Hol, uning turlari



Download 64,46 Kb.
bet1/20
Sana15.04.2022
Hajmi64,46 Kb.
#553555
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot


AMALIY MASHG‘ULOTLAR


9-AMALIY MASHG‘ULOT
HOL, UNING TURLARI
Reja:

  1. Hol, uning turlari.

  2. Ravish, payt, o‘rin, sabab va maqsad hollari.

Hol ish-harakatning qay holda yuzaga kelishi, o‘rin va paytga munosabati, sabab yoki maqsadi, miqdori kabi belgilarni ifodalovchi ikkinchi darajali bo‘lakdir. Hol doim fe’l kesimga tobelanadi. Hol quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1.Ravish bilan: U sekin ishladi. Biz tez yurdik.
2. Ravishdosh bilan: Kulib so‘zladi. Turtinib yurdi.
3.Sifatdosh bilan: Qizargan holda kirib keldi. Yugurganicha uyiga ketdi
4. Sifat bilan: Yaxshi tushuntirdi. Muloyim gapirdi.
5. Son bilan: Bir qaradi-yu, ikkinchi qaramay qo‘ydi.
6. Olmosh bilan: Shu-shu ko‘rinmay ketdi.
7. O‘rin kelishklari (o‘rin payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari) affikslarini olgan otlar bilan: Samarqandga bordik. Uydan keldim. Toshkentda yashaymiz.
8. Ayrim ko‘makchilar bilan birga kelgan otlar bilan: Zavq bilan o‘qidi. Diqqat bilan eshitdik.
9. Mimemalar bilan: Shamol g‘ir-g‘ir esyapti. Yomg‘ir shatir-shutir yog‘ardi!


Mashq. Misollar orasidan hollarni aniqlang va hol vazifasini bajargan shu so‘zlarni otlarga bog‘lab, ularning sifatlovchi-aniqlovchi bo‘lib kelganini izohlang.
Namuna: Oz so‘zlang - hol bo‘lib kelgan. Oz gapni yoqtiramiz – sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelgan. Biz yaxshi ishladik – yaxshi so‘zi hol bo‘lib kelgan. Yaxshi odamlarni doim maqtaydilar - yaxshi so‘zi sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelgan.
1. Dag‘al buyumlarni tozalash kerak. Bizga bunchalik dag‘al gapirmang.
2. Kishilarga manzur bo‘ladigan ko‘p ishlarni bajardik. U ariq bo‘yida o‘tirib kelgusidagi rejalari haqida ko‘p o‘yladi.
3. Hayotimizdagi baxtli kunlarni ko‘p esladik. Shuncha mehnat qildinglar, endi baxtli yashanglar.
4. Shu kungacha ancha gaplar eshitildi. Bu haqda ancha o‘yladik.


Mashq. Matndagi ravishdosh, sifatdosh va otlar hol vazifasida kelgan gaplarni ajratib ko‘chiring.
Hoji bir kun turib ertasiga Muxtorxon bilan markazga ketdi. Muhammadrajab Hoji kelguncha turishi kerak edi. Ikki kunda kelishni va’da qilgan Hoji bir haftadan so‘ng yana bir hafta kechikish ehtimoli bor ekanini bildirib telegramma berdi... Oradan bir necha kun o‘tdi – Muhammadrajab jim, Mirza Muhiddinni og‘ziga ham olmadi. Saidiy ishda ekanida kun bo‘yi uyda o‘tiradi-da, Saidiy kelishi bilan chiqib ketganicha, saharga yaqin kelardi... Ehson o‘z vazifasida qoldi. Nosirov toqatsizlana boshladi. Ehson bularning ko‘pi bilan chiqishadi, yordam so‘raydi, qo‘lidan kelsa yordam qiladi (A.Qahhor).


Mashq. Misollar orasidan ravish, sifat va taqlidiy so‘zlar hol vazifasida kelgan gaplarni ajratib ko‘chiring.
1. Biz universitetda o‘qigan vaqtimizda, ularning yoniga tez-tez borar, yangi-yangi fikrlar eshitar edik. 2. Qizlar ichida ayniqsa, Dilorom qisqa, mazmunli gapirar edi. 3. Bolalar, bu xabarni eshitib, og‘zimiz lang ochilib, dag‘-dag‘ titray boshladik. 4. Sobir bizning fikrimizga qo‘shilib, ma’nodor kulib qo‘ydi. 5. Ekinlar asta-asta rivojlana boshladi. 6. Biz bundan ko‘p xursand bo‘dik. 7. Oz so‘zlang, lekin soz so‘zlang.



Download 64,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish