Hindcha Bharat, Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyodagi davlat


Hindiston Respublikasi



Download 311,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.09.2021
Hajmi311,83 Kb.
#174051
1   2
Bog'liq
html tili va unda web sahifalar yaratish

Hindiston

Respublikasi

भारत गणरा य 



Bhārata

Gaṇarājya

 

Bayroq



Gerb

Shior: 


स यमेव

 

जयते


 

Jayate)

Sanskritcha: Haqiq

gʻolib

Madhiya


जन 


(Jana Gana M

Poytaxt

Ya



Hindiston

qirgʻoqlari kam

parchalangan,

past, qumli.

Asosan, Hindiston

yarim orol va

Hindgangtekisligi

da joylashgan;

Himolay va

Qoraqurum

togʻlarining bir

qismini oʻz ichiga

olali. Hindiston

hududining 3/4

qismi tekislik va

Rasmiy til(lar) hin

Hukumat

Pa

Re



• 

Prezident

 

Ram


Kovin

• 

Bosh Vazir



 

Nare


Mod

Mustaqillik

 

Birlash



Qirollikd

• 

Sana



 

15 avg


1947

Maydon

 

• Butun



3,2

(7

• Suv (%)



9.6

Aholi

 

• 2018 roʻyxat



1,3

Tabiati



yassitogʻlik.

Hindiston yarim

orolning deyarli

hammasini Dekan

yassitogʻligi

egallagan

(sharqqa tomom

900 m dan 300 m

gacha pasayib

boradi). Hindis-

tom yarim orol

shimolda allyuvial

Hindgang tekisligi

joylashgan. Yer

sharidagi eng

baland togʻ

tizmasi – Himolay

oʻr


• Zichlik

32

YaIM (

XQT

)

20



ro

• Butun


AQ

mi

• Jon boshiga



AQ

Pul birligi

Hi

(



Vaqt

Mintaqasi

(U

• Yoz (DST)



(U

Qisqartma

IN

Internet



domen

.in


Telefon

prefiksi

+



(Hindistonda

balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va

Qoraqurum togʻlari Hindistonni shimoldan

toʻsib turadi. Hindistonda foydali

qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi,

titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit,

boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis,

meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor.

Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda

tropik mus-sonli iqlim. Iyun – oktabrda

issiq va nam, noyabr– fevralda quruq,

salqin, mart – mayda juda issiq va quruq

iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning

70–90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat

va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara

yom bagʻirlarida 5000– 6000 mm,

Shillong platosida 12000 mm (Yer



yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang

tekisligida 100 mm, Hindiston yarim

orolning markaziy qismida 300–500 mm.

Yanvarning oʻrtacha temperaturasi

tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (janubiy

da), may oyiniki hamma joyda 28– 35°,

ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha

temperatura yanvarda – G, –8°, iyulda

18–23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi

Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-

putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari,

Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson

yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda

keng foydalaniladi, ayrimlarida kema

qatnaydi. Tuproqlari Hindiston

hududining aksari qismida qizil, Dekan

yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va



dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang

tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida

togʻ-jigar rang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon.

podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan

yuqoriga almashinib boradi.

Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos

va xurmo palmasi keng tarqalgan.

Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay

togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak,

yuqorida tik, sandal, himolay kedri,

qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy

Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va

Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay

togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat.

Hindistonda oʻsimliklarming 21 ming turi

tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud




boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan

koʻpini uchratish mumkin.

Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi

hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600

dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil,

maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars,

mangusg va boshqa hayvonlar yashaydi,

ilomning deyarli barchaturi mavjud.

Mamlakatda 75 milliy bogʻ va 420 dam

ortiq qoʻriqxona mavjud. Iirik milliy

bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan,

Dadva, "Gullar vodiysi" (UttarPradesh),

Sariska va boshqa

Aholisi



Hindiston – dunyoda eng koʻp millatli

mamlakatlardan biri. Hindistonda turli

tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat,

elat va qabila yashaydi. Aholisining 72%

hind-yevropa tillarining hindoriy tillari

guruhida soʻzlashuvchi xalqlar –

hindustoniylar, marathlar, bengallar,

bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar,

panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari

til guruhiga mansub. Hindiston janubda,

asosan, dravid tillarida, shimoliy va

Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida

soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar

aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz

tillari. Aholining koʻpchiligi (73%)

hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom

(16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va



boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham

bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay,

Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod,

Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur,

Jaypur, Lakhnau.

Arxeologik topilmalar Hindistonda

odamlar tosh davridayoq

yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan

avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi – 2-ming

yillikning 1-yarmida Hind daryosi

vodiysida yuksak darajada rivojlangan

sha\ar madaniyati vujudga kelgan

(qarang 

Xarappi madaniyati

). Miloddan

avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida

Tarixi



shimoli-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib

kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang

daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan

avvalgi 6-asrda shimoliy Hindistonning

sharqiy qismida, Gang va Jamna

daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati

boʻlgan. Miloddan avvalgi 6–4-asrlarda

iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida

turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi.

Kullar va yollanma ishchilarning

mehnatidan dehqonchilik,

hunarmandchilik va konchilik ishlarida

foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning

kuchayishi diniy-sektantlik harakatini

paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm

dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-

asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida



qariyb butun Hind daryosining vodiysi

magadha davlati tasarrufida boʻlgan.

magadha davlati ravnaq topgan davrda

Hind daresi havzasining bir qis-mini

Axomaniilar bosib oldi. Miloddan avvalgi

327–325 yillarda Hindistonga Iskandar

Maqduniy bostirib kirdi. Magadha

davlatining bosqinchilik urushlari

Mauriylar imperiyasi davrida ham davom

etdi. Podsho Ashoka hukmronligida

qariyb butun Hindiston va hozirgi

Afgʻonistonning bir qismi Mauriylarga

qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston

shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl

ostiga oʻtdi (qarang Kushon podsholigi).

Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda

Hindiston shimolda yana Magadha



dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar

sulolasi davrida shimoliy Hindistonning

talaygina qismi – sharqda Bengaliya

qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar

yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha

davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda

Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi

davlatlar mavjud boʻlgan. 2–4-asrlarda

bu yerda quldorlik tuzumi yemirila

boshlagan. 6–12-asrlarda Hindistonda

bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-

asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan

biri Harsha Hindiston shimoldagi bir

necha davlatlarni zabt etib, Harsha

imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30

yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar

Sindni bosib oldilar. 11-asr boshlarida



Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga

bir necha marta hujum qilib, Panjobning

bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib

olgan. 12-asr oxiri – 13-asr boshlarida

Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati

hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi.

Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan

biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga

asos soldi. 14–15-asrlarda hind

rojalarining hokimiyati saqlangan

Rajputana (qarang Rojasthon) dan

tashqari Hindiston shimolda mustaqil

Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva

hamda Dekanning shimolda Baxmoniy

sul-tonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning

Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451

– 1526)da Gang daryosi vodiysining



talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi.

15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yev-

ropalik mustamlakachilar – portugallar

kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular

dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526 yil

aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur

panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni

yengib, Dehli sultonligini egalladi va

Hindistonda Boburiylar davlatiga asos

soldi (bu davlat 1858 yilgacha mavjud

boʻldi). 17-asr boshlarida Hindistonga

Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya

kompaniyalari suqilib kirdi va

portugallarni Hindiston bilan olib

borayotgan dengiz savdosidan mahrum

qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-

sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664 yil



fran-suzlarning Ost-Indiya kompaniyasi

ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi

oʻzaro ichki kurash ingliz va

fransuzlarning Ost-Indiya

kompaniyalariga Hindistonda harbiy

ekspansiya uyushtirish imkonini berdi.

Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu

ikki kompaniya oʻrtasida Jaiubiy

Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756–

63) natijasida Angliyaning OstIndiya

kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani

zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz

vassallariga aylantirdi. 1803 yil Dehli

bosib olingach, boburiy podsholar

inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga

mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833 yil Ost-

Indiya kompaniyasi savdotashkiloti



sifatida gugatilib, unga Hindistonni

mustamlakachilik asosida boshqarish

vazifasi yuk-latildi. Hindiston sskin-asta

Buyuk Britani-yaga qishloq xoʻjaligi xom

ashyosi yetkazib beradigan bazaga

aylanib qoldi. 19-asr oʻrtalarida

mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻo-

lonlari boʻlib oʻtdi. 1857–59 yillarda boʻlib

oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻo-loni

(qarang Hindiston xalq qoʻzgʻoloni)

Hindistonning keyingi taraqqiyotiga taʼsir

koʻrsatdi. 1858 yil Ost-Indiya kompani-

yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk

Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning

80-yillaridan mamlakatda xalqning

norozilik namoyishlari, mitinglar, ish

tashlashlar avj oldi. 1885 yil qator millii



tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy

kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr

boshlari unda B. Tilak boshchili-gida soʻl

demokratik oqim shakllandi. 1905-08

yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj

oldi. Ayniqsa, 1908 yilgi Bombay ish

tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik

harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha

boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906 yil

Musulmonlar ligasi partiyasining paydo

boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi

hindularning Hindu maxasabxa

(hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy

tashkiloti tuzildi. Birinchi jahon urushi

davri (1914– 18)da Hindiston

metropoliya tomonida urushda



qatnashdi. 1918 yildan

mustamlakachilikka qarshi kurash

yanada avj oldi. Bu davrda HMK

rahbarlaridan biri boʻlgan M.K.Gandi

mustamlakachilarga qarshi kurashning

satʼyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik

koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi

taʼlimoti – gandizm HMK partiyasining

rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz

mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini

(1919 yil aprel)dan soʻng dekabrda HMK

itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi.

1918–22 yillarda ishchilar harakati

kuchaydi. 1920 yil Bugun Hin-distop

kasaba uyushmalari kongressi tashkil

etildi. 1923–27 yillarda milliy ozodlik

harakati vaqgincha susaydi. 1927 yil



HMKda antiimperialistik kurashni

faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan

soʻl qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va

S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929–30

yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni

antiimperi-alistik harakatni yangi

bosqichga koʻtardi. 1930 yil HMK

M.Gandi rah-barligida yana

boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab

yubordi. 1931 yil martda HMK rah-barlari

mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan

muzokara boshladi. Har ikki tomon

kelisha olmagach, boʻysun-maslik

kampaniyasi davom ettirildi (1934

yilgacha). 1935 yil Angliya parlamenti

Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat

(qonun) qabul qildi. Bunga koʻra,



viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz

kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat

tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz

mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi.

Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi

namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936 yil HMK

imperialistik kuchlarga qarshi yagona

front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi

jahon urushi (1939–45) davrida Hindiston

antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi.

Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya

imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy

ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946 yil

boshida armiya, flot va aviatsiyada

inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar

boʻlib oʻtdi. 1946 yil 18–23 fevralda

Bombaydagi harbiy dengizchilar



qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori

choʻqqisi boʻldi. Angliya huku-mati milliy

harakat rahbarlari bilan muzokara

boshlab, 1946 yil bahorda Hindistonga

dominion maqomini berishga qaror

qilganligini eʼlon qildi. 1946 yil avgustda

J. Neru boshchiligida muvaqqat hukumat

tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib

ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari

Hindistondan chiqib ketishga majbur

boʻldi. 1947 yil 15 avgustda Hindiston

hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston

(asosan, hindulardan iborat) va Pokiston

(asosan, musulmonlardan iborat)

dominionlari vujudga keldi. Hindistonning

birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J.

Neru boʻldi. 1950 yil 26 yanvarda



Hindiston suveren respublika deb eʼlon

qilindi. Mamla-katda agrar islohotlar

oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat

sektorini yaratish va uni rivojlantirish,

qishloq xoʻjaligida zamindorlik yer

egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964

yil mayda J. Neru vafotidan soʻng HMK

partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965 yil

kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz

berdi. 1966 yil Toshkent uchrashuvitsya

imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki

mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal

qilinishiga asos boʻldi. 1966 yil yanvarda

L.B.Shastri vafotidan soʻng J.Neruning

qizi – I. Gandi Hindiston Bosh vaziri

boʻldi. 1977 yil martda parlamentga

oʻtkazilgan saylovda Janata parti



(partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning

keyingi 30 yil (1947– 77) mobaynidagi

birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata

parti yetakchisi M. Desai Hindiston

Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri

boʻldi. 1977 yil martdagi magʻlubiyatdan

keyin HMK partiyasi inqiroz davrini

boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha

koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiga

oʻtib ketdi. 1978 yil yanvarda sobiq Bosh

vazir I. Gandi va uning bir qancha

tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya

– HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96

yillar va 2004 yildan HMK [1978 yildan

HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston -

1945 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil 26

dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va



1992 yil 18 martda diplomatiya

munosabatlari oʻrnatgan. Milliy

bayramlari: 26 yanvar – Respublika kuni

(1950) va 15 avgust – Mustaqillik kuni

(1947).

Hindiston milliy kongressi (I) partiyasi,

HMK (1885 yil 28 dekabrda tashkil

etilgan)dagi boʻlinishdan keyin 1978 yil

yanvarda tuzilgan; Bxaratiya janata parti,

Janata parti (1977 yil tuzilgan)ning

boʻlinishi natijasida 1980 yil aprelda

tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988

yil 11 oktabrda tuzilgan; Hindiston

Asosiy siyosiy partiya va

kasaba uyush-malari



Kommunistik partiyasi, 1925 yil 26

dekabrda asos solingan; Hindiston

Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964

yil noyabrda tuzilgan. Umumhindiston

kasaba uyushmalari kongressi, 1920 yil

tuzilgan; Hindiston kasaba uyushmalari

milliy kongressi, 1947 yil asos solingan;

Hind kasaba uyushmalari markazi, 1970

yil tashkil etilgan.

Hindiston – agrar-industrial mamlakat.

Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan

xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi

rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi.

Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi,

Xoʻjaligi



oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%,

sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi

45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp

ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni

tashkil etuvchi davlat sektori harbiy

sanoat tarmoqlari, atom energetikasi,

transport va aloqada yetakchi oʻrin

egallaydi.

Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon

xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8

mln.dan ortiq fermer xoʻjaligi bor.

Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar)

mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil

etadi; shundan 141 mln. gektari faqat

ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki

marta hosil olinadi). Qishloq xoʻjaligi




maydonining 20% sugʻoriladi.

Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga

qaramay, uning qishloq xoʻjaligi

mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq

qondirilibgina qolmay, koʻp qismini

eksport ham qiladi. Qishloq xoʻjaligi

dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy

ekinlari – sholi, bugʻdoy, tariq, duk-kakli

don ekinlari va moyli oʻsimliklar.

Hindiston shakarqamish, yer yongʻoq,

choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish

boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.

Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajoʻxori,

tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch,

kardamon, mushk, dolchin va hokazo)

yetishtiriladi. Xda kokos palmasi, banan,

sit-rus va boshqa mevali daraxtlar ham



oʻsti-riladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy,

echki, choʻchqa, yilqi, tuya, par-randa

boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va

dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon

xoʻjaligida qimmat-baho yogʻoch

tayyorlanadi.

Sanoatida marganets, slyuda (du-nyoda

oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir,

titan, temir rudasi, ol-tin, tabiiy gaz, xromit

neft, bok-sit va boshqa qazib olinadi.

Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr

energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi

issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi

GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi

sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (aso-san,

jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-




shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati.

Neftni qayta ishlash, se-ment, qogʻoz,

shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari

mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya,

kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan.

Dunyodagi axborot texnologiyalari

yoʻnalishidagi korxonalarning yarmidan

koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy

texnologiyalar va koinotni zabt etish

boʻyicha yetakchi oʻrinda. Hindistonda

ishlab chiqariladigan sanoat

mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda

va hunarmandchilik korxonalari beradi.

Transporti




Transportida temir yoʻl transporti muhim

rol oʻynaydi. Transport yoʻlilar uzunligi 75

ming km (15% elektrlashtirilgan).

Avtomobil yoʻllari uzunligi 3 mln. km dan

ortiq. 1984 yil Kalkutta shahrida met-

ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda

kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni

14 ta. Mamlakat tashqi savdo

aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali

amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining

tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik

dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin,

Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning

koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar

bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan.

Asosiy aeropor-tlari Bombay, Dehli,

Kalkutta, Bangalor, Chennay,



Bxubaneshvar, maduray shaharlarida

joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat

qiladigan 90 ta aeroport mavjud.

Hindiston chetga mashina va jihozlar,

kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan

buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama

matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar,

temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar,

konserva, baliq va baliq mahsulotlari,

brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi.

Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab

chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va

boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH,

Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya,

Tashqi savdosi



BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya,

Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar

bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi –

Hindiston rupiyasi.

Mamlakatda sogʻliqni saqlash

amaliyotida xalq tabobati ham keng

qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan

ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish

vrachlari kollejlarida va 12 boshqa

tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot

xodimlari 480 tibbiyot maktabida

tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab

tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona

va ambulatoriya tarmoqlari mavjud.

Tibbiy xizmati



Asosiy kurort maskanlari: Gujarot

shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman,

Maharashtra shtatidagi Madha, Marv,

Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va

boshqa

Hindiston mustaqillikka erishgan naytda



mamlakat aholisining 96% savodsiz

boʻlgan. 1949 yilda qabul qilingan

konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14

yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepud

majburiy talim joriy etildi. 2005 yilda

savodxonlik darajasi 52% ga yetdi.

Mamlakatda katta yoshdagi aholi

Maorifi, madaniy-maʼrifiy

va ilmiy muassasalari



oʻrtasida savodsizlikni tugatish

maqsadida maxsus maktablar ochilgan

boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi.

Hindistonda xalq taʼdimi tizimi

maktabgacha taʼlim muassasalari,

boshlangʻich va kichik asosiy maktab,

toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan

iborat. Mala-kali ishchilar hunar bilim

yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv

yurtlarida oʻqish muddati 5–6 yil va

oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan

birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud.

mamlakatda 219 universitet va institut

hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik

va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Bombay

universiteti, Kal-kutta universiteti,

Chennay universiteti va boshqa asosiy



kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy

kutubxona (1902 yil tashkil etilgan),

Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951),

Chennaydagi ommaviy markaziy

kutubxona (1896) va boshqa Mamla-

katda 460 dan ortiq muzey faoliyat

yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat

muzeyi (1851 yil tashkil etilgan),

Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy

galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-

Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi

shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi

Hindiston muzeyi (1814), Birla

Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy

Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru

(1964), M. Gandi (1948) memorial

muzeylari.



Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet

va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va

assotsiatsiyalarda, fanlar aka-

demiyalarida olib boriladi. Hindiston

milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy

muassasa hisoblanadi.institutlarga Ilmiy

va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom

energiyasi boʻyicha komissiya, Qishloq

xoʻjaligi tad-qiqotlari boʻyicha Hindiston

kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha

Hindiston kenga-shi, Universitetlarni

mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi,

Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik

qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-

atsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy

jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy

tadqiqot muassasasi, 700 dan ortiq



ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy

tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda ilmiy

tadqiqot bilan 2,5 mln. kishi

shugʻullanadi.

Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51

mln. nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35

mln. nusxadan iborat 18 ming jurnal

nashr etiladi. Yiriklari: "Indian ekspress"

("Hind eksprsssi", ingliz tilidagi kundalik

gazeta, 1932 yildan), "Xindustan tayms"

("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik

gazeta, 1923 yildan), "Tayms of In-dia"

("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik

Matbuoti, radioeshittirishi

va telekoʻrsatuvi



gazeta, 1838 yildan), "Steytsmen" ("Davlat

arbobi", ingliz tilidagi kundalik gazeta,

1875 yildan), "Neshnl gerald" ("Milliy

xabarchi", ingliz tilidagi kundalik gazeta,

1938 yildan), "Nav bharat tayms" ("Yangi

Hindiston vaqti", hind tilidagi kundalik

gazeta, 1947 yildan), "Naya patx" ("Yangi

yoʻl", oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy

jurnal, 1954 yildan), "Forin affers riports"

("Xalqaro munosabatlar xabarchisi", ingliz

tilidagi oylik jurnal, 1952 yildan), "Hayot"

(urdu tilidagi haftanoma, 1963 yildan),

"Hindu" (ingliz tilidagi kundalik gazeta,

1878 yildan), "Hindustan" (hind tilidagi

kundalik gazeta, 1933 yildan), "Blits"

("Chaqmoq", ingliz, urdu, hind, marathiy

tillaridagi haftalik jurnal, 1941 yildan).



Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng

yirik axborot agentligi (PTI), 1947 yil

tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya

(YUNI), Hindiston matbuot axborot

agentligi, 1961 yil tuzilgan.

Umumhindiston radiosi 1936 yildan,

Umumhindiston televideniyesi 1976

yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927

yildan, telekoʻrsatuvlar 1959 yildan

boshlangan.

Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq

anʼanasi vedalar – sanskrit tilidagi diniy

gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi

10–4-asrlarda xalq ogʻzaki ijodida yirik

Adabiyoti



epik dos-tonlar – "Mahabharata" va

"Ramaya-na" shakllandi. Qadimgi hind

adabiyoti yodgorliklari – puranlar

muqaddas matnlari bu dostonlar

matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari

toʻplamlaridan "Panchatantra",

"Xitopadesha", "Vetalapanchavinshati",

"Shuksaptati" mashhur. Mualliflik

adabiyoti milodiy 1-asr boshlarida paydo

boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri

va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3–4-

asr) va Shudraka (5–6-asr) ham mashhur

dramaturg boʻlishgan. Sanskrit

adabiyotida Bxo-vabxugi (8-asr) ham

sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-asr)ning

"Oʻn shahzoda sar-guzashti" romani

sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi



hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan

dravid tillari (qarang Dravidlar)da,

jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (qarang

Tamil adabiyoti) rivojlandi. taxminan 7-

asrdan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi

boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi

adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda

ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind

adabiyoti dravid va yangi hind-oriya

tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana

boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh

adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi

adabiyot shakllana boshladi. Musulmon

davlatlarining paydo boʻlishi va islom

dinining keng tarqalishi natijasida

Hindistonning fors tilidagi adabiyoti

yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil



va boshqalar). Shoirlardan Vali (17–18-

asr), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va boshqa

urdu sheʼriyatining eng yaxshi

namunalarini yaratdilar. 19-asrning 2-

yarmida milliy ozodlik hara-katining

rivojlanishi natijasida adabiyotda \ind

maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr

adabiyotida Dinobondxu Mittro,

Premchand Mit-tro, Bonkimchondro

Choddopaddqay va Bengaliyaning

boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar.

Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan

dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K.

Gosh, T. Datt)ning sheʼrlarida ingliz

romantizmining taʼsiri seziladi. 20-asrning

20-yillarida mustaqillik uchun kurash \ind

adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib



qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi

bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu

tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol oʻz

asarlarida yuksak badiiylikka erishdi.

1930-yillarning oʻrtalarida taraqqiypar-nar

yozuvchilarning \arakati vujudga keldi.

20-asrning 30-yillarida Hindistonda ingliz

tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N.

K. Narayan, X. Chattopa-dxaya va

boshqalar). 1936 yil Iremchand, M. R.

Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan

Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar

assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm

adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi.

Inqilobiy romaitik oqim shakllana

boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat

shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana



boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik

oqimlari \am paydo boʻldi (I.Joʻshi,

M.Varma). Hindistonning mustaqillikka

erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning

rivojlanishiga yordam berdi.

Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish

uchun kurash va iqtisodiyotning

yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator

adabiyotlarning rivojlanishiga qamda

yangi adabiyotlarning shakllanishiga

imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy

tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda

ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan.

1940–60 yillarda Hindistonda ind

progressiv adabiyot namo-yandalari

A.S.Jafri, S.K.Chouxan, Xoʻja Ahmad

Abbos, Yashpal, A.N. Kas-mi, A.Nagar va



boshqa oʻz asarlarida mamlakatdagi

ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib

chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb

masalalarni \al etishga daʼvat etdilar.

Milliy adabiyot vakillaridan

B.Bxattachoriya, M.R.Anand,

M.Bondopaddxay, T. Bondopaddxay,

G.Singx, R.V. Desai, R.Krishnamur-ti,

R.A.Maxadevan, Vshʼchatxol va boshqa

oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy

istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-

taraf etish, savodsizlikni tugatish,

xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi

muammolarni koʻtarib chiq-dilar.

Progressiv yozuvchilar Sh.Chou-xan, X.

Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari

mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va



jarayonlar bilan cham-barchas

bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi \ind

adabiyotida "psixologik adabiyot" vakili

sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va

dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida

mustaqil Hindistonning ijtimoiy

muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi.

1980–90-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar,

B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam,

K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa

adiblar samarali ijod qildilar (yana q.

Xsh"


) adabiyoti).

Hindistonda miloddan avvalgi 3–1ming

yilliklar-dayoq mudofaa, xoʻjalik va turar

Meʼmorligi




joy binolari, bogʻ va suv \avzalari boʻlgan

yirik sha\arlar (Sang\ol, Lot\al, Mathura,

Pataliputra) qurilgan. Miloddan avvalgi

4–2-asrlarda ulkan qalʼa, saroylar (Patali-

putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy

ashyolarga moʻljallangan inshoot –

stupalar, memorial ustun (stambxa)lar,

gʻor ibodatxonalari (Karlida, miloddan

avvalgi 1-asr; Ajantat, miloddan avvalgi 2-

asr – milodiy 7-asr) va monastirlar,

ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida

budda ibodatxonalarining yangi turlari

(Sangida yer ustiga qurilgan toʻrt

kolonnali peshay-vondan iborat kub

shaklidagi ibodatxona, 5-asr; Ellorda

yaxlit qoyatoshni oʻyib ishlangan

ibodatxona, 8-asr) paydo boʻldi. 6–7-



asrlarda ibodatxonalarning silliq minora

shaklidagi shimoliy (Madya-Pradesh

shtatida joylashgan Kxajuraxo

ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya

Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi

Mukteshvara ibodatxonalari) va

zinasimon minora shaklidagi janubiy (Ma-

xabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibo-

datxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda

Banoras shahrida \indular ibodatxonalari

qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin

ibodatxona bor. 13-asrdan Dexli sultonligi

davrida yirik saroy ansambllari, masjid,

gumbazsimon maqbara, minoralar

(Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan

minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193

yildan qurila boshlangan) \amda



musta\kam qalʼa devorlari bilan oʻralgan

shaqarlar (Siri, Jaqonpa-no, Tugʻlaqobod,

Feruzobod; ammasi 14-asrda oz. Deqli

xududida) qurildi. Boburiylar davlati

tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi

yuksak choʻqqilarga erishdi: sha\ar va

qalʼa qurilishi sanʼatining ajoyib

namunalari yaratildi (Agra, Ajmer,

Ollo\oboddagi qalʼalar, "Fate\pur-Sekri"

shaar-qalʼasi, 1569–84), qubbasimon

maqbaralar (De\lidagi Xumoyun

maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi

Tojmahal) qurildi.

Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan

qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda

Hindistonning ayrim hududlarida




meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib

qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq

paviloni, 16-asrda., Datiyadagi Bir Singx

Deo saroyi, 17-asr boshi). 16-asrda

yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor

Zafar arki, uning yaqinidagi Makka

masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib

turadigan minoralar ulkan tarixiy

obidalardir. 17-asrda "Marvarid" nomi

bilan atalgan masjid, Jahongirshohning

marmardan qurilgan maqbarasi,

Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar bilan

bezatilgan masjid, sikhlarning

Amritsardagi sajdagohi – Oltin ibo-

datxona bunyod etildi. Baromi (Roja-

sthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo

(Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar



hind meʼmorligining bebaho

yodgorliklariga aylandi. 19-asrda eski

shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay)

rivojlandi va Yevropa meʼmorligi

uslubidagi inshootlar bunyod etildi.

Mustaqillikka erishgach, mamlakatni

industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan

qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi

(Chandigarx, 1951–56, Le Korbyuzye

boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai,

1963 yildan qurila boshlangan, hind

meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan

yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, meʼmor

A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960–63,

meʼmor Ch.Korrea), Kanpur shahridagi

Texnologiya instituti (1963, meʼmor




A.Kanvinde), Bombaydagi "Tojmahal"

mehmonxonasi (1975).

Hindiston janubda tosh davriga oid

gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan

tayyorlangan buyumlar, zargarlik

bezaklari saqlangan. Mohenjodaro,

Xarappa va Hind daryosi havzasining

markazlarida miloddan avvalgi 3–2-ming

yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi

(hayvon va mifologik obrazlar

tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar,

haykalcha va boshqalar). Miloddan

avvalgi 4–2asrlarda toshdan yodgorliklar

tayyorlandi (Didarganjadan topilgan

Tasviriy sanʼati



maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan

"Sherali kaptel"). Milodiy 1– 5-asrlarda

Kushon podsholigi davrida Gandxara

badiiy maktabiga mansub buddaviy

haykallar yasash rivojlandi. 5–7-asrlarda

devoriy rassomlik gul-lab yashnadi

(Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10– 12-

asrlarda bronza haykal-taroshligi keng

tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva

(Natarajan) haykalchasi]. 13-asrdan Dehli

sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati

davrida amaliy bezak sanʼati va kitob

mini-atyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda

Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi.

Dastlabki hind miniatyura maktablaridan

gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-

asrda miniatyura sanʼatining boburiylar



maktabi vujudga keldi. Bu maktab

vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga

intildi; tarixiy risolalarga bezaklar

yaratish, portret va ani-malistik janrlar

keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida

Hindiston professional sanʼati deyarli

rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi

(gilam toʻqish, kash-tachilik, toʻqish, fil

suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama

naqsh, tanga zarb qilish va boshqalar)

taraqqiy etdi. 19-asr oxi-ridan zamonaviy

rassomlik vujudga keldi (R.R.Varma). 20-

asr boshlarida, "Bengaliya uygʻonish

davri"da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni

saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor,

N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V.P.Kar-

markar va boshqalar). Hindiston tasviriy



sanʼatida turli oqim va maktablar,

jumladan modernistik oqim rivojlangan.

Ras-somlar D.P.R.Choudxuri, B.N.Jija,

S.N.Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch.

Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das va

boshqa milliy sanʼat anʼanalarida asarlar

yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak

sanʼati ham rivojlangan.

Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib,

dunyoda eng qadimgi va oʻziga xos

shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari

xalq bayram va diniy marosimlari,

Xarappa madaniyati (ayniqsa,

Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan

bevosita bogʻliq. Hindistonning qadimgi

yozma yodgorliklari ("Vedalar" –




"Rigveda", "Samaveda", "Atharvaveda" va

"Yajur-veda"; miloddan avvalgi 2–1 ming

yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini

topgan. Musiqashunoslar Hindistonda

mumtoz musi-qaning yuzaga kelishini

bevosita "Sa-maveda" bilan bogʻlashadi.

Uning falsafiy-estetik va nazariy

mezonlari Bharataning sanskrit tilida

yozilgan "Natyashastra" risolasida

asoslab berilgan (taxminan milodiy 3–4-

asrlar), Matanganing "Brihadeshi"

risolasida (5–7-asrlar) hind mumtoz

musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar

berilgan. sharangadevaning

"Sangitaratnakar" 7 jildli toʻplamida (13-

asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik

tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa



masalalar yoritilgan. Ramamatyaning

"Svaramelakalanidhi" (16-asr) hamda

hind olimlarining boshqa risolalarida

musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot

quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush

(nada)lar hamda olam taraqqiyoti

mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi

maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik

tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7

ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy

parda, ular negizida 22 yarim tondan kam

boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga

kelgan.

13-asrdan boshlab Shimoliy Hindiston

musiqa madaniyati Markaziy va Urta

Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari,




musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib

borgan. Buning natijasida hind mumtoz

musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi:

shimoliy ("hindustani") va janubiy

("karnatak"). Janubiy Hindiston musiqa

uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy

xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi,

unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik

janrlari – kirtan, pada (bastakorlar

Purandaradasa, 15–16-asrlar; Kshetrayn,

17-asr), kriti (mumtoz ashulaning asosiy

turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar,

Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18–19-

asrlar), yengil mumtoz musiqa janrlari –

tillana (18-asr), javalli (19-asr) va boshqa

keng oʻrin olgan.




Shimoliy Hindiston mumtoz musiqasida

eng muhim lirik janrlardan "dhrupad"

(Svami Haridas, Miyan Tansen, 16–17-

asrlar), xonandalikda, soʻngra

sozandalikda ham ishqiy va shirin

kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli "xayal"

(manbalarda uning asoschisi Amir Xus-

rav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng

oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida

"thumri", "gʻazal", "kavalli", soʻfiyona

"kalam", shuningdek, "dadra", "tappa",

"tarana"lar ham mavjud.

Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor,

raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy

musiqiy teatr turlari – jatra, yakshagana,

tamasha va boshqa tashkil topgan.




Mumtoz raqs turlariga bharat natyam,

kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va

boshqa kiradi.

Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi

va rang-barangligi Hindistonda turli millat

vakillarining istiqomat qilishi, ular koʻp

tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq

musiqa cholgʻularidan urma dhol, dholak,

damaru, udukkai, puflama kombu, singh,

tiruchinnam, karnay, murali, mohori,

nagasar, torli-chertma ekta-ra, dutara,

tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha,

banam, sarinda va boshqa keng oʻrin

olgan. Professional musiqa sozlaridan

vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay,

bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram,




fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga,

gha-tam va boshqa ommalashgan.

Hindistonda milliy ozodlik harakati va

mustamlakachilikka qarshi kurashning

kuchayishi (19-asrning 1-yarmi va 20-

asrning oʻrtalari) milliy musiqa

madaniyatining rivojlanishida muhim

davrni boshlab berdi. Rabind-ranat

Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi.

Faol ziyolilar orasida milliy musiqa

merosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi.

Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa

tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hozirgi

Chennay)da musiqa akademiyasi (1928),

Kerala sanʼat markazi (1930), Xalq

sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati




(1932), Dehlidagi Gandharva

Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va

boshqa Vishnu Narayyana Bhatkhande,

Vishnu Digam-bar Paluskar, Chinnasvami

Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi

musiqashunos olimlar hind musiqa

madaniyatini rivojlantirishda oʻz ilmiy

asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar.

Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach

(1947), hind musiqasining rivojlanishida

yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi

musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila

Vatsning "Qotgan yer", Gʻulom

Haydarning "Boʻysunmas Pan-job",

S.Shankarning "Poyezd",

G.D.Madgulkarning "Ram haqida qissa"




va boshqalar). Kino musiqasi

kompozitorlik ijodini rivojlantirishda

muhim omil boʻlib qoldi, unda milliy va

Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy

omillari uygʻunlashgan. natijada

kompozitorlar tomonidan kino uchun

xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi.

1960–90 yillarda A.Vishvas, H.Kumar,

S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad,

Xayyom, Madan Mohan kabi

kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod

qilishgan, hozirgi kunda Shankar va

Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal,

S.D.Barman, Anu Malik kabi

kompozitorlar bu sohada faol ijod

qilmoqda. Ular bastalagan kuy va

qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt,



Shamshod Begum, Manna Dey, Lata

Mangeshkar, Muham-mad Rafi, Mukesh,

Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar,

shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik,

Anuradha Paud-val, Sonu Nigam, Udit

Narayyan, B.Subramaniam, Kavita Krishna

Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan

Sami va boshqa ijro etishgan.

Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi

Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar

Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad

Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan

(sarangi), Pandit S.R.Vyas va Malikarjun

Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi,

Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji

(xonanda-raga), Mukesh Sharma (sarod),




Irshad Xan (setor va surbahor), ustad

Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn Xon

(tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal),

Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam

Ahmad (sarod va rabab) va boshqa

mashhur.


Hindistonda musiqa maktablari va

kollejlari, universitetlarda musiqa

fakultetlari mavjud. Musiqa sanʼati

sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari,

sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini

muvofiklashti-ruvchi tashkilotlar, musiqa

sanʼatiga oid konferensiya, forum,

festivallarni tashkil etuvchi idoralar

faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida –

Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi




(Sangit Natak Akademi), Bombay

ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay

musiqa akademiyasi mashhur. Milliy

musiqa madaniyatining turli xil shakllarini

targʻibot etishda Umumhindiston radiosi

bosh vazifani bajarmoqda.

Hindistonda xalq teatr tomoshalari

qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan.

Ular qabilalarning turli urf-odatlari, oʻyin

va raqslari asosida vujudga kelgan.

Xalqteatrining asosiy shakllari \ozirgacha

yetib keyagan. Aksariyat teatr

tomoshalarining asosini qadimgi ind epik

dostonlar – "Ramayana" va "Ma-

Teatri



habharata"tn olib oʻynaladigan sa\-nalar

tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan

syujeti dostonlar qahramonlari – Rama

va Krishna hayotidan olingan lavhalardan

iborat. Anʼanaviy teatrlarning yorqin va

taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharat-

natyam, kat\akaliy, kathak, manipuriy kabi

turlaridir. Janubiy Hindistondagi koʻp

geatrlarning xoreografik asosini bharat-

natyam va kathakaliy, Shimoliy

Hindistondagi tsatrlar xoreografik asosini

kathak va manipuriy tashkil qiladi. Gʻarbiy

Bengaliya va Oris-sada jatra lirik dramasi

mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda

oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar

boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning

boshqa rayonlari – Maharashtra



(tomosha), Kashmir (joshi), Rojasthon

(svangi)da ham boʻlgan. Hind mumtoz

teatri taraqqiyo-tida xalq teatrlarining

taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri

Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan

bogliq. 12 – 13-asrlarda Hindiston

mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. 16-

asrda Mala-bar sohillarida spektakllar

tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy

mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu

teatrning sodda turi – tulal 18-asrgacha

saqlandi. 19-asrning 2-yarmida milliy

ozodlik harakatining kuchayishi, milliy

ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni

vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath

tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872 yil

bengal dramaturgi G.Ghosh Milliy teatrga



asos soldi. U hind teatr sanʼati

taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 19-

asrning 2-yarmi – 20-asrning 1-yarmida

hind teatrida yangi shakllarning paydo

boʻlishi hind yozuvchisi R.Tagor nomi

bilan bogʻliq. 20-asrning 40-yillari

professional va havaskor teatr jamoalari

vujudga keldi; ular Xalq teatrlari

assotsiatsiyasi (1943 yil asos

solingan)ga birlashdilar.

Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi

yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr

tomoshalarining turli shakllari paydo

boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach,

milliy madaniyat, jumladan, teatr sanʼati

rivoj topdi. 1953 yilda Musiqa, raqs va

drama akademiyasining ochilishi katta



ahamiyatga ega boʻldi. Kalkuttada

"Bohurupiy", "Star", "Rangmahal", "Mi-

nerva", Teatr markazi, "Tarun opera",

Dehlida "Yangi teatr", Bombayda

"Dramatik Vint" teatrlari mashhur.

Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Bano-

ras, Puna va boshqa shaharlarda ham

doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri

ham teatr tomoshalarining eng qadimgi

turlaridan biridir. Soya teatri keng

tarqalgan.

Hindistonda birinchi film 1912 yilda

ishlangan ("Roja Xarishchandra", rejissyor

D.G.Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931

Kinosi



yil ekranga chiqdi ("Dunyo nuri", rejissyor

A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik

harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy

goyalar bilan sugʻorilgan "Devdas" (1935,

rejissyor P.S. Baruat), "Kutmagan edilar"

(1936), "Qoʻshnilar" (1939, ikkalasining

rejissyor V.Shantaram) kabi s|>ilmlar

yaratildi. 1947 yil Axborot va

radioeshittirish vazirligi huzurida

kinematografiya boʻlimi tashkil etildi. Xalq

hayetini haqqoniy aks ettirgan filmlar

paydo boʻldi ("Yer farzandlari", 1946,

rejissyor Xoʻja Ahmad Abbos;

"Mazlumlar", 1949, rejissyor N.Ghosh).

1950-yillarda zamonning muhim ijtimoiy

masalalariga bagishlangan "Daydi" (1951,

rejissyor R.Kapur). "Ikki bigha yer" (1953,



rejissyor B.Roy), "Yoʻldosh" (1953,

rejissyor X.A.Abbos) yaratildi. Rejissyor

S.Reyning "Yoʻldagi qoʻshiq" (1955),

"Yengilmaganlar" (1957), "Apulning

dunyosi" (1959)dan iborat kinotrilogiyasi

jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi.

Usha davrda rejissyor G.Datt "Qogʻoz

gullar", "Chanqoqlik", "Oy nuri" filmlarini

yaratdi. 1960-yillarda koʻngilochar

musiqali filmlar yara-tadigan Bombay

studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni

aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan

Kalkutta kino maktabi vujudga keldi

("Xor", 1975; "Parashuram", 1978,

ikkalasining rejissyor M.Sen; "Raqib",

1970; "Uzoq momaqaldiroq" 1973,

ikkalasining rejissyor S.Rey; "Mantxan",



1977, rejissyor Sh.Benegal). 1970-yillarda

rejissyor Ya.Chop-raning "Shoʻʼla",

"Qayerdadir, qachondir", prodyuser

R.Kapurning "Bobbi", rejissyor

R.Reddining "Dafn marosimi" filmlari

ekranga chiqdi. 1980-yillarda rejissyor

M.Kumarning "Inqilob", rejissyor

B.R.Chopraning "Yonayotgan poyezd",

rejissyor A.Gopalakrishnanning "Yuzma-

yuz", rejissyor G.Aravindoning "Oridad"

filmlari shuhrat qozondi. 1990 yillarda

rejissyor A.Chopraning "Dsvona dil",

prodyuser M.Kumarning "Be-tob",

"Yarador" kabi vatanparvarlik goyalari

bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli.

Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl,

D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va



Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi),

S.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon,

Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji,

A.Patel, M.Dikshid va boshqa mashhur.

Hindistonda hujjatli filmlar ham

chiqarilali. 1960 yil Puna shahrida

Kinematografiya instituti ochilgan. 1954

yildan Bombayda xar yili Butun Hindiston

kinofestivali oʻtkaziladi. Hiid kino sanʼati

vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi

mamlakatlarining Toshkentdagi

kinofsstinallarida faol qatnashib, koʻplab

mukofotlarni qoʻlga kiritganlar.

Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film

yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan

filmlarning 14% ni tashkil etadi.




Asosiy maqola: 

Oʻzbekiston — Hindiston

munosabatlari

Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi

munosabatlar bir necha ming yillik tarixga

ega. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi

mustaqillikka erishgach, Hindiston

Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992

yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va

ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli

aloqalar yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston – Hindiston

munosabatlari

Fotolari



Bombay Borsasi

Tavuskushu olan Hindistonin ulusal kush




Guney Hindiston sahil

Kuzey Hindistonda Dag'lar




Hindiston Parlamenti

Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.


  Soʻnggi tahrir 3 oylar avval Kagansky tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index

.php?

title=Hindiston&oldid=2142616



dan olindi 



Download 311,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish