Hakim nazir ijodi, uning asarlaridagi tarbiyaviy jihatlarning yoritilishi


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Download 492,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.07.2022
Hajmi492,92 Kb.
#727737
1   2   3   4
Bog'liq
hakim-nazir-ijodi-uning-asarlaridagi-tarbiyaviy-jihatlarning-yoritilishi

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hakim Nazir 1915- yili Toshkentda mahsido'z kosib oilasida tugʻilgan. 30-yillar 
kosibchilik qilish bilan birga, Toshkent pedagogika institutining kechki bo'limida o'qidi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 193
Dastlab gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, bo'lim mudiri, keyinchalik o'qituvchilik 
qiladi.Adibning ilk to'plami "Qishloqdagi jiyanlarim" 1948-yili dunyo yuzini ko'radi. 
Shundan keyin "Besh baho", "Cho'l havosi", "Yaxshi ism", "So'nmas chaqmoqlar", "Bir
tup g'o'za", "Meni taniysizmi", "Bolajonlarim" nomli hikoyalar to'plamlari va 
"Chiranma g'oz" sahna asari e'lon qilinadi.
50-yillar Hakim Nazir uchun ijodiy mahoratni oshirish davri bo'lgan. "Yonar 
dunyo" qissasi adib ijodining yuksak pog'onaga ko'tarilganidan darak beradi. Dastlab 
ikki jild (1968-1970), so'ngra besh jildlik (1978-1980) tanlangan asarlarining chop 
etilishi nafaqat yozuvchi ijodida, balki o'zbek bolalar adabiyotida ham muhim yangilik 
bo'ldi.
"Qishloqdagi jiyanlarim", "So'nmas chaqmoqlar", "Yonar dunyo", " Lochin 
qanotlilar", " Kenjatoy" kitoblarining rus tilida bosib chiqilishi taniqli bolalar 
yozuvchisiga katta shuhrat keltiradi. Adibning "Tohir-Zuhra", "Dadamni topib 
beringlar", "Oq fotiha" qissalarida milliy-ma'naviy qadriyatlar ulug'lanadi.
Respublika Davlat mukofotining laureati, G.Andersen nomidagi xalqaro diplom 
sovrindori, O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazirning qator asarlari bir necha 
tillarga tarjima qilingan. 
Hakim Nazirning asarlarini tahlil qilar ekanmiz, ortiqcha o'ylantiradigan 
epizodlarning kamligi, xalq tilidan yozilganligi, soddaligi bilan ajralib turishiga amin 
bo'lamiz. Voqealar rivojining bir maromda borishi asarni o'qishli qilgan.
Avvalo, uning "Oqibat" hikoyasiga to'xtalaylik. Nomidan ham ko'rinib turibdiki, oqibat 
- insonlarning bir-biridan hol-ahvol so'rab turishi, sog'ligi, yurish-turishidan xabardor 
bo'lishi, bemor chog'ida salomatlik so'rab borishi kabi bir nechta insoniy sifatlarni o'zida 
mujassamlashtiradi.
Hikoya Aziza xolaning ayvon to'rida kasali qo'zg'ab qolgani uchun cho'zilib 
yotganidan boshlanadi. Barcha obrazlar markazida o'ziga oro berib, yasanib yuradigan 
lobar, fe'li ayniganroq ayol - Lazokatxon obrazi turadi.
Keksalik davrida yolg'iz qolgan qo'shni ayolga qilayotgan beminnat iltifoti 
orqasidan bo'ladigan voqealar rivoji kitobxonni hikoyaning keyingi davomini o'qishga 
undaydi. Kelinining otasi tuzukkina tadbirkorlardan ekanligini, ishlari yurishib 
ketgandan keyin saxiyligi tutib qolganini, qiziga yaqinidagi uydan bir kvartira olib 
berganini Aziza xola qo'shnisiga xokisorlik bilan aytib beradi. Ko'hna, tor pastqam 
hovlisida siqilibroq yashashayotgani-yu, o'z-o'zidan o'g'li O'ktam ham rafiqasi ketidan 
ergashganini kuyunchaklik ila, yuragi dardga to'lib gapiradi. Jismoniy jihatdan og'rib 
yotgan Aziza xolani ruhiy jihatdan ham qiynalmasligini istagan Lazokat opa 
O'ktamning ishxonasiga tegishli bir-ikkita telefon raqam topib, telefon qilishi 
qo'shnisiga bo'lgan g'amxo'rlik, yaxshi kunida ham, yomon kunida ham birga bo'lish, 
qo'shnisiga nisbatan mehribonlik tuyg'ularini barq urib rivojlanganini ko'rsatadi. 
Albatta, qo'shnichilik munosabatlari azal-azaldan o'zbek xalqiga xos odat bo'lib kelgan.



Download 492,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish