Homo economicus



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Antropologiya

Ijodkor shaxs faoliyati
. Ijodning ichki asoslari qatoriga odatda shaxsning 
qobiliyati va faoliyat motivlari kiritiladi. Bu asoslar yagonadir: ijodiy qobiliyatlar 
muvaffaqiyat negizi hisoblanadi, lekin ular motivasiya orqali ro’yobga chiqadi. 
Ijod qilish qobiliyati ko’p sonli fazilatlar bilan tavsiflanadi. Ijodkor shaxs o’z aql-
zakovatining teranligi, mustaqil fikrlashi, tafakkurining o’ziga xosligi, bashorat 
qilish qobiliyati, zehnining o’tkirligi, tasavvuri va intuisiyasining kuchliligi, 
mehnatda tirishqoq va intiluvchanligi, o’ziga nisbatan tanqidiy munosabat va 
murosasizlik, yuksak axloqiy fazilatlar bilan ajralib turadi. Ijodiy qobiliyatlar 
insonga vaziyat travial, «muammosiz» bo’lib tuyulgan joyda muammoni ko’rish 
imkonini beradi, bundan yangi motivasiya paydo bo’ladi va u, dastlabki tarzda 
qo’yilgan vazifadan qat’iy nazar, ichki da’vatkor motivga, faoliyatda ehtiyojga 
aylanadi. Ijodkor o’zining ayni shu – kutilmagan va salmoqli natijaga erishish 
qobiliyati bilan ajralib turadi.
Ijodkor shaxsning ayniqsa keng tarqalgan tavsifi «qobiliyatli», «iste’dodli», 
«daho» tushunchalarida beriladi. Mazkur belgilar zamirida qobiliyatning shunday 
tabiiy nishonalari yotadiki, ularning rivojlanish darajasi (bunga esa faqat qizg’in 
faoliyat bilan erishiladi) ijodiy natijaning ahamiyatini belgilaydi. Qobiliyat 
muayyan turdagi vazifalarni boshqalarga qaraganda yaxshiroq yechish 
imkoniyatini beradi. Iste’dod yangi, o’ziga xos natijaga erishishni nazarda tutadi, 
daholik esa shaxs va uning ijodiy yutuqlari madaniyatning rivojlanishiga davomli, 
olamshumul va ijobiy ta’sir ko’rsatishida namoyon bo’ladi.
Emosional faollik, ijod jarayonida ijobiy emosional holatlar bo’rtib ko’rinishi 
ijodning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ko’tarinki ruh, kayfiyat vazifalarning 
yechimlarini tirishqoqlik bilan izlashga rag’batlantiradi va pirovard natijada yuz 
beradigan insayt (fikrning ravshanlashish) lahzalarini belgilaydi. Bunda 
izlanayotgan natija ijodkor tafakkurida xuddi chaqin chaqqandek bir lahzada paydo 
bo’ladi, mushkul masalalarni yechish imkonini beruvchi mutlaqo yangi g’oya 
yuzaga keladi. Psixologiyada insayt muhim munosabatlar va umuman vaziyatni 
tuyqusdan va o’tmishda olingan tajribaga bog’liq bo’lmagan holda tushunish orqali 
muammoni ongli tarzda yechish sifatida tavsiflanadi. Emosional ta’sirlanish 
ijodkor tafakkuriga kuchli turtki beradi va uning sintez, tahlil qilish, 
umumlashtirish qobiliyatlarini faollashtiradi.
Psixologlar ijodiy faoliyatning o’ziga xosligini motivasiyaning o’zgarishi, 
yangi niyatning paydo bo’lishida ko’radilar. Bu omillarga ular ijodning o’ta muhim 
xususiyati sifatida qaraydilar. Zero ijod shaxsning yuzaga kelgan stereotiplarni 
buzish, standart vaziyatdan chiqishning o’z yo’lini ko’rish qobiliyatini nazarda 


tutadiki, bu dastlabki qo’yilgan vazifa va uni yechish vositalari chegarasidan 
chetga chiqishni belgilaydi. Shaxsning intellektual salohiyati, uning mustaqillik, 
faollik, izchillik kabi irodani tavsiflovchi fazilatlari ijodning zaruriy subyektiv 
omillaridir. Ammo bu salohiyatni faqat kuchli motivasiyagina harakatga keltirishi 
mumkin. Bu tashqi zaruriyatdan xoli ichki mayl, faoliyatga birdan-bir maqsad 
sifatida ehtiyoj bo’lishi lozim. Hamonki faoliyat insonning tabiiy holati ekan, unga, 
amalda foydali natijadan qat’iy nazar, birdan-bir maqsad sifatida ehtiyoj tug’ilishi 
mumkin. Bunday ehtiyoj shaxs uchun o’z-o’zidan muhim bo’lgan har qanday 
amaliy, odatdagi faoliyat jarayonida yuzaga kelishi mumkin.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish