Guruh talabasi suyunova muxlisa ozodovnaning



Download 81,64 Kb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi81,64 Kb.
#262538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI 2- “B” GURUH TALABASI

SUYUNOVA MUXLISA OZODOVNANING

Leksema va semema tahlili va talqini” mavzusidagi



KURS ISHI


REJA:
Kirish.

1. Leksemalarga xos nazariy qarashlar

2. Leksemaning 2 tomoni: nomema va semema

3. Sememaning tarkibi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yoshlarni ijodiy tafakkur sohibi qilib yetishtirishni ta’lim tizimi oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa qilib qo‘ydi. Zero, mustaqil va ijodiy fikrlashni o‘rgangan shaxs, til imkoniyatlarining bitmas-tuganmas xazinasidan foydalanish sinoatlarini mukammal egallagan yosh avlodgina buyuk kelajakni yaratishga, milliy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘llarini belgilab berishga qodir bo‘ladi.


Ta’lim jarayonida yoshlardagi ilmiy g‘oya va iqtidorni shakllantirish,
an’anaviy qadriyatlarni e’zozlash, vatan taraqqiyoti, ravnaqi yo‘lida jon olib jon beradigan vatanparvar, ijodkor-u tadbirkor, komil-u fozil yosh avlodni tarbiyalash muammosi ona tili va adabiyotning bosh vazifasi ekanligini unutmasligimiz kerak.
Ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgan barcha ma’lumotlar jamiyat va taraqqiyot uchun nisbiyligicha qolaveradi. Chunki odamlar yashaydigan jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot qonunlari asosida beto‘xtov ilgarilab boradi. Shuning uchun muhtaram Prezidentimiz Sh. M.Mirziyoyev “Hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi1” – degan edilar. Kurs ishi davomida leksema va uning matnda boshqa so’zlar birikishi natijasida semantik xususiyatlarinining o‘zgarishi, o‘zining ma’nosida esa kam qo‘llanilishini kuzatib boramiz yoki tilimizda kam qo’llaniladigan leksemalarning boshqa so’zlar birikuvi natijasida yangi va qo‘shimcha ma’nolar yuklashi, yashash imkoniyatlarining kengaytitilishini ko’rishimiz mumkin. Leksema o’zining eng muhim vazifasi bo’lgan voqea­likdagi, inson ongidagi narsa-buyum, belgi, xususiyat va mohiyatlarni atashni semema orqali bajaradi. Sememaning ongimizdagi tushunchalar bilan bog’liqligi leksemaning atash, nomlash vazifasini bajarishga imkon beradi. Semema ongimizda mavjud bo’lgan turlicha tushunchalar bilan bog’lanadi. Mantiq fanidan ma’lumki, ongimizdagi tushunchalarning hammasi ham voqelikdagi narsa-buyum, belgi-xususiyat, munosabat asosida hosil bo’lmagan. Aniqrog’i, faqat ongimiz mahsuli bo’lgan tushunchalar ham mavjuddir. Chunonchi «dev», «pari», «jin», «ajina», «arvoh» kabi xayoliy tushunchalar, «qizillik», «go’zallik», «adolat» kabi mavhum tushunchalar shular jumlasidandir. Binobarin, sememalar shunday tushunchalar bilan ham bog’lana oladi. Leksema sememalar nafaqat tushunchalar bilan, balki tasavvur va obrazlar (tasvirlar) bilan ham bog’lanadi. Ayni shu xuxusiyatlar kurs ishi davomida ochib berilgan.

Til birliklarining ma’noli qismlarini – semalarini, ularning birika olish imkoniyatlarini – valentligini juda ko’p tadqiqotlar uchun manba bo’la olgan, Ushbu masala to‘g‘risida tadqiqotlarda, ta’lim bosqichlarida masalaning o‘rganilishi sohasida turli-tuman qarashlar, yondashuvlar yuzaga keldi. Ularni tahlil qilish va o‘rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.





Download 81,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish