Hamidulla Dadaboyev



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/66
Sana08.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#756293
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
hamidulla dadaboyev. o\'zbek terminologiyasi

qamal, yurish, kechuv, ko‘rik, pistirma, qo‘shin 
(eski shakli: qo‘shun), 
ilg‘or, soqchi, qorovul, ayg‘oqchi, to‘pchi, dengizchi, chopar, mergan, 
qochoq
va h.k.; 2) qurol-yarog‘ va aslahalar nomini anglatuvchi 
to‘p, qurol-
yarog‘, kema, o‘q, qo‘ndoq, qalqon, sol, kiyim, quloqchin 
va h.k.; 3) 
urush, 
tinchlik, g‘alaba, mag‘lubiyat, sulh, ta’qib
kabi mavhum ma’noni 
ifodalovchi leksik birliklar oiddir. 
Tarixiy qadimiyligi bir necha yuz yillar bilan o‘lchanuvchi 
zoologik terminologiya ham hozirgi kunlarga qadar ma’lum sondagi 
so‘zlarni tizimida asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Sinchkovlik bilan 
qilingan tahlilga muvofiq XI-XIV asr eski turkiy til yozma obidalari tilida 
qo‘llangan 432 ta zoonimning 365 tasi asl turkcha, 33 tasi forscha-tojikcha, 
26 tasi arabcha, 5 tasi mo‘g‘ulcha, 3 tasi esa hind-yevropacha ekanligi 
aniqlangan. 
Ряд1; turk; 
370; 23%
Ряд1; uyg'ur; 
348; 22%
Ряд1; o'zbek; 
390; 25%
Ряд1; qirg'iz; 
244; 15%
Ряд1; qozoq; 
230; 15%
Ряд1; ; 0; 0%
turk
uyg'ur
o'zbek
qirg'iz
qozoq


22
Sof turkiy 365 zoonimlar tub (158) hamda yasamalarga (207) 
taqsimlanadi. Yasama zoonimlarning 132 tasi morfologik, 59 tasi sintaktik, 
5 tasi esa semantik yo‘l bilan hosil qilingan. Chunonchi,
to‘ng‘iz, bo‘rsiq, 
biya, kiyik, quyon, shunqor, g‘oz, o‘rdak, burga, qo‘ng‘iz, ot, tovuq
singari 
talay leksik birliklar hozirgi o‘zbek zoologik terminologiyasi tarkibida faol 
qo‘llanmoqda ( Abdushukurov 1998; 1).
VII-XIV asrlar yozma yodgorliklari matnlarida qayd etilgan 
elchi, 
elchilik, elchixona, yorliq, sulh, sulhnoma, xabar, josus, tashrif, ijozat, 
qabul, noma, muhr, dushmanlik, nishon
va boshqa asl o‘zbekcha (turkiy) 
hamda o‘zlashma so‘z va so‘z birikmalari zamonaviy o‘zbek diplomatik 
terminologiyasi tizimida keng ishlatilmoqda ( Dadabayev 1994 ;4-13.).
Ayni chog‘da, hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini 
uning tarkibiga kirib kelayotgan, bugungi jahon diplomatiyasi sohasida 
mavjud tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi leksemalarsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi genetik jihatdan 
turli-tumandir. Uning safida azaldan qo‘llanishda bo‘lgan umumturkiy 
terminlar qatori, sharq va Yevropa (rus, ingliz, nemis) tillaridan turli 
zamonlarda kirib kelgan o‘zlashmalar ham o‘z aksini topgan. “O‘zbek 
tilining izohli lug‘ati” materiallari asosida qilingan statistik tahlil diplomatik 
terminlarning umum o‘zbek adabiy tilida qo‘llanish darajasi chastotasining 
pastligini ko‘rsatdi. Xususan, nomi tilga olingan izohli lug‘atdan o‘rin olgan 
60.000 so‘zlarning bor-yo‘g‘i 410 tasi, yani 0,7% ini diplomatik terminlar 
tashkil qiladi, xolos ( Abdullayeva 2003;160).
Ma’lumki, juda qadim zamonlardan insonlarning vaqtni aniqlash, bir 
makondan boshqa joyga harakat qilish, sayohatlarga borish ehtiyoji 
natijasida osmon va undagi jismlar, sayyoralar ,yoritqichlar harakatini 
o‘rganuvchi maxsus fan, ya’ni astronomiya shakllangan. Astronomiya 
fanining asrlar mobaynidagi taraqqiyoti natijasida ushbu sohaga tegishli 
terminologik mikrotizim shakllandi.
Hozirgi o‘zbek tili astronomik terminologiyasi tizimi X-XIV 
asrlardan e’tiboran muomalaga kirgan 
nujum ilmi
(astrologiya), 
munajjim
(astrolog
), yulduz, sayyora, usturlob, Hulkar, Arslon, burj, Qovg‘a, Yetagan
(Katta Ayiq), 
Cho‘lpon
(Venera), 
Mushtariy 
(Yupiter) singari qadimiy 
astroponim (kosmonim)larni saqlab qolishga erishgan ( Dadabayev 1994; 
32-43). 


23
Astronomiya va kosmonavtika fanlarining so‘nggi vaqtlarda jadal 
rivojlanishi,tabiiy, o‘z ifodasini hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z boyligida 
ham topdi. 
 Uran, Neptun, Pluton, asteroid, Ulug‘bek asteroidi, Osiyo asteroidi, 
Galley kometasi, Neuymin kometasi, selenonim, Kirill krateri 
kabi 
astroponimlar ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda faol ishlatilmoqda, 
darslik, qo‘llanma hamda turli xarakterdagi lug‘atlarda qayd etilmoqda ( 
Primov 2009). 
Xulllas, genetik ko‘rinishi 
nuqtai nazaridan o‘zbek tilida 
qo‘llanuvchi terminlar: a) terminologiya tizimiga tayyor til birligi sifatida 
qabul qilingan so‘zlar; b) maxsus nom tarzida yasalgan so‘zlarga 
taqsimlanadi. Bunday ko‘rinishni muayyan lisoniy hodisa va vaziyatlarning 
mahsuli, deb baholash kerak bo‘ladi. 
Tarixiy manbalarda muayyan narsa-predmet, tushunchani 
ifodalashda ba’zan sinonimik qatorlarning ishtirok etgani kuzatiladi. 
Masalan: 
bek-amir, tuman-nohiya, o‘ng qo‘l-burang‘ar, mang‘lay – 
hiravul, yalavach-rasul-qosid 
va h.k. Terminologiyadagi sinonimlar 
o‘zgacha tabiat va boshqa funksiyalarga ega bo‘lgani bois (stilistik 
vazifa bajarmaydi) ayrim tilshunoslar tomonidan dubletlar deb 
nomlanadi (Reformatskiy 1987.91). Sinonimiya (variantdorlik) 
terminologik sistema shakllanishining boshlang‘ich davrlariga xos, bu 
davrda variantlar miqdoran ko‘p bo‘lib, eng maqbul terminni tanlash 
hodisasi hali reallashmagan edi (Danilenko, 1977,73). 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish