Homo economicus


Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Antropologiya

Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari.
Faoliyatni tartibga solishning 
umumiy mexanizmlari qatoriga insonning dunyoga va o’z-o’ziga bo’lgan 
munosabatlari tizimini to’la qamrab oladigan va madaniyat algoritmi bo’lib xizmat 
qiladigan rang-barang ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarni kiritish lozim. Xulq-
atvor, odatlar va an’analarning ijtimoiy-madaniy me’yorlari, qoidalarining 
mavjudligi va rivojlanishi inson faoliyatini tartibga solish omili hisoblanadi. 
Me’yorlar muayyan sharoitda odamlar o’zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi 
va inson faoliyatida bevosita ishtirok etib, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga shaxsning 
moslashuvini ta’minlaydi, ijtimoiy jarayonning uzluksizligini ta’minlovchi 
mexanizm hisoblanadi. Mazmuni, ijtimoiy mustahkamlash usullari va ijtimoiy 
funksiyalariga ko’ra me’yorlar har xil bo’ladi.
Faoliyat maqsadlari, vositalari va usullarini qat’iy belgilovchi qoidalarning 
butun bir turkumi mavjud. Bu qoidalar ijtimoiy amaliyotda yaratilgan narsalar 
dunyosini va odamlar o’rtasidagi munosabatlar dunyosini o’zgartirish usullarini 
mustahkamlashga xizmat qiladi. Bular standartlar - muayyan ishni bajarishda 
qat’iy rioya qilish lozim bo’lgan sifat, shakl va o’lchamning qat’iy belgilangan 
namunasi; qoidalar - tegishli holatlarda qanday ish ko’rish lozimligini belgilovchi 
ko’rsatmalar; etalonlar - faoliyatda mo’ljal sifatida foydalanish lozim bo’lgan 
qat’iy belgilangan, standartlashtirilgan qadriyatlardir. Inson faoliyatini tartibga 
solishni ta’minlovchi ijtimoiy me’yorlar tizimida huquq normalari va axloq 
me’yorlari alohida o’rin egallaydi.
Huquq va axloq
. Huquq - davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov 
kuchiga tayanadigan xulq-atvor umumiy normalarining majmui. Axloq ham 


jamoatchilik 
fikri, 
ya’ni qilmishni ma’qullash yoki qoralash bilan 
mustahkamlanadigan xulq-atvor qoidalari majmuidir.
Axloq va huquq normalari o’zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy munosabatlar 
mazmuni, normativ talablarni mustahkamlash usullari, ularning shaxs xulq-
atvoriga samarali ta’siri darajasiga ko’ra ajralib turadi. Axloq va huquq 
normalarining mazmuni o’rtasida jiddiy farq mavjud emas. Masalan, «o’g’rilik 
qilma» - bu ham axloqiy qoida, ham huquq normasidir. Ammo huquq normalari 
o’z tartibga solish doirasi bilan axloq me’yorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy 
munosabatlarning ulkan hajmini to’la qamrab olmaydi. Masalan, oilaviy 
munosabatlar sohasida huquq ota-onaga o’z farzandlarini tarbiyalash majburiyatini 
yuklaydi, lekin ota-onani bir-birini sevish, bir-biriga g’amxo’rlik qilishga 
majburlamaydi. Huquq va axloq o’rtasidagi farqni ular ko’rsatadigan ta’sirning 
samaradorlik darajasida ham ko’rish mumkin. Bizning nazarimizda, davlat 
majburlovi kuchiga tayanadigan huquq axloqqa qaraganda samaraliroqdir. Ammo 
muayyan sharoitda inson uchun huquq axloqiy me’yorlar nufuzi qarshisida ojiz 
bo’lishi mumkin. Bu hol shaxsning qadriyatlarga munosabati mazmuni bilan
muayyan inson qaysi axloqiy qadriyatlarga tayanishi, shuningdek u yashaydigan 
muhit, ya’ni individ fikrini qadrlaydigan referent guruhning qandayligi bilan 
belgilanadi. Shu sababli axloqiy yo’l tanlashda ayrim inson uchun ishlab chiqarish 
jamoasi yoki maktab (talabalar) guruhining nufuzi muhim ahamiyat kasb etishi 
mumkin, boshqa shaxs uchun esa diniy sekta yoki jinoiy guruh a’zolarining fikri 
ustunlik qilishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, axloq jamoatchilik fikriga tayanadi. 
Ammo inson xulq-atvoriga baho berish juda mushkul ish, chunki uning zamirida 
muayyan sabablar yotadi, u muayyan sharoitda sodir etiladi, obyektiv oqibatlarga 
olib keladi va maqsadga erishishning muayyan vositalarini tanlashni nazarda 
tutadi. Jamoatchilik fikri shaxs xulq-atvoriga baho berishda ijtimoiy 
mustahkamlangan axloq me’yorlariga amal qiladi, shaxs esa axloq haqidagi o’z 
tasavvurlaridan kelib chiqadiki, ular umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan ancha 
farq qilishi mumkin. Muayyan sharoitda bir individ o’z vijdonining ovoziga quloq 
solsa, boshqa bir individ umumiy qabul qilingan axloqiy tasavvurlarga qarab 
mo’ljal oladi, ya’ni «har qanday vijdonli odam» kabi ish ko’radi. Birinchi yoki 
ikkinchi individning qilmishini axloqiy deb hisoblash mumkinmi? Agar birinchi 
individ vijdonining ovozi umuminsoniy axloqiy tamoyillarga mos kelsa, uning 
qilmishiga axloqiy jihatdan shubhali, murosasoz va qo’rqoq shaxs, chunki uning 
qilmishi jamoatchilikning qoralashidan qo’rqish bilan izohlanadi. Sirtdan 
belgilangan qilmish axloqiy sanalmaydi. Huquqiy majburlov va jamoatchilik fikri 
yoki Tangri la’natidan qo’rqish emas, balki shaxsning ichki mayli axloqiy 
qilmishning muhim belgisi hisoblanadi. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish