Hibiscus esculentus


Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi



Download 41,49 Kb.
bet2/3
Sana01.12.2022
Hajmi41,49 Kb.
#876185
1   2   3
Bog'liq
Dissertatsiya Bamiya

Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi. Dala tajribalari qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi va sabzavot,poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etilgan aprobasiya komissiyasi tomonidan ijobiy baholangan,tadqiqot natijalari 6 ta,shu jumladan 2 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 11 ta ilmiy ish chop etilgan,shulardan,O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashirlarda 4 ta maqola, jumladan 3 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda, shuningdek 1 ta tavsiyanoma nashir qilingan.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, to‘rtta bob,xulosa,foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.Dissertasiyaning hajmi 118 betni tashkil etgan.

DISSERTASIYANING ASOSIY MAZMUNI


Kirish qismida dissertasiya ishining dolzarbligi va zarurati asoslangan, dissertasiya mavzusining O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yo‘nalishlariga, ilmiy-tadqiqotlar rejalariga mosligi ko‘rsatilgan, mavzu bo‘yicha xalqaro ilmiy-tadqiqotlar sharhi va mavzuning o‘rganilganligi darajasi,tadqiqot maqsadi va vazifalari shakillantirilgan, tadqiqot ob’ekti va predmeti keltirilgan, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari va ularning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tadqiqot natijalarining chop etilganligi, dissertasiyaning hajmi va tarkibi bayon etilgan.


Dissertasiyaning “Bamiya (Hibiscus esculentus L.) o‘simligining kelib chiqishi, ozuqaviylik ahamiyati va etishtirish texnologiyasi ( ilmiy manbalar sharhi)” deb nomlangan birinchi bobida dissertasiya mavzusi bo‘yicha xorijiy va respublikamiz olimlarining ushbu mavzuda olib brogan ilmiy-tadqiqotlari va adabiy manbalari sharhlangan. Jumladan, bamiya o‘simligining kelib chiqish manzili,tarqalish tarixi, ekinining tashqi muhit omillariga munosabati, xo‘jalik ahamiyati, shifobaxshlik xususiyatlari va dunyo mintaqalari sharoitida bamiya ekish muddati va sxemasining o‘simlik rivojlanishidagi o‘rni va etishtirish texnologiyasining o‘zga xos xususiyatlari yuzasidan adabiyotlar ma’lumotlari tavsiflanadi.
Dissertasiyaning “Tadqiqotni o‘tkazish sharoiti, obekti va uslubi” deb nomlangan ikkinchi bobida ishlab chiqilgan mavzu yuzasidan dala tajribalari o‘tkazilgan joyning tuproq-iqlim sharoiti, tadqiqot maqsadi, vazifalari,ob’ekti hamda tajribalarni o‘tkazish uslublari ta’riflangan. Ushbu bobning “Tadqiqotlar ob’ekti, predmeti va uslubi” bo‘limida ishlab chiqilgan mavzu yuzasidan har bir tajribani o‘tkazilish usullari, dala tajribalarini olib boorish tartibi, tajriba maydonchasidagi nihollarining o‘sishi va rivojlanishini o‘rganishda qo‘llanilgan fenologik kuzatuvlar va biometric hisoblar, tajriba ma’lumotlariga matematik va statistic ishlov berish tartibi bayon etilgan.
Dissertasiyaning “Bamiya nav namunalarini kompleks o‘rganish va istiqbolli navlarni tanlash” deb nomlangan uchinchi bobning birinchi “Bamiya nav namunalarini morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘rganish” bo‘limida O‘zbekistonning Markaziy mintaqa tuproq iqlim sharoitida, o‘simlikni ko‘chatini ekib etishtirishda yuqori va sifatli tavorbop hosil beradigan navlarni tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Bu bo‘limda bamiyaning 11 ta nav namunalarini ko‘chatidan ekib o‘rganilganligi keltirilgan. Bamiya O‘zbekiston uchun ekishga ruxsat etilgan navlari bo‘lmaganligi sababli, nav namunalari bir-biri bilan o‘zaro taqqoslanib o‘rganilganligi yoritiladi.
O‘rganilgan nav namunalarini urug‘lari “Burgundiy”, “Dmort”, “Klemson”, “Organik” kabi navlar Amerika Qo‘shma Shtatlaridan, K-36, K-244 Suriyadan, K-19, Afg‘onistondan, K-176 Turkiyadan, K-248, K-194 va K-226 Iroqdan keltirilgan.
Sinovdan qatnashayotgan nav namunalari ko‘chatlari 20-aprelda ochiq dalaga 70x30 ekish sxemasida ekildi.Bamiya nav namunalarin o‘rganish davrida, fenologik kuzatuvlar natijasi shuni ko‘rstdiki, ko‘chat ochiq dalaga ekilgandan so‘ng ko‘chatlarning tutib ketishi, eng qisqa muddat K-194 va “Burgundiy” nav namunalarida kuzatildi va bu jarayon 5 kunni tashkil etgan bo‘lsa, K-224 va K-226 nav namunalarida eng uzoq 12 va 13 kunni tashkil qildi. Qolgan “Dmort”, “Klemson”, “Organik”, K-36, K-19, K-176, K-248 nav namunalarida o‘rtacha ko‘chatlarning 75% tutib ketish muddati 7-11 kun ichida kuzatildi.
Tadqiqotlarimizdan kelib chiqib, bamiya o‘simligining nav namunalari mevalarining texnik etilish davrini uch guruhga ajratdik. Ertapishar navlar 35-45 kunni, o‘rta pishar navlar 46-55 kunni, kech pishar navlar 56-70 kunni tashkil etdi.Ertapishar nav namunalarga “Burgundiy”, K-194, o‘rtapishar nav namunalarga “Dmort”, “Organik”, K-248, K-36, K-19, K-176, “Klemson”, kechpisharga K-226, K-244 nav namunalari kiritildi.
Bitta o‘simlikdagi mevalarning soni K-194 navida 23 donani, “Burgundiy” va K-36 navlarida 18 donani, K-224, K-226, K-248 navlarida 16-17 donani, “Dmort”, “Klemson”, K-19 vaK-176 navlarida esa 15-16 donani tashkil etdi.
Bamiya o‘simligining mevalarini texnik etilish davrida poya uzunligiga qarab 3 guruhga bo‘lindi: past bo‘yli 120-135 sm; o‘rta bo‘yli 136-150 sm; baland bo‘yli 151-170 sm. Past bo‘yli nav namunalarga K-36, “Dmort”, K-176, K-226, o‘rta bo‘yli nav namunalarga K-248, “Klemson”, K-224, K-19, baland bo‘yli nav namunalarga “Burgundiy”, “Organik”, K-194 nav namunalari kiritildi (1-jadvalda).
1-jadval
Bamiya nav namunalarining morfologik tavsifi (2018-2020 yillar)



Nav namunalari

Rangi



Mevalari biologik pishishda

Degustasiya bahosi,ball

uzunligi,sm

eni, sm




1

“Burgundiya”

to‘q qizil

25

6

4

2

“Dmort”

yashil

22

7

3

3

“Klemson”

yashil

23

5

3

4

“Organik”

yashil

24

6

4

5

K-36

yashil

26

7

4

6

K-19

yashil

25

6

4

7

K-176

yashil

24

6

5

8

K-194

yashil

30

6

5

9

K-224

yashil

22

6

5

10

K-226

yashil

23

7

4

11

K-248

yashil

25

8

4

X

24

6

4

Bamiya nav namunalarining hosildorlik ko‘rstkichi aniqlanganda, K-36 nav namunasida umumiy hosildorlik gektariga 8,6 tonnani tashkil etgan bo‘lsa unga nisbatan “Burgundiya” navi 11,1 t/ga yoki 2,5 t/ga (29,0%), “Organik” navi 12 t/ga yoki K-36 nav namunasiga nisbatan 3,4 t/ga (39,5%) K-194 nav namunasi 14,2 t/ga yoki K-36 nav namunasiga nisbatan 5,6 t/ga (65,1%) Yuqori hosil berganligi tajribalarda aniqlandi (1-rasm).



%
160
140
120
100
80
60
40
20
0



1-rasm. Bamiya nav namunalarining hosildorligi (2021-2022-yillaar)

Bamiyaning bir tup o‘simlikdagi mevalar vazni aniqlandi, unga ko‘ra bamiyaning 5-15 sm dumbul, 10-15 gramlik mevalari ist’molga yaroqli hisoblanadi. Bamiyaning “Burgundiya”, “Klemson”, K-176, K-194 nav namunalarining mevalari vazni 13,0 gramni tashkil etgan, K-36 nav namunasida 10 grammni tashkil qildi. K-19, K-244 nav namunalarining mevalari vazni K-36 nav namunasidan 3,5-4,0 grammga og‘ir bo‘ldi.


Bamiya mevalarining biokimyoviy tarkibi o‘rganilganda, 100 g istemolga yaroqli mahsulotda ozuqa moddalar- oqsil, yog‘ uglevod, makro va mikroelementlar miqdori turlicha bo‘ladi. Jumladan 100 gramm texnik etilgan meva tarkibida, barcha nav namunalarida 1,8-2,7 g oqsil,0,2-0,3 g moy, 7,5-8,9 g uglevod, 86,6-91,1 g suv, 500-507 mg makroelementlar, 110-115 mg mikroelementlar borligi laboraturiya taxlillarida aniqlanadi. Vitamin C bamiya nav namunalari tarkibida 111,4-117,8 mg atrofida bo‘ldi. Mono va disaxaridlar 4,0-6,1 foiz atrofida tebrandi.
Dissertasiyaning “Bamiyaning tanlangan istiqbolli navlari ichidan tanlov sinovini tashkil etish” deb nomlangan bo‘limida bamiyaning nav namunalarini har tamonlama o‘rganish natijasida Iroqdan keltirilgan K-194 nav namunasi yakka tanlash va avlodini o‘rganish asosida L-11 liniyasi ajratib olindi.Bamiyaning L-11 liniyasi institutning ilmiy kengashi tavsiyasiga ko‘ra “ Toshkent tuhfasi” deb nomlanadi.Bamiya O‘zbekiston uchun yangi, no’ananaviy ekin turi bo‘lganligi hamda bu ekini mahalliy va O‘zbekiston uchun ekishga ruxsat etilgan navlari bo‘lmaganligi sababli, bu ekin turi standart bilan taqqoslanmasdan bir-biriga taqqoslanib, ya’ni “Burgundiy” navi bilan taqqoslanib sinaldi.
“Toshkent tuhfasi” navida biologic pishib etilgan mevalar uzunligi 30,0 santimetrni tashkil etgan bo‘lsa, Burundiy navida bu ko‘rsatkich 25,0 santimetrni tashkil etdi.O‘rganilayotgan har ikkala navda ham meva etining qalinligi 6,0 sm bo‘ldi. Unversitet ilmiy xodimlari tomonidan o‘tkazilgan degustatsiya jarayonida “Toshkent tuhfasi” navining mevasi ta’mi ijobiy 5 ballga baholandi, Burgundiy navi 4 ballga baholandi.
“Toshkent tuhfasi” navining poya balandligi 185,3 santimetrni tashkil qilgan bo‘lsa, “Burgundiy” navining poya balandligi 162,4 santimetrni tashkil qildi. “Toshkent tuhfasi” navi “Burgundiy” navidan 14,1 foizga yuqori bo‘ldi (2-jadval).


Download 41,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish