Hba-80 guruh talabasi Axmadov Azambek



Download 33,6 Kb.
bet1/4
Sana03.04.2022
Hajmi33,6 Kb.
#525562
  1   2   3   4
Bog'liq
Axmadov Azambek pul va bank


HBA-80 guruh talabasi Axmadov Azambek
49.Bank inqirozini oldini olish yuzasidan tartibga soluvchi organ tomonidan amalga oshiriladigan chora tadbirlar


Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
49-modda. Bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi
Bank o‘zining moliyaviy ahvoli yomonlashgan taqdirda Markaziy bankning talabiga ko‘ra uni tiklash choralarini o‘z ichiga olgan bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasini (bundan buyon matnda tiklash rejasi deb yuritiladi) ishlab chiqadi hamda ko‘rib chiqish va baholash uchun taqdim etadi.
Bank tiklash rejasini har yili yoki bankning tashkiliy tuzilmasida, uning faoliyatida yoki moliyaviy ahvolida tiklash rejasiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlardan keyin yangilashi kerak.
Bankning tiklash rejasi makroiqtisodiy va moliyaviy inqiroz ko‘rinishlarining bank faoliyatiga ta’sirini, shu jumladan tizimga oid hodisalarni va mazkur bank uchun tavakkalchiliklarni o‘zida aks ettirishi kerak.
Bankni tiklash rejasi tegishli qarorlar qabul qilinishi kerak bo‘lgan holatni aniqlovchi chora-tadbirlar ro‘yxatini va ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi kerak.
Tiklash rejasi bank tomonidan taqdim etilgan kundan e’tiboran uch oy ichida Markaziy bank uni ko‘rib chiqadi va ushbu rejaning quyidagi mezonlarga muvofiqligini baholaydi:
tiklash rejasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, bankning moliyaviy mavqeyini saqlab qolishi va (yoki) tiklashi;
moliyaviy inqiroz sharoitida tiklash rejasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish, shuningdek bank va moliya tizimiga salbiy ta’sirlarni kamaytirish imkoniyati.
Tiklash rejasi ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, Markaziy bank bankdan:
tiklash rejasini qayta ko‘rib chiqishni;
tiklash rejasiga Markaziy bank tomonidan belgilangan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni;
tiklash rejasidagi kamchiliklarni yoki uni amalga oshirish borasidagi to‘siqlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan, o‘z faoliyatiga kiritiladigan o‘zgarishlarni bank tomonidan aniqlashni;
tavakkalchiliklar sohasini kamaytirishni;
bankni qayta kapitallashtirish choralari o‘z vaqtida ko‘rilishini;
bankni rivojlantirish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni;
bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
Ushbu modda oltinchi qismining beshinchi — sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar, agar ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar tiklash rejasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlamasa, qo‘llaniladi.
Banklar guruhining asosiy banki guruh darajasida o‘zining moliyaviy ahvoli yomonlashganidan keyin tiklash uchun ko‘riladigan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi bank guruhini tiklash rejasini ishlab chiqishi kerak.
Banklar guruhini tiklash rejasi banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Bankni tiklash rejasining mazmuniga va yangilanishiga oid talablar, uni taqdim etish va baholash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
50. Pulning xalqaro miqiyosida harakati
Jamiyat xo‘jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliy valyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga obektiv zarurat tuq‘diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning tasiri asosida valyutani o‘ziga xos bahosi – valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tuq‘ilib, amalga oshadi. Mazkur bozor o‘z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan boq‘liq jami munosabatlarni olgan holda, ularning
mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi. Jahon bozori
tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan obúektiv ravishda ikkilamchi o‘rinni egallab, ularga xizmat ko‘rsatadi.
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar fuqarolari bo‘lmish yuridik hamda jismoniy shaxslarning pul shaklidagi talablari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Xalqaro hisob-kitoblarning xususiyatli tomoni shundaki, ushbu hisob-kitoblarda baho va to‘lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozircha umum tan olingan hamda barcha davlatlarda qabul qilinishi lozim bo‘lgan jahon kredit pullari mavjud emas. Shu bilan birgalikda har qanday mustaqil mamlakatda qonuniy to‘lov vositasi sifatida uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to‘lovlardagi muhim shartlardan biri bo‘lib to‘lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga ayirboshlanishi hisoblanadi.
Jahon valyuta, kredit, moliya va sug‘urta bozorlari shartnomaning ob‘yekti pul kapitali hisoblangan bozor munosabatlarining o‘ziga hos jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida shakllangan. Amal qilish nuqtai nazaridan ushbu bozorlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va rentabelligini ta'minlash maqsadida jahon miqyosidagi moliyaviy oqimlarning to‘planuvi hamda ularning qayta taqsimotini ta'minlovchi bozor munosabatlarining tizimi bo‘lib xizmat qiladi. Institutsional nuqtai nazardan esa jahon moliyaviy oqimlari ular orqali amalga oshadigan banklar, ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlari hamda fond birjalari yig‘indisidan iboratdir.
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob‘yektiv asosi bo‘lib amaldagi kapitalning doiraviy aylanish qonuniyatlari hisoblanadi. Jahon bozorining ayrim uchastkalarida vaqtincha bo‘sh bo‘lgan kapitallar paydo bo‘lsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo bo‘ladi. Kapitalning harakatsizligi uning tabiati va bozor qonuniyatlariga ziddir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari ushbu qarama-qarshilikni umumjahon xo‘jaligi miqyosida hal etadilar. Vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul kapitallari bozor mexanizmi yordamida takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va tadbirkorlarga foydani ta'minlagan holda kapital doiraviy aylanishi jarayoniga yana jalb etiladi. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bo‘lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlariga quyidagilar xosdir:

  • nihoyatda katta masshtablar. Ayrim baholarga qaraganda jahonning valyuta va moliyaviy bozorlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi hajmidan 50 marotaba ko‘pdir;

  • geografik chegaralarning yo‘qligi;

  • operatsiyalarning uzluksiz, sutka davomida olib borilishi;

  • yetakchi davlatlarning valyutalari hamda xalqaro hisob-valyuta birliklaridan foydalanishi;

  • ishtirokchilari bo‘lib asosan nufuzli banklar, korporatsiyalar hamda yuqori

reytingga ega moliya-kredit institutlari hisoblanadi;

  • ushbu bozorlarga nihoyatda ishonchli yoki salmoqli kafolatga ega mijozlar chiqish huquqiga ega;

  • moliyaviy xizmatlar jarayonidagi inqilobiy sharoitlarda bozor segmentlari va shartnoma instrumentlarining diversifikatsiyasi;

  • o‘ziga hos, xalqaro tusdagi foiz stavkalari;

  • EHMning eng yangilaridan foydalanish zaminida qog‘ozsiz operatsiyalarni

standartlashtirish hamda axborot texnologiyalarining yuqori darajasi.
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob‘yektiv asosi bo‘lib xo‘jalik munosabatlari globallashuvining chuqurlashishi hamda tegishli milliy bozorlarning cheklangan imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi hisoblanadi. Jahon valyuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar hamda oltin bozorlari rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib jahon moliyaviy oqimlari, bozor ishtirokchilariga taklif etilayotgan kreditlar qiymatining hajmi va taqsimotini muvofiqlashtiruvchi raqobat hisoblanadi. Biroq raqobat kurashi hamma vaqt ham samarali va nuqsonsiz emasdir. Shu sababli ushbu jarayonlarni bozor hamda davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi birgalikda olib boriladi. Davlat jahon bozorlari faoliyatiga inqirozli jarayonlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish maqsadida aralashadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi hom ashyo manbalari va iste'molchilar bozorlari uchun raqobat kurashining kuchayishi bilan samarali investitsiyalar hamda moliyaviy oqimlar milliy xarakterini yo‘qotgan va o‘zining kosmopolitik tabiatini ko‘rsatgan holda bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga stihiyali asosda oqib o‘tadi. Milliy valyuta, kredit va moliyaviy bozorlar o‘zlarining mustaqilligini nisbatan saqlab qolgan holda faoliyatlarini to‘ldiruvchi hamda milliy iqtisodiyot va pul-kredit tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shu kabi jahon bozorlari bilan chambarchas bog‘lanib ketmoqdalar. Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari o‘zlarining katta imkoniyatlari hamda ko‘p maqsadliligining tez o‘sishi natijasida xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar hamda jahon iqtisodiyotining muhim zvenolaridan biriga aylandi.
Milliy valyuta, kredit va moliya bozorlarining jahon valyuta bozori operatsiyalaridagi ishtiroki quyidagi bir qator omillar bilan belgilanadi:

  • mamlakatning jahon xo‘jaligi tizimidagi tegishli o‘rni hamda valyuta- iqtisodiy holati;

  • rivojlangan kredit tizimi va yaxshi tashkil etilgan fond birjasining mavjudligi;

  • soliqqa tortishning o‘rta me'yorligi;

  • xorijlik qarz oluvchilarga milliy bozorga chiqish va xorijiy qimmatli qog‘ozlarga birja kotirovkasiga kirish imkonini beruvchi imtiyozli valyuta qonunchiligining mavjudligi;

  • qulay geografik joylashishi;

  • siyosiy tuzumning nisbatan barqarorligi va boshqa shu kabilar.



Download 33,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish