«himoyaga ruxsat etildi»



Download 0,9 Mb.
bet24/27
Sana26.02.2022
Hajmi0,9 Mb.
#470335
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
moliya kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti d

bob bo’yicha xulosa


Prezidentimiz I. A. Karimov soliq imtiyozlari hamda soliq yuki haqida quyidagi fikrni bildiradilar: “ Korxonalar zimmasidagi soliq yukini yengillashtirilishi, qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasining kamaytirilishi natijasida ishlab chiqarishni jonlantirishga olib kelishi lozimki, bu narsa iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda g’oyat katta ahamiyatga ega”.40
Bitiruv malakaviy ishining so’nggi bobida Davlat byudjetining soliqli daromadlarini shakllantirishni takomillashtirish masalalari, Davlat byudjeti





40 Karimov. I. A., O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O’zbekiston. 1998 360-bet
daromadlarini shakllantirishda egri soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirishning istiqbolli yo’nalishlari tadqiq kilingan. Olib borilgan izlanishlar asosida bitiruv malakaviy ishi mavzusi yuzasidan xulosalar keltirilgan va fikr muloxazalar bayon etilgan.

XULOSA


Ushbu bitiruv malakaviy ishida egri soliqlarni undirish mexanizmini tadqiq va tahlil etish asosida olingan asosiy xulosa va takliflar quyidagilardan iborat.


Birinchidan, Respublikamiz davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda egri soliqlarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Egri soliqlarga tortilayotgan tovarlar, ayniqsa, aksiz solig‘i qo‘llaniladigan tovarlar bahosini shakllantirishda soliqlarning ahamiyati ancha yuqori.
Ikkinchidan, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida egri soliqlarning rolini oshirish muhimdir, chunki katta mikdordagi mablag‘ni shakllantirish uchun uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchidan (yuridik yoki jismoniy shaxsdan), uning daromadidan undiradigan bo‘lsak, u holda u bunday soliq yukini ko‘tarolmaydi. Shuning uchun bu mablag‘ni tovar (ish, xizmat) larni iste’mol kiluvchilar elkasiga ma’lum bir vaqtgacha yuklash maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdagi ayrim imtiyozlar xizmat turlarini rivojlantirish jihatidan aniq asoslanmagan. Masalan, Ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari va gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar uchun berilgan imtiyozlarni keltirish mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni faqat oxirgi iste’molchiga sotish paytidagina taqdim etish maqsadga muvofiq.
to’rtinchidan, davlat sektori tomonidan moliyalashtiriladigan ish va xizmatlarning qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi korxonalar iqtisodiy faoliyatiga salbiy ta’sir etmoqda, ularning investitsion faoliyatlarini chegaralab, ixtiyorlarida qoladigan foyda miqdorlarini kamaytirmoqda. SHu sababdan davlat sektori ish va xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan berilgan imtiyozlarni bekor qilinishi maqsadga muvofiq.
Beshinchidan, amaldagi tovarlarni jo‘natish tartibi korxonalarning soliq boqimandalarini ko‘payishiga olib kelmoqda. Shundan kelib chiqib, mahsulot
jo‘natish jarayonida oldindan to‘lov miqdorining kamida 30 foizga yetkazilishi soliq bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek boqimandalar salmog‘idagi eng yuqori ko‘rsatkichni egallab turgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha boqimanda miqdorlarini kamayishiga olib keladi hamda korxonada sog‘lom moliyaviy muhitning yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Oltinchidan, Respublikamizning ayrim vazirlik, kompaniya va uyushmalar tizimi doirasida kelib tushgan pul mablag‘larini taqsimlanishi yuzasidan alohida maxsus tartiblar ishlab chiqilgandir. Ushbu tartiblarga muvofiq tushgan pul mablag‘larining kichik qismi joylardagi bo‘linmalarda qoldiriladi, katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublikadagi yuqori tashkilotga yo‘naltiriladi. Joylarda qoldirilgan qismi faqat ish haqi bo‘yicha qarzdorliklarni qoplashga etadi xolos.
Shundan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat solig‘i boqimandasini kamaytirsh maqsadida yig‘ma hisoblarda ishlovchi maxsus korxonalarda ular tomonidan hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanishini nazarda tutuvchi pul mablag‘larini taqsimlash tartiblari qayta ko’rib chiqish lozim.
Yettinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobvaraq fakturalar bo‘yicha qonun buzilishida asosiy sababchi qonunbuzar mahsulot etkazib beruvchi hisoblansa-da, ham xaridor moliyaviy jarimaga tortilishi qonun jihatidan aybi bo‘lmagan soliq to‘lovchining moliyaviy jarimaga tortilishiga olib kelmoqda. Shuning uchun o‘z mahsulotini sotish uchun hisobvaraq- fakturalarni noto‘g‘ri to‘ldirib xaridorga ko‘rsatgan mol yetkazib beruvchiga nisbatan moliyaviy choralarni qo‘llanilishi va xaridorda buning natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha chegirishlarni o‘rni moliyaviy jarismalarsiz qoplanishi soliq qonunchiligi tamoyillarini amal qilishini mustahkamlashga olib keladi.
Sakkizinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nolli stavkani qo‘llanilishi natijasida manfiy farq natijasida yuzaga keladigan ortiqcha to‘lovlarni qaytarilishi to‘liq hudud byudjetiga tushgan qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi hisobidan emas, respublika tushumlari doirasida qaytarilishi maqsadga muvofiqdir. Bu bir tomondan ushbu mablag‘larni qaytarilishini tezlashtirsa ikkinchi tomondan
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hudud tushumlaridagi jiddiy kamayishlarni keltirib chiqarishni chegaralaydi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarida soliq tizimida ijtimoiy maqsadlar uchun berilgan imtiyozlarni saqlab qolgan holda soliq stavkalaridan ham ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanishni takomillashtirish maqsadga muvofiq. Jumladan, respublika soliq tizimida asosiy soliq hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tabaqalashgan stavkalarni amaliyotga joriy etish va ijtimoiy muammolarni hal etish uchun foydalanish lozim.
Mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat solig‘idan nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborotlarni kengaytirish maqsadga muvofiq. Bizningcha, respublikada medikamentlar ishlab chiqaruvchi va aholiga tibbiy xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga ham nol darajali stavkani qo‘llash lozim.
Import qilingan tovarlar bo‘yicha hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini aniqlashda importchi tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga doir bayon qilingan bojxona qiymatiga nisbatan hisoblab chiqarilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori hisobga o‘tkaziladi. Lekin importchi tomonidan bayon qilingan bojxona qiymatiga nisbatan aniqlangan bojxona qiymati o‘rtasidagi farq bo‘lganda hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori importchi tomonidan
bayon qilingan bojxona qiymatidan kelib chiqib hisoblangan QQS miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi, haqiqatda to‘langan QQS bilan hisobga o‘tkazilgan QQS o‘rtasidagi farq miqdori import qilingan tovarning narxiga kiritiladi.
Aksiz solig‘i davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan soliqdir. E’tiborli jihati shundan iboratki, hozirgi paytga kelib respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlarning 14 ta turiga aksiz solig‘i joriy etilgan bo‘lsada, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda uning ulushi ancha yuqori.
Hozirgi kunda respublikamizda amal kilayotgan aksiz solig‘ini ikkiga, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni
ishlab chiqaruvchi yuridik shaxlardan olinadigan aksiz solig‘iga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan aksiz solig‘iga bo‘lishimiz mumkin. Respublikamizda aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar tarkibi boshqa rivojlangan davlatlardagidan biroz farq qiladi. Ayrim birlamchi iste’mol tovarlari ham aksiz
solig‘iga tortiladi.
Respublikamizda hozirgi vaqtda aksiz solig‘iga tortiladigan mahsulotlar ro‘yxatida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulot, masalan o‘simlik yog‘i mavjuddir. Ushbu mahsulotni aksiz solig‘iga tortish jahon aksiz solig‘iga tortish amaliyotida keng tarqalgan mahsulotlar ro‘yxatida mavjud emas.
Mamlakatda hozirgi kunda ayrim xizmatlarga ham aksiz solig‘ini joriy qilish sharoiti yuzaga kelgan. Bunday xizmatlar ichida birinchi nomzodi sifatida uyali aloqa xizmatini aytish mumkin. Ushbu xizmat turiga aksiz solig‘i joriy etish aksizlarning asl mohiyatiga ham to‘g‘ri keladi. Uyali aloqaga aksiz solig‘ining joriy qilinishi o‘simlik yog‘iga qo‘llanilayotgan aksiz solig‘ini pasaytirish yoki butunlay olib tashlash imkoniyatini yaratadi.
Jahon sivilizatsiyasida davlatlarning iqtisodiy tuzumi, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish va mulkchilik munosabatlari holatining turlicha bo’lishi, o’z navbatida har bir davlatda soliqlarning budjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rnini soliqlarning tarkibiy tuzilishini, bevosita va bilvosita soliqqa tortish nisbatini, soliqlar bajaradigan funksiyalaridan foydalanish sharoitlarini, soliqqa tortish tamoillarini, soliq imtiyozlari tarkibiva ulardan foydalanish samarasi, soliq yuki darajasining ham turlicha bo’lishini taqazo qiladi. Binobarin, bunday sharoitda soliq tizimini optimallashtirish jarayoni ham turlicha bo’lishi tabiiy holdir.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi to’g’ri soliqlar hisobidan shakllanmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa,
davlat budjeti daromadlarining asosiy qismini egri soliqlardan olingan tushumlar tashkil qiladi.
Yuqorida qayd etilgan rivojlangan mamlakatlarda aholi daromad darajasini yuqori ekanligi va aholidan olinadigan daromad solig’ini, asosan, progressiv stavkalarda undirilishi mazkur soliqlardan olinadigan tushumlarning davlat budjeti daromadlari tarkibida yuqori salmoqqa ega bo’lishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz soliq tizimi vositasida iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy yo’llaridan biri bu soliqlarning fiskalligini oshirish emas, balki soliq to’lovchilarning investitsion faolligini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash orqali ularning sonini ko’paytirish hamda ularning erkin daromad olishlariga imkoniyat yaratishdir.
O’zbekiston Respublikasi budjet daromadlarida ko’plab rivojlanayotgan mamlakatlar singari egri soliqlarning salmog’i yuqori bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir qatorda so’nggi yillar mobaynida to’g’ri soliqlar hamda resurs soliqlari-ning budjet daromadlaridagi salmog’ini ortib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Keyingi yillarda respublikamiz budjet daromadlarini o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu soliq to’lovchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, soliq stavkalrining muntazam ravishda tushirib borilayotganligi va buning natijasida soliq to’lovchilarning soni ko’payib borishi orqali amalga oshirilmoqda.
Hukumatimiz tomonidan soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarish-larni e’tiborga olgan holda kamaytirib borish o’z samarasini bermoqda. Milliy bozoarni mahalliy tovarlar bilan to’ldirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik biznes subektlari shaklidagi soliq to’lovchilarga soliq imtiyozlarini kengaytirilishiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulot hamda davlat budjeti daromadlari hajmida yil sayin o’sish ta’minlanmoqda.
O’zbekistonda soliq yukining pasayishi bu faqat ayrim soliq turlari bo’yicha soliq stavkalarini kamaytirilishi, soliq imtiiyozlarining kengaytirilishi evaziga emas, balki hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotda keng qamrovli tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlaydigan aniq maqsadli davlat dasturlarini izchillik bilan
amalga oshirish hisobidan soliq tushumlariga nisbatan yalpi ichki mahsulotning o’sish darajasi o’rtasidagi yuqori farqning vujudga keltirilishi bilan izohlanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromad bazasini shakllantirishi- ning hozirgi holatida soliqli daromadlar asosiy o’rinni egallaydi. Bunda egri soliqlarning salmog’i yuqoriligicha qolmoqda. Ammo ularning soliqli daromadlar hajmidagi salmog’ining pasayish tendensiyasining kuzatilayotganligini ijobiy baholash mumkin.
Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida davlat budjeti daromadlarini shakllanishida soliq to’lovchilar tomonidan to’lov intizomiga rioya qilmaslik, soliqlarni o’z vaqtida to’lamaslik, soliq to’lanadigan bazani kamaytirib ko’rsatish, daromadlarni soliqlardan yashirish va boshqa shu kabi salbiy holatlarning mavjudligi davlat budjetining daromad bazasini shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarga barham berish yuzasidan ko’rilgan takliflar va tavsiyalar amaliyotga joriy etilishi O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromad bazasini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish