Hasharotlarni anatomiyasi Hasharotlarni biologiyasi. Hasharotlarni ekologiyasi



Download 23,53 Kb.
bet3/7
Sana21.12.2022
Hajmi23,53 Kb.
#892491
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hasharotlar anatomiyasi

2.Hasharotlar biologiyasi.
Biologiya (grekcha bios — hayot, logos — fan) - tirik mavjudotlarning hayoti va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadigan fan.
Hasharotlar biologiyasi ularning individual rivojlanish xususiyatlarini va ular bilan bog’lik hodisalarni hamda faslli, yillik hayotsiklini va polimorfizmini o’rgatadi. Ko’p hayvonlar singari hasharot­larda individual rivojlanish prosessini yoki ontogenez, ikki davr - embrional, ya’ni tuxumichida rivojlanish va postembrional tuxumdan chiqqandan keyingi rivojlanish davriga bo’linadi.
Umuman hasharotlarning rivojlanishi uch yoki to’rt fazaga - tuxum, lichinka, g’umbak (hammasida emas) va voyaga yetgan fazalarga bo’linadi. Demak, hasharotlar tuxumdan chiqqanidan keyin, ya’ni postembrional davrida yetuk davrga qadar bir necha marta o’zgarishga uchraydi. Bunday rivojlanish prosessi metamorfozal yoki shakl o’zgartirish rivojlanishi deb aytiladi. Umuman, hasharotlar to’liqsiz va to’liq rivojlanadi. To’liqsiz rivojlanganda hasharot tuxum, lichinka va yetuk zot fazalarini kechiradi. Hasharotlarning tuxumlari kattaligi va tashqi ko’rinishi jihatidan ham xilma-xildir. Tuxum ichida murtak rivojlanadi va lichinkaga aylanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka tashqi ko’rinishi jihatidan yetuk zotga o’xshaydi. Lichinkalar oziqlanadi va o’sadi, shu bilan birga ular tullaydi, ya’ni terisini tashlaydi. Lichinka rivojlanish davrida to’rt-besh marta (ba’zan ko’proq) tullaydi. Tullashlar o’rtasidagi davrni uning yoshi deyiladi (tuxumdan chiqqanidan birinchi tullashgacha bir yosh, birinchi tullashdan ikkinchisigacha ikkinchi yosh va h.k.). Lichinkalar tuxumdan qanotsiz chiqadi, keyin ularda qanotlarning boshlang’ich o’rni paydo bo’ladi, ular har galgi yoshida kattalasha boradi.
Oxirgi yoshida hasharot jinsiy jihatdan yetiladi va urchiy oladi. Chigirtka, qandala, o’simlik Bitlari shu xilda rivojlanadi Ularning tuxumlaridan odatda chuvalchangsimon lichinka chiqadi, uning og’iz tuzilishi kemirishga moslashgan, ularda ulg’aygan hasharotnikiga butunlay o’xshamaydigan oddiy ko’zlar bo’ladi yoki bo’lmaydi
Hasharotning rivojlanishidagi bu faza bir jihatdan zararli (o’simlikxo’r), boshqa jihatdan esa foydalidir (entomofaglar). Lichinkalar organizmda yog’ moddaning to’planishi turning hayotchanligini oshirish yoki pasayishida yetakchi ahamiyatga ega. Bir necha marta tullagandan keyin, oxirgi yoshdagi lichinka oziqlanishdan to’xtaydi, harakatlanmay qo’yadi, oxirgi marta tullaydi va g’umbakka aylanadi.
Ba’zan g’umbaklanish oldidagi holatini alohida faza – g’umbakka aylanish fazasi deb ataladi. G’umbak oziqlana olmaydi va ko’pincha harakatsiz holatda bo’ladi. U lichinka to’plagan zahira hisobiga yashaydi, shu boisdan uning bu holati tinim davri hisoblanadi. Haqiqatda esa, bu tashqi holatiga qarab berilgan ta’rifdir. G’umbaklik davrida uning ichida juda murakkab gistoliz va gistogenez jarayonlari ro’y beradi. G’umbakka aylanish davridayoq gistoliz jarayoni boshlanadi, bunda lichinka a’zolari parchalanadi yoki yo’qoladi. Gistogenez yuz berganida to’qimalar va imaginal hayot a’zolari paydo bo’ladi, bular tabaqalashmagan dastlabki material – gistoliz hosilalaridan vujudga keladi.
Hasharot g’umbaklari bir-biridan tuzilish xususiyatlariga ko’ra jiddiy farq qiladi. G’umbak uch xil: ochiq (qo’ng’iz, pardaqanotlilar, to’rqanotlilar), yopiq (kapalak, xalsidlar), yashirin yoki soxta (pashshalarda) bo’ladi Hasharotlarning g’umbaklari har xil muddatda rivojlanadi: ba’zilarida g’umbakning rivojlanishi 6-10 kun (tunlamlar), boshqalarida esa oylab davom etadi. Ko’pgina hasharotlar g’umbaklik davrida qishlaydi, bunda u diapauza – muvaqqat fiziologik tinim davrini o’taydi. G’umbakdan chiqish oldidan hasharot harakat qila boshlaydi, natijada g’umbak po’sti tananing yelka va oyoq tomonlaridan yoriladi, hasharot tashqariga chiqadi va g’umbaklanish davri tugallanadi. Hasharot (yetuk zot) g’umbakdan chiqqanidayoq ulg’ayish fazasidagi belgi-larga ega bo’ladi, lekin dastlabki vaqtda ularning qanotlari yig’ishtirilganicha qoladi. Bir oz vaqt o’tganidan keyin qanotlarning tomirlariga gemolimfa to’ladi, ular to’g’rilanadi, tig’izlashadi, rang oladi va nihoyat yetuk hasharot vujudga keladi.

Download 23,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish