Guruhning shakllanishi, guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhit, Guruhlarda rahbarlik va liderlik, boshqaruv uslublari, O’quv guruhida ijtimoiy mavqye muammosi



Download 31,56 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi31,56 Kb.
#211163
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-Mavzu. Kichik guruhlar psixologiyasi

Rasmiy guruh - rasmiy hujjatlar asosida to’ziladigan guruh (ustav, shtat). Ishlab chiqarishdagi ta’minot bo’limi, oliy o’quv yurtidagi talabalar guruhi rasmiy guruhlardir. Bunday guruh a’zolari o’rtasida ish yuzasidan bo’ladigan aloqalar o’rnatiladi, bu aloqalar ham hujjatda ko’zda tutilgan bo’ladi. Ular bo’ysunish yoki teng huquqlikni, topshiriq bajarishdagi javobgarlikning ko’p yoki kam bo’lishini ko’zda to’tadi.

Norasmiy guruh - psixologik motivasiyaning yagona yo’nalishi asosida simpatiya, qarashlarning yaqinligi, e’tiqod asosida vujudga keladi. Bunda rasmiy hujjatlar hyech qanday kuchga ega emas. Agar simpatiya va o’zaro bog’liqlik yo’qolsa, guruh ham tarqab ketadi. Referent guruh (yetalon guruh) - bu real yoki hayolan mavjud bo’lgan guruh bo’lib, uning qarashlari, qonun - qoidalari namuna bo’lib hisoblanadi. Guruh normalarini tan oluvchi, ularni eng yahshi deb hisoblovchi va ularga qo’shiluvchi shaxs shu guruhga kirishi mumkin. Bunda shaxs bu normalarga qo’shilibgina qolmay, ularni himoya qiladi va zarur bo’lsa, tashviqot qilishi mumkin. Guruhlarni rivojlanish darajasiga ko’ra bir qancha turlarga ajratish mumkin. Bular:

1. Tashkil etilmagan guruhlar:

a) assosiasiyalar;

b) diffuz guruhlar;

2. Tashqaridan tashkil etilgan guruhlar: tashkilotlar, ishlab chiqarish, o’quv, kasaba uyushma tashkilotlari, harbiy qism, turli hil jamiyatlar.

3. Ichkaridan tashkil etilgan guruhlar:

a) korporasiya;

b) jamoadan iboratdir.

Odamlar ijtimoiy birlashmasi rivojlanishining yuqori shakli - jamoadir.

Jamoa - bu kishilar faoliyatining umumiy maqsadga erishish yo’lida psixologik jipsligi va umumiy foydali motivlar bilan tavsiflanuvchi guruhidir. Jamoaning muhim belgisi - maqsad va vazifalarning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligidir. Agar bu belgi bo’lmasa, guruh jamoa deb atalishi mumkin emas.

Faoliyat macsadiga ko’ra:

a) kasbiy jamoalar - ishlab chiqarish jamoalari, ijodiy, harbiy, o’quv jamoalari;

b) ijtimoiy tashkilotlar - kasaba uyushma, turli hil partiyalar, yoshlar tashkilotlari;

v) ko’ngilli jamiyatlar - ilmiy, ilmiy-tashviqot, harbiy sport tashkilotlari.

g) havaskorlik jamoalari - badiiy havaskorlik jamoalari, kollekcionerlar jamiyati kabilar farqlanadi.

Boshqa jamoalar tizimida tutgan o’rni va aloqalariga qarab, birlamchi va asosiy jamoalar ajratiladi.

Guruhlar va jamoalarda shaxs ikki hil munosabatda - xizmat yuzasidan bo’ladigan va shaxsiy munosabatlarda bo’ladi. Xizmat yuzasidan bo’ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bog’liqlik, do’stlik, o’rtoqlik, simpatiya asosida vujudga keladi. Xizmat yuzasidan bo’ladigan va shaxsiy munosabatlar shaxslararo munosabatlar tizimini tashkil etadi.

Guruh a’zolari bir-birlariga nisbatan bir hil holatda bo’la olmaydilar. Guruhning har bir a’zosi o’zining shaxsiy va ishga taalluqli bo’lgan sifatlariga, o’zining mavqyeiga ko’ra guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan holatni egallaydi. O’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ayrim kishilar boshqalariga nisbatan ko’proq obro’ga ega bo’ladilar. Eksperiment ma’lumotlariga ko’ra, sinf jamoasida, ya’ni 30-40 o’quvchi ichida eng mashhur, obro’lisi 3-4 o’quvchi bo’lishi mumkin. Ularning mashhurligi nimaga bog’liq?

Birinchidan, buning sababi o’quvchilarning guruhning boshqa a’zolari bilan aloca o’rnata olish malakalaridir.

Ikkinchidan, shaxs o’zining bilim va malakalari tufayli, bu bilimlar bilan o’rtoqlashish, boshqa kishilarga beg’araz yordam ko’rsatishga intilishi sababli mashhur bo’lishi mumkin.

Uchinchidan, tashqi ko’rinish omili tufayli ham shaxs guruhda avtoritet qozonishi mumkin. Bu omilga jismoniy kuch ko’rsatkichini ham kiritish mumkin.

Guruh yoki jamoadagi ba’zi a’zolar shaxsiy o’zaro munosabatlardan chetda qoladilar. Ular bunday aloqalar o’rnatish uchun o’zlariga sherik tanlaydilar. Biroq, bu ushbu shaxs jamoa tomonidan hohlanmaydi, degan so’z emas, bu shaxs bilan ish yuzasidan bo’ladigan munosabatlarga kirishadilar. Jamoadagi bu a’zoning shaxsiy o’zaro munosabatlari jamoadan tashqarida yahshi o’rnatiladi.

Guruhda shaxs yana shunday holatda ham bo’lishi mumkin, bunda uni guruhdoshlari do’stlikda, shaxsiy munosabatlarda rad etadilar. Guruhdagi yakkalab qo’yish (izolyasiya) va rad etish sabablari ham turlicha bo’lishi mumkin:

Birinchidan, rad etiluvchi o’quvchilarning o’cishga befarc munosabatda bo’lishi. Ikkinchidan, ba’zi o’quvchilarning sinfdoshlari tomonidan rad etilishi ular bilan bo’ladigan muloqotning qiziqarli emasligi bilan ham tushuntiriladi.

Uchinchidan, ajralib qolganlik guruhdoshlari bilan aloqa o’rnata olmaslikka ham bogliq bo’lishi mumkin.

Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy rollar nazariyasi keng o’rin egallagan. Unga ko’ra har bir shaxs ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o’z faoliyatida turli ijtimoiy rollarni bajaradi. Masalan, universitet talabasi ustozlari oldida talaba, ota-onasi oldida farzand, akasi oldida uka, ukasi oldida aka, bobo-buvisi oldida nevara va o’rtoqlari oldida esa tengdosh rolida faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy rol - ijtimoiy faoliyatning zaruriy turi, ijtimoiy munosabatlar sistemasidagi shaxsning o’rni bilan belgilab berilgan shaxs hatti-harakatining usulidir. Ijtimoiy rolni bajarishda turli usullarning "shaxsiy" bo’lish imkoniyatlari mavjud.

Guruhlar yoki jamoalarda o’ziga boshchilik rolini oluvchi shaxs farqlanadi. Psixologiyada bunday shaxs lider deyiladi. Lider guruhni tashkil etish va boshqarish uchun tayinlanishi yoki belgilanishi mumkin.

Lider quyidagi vazifalarni bajaradi:

• guruhda maqsadga erishishning usul va yo’llarini rejalashtirish;

• guruh a’zolari o’rtasida javobgarlikni taqsimlash;

• muayyan muhitni tashkil etish;

• guruh a’zolarining faolligini oshirish.

O’zaro munosabatlar sohasi bo’yicha liderlarning ikki turi farqlanadi:

Rasmiy lider;

Norasmiy lider.


Download 31,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish