Hech kim velosiped minib tug‘ilmagan



Download 24,05 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi24,05 Kb.
#276440
Bog'liq
2 5348142815131995843




Kirish
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot qaror topdi. Jamiyat hayotida bozor munosabatlari va bozor iqtisodiyotining amal qilishi haqidagi bilimlarga talab va qiziqish sezilarli oshdi. Hayotning o‘zi bozor haqida bilimlarni o‘zida jamlagan va shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan uyg‘unlashgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishni kun tartibiga qo‘ydi. O‘quvchilar hukmiga taqdim etilayotgan “Marketing” fanidan mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti talabalariga uzoq yillardan buyon o‘qitib kelinayotgan “Marketing” o‘quv kursi doirasida shakllangan ma’ruzalar va o‘quv-uslubiy ishlanmalarga tayangan holda va soha mutaxassislari, fanni o‘rganuvchilarning bildirgan fikrlarini hisobga olgan holda tayyorlangan.


1.1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati  
Marketing inglizchadan “market” – bozor, bozordagi harakat, faoliyat,  ya’ni bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing tushunchasi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Marketing murakkab, ko‘p qirrali tushunchadir. Marketing- korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda boshqarish shaklidir.  
«Marketing» ga «sotish» va «reklama qilish»dan ham ko‘proq aloqador boshqa muhim jihatlarini o‘rganish uchun velosipedni misol qilib olamiz.  

  • Hech kim velosiped minib tug‘ilmagan.  

  • Hech kim o‘zi uchun velosiped yasamagan. Balki biz uchun   

  

mashhur  Schwinn,  Performance,   
Ishlab chiqarish – muhim iqtisodiy jarayon hisoblanadi. Ko‘pchilik o‘zi istagan tovarini ishlab chiqara olmaydi, chunki unda «tajriba», «resurs» va «vaqt» muammolari mavjud. Marketingning ishlab chiqarishga ta’sirini juda ko‘pchilik haddan ziyod oshirib yuboradi. Masalan: «Zo‘r qopqon yarating va butun dunyo sizning eshiklaringiz tomon yo‘l topib keladi». Boshqacha qilib aytganda, siz ishlab chiqargan mahsulotlar zo‘r bo‘lsa, biznesingiz albatta muvaffaqiyatli bo‘ladi. Vaholanki, «ishlab chiqarish» va «marketing» biznesning muhim bo‘lagi hisoblanib, mijozlarning tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni maqsad qiladi. Masalan, mijozlar xohishini o‘rganish natijasida Toyota kompaniyasi butun dunyoga muvaffaqiyatli biznesini davom ettirmoqda. Bundan tashqari «ishlab chiqarish» va «marketing» mijozlarga 5 ta iqtisodiy foydalilikni beradi:  
Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona tushib qolgan vaziyatning turli xil omillari va sharoitlariga bog‘liq. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:  

  1. Korxona maqsadlari, ya’ni texnik-iqtisodiy nuqtayi nazardan tashkil qilish vazifalarning bajarilishini ta’minlashi, korxonani boshqarishning yengillashtirilishi muvofiqlashtirish muammolarini kamaytirishi. Shu bilan birga tashkil qilishning uyushqoqligini, xodimlarni o‘z ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi kerak.  

  1. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi, xarid qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar.   

Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning yoshi; mahsulotlarning soni va turli — tumanligi; xodimlarning malakasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari.  

Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:   

  • marketing xizmatining maxsus vazifalari — bozorni o‘rganish, tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida;  

  • marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari bo‘yicha bajarish tarzida;   

  • marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha ijro etish shaklida.  

Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat.  

1-qarorning tayyorlanishi (marketolog).  

2-qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor).   

Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan masalalar tizimli tahlil, qaror qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar tadqiqoti kabi usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maqbul yechim varianti qabul qilinadi.  

Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud:  

− ratsional qaror qabul qilish nazariyasi;  

− qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi.  

Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishni talab etadi:  

− nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)?  

− resurslarning sarf -xarajati qancha?  

− qaysi texnologiya bo‘yicha qanday bajarish kerak?  

− kim bajarishi kerak?  

− qaysi muddatda bajarish kerak?  

− kim uchun qilish kerak (Iste’molchi) ?  

− qayerda bajarish kerak?  

− qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, texnik).  
Download 24,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish