Halqali chuvalchanglar (Annelides) tipi. Reja: Nеmеrtinalar va tiqonboshlilar tipi



Download 187,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi187,97 Kb.
#241181
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Z 1

Nerv  sistemasi-  tanasining  oldingi  qismidagi  nerv  hujayralari  aylanib  halqumusti  va 

halqumosti  yirik  nerv  tugunlarini  hosil  qiladi.  Bu  nerv  tugunlarini  halqumni  ikki  tomondan 

aylanib  o'tadigan  halqa  nerv  tolalari  birlashtirib  turadi.  Halqumosti  nerv  tuguni  qorin  bo'ylab 

ketadigan qorin nerv zanjiri bilan to`tashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo'g'imi to'g'risida 

bittadan  kichikroq  nerv  tugunlari  joylashgan.  Hamma  nerv  to’gunlaridan  teriga  va  ichki 

organlarga nervlar chiqadi. Shunday qilib, yomg'ir chuvalchangining nerv sistemasi oq planariya 

va  askaridanikiga  nisbatan  ancha  murakkab  tuzilgan  bo'lib,  halqumusti    va  halqumosti  nerv 

tugunlaridan,  qorin  nerv  zanjiridan  hamda  ulardan  chiqadigan  nerv  tolalaridan  iborat.  Sczgi 




organlari va refleksi - maxsus sezgi organlari bo'lmaydi, lekin u yorug'lik, hid, harorat, kimyoviy 

va  ta'sirlarni  yaxshi  sezadigan  sezuv  hujayralari  bo’lib,  asosan  tananing  oldingi  tomonida 

joylashgan.  Uning  teri  hujayralarida  sezuvchi  tolalari  bo'ladi.  Bu  nervlar  nerv  tugunlari  bilan 

bog'langan.  Yomg'ir  chuvalchangining  refleksi  gidra  va  oq  planariyaga  ancha  murakkab  va 

xilma-xil bo'ladi. Gidra yoki planariya tanasining qaysi qismiga ta'sir etsak ham tanasini bir xil 

qisqartirish  bilan  javob  beradi.  Bunda  aksicha,  yomg'ir  chuvalchangi  tanasining  qaysi  qismiga 

ta'sir qilsak o'sha tomoni ta'sirlanadi va u har xil harakat qiladi. Masalan, oldingi tomoniga biror 

narsani  tekkizganimizda  bosh  qismini  tortib  oladi  va  boshqa  tomonga  burilib,  harakat  qiladi. 

Reflekslar  yordamida  chuvalchang  o'z  ozig'ini  qidirib  topadi,  dushmanlaridan  saqlanadi,  kuchli 

yorug'lik va issiqlikdan yashirinadi. 



Ko'payishi -  yomg'ir chuvalchangi  germafrodit (ikki jinsli) hayvon. Juda kichik ikki juft 

tuxumdoni  13-  segmentda  joylashib,  14-segmentdagi  1  juft  voronkasimon  tuxum  yo’li  – 

yetishgan (otalanmagan) tuxumlarini tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Ikki juft urug’doni – 

urug’ qopchiqlarining ichida joylashgan. 9-13 segmentlardagi  kattagina pufaksimon qopchiqlar 

uch juft katta o’simta hosil qiladi. Mazkur qopchiqlarga ajralib chiqqan urug’ (spermatozoidlar) 

shu yerda yetiladi va ma’lum vaqt saqlanib, urug’ yo’li naychalari orqali tashqariga chiqadi. Ikki 

juft urug’ yo’li “voronka” lari urug’ qopchiqlarini ichida joylashgan bo’lib ularning birlashtirgan 

bir  juft  naychalari  15  segmentning  qorin  tomonida  tashqariga  ochilgan.  9-10-  segmentlarda 

joylashgan 2 juft “urug’ qabul qiluvchi qopchiqlar” joylashgan. Bu qopchiqlar qo’shilish vaqtida 

boshqa chuvalchangdan spermatozoid olish va uni saqlashga xizmat qiladi.  

  

Bahorda  yomg’ir  chuvalchanglari  bosh  tomoni  bilan  qo’shilib  spermalarini  almashtirib 



oladi  (ularda  tuxumlardan  ancha  vaqt  ilgari  spermalar  yetiladi).  Bir  necha  kun  o’tgach,  kamar 

segmentlarining  atrofida,  (belbog'chasidan)  ulardan  ajraluvchi  shilimshiq  moddadan  bug’doy 

donasidek maxsus pilla hosil bo'ladi. “Kamar” dagi bezlar pillaning ichiga oziqli suyuqlik ajratib 

o’tkazadi.  Har  qaysi  pillaga  2-3  dona,  ba'zan  6-20  donagacha  tuxum  qo'yadi.  Ular  pillalarini 

yaxshi havo o’tkazadigan zaxroq yerga qo’yadi. Chuvalchang pilla ichiga bir qancha tuxum va 

ilgari  boshqa  chuvalchangdan  olgan  spermalarini  ajratib  chiqaradi.  Pilla  chuvalchang  tanasidan 

sirg'alib  tuproqqa  tushadi.  Tuxumlar  pillaning  ichida  otalanib  rivojlangach,  dastlab  shu  yerda 

ya’ni  troxoforasimon  kiprikli  lichinka  davrini  o’tadi  va  bir  oydan  keyin  yosh  chuvalchangga 

aylanadi. (odatda 1 ta pillada faqat 1-2 ta chuvalchang  yetishadi.) Chuvalchanglar bir necha  yil 

yashaydi. 



Regeneratsiyasi - yomg'ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining 

jarohatlangan  qismini  tiklash  xususiyatiga  ega.  Chuvalchang  tanasi  ikki  bo'lakka  ajratilganida 

uning bar bir bo'lagidan yangi chuvalchanglar hosil bo'lishi aniqlangan. 

  

Yer  yo’zida  yomg'ir  chuvalchanglarining  180  dan  ortiq  turi  tarqalgan.  Halqali 



chuvalchanglarning  juda  ko'p  turlari  chuchuk  suvlarda  ham  hayot  kechiradi.  Yomg'ir 

chuvalchanglari  va  chuchuk  suvlarda  hayot  kechiradigan  halqali  chuvalchanglarning  tana 

halqalarida ko'zga ko'rinmaydigan siyrak va kalta tukchalari bo'ladi. Shuning uchun ularni kam 

tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi. 

    

Yomgir  chuvalchanglari  tuproqni  yumshatib,  unga  suv  va  havo  o'tishini  yaxshilaydi. 



O'simlik  ildizlari  chuvalchanglar  qazigan  inlar  orqali  yaxshi  o'sadi.  Bundan  tashqari, 

chuvalchanglar tuproqni ichagidan o'tkazib uni chirindiga boyitadi. Chuvalchanglar ko'p bo'lgan 

tuproq donador bo'lib, namlik  va oziq  moddalarni  o'zida  yaxshi  saqlaydi. Bir  gektar maydonda 

yomg'ir  chuvalchanglari  bir  yil  davomida  250-600  t  tuproqni  qayta  ishlab  berishi  aniqlangan. 

Yomg'ir  chuvalchanglarining  ayrim  turlaridan  chorvachilik  va  uy-ro'zg'or  chiqindilarini  qayta 

ishlab,  sabzavot  va  poliz  ekinlari  uchun  qimmatli  o'g'it  hisoblanadigan  biogumus  olishda 

foydalaniladi.  Yomg'ir  chuvalchanglari  ko'p  bo'ladigan  tuproqlarda  o'simliklar  yaxshi  o'sadi  va 

mo'l  hosil  beradi.  Chuvalchanglar qirilib ketmasligi  uchun tuproqni kimyoviy zaharli moddalar 

bilan  ifloslantirmaslik,  tuproqqa  go'ng  solib  turish  kerak.  Yomg'ir  chuvalchanglari  juda  foydali 

va  noyob  hayvonlar  sifatida  himoya  qilinadi.  Xalqaro  ,,Qizil  kitob"ga  yomg'ir 

chuvalchanglarining 11 turi kiritilgan. 



    

Chuchuk suv havzalarida yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar – tubefeks suvni har 

xil  ifloslikdan  tozalab,  sanitarlik  vazifasini  bajaradi.  Ular  turli  suv  hayvonlari,  shu  jumladan 

baliqlar  uchun  asosiy  oziq  bo'lib  hisoblanadi.  Chuchuk  suv  chuvalchanglari  akvarium  baliqlari 

uchun yem sifatida ko'paytiriladi. 

  

Dalalarda, ekinzorlar va yaylov yerlarda ko’p tarqalgan oqish chuvalchang  – allobofora 



lar o’rtacha 15-16 sm uzunlikda bo’lib, nihoyatda ko’p tarqalgan. 1 m

 tuproqda 400-500 ta va 



undan  ham  ko’p  bo’lishi  mumkin.  Qurg’oqchilikka  chidamli  bu  chuvalchang,  ayniqsa,  tuproq 

hayotida katta ahamiyatga ega. Mazkur oilaga mansub va ko’p tarqalgan gigant allobofora (40-

50  sm  gacha  bo’ladi)  va  go’ng  solingan  yerlarda  ko’plab  ko’payadigan  go’ng  chuvalchanglar  

ham foydali hisoblanadi.  

    

Avstraliyada  uchraydigan  gigant  Avstraliya  megoskolisidasi    2,5-3  m  gacha  uzunlikda 



bo’lib, o`zoqdan ilonga o’xshab ko’rinadi. Bu chuvalchanglar ham yer ostida yashab, tashqarida 

tuproq uyumlari hosil etadi. Megoskolitsida chuvalchanglari orasida tropik o’rmon daraxtlariga 

chiqib yashaydigan turlari ham uchraydi.  

    


Yomg’ir chuvalchanglarining tuproq hosil bo’lishida va tuproq hosildorligini ortirishdagi 

ahamiyatini  1-bo’lib,  mashhur  olim  Ch.  Darvin  ko’p  yillar  mobaynida  tekshirdi.  Darvinning 

ko’rsatishicha  chuvalchanglar  tuproqning  ustki  qavati  bilan  ostki  qavatlarini  almashtira  borib, 

undagi chirindi va boshqa organik birikmalarning minerallanishi (o’simlik o’zlashtiradigan holga 

kelishi)  ni  mo`ttasil  ravishda  muvofiqlashtiradi  va  tuproqdagi    “yo’llari”  orqali  undagi  foydali 

mikroblarni ko’payishi va tuproqqa havo kirib turishini ta’minlaydi.  

  

Kamtuklilar  xam  xuddi  ko`ptuklilar  singari  yuqori  daraja  rеduktsiyalanish  xususiyatiga 



ega,  asosan chuchuk suvlarda va tuproqda, bazida esa dеngizlarda hayot kеchiradilar. 

Amaliy  axamiyatiga  kеladigan  bo`lsak  bir  kvadrat  mеtrdagi  chuvalchanglar  bir  yil 

davomida 4 kgtuproqni, xuddi shu muddatda 1 ga yеrdagi chuvalchanglar esa 10 t dan 30 t gacha 

tuproqni yеr yo`zasiga chiqarishi mumkin. Yomg`ir chuvalchanglar tuproqni ichagidan o`tkazib, 

koprolitlar xosil qiladi, yеmirilishini saqlaydi va nam shimilishini yaxshilaydi. 

 

Chuchuk  suv  kamtuklilari  o`z  ichagidan  ko`p  miqdorda  loyqan  o`tkazib,  suvxavzalarini 



organik  qoldiqlarda  tozalaydi.  Kamtuklilar  baliqlarning  asosiy  ozig`i  xisoblanadi,  Qizil 

chuvalchang akvarium baliqlari uchun maxsus ozuqa. Eyzеniya biogumus olishda ishda ishtiroki 

katta. 

Klassifikatsiyasi kamtuklilar ikki turkumni birlashtiradi.  

Naydomorflar turkumii – turlari asosan chuchuk suv xavzalarida hayot kеchiradilar 

YomG`ir  chuvalchangi  turkumi  –  chuchuk  suv  xavzalari  va  ayniqsa  tuproqda  hayot 

kеchiradilar. Tana uzunligi  bir nеcha sm dan 2,5 mеtrgacha yеtishi mumkin. 

Savollar

1. Xalqali chuvalchanglariga mos bo`lgan umumiy bеlgilar nimalardan iborat? 

2. Xalqali chuvalchanglarning klasifikatsiyasini kеltiring. 

3. Ko`ptuklilar va kamtukllarning asosiy farq qiluvchi bеlgilari nimalardan iborat? 

3. Yomg`ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi nimalardan iborat? 

4. Xalqali chuvalchanglarning ekologiyasi va amaliy axamiyati nima? 



Foydalanilgan adabiyotlar: 

Download 187,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish