Harakatning muskulli va muskulsiz formalari Reja



Download 76,71 Kb.
bet14/14
Sana30.04.2022
Hajmi76,71 Kb.
#596708
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Harakatning muskulli va muskulsiz formalari

Rang ko’rish - ko’zning to’lqin uzunligi turlicha bo’lgan yorug’likni sezish qobiliyatiga aytiladi. Ma’lumui, odam ko’zi 302-950 mmk atrofidagi yorug’lik nurlarini sezadi va idrok eta oladi. Rang ko’rish, uch komponentli nazariyaga ko’ra, yutish maksimumlari 445 nm, 535 nm va 670 nm sohalar bilan xarakterlanadigan, rodopsinlarga ega uch tip kolbachalar mavjudligi bilan shartlangan. Rodopsinlar tomonidan yorug’likning yutilishi, kolbachalarda potentsial paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ranglar va ular orqali tasvirning qabul qilinishi, to’r pardadagi kolbachalargina emas, balki butun bir ko’rish analizatori faoliyatidir.
Kolbacha hujayralari pigmenti tarkibida ham rodopsin kabi II-tsis-retinal mavjud bo’lib, bu pigmentning oqsilli qismi boshqacha strukturaga ega va shu tufayli yodopsin deb ataladi. Odamning kolbacha hujayralari yutilish maksimumlari to’lqin uzunligi 445, 535 va 570 nm ga teng yodopsinlardan tashkil topgan va bu uch komponentli rang sezish nazariyasiga asos qilib olingan. Yodopsin oqsil strukturasidagi izdan chiqish holatlari organizmda ko’rish apparati faoliyatida turli xil patologiyalarning kelib chiqishiga olib keladi. Masalan, daltonizm kasalligida yodopsin oqsillarning sintezlanishi buziladi va ko’z qizil hamda yashil ranglarni ajratish qobiliyatini yo’qotadi.
Yorug’lik nuri, spektral xossalar bilan xarakterlanib, ko’rish pigmentlari, masalan, rodopsin, nur energiyasining qamrovchilaridir. Nur yutish evaziga ularning elektronli qo’zg’algan holatga o’tish qobiliyati ko’rish signalining paydo bo’lishini ta’minlovchi jarayonlar zanjirini boshlab beradigan triggerlik xossasini shartlaydi.
Fotoretseptsiyaning umumiy reaktsiyasini, quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin:
Rodopsin + yorug’lik ––– nerv impulsi
Ko’rish pigmentlarining yutish spektrlari, ko’rish retseptsiyasining ta’sir spektrlariga mos tushadi. Yorug’likka sezgir hujayralar, kuchaytirish koeffitsenti 105 - 106 bilan xarakterlanadi. Yorug’lik kvanti, rodopsin orqali, nerv impulsi paydo bo’lishining asosida yotuvchi, ionlarning membrana orqali yuzaga keladigan kuchli oqimni boshlab beradi. Energetik nuqtai nazardan, fotoretseptsiya yuksak endergonik jarayon hisoblanadi.
To’r parda fotoretseptorlari ko’p qavatli hujayralardan tashkil topgan. Pigmentli epiteliyda hosil bo’ladigan tasvir, kirish signali vazifasini bajaradi. Chiqish signali esa ko’rish nervida impulslar bilan kodlangan, neytral tasvirdir. Fotoretseptor hujayralar tayoqcha va kolbachalar molekulyar fotoretseptor strukturalarini o’z ichiga olgan, parallel disklarning ketma-ketligidan iborat, cho’ziq shakldagi qurilmadir. Disklar qalinligi, taxminan 12-15 nm, ular orasidagi masofa esa 14-16 nm ni tashkil etadi. Kolbachalar rangli ko’rishni ta’minlasa, tayoqchalar kuchsiz yoritilganlikdan ta’sirlanadi.
To’r pardadagi hujayralararo sinaptik kontaktlar mavjud. Gorizontal hujayralar qo’shni retseptorlarni bir-biri bilan bog’lab, informatsiyaning lateral yo’nalishdagi o’tkazilishini ta’minlasa, bipolyar hujayralar informatsiyaning ichki sinaptik qatlamga o’tkazilishini ta’minlaydi. Ganglioz hujayraning xar biri cheklangan sondagi fotoretseptor hujayralardan informatsiya oladi. Ko’rish pigmentlari lipoxromoproteidlar, ya’ni oqsil, lipid hamda xromofor retinaldan iborat kompleksdir.
Rodopsin metarodopsin II o’tishi amalga oshishi bilan sitoplazmatik membrananing natriy ionlariga o’tkazuvchanligi keskin kamayadi va kaliy ionlariga bo’lgan o’tkazuvchanligi ortib, membrana potentsiali kaliy ionlari tomonidan belgilanadi va membrana qutbliligi o’zgaradi.

Download 76,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish