli bo’lgan [u] o’zbek tili unlilar tizimida shu ikki barqaror belgisiga ko’ra o’zining aniq o’rniga egadir. U unlilar sistemasida torlik belgisiga ko’ra o’rta keng, [u] va lablanganlik belgisiga ko’ra esa tor, lablanmagan [i] ga ziddir. Binobarin, [tor, lablangan unli] barqaror til birligi (butunlik) sanaladi. Bu barqaror butunlik nutqda, nutq shakli, nutqdagi o’z qurshovi ta’siri ostida turlicha ko’rinish­larda voqelashadi. Jumladan (u) tovushi (burun, butun, tutun) kabi so’zlarda oraliq va o’ta qisqa (qur, qul, qush, quruq...) so’zlarida qattiq va qisqa, (ko’rak, tun, tushkun, surgun...) so’zlarida yumshoq va qisqa, (bu, unli, u, undosh...) so’zlarida esa oraliq va cho’ziq kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Bulardan tashqari, har bir shaxsning nutq a’zolari, ovozi (yozuvda esa dastxati) o’ziga xosliklarga egadir. Har bir shaxs u unlisini o’ziga xos talaffuz etadi (yozadi). Bularning barchasi tilda barqaror butunlik bo’lgan [-tor, lablangan] u unlisining nutqiy ko’rinishlaridir. Bunday ko’rinishlar moddiy xususiyatlari bilan bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Masalan, eski turkiy tilda –g’un (turg’un so’zida) va -kin (keskin so’zida) orasida anchagina jiddiy farq bo’lishiga qaramay, ular aslida morfemaning (qo’shimchaning) tur­licha nutqiy ko’rinishlaridir. yoki hozirgi o’zbek tilining (ishlat) so’zidagi (t) va (yozdir) so’zidagi (-dir) ayni bir qo’ushimcha (orttirma nisbat morfemasi)ning ikki nutqiy ko’rinishidir.

Sistem tahlil nutqiy ko’rinishlarni va barqaror til birliklarini farqlash uchun bog’likq (noo’xshash) qurshov (qo’shimcha distributsiya, dopolnitelnaya distributsiya) va erkin (o’xshash) qurshov (kontrast, zid, qarama-qarshi distributsiya) tushunchalaridan foydalanadi. Erkin (o’xshash) qurshov barqaror, mustaqil til birliklariga xosdir. Masalan, (ber, bir, bor, bo’r, bur) unlilarining nutqiy qurshovi bir xil, ammo so’zlarning ma’nosi boshqa-boshqa. Shuning uchun bu so’zlardagi unli tovushlar tildagi mustatsil fonemalarning in’ikosi hisoblanadi. (qul, kul) so’zlarida ham (u) tovushlari talaffuzda farqlanadi. aniqrog’i, [u] ning qattiq shakli hamisha (q, g’, x, o va h. k.) tovushlari bilan, yumshoq shakli esa (k, g, e va h. k.) tovush­lari bilan yonma-yon kelganda yuzaga chiqadi. Demak, yumshoq (u) va qattiq. (u) bog’liq, belgilangan, noo’xshash qurshovlarda voqelashadi, namoyon bo’ladi. borliq qurshovlardagina yuzaga chiqadigan nutq birliklari til­dagi bir barqaror birlikning nutqiy ko’rinishlari­dir. Shuning uchun (qul va kul ) so’zlarida ham bitta birlikning [tor, lablanmagan unli] ikki nutqiy ko’rinishi, voqelashgan.

Leksema sememasi va nutqdagi so’z ma’nolari orasidagi munosabatni aniqlashda sistem tahlil yuqorida qayd etilgan barqaror birliklar va nutqiy ko’rinish erkin (o’xshash) va bog’liq (noo’xshash) qurshov tushunchalaridan foydalanadi.

Leksema sememasi va uning tarkibidagi semalar, yuqorida ko’rsatganimizdek, leksemalarning o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlari asosida, ma’no, ifoda va vazifa semalarining jami sifatida aniqlanadi. Semema til birligi bo’lgan leksemaning mazmunini tashkil etadi, barqaror birlik sanaladi. U nutqda turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’lib, o’ziga, shu matnga, sharoitga xos qo’shimcha ma’no bo’yoqlari, jilvalari, qirralari (ottenkalari) bilan voqelashadi. Chunonchi, [yaxshi] leksema sememasining tarkibi «belgi»,; «barqaror belgi», «sifat belgi», «baho belgisi», «ijobiy», «umumiy baho», «ichki va tashqi», «me’yorda», «oddiy» (neytral) kabilar sifatida yuqorida qayd etil­gan edi. Ushbu aytilganlarni nazarda tutib, [yaxshi] leksemasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Umumiy ichki va tashqi xususiyatni, so’zlovchining ijobiy munosabatini, me’yorda deb sanalgan ijobiy shaxsiy bahoni uslubiy bo’yoq jihatidan oddiy sifatida ifodalovchi asliy sifat». Binobarin, ayni semema [yaxshi] leksemasining barqaror, til birligi sifatidagi tomoni sa­naladi. Nutqda esa bu mazmun yuzlab ma’no ko’rinishlarida voqelashadi. Masalan, (yaxshi qiz), (yaxshi xotin), (yaxshi kishi), (yaxshi usta), (yaxshi san’atkor),. (yaxshi o’qituvchi), (yaxshi bastakor), (yaxshi yozmoq), (yax­shi yugurmoq) va b. so’z birkimalarida (yaxshi) so’zi o’ziga xos qator ma’nolarga ega bo’ladi. Aniqrog’i (yax­shi qiz) birikmasida (yaxshi) «chiroyli, kelishgan, odobli, aqlli...» kabi so’zlar bilan, (yaxshi xotin) birik­masida esa saranjom-sarishta, matonatli, halol, mehribon» kabi so’zlar bilan ma’nodosh bo’ladi. (yaxshi) so’zining qanday qo’shimcha ma’nolarga ega, uning nutqda qaysi so’z bilan bog’lanib, birikib kelishiga bog’liq (yaxshi) so’zining har bir ma’nosi bog’liq (noo’xshash) qurshovlarda voqelashadi. Shuning uchun bu birikmalarda (yaxshi) sememasi turli nutqiy ko’rinishlarda yuzaga chiqadi, namoyon bo’ladi. Ayni vaqtda ushbu birikmalar orasida qurshov bilan bog’liq bo’lgan ma’no farqlari mavjuddir. (Yaxshi, hozir yetib boraman. Yaxshi. Va’da ham berayin.. gaplarida (yaxshi) so’zi butunlay boshqacha qurshovda, boshqa gap bo’laklaridan ajratilgan holda kelib, (xo’p), (xo’p bo’ladi), (ma’qullayman) kabi, ma’no munosabatlarini ifodalamoqda. Shunga ko’ra [yaxshi) so’zining ushbu qurshovi avvalgi qurshovga mutlaq o’xshamaydi. Demak, bu qurshovda [yaxshi] leksemasi av­valgi, ya’ni yuqorida ko’rsatilgan ijobiy shaxsiy baho sememasini emas, balki boshqa bir sememasini yuzaga chiqargan. Binobarin, [yaxshi] leksemasida kamida ikki semema, ikki xil qurshovda voqelanuvchi mazmun, ma’no ko’rinishlari mavjuddir.

Bu holda [yaxshi] ikki sememali bitta leksemami yoki shakldosh (omonim) ikki leksimami degan savol tug’iladi. Ushbu masala an’anaviy tilshunoslikda sistem tilshunoslikka nisbatan chuqurroq va ilmiy jihatdan to’laroq o’rganilgan. Buning sababi shundaki, an’anaviy tilshunoslik ayni sememalar orasidagi tarixiy bog’lanishlarga tayanadi. Sistem tilshnoslik esa sememalar orasidagi tarixiy bog’lanishlarga tayana olmaydi. An’anaviy tilshunoslik ma’no turlari (sememalar) orasidagi bog’lanish zanjiriga taya­nadi. Agar ikki semema orasida bog’lanish zanjiri, uzluksizlik, birin-ketinlik, birining ikkinchisidan kelib chiqishi mavjud bo’lsa, bunday sememalar bir leksemadagi ikki va undan ortiq sememalar sifatida talqin etiladi [yaxshi] leksemasining yuqo­rida ko’rsatilgan har ikki sememasida ham «ijobiy baho» semasi mavjuddir. Shu asosda bu ikki semema bir leksemaga birlashishi mumkin. Yuqorida aytilganlarga ko’ra sistem tahlil bir sememali va ko’p semema­li leksemalarni farqlaydi. Nutqda bir sememali lek­sema ham, ko’p sememali leksema ham ko’p ma’noli so’zlar sifatida voqelanishi mumkin. Ya’ni turli qurshovlarda muayyan leksema muayyan sememasini (yoki yagona sememasini) turli ko’rinishlar orqali, ma’no buyoqdorligi orqali namoyon qilishi mumkin.

Leksema ko’p sememali bo’lsa, har bir sememaning nutqda voqelanishidagi qurshovi o’ziga xos, erkin bo’lganligi uchun leksema nutqda, matnda faqat bitta sememasining nutqiy ko’rinishini yuzaga chiqara oladi.

[Dona] leksemasini olib ko’raylik. Lug’atda bu leksemaning 6 ma’nosi qayd etilgan. Misollari quyidagilar: 1) besh dona tuxum; 2) anor donasi; 3) qum donalari; 4) materiya alohida donalar yig’indisidan tuziladi; 5) satranj taxtasidagi dona; 6) cho’p donalari. Bu ma’nolarni osonlikcha ikkita alohida qurshovda yuzaga chiqadigan sememalarga birlashtirish mumkin. Ko’rsatilgan ma’nolardan birinchisi [sanoq son + dona] qolipi orqali voqelashadi. Bu qolipda (dona) alohida ma’noga ega. U [-ta] qo’shimchasiga ma’nodosh: (o’ttiz dona tuxum — o’ttizta tuxum). Ikkinchi qolip esa quyidagicha: [murakkab tuzilishga ega bo’lgan narsa-buyum nomi+dona]. Bu qolipda (dona) 2—6— ma’nolarini yuzaga chiqaradi. U o’zi bog’lanib kelgan so’zning ma’nosiga, atalmishiga mos ravishda uning tarkibiy qismlarini ifodalab keladi. Shuning uchun (qum donalari) bilan (satranj donalari) kabi so’z birikmalarida (dona) turlicha ma’nolarga ega bo’lsa ham, bu ma’nolar bitta sememaning (murakkab tuzilishga ega bo’lgan muayyan narsa-buyumning) eng kichik tarkibiy qismi yoki turli nutqiy ko’rinishidir. Demak, [dona] leksemasida kamida ikki sememani ajratish mumkin. 2—6- ma’nolarning nomustaqilligini, ularning maxsus matnda, borliq qurshovda yuzaga chiqishini quyidagi tajriba ham osongina isbotlaydi. Demak, (dona) so’zini matndan ajratgan holda, alohida olsak, bu holda yuqorida qayd etil­gan ikki mazmunnigina eslaymiz, xolos. «Figura» LMK— satranj bilan aloqador matnda, «zarra» ma’nosi qum va shunga o’xshash narsalar bilan bog’liq matnlarda yuzaga chiqadi, voqelashadi, ya’ni u bir sememamaning turli ko’rinishi bo’ladi.

Ko’p sememali leksema o’zining har bir sememasi orqali turlicha leksemalar bilan o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlariga kirishadi. Masalan, [tana] leksemasini olaylik. Lug’atda bu lek­semaning to’rtta umumiste’moldagi va bitta ixtisoslashgan ma’no turi beriladi. Misollari quyidagilar: 1) tanasi yo’g’on odam; 2) tanamning jarohati... tuzalar; 3) tanasi boshqa dard bilmas; 4) ... yo’g’on qayrag’ochlar, tanalari qulochga sig’maydi. 1—3- misollarda bir sememaning (gavdaning bosh bilan son oralig’i) turlicha ko’rinishlari voqelashadi. Chunki bu misollarning barchasida [tana] leksemasi [bosh], [bo’yin], [oyoq.], [qo’l] leksemalari bilan o’xshashlik munosabatida ko’zatiladi. Ammo to’rtinchi misolda esa [tana] leksemasi [shox], [ildiz], [barg] leksemalari bilan o’xshashlik munosabatiga kirishadi. Bu esa [ta­na] leksemasidagi ayni sememaning alohida, ikkinchi semema ekanligidan dalolat beradi. Ruhiy tajriba ham buni tasdiqlaydi. Ya’ni [tana] leksemasini esga olsak, xotiramizda 1) inson gavdasi va 2) daraht asosi gavdalanadi. Ushbu ikki semamaning o’zaro bog’liq, ammo alohida-alohida sememalar ekanligini bu sememalarning bir xil qurshovda voqelana olishi ham tas­diqlaydi. Masalan, (tanasini kesdi] so’z biriikmasda har ikkala semema yuzaga chiqishi va boshqa - boshqa ma’nolarni anglatishi mumkin. Bir xil qurshovda voqelashishi, shu qurshovda qat’iy mazmuni va vazifasini saqlashi til birliklarining mustaqilligini isbotlovchi eng muhim dalil ekanligini ta’kidlash ortiqchadir.

Bir sememali leksema ham nutqda ko’p ma’noli bo’lishi mumkin. Masalan, asosan, bir sememaga ega»(bo’lgan [tan] leksemasi insonning jismoniy moddiy tomonini ifodalovchi sifatida uning ruhiy tomoni, mohiyatini ifodalovchi [jon] leksemasiga ziddir. Ammo nutqda u ikki-to’rt ma’noga ega bo’lishi mumkin. Lug’atda shu ma’nolardan ikkitasi qayd etilgan. Misollari quyidagilar: 1) bunda qolar sening taning; 2) sog’ tanda, sog’ aql. Ayni vaqtda [tan] leksemasining yana boshqa nutqiy ma’nolari ham bor (masalan: Oilamiz kichik, to’rt tandan iborat edi).

Shunday qilib, tilda bir sememali va ko’p semema­li leksemalarni farqlash lozim. Nutqda esa ushbu leksemalar ko’p ma’noli so’zlar sifatida yuzaga chiqishi, voqelanishi mumkin. Chunki nutqda faqat leksema sememasining ko’rinishlari beriladi. Barqaror butunliklarning nutqiy ko’rinishlari, xillari esa cheksizdir.

XULOSA

Mavzuyimiz bo’yicha to’plangan va tadqiq qilingan materialllar shuni ko’rsatadiki, shu kunga qadar mavjud bo’lgan o’zbek tilshunosligidagi leksema va semema tahlili va talqini mavzusi dolzarb mavzu bo’lib, bir so’z matn ichida boshqa so’zlar bilan aloqaga kirishishi natijasida ko’plab semantik ma’nolarni keltirib chiqaradi. Mavzu bo’yicha nazariy qarashlarni umumlashtirildi. Mavzu bo’yicha adabiyotlar to’plandi. Mavzu to’lig’icha o’rganildi. Rahmatullayevning “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kitobi asosida mavzuga oid misollar keltirildi.




Download 81,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish