Hozirgi kunda «О‘zavtotexxizmat» oaj korxonalari kuchli texnik imkoniyatlarga va kadrlarga EGA


haroratda quritiladi, agar sintetik emal bо‘yoqlari ishlatilsa, quritish uchun kuzovni 110ch130S haroratli kamerada 30ch50 minut ushlab turishga tо‘g‘ri keladi



Download 160,88 Kb.
bet3/10
Sana26.04.2022
Hajmi160,88 Kb.
#581791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kuzov uchas 2019

haroratda quritiladi, agar sintetik emal bо‘yoqlari ishlatilsa, quritish uchun kuzovni 110ch130S haroratli kamerada 30ch50 minut ushlab turishga tо‘g‘ri keladi.

Bо‘yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlashni avtomobil pasportidagi kod belgisi asosida kompyuterlar yordamida yoki maxsus tayyorgarlikka ega bо‘lgan mutaxassislar bajaradilar.

Kuzov majmuasining yana bir uchastkasi - armatura uchastkasi bо‘lib, bu joyda eshik, kapot, yukxona oshiq-moshiqlari, qulflari, oynalarni kо‘tarish -tushirish mexanizmlari va hoshiyalari ta’mirlanadi

Avtomobillarning kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari: ularning qiyshayishi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarning bо‘shashib ketishidan iborat.Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qо‘shimcha detallar qо‘yish, himoya qatlamlarini yangilash yо‘llari bilan tiklanadi.Zanglash mahsulotlari metall chо‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi.Payvandlash ishlarini bajarishda kо‘pincha gazli payvandlash turidan foydalaniladi. Payvandlash qо‘l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi.Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qо‘shimcha qoplama qо‘yiladi, о‘z navbatida bu qoplama yirtilgan yerdan 20-24 mm chiqib turishi zarur.Pachoqlangan yerlar va qiyshayishlar sovuq yoki qizdirilgan (600-650 S gaz gorelkasi yordamida) holda tо‘g‘rilanadi. Qizdirib tо‘g‘rilash metall qavat-qavat bо‘lib qolganda yoki sovuq holda tо‘g‘rilab bо‘lmay qolganda bajariladi.Pachoq ikki harakatda tо‘g‘rilanadi. Avvalambor pachoq bо‘lgan joy urib chiqariladi. Chiqarilgan qismning ustigamahsus ushlagich-1 qо‘yib markazdan sirtga qarab mahsus bolg‘acha yordamida tо‘g‘rilanadi, sо‘ngra yog‘och yoki rezina bolg‘acha yordamida tekislanadi.О‘tkir qirrasi va egilishi bо‘lmagan chuqur pachoqlarni chiqarish о‘rtasidan boshlanadi va asta-sekin bolg‘acha yoki rezina bolg‘acha bilan tekislash tashqi tomonga qarab davom ettiriladi. О‘tkir qirrali burchaklari bо‘lgan pachoqlarni о‘tkir qirradan yoki taxlanib qolgan yeridan boshlab urib chiqariladi. Bitta chuqurlik bо‘lsa, metalning tortilishi hisobiga markazdan tashqi tomonga bolg‘acha bilan urib bartaraf etiladi Chuqurlik chegarasiga yaqinlashishda bolg‘acha bilan urish kuchi kamaytiriladi. Qancha kо‘p aylana bо‘ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik sifatli bajariladi. Agarda bir-biriga yaqin bir necha chuqurliklar bо‘lsa avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta chuqurlikka keltiriladi, sо‘ngra chuqurlikning shakliga qarab keyingi silliqlash ishlari bajariladi. Masalan, avtomobil qanotlarining qattiq chо‘zilib ketgan yerlarini urish yо‘li bilan tо‘g‘rilab bо‘lmaydi. Bu hollarda qattiq pachoq bо‘lgan va tekis bо‘lmay qolgan yuzalar kesib olib о‘rniga kerakli listni payvandlash yо‘li bilan tekislanadi. Qiyshiqliklar va egilishlar maxsus mexanik kengaytirgich yoki gidropresslar yordamida tо‘g‘rilanadi.

G’adir-budur bо‘lib qolgan yuzalar, payvand choklari maxsus termoplastik massalar (PFN-12, TPF-37), epoksid kleylari yoki yumshoq kovshanlash usullarini qо‘llash bilan silliqlanadi.

Yuza tekislab bо‘lmas holatda bо‘lsa, ayrim bо‘laklari temir arra, temir qaychi yoki boshqa asboblar yordamida kesib tashlanib, о‘rniga shablon yordamida metall listlardan tayyorlangan bо‘laklar payvandlanadi.

Hozirgi vaqtda katta yuzadagi yemirilishni tiklash uchun ta’mirlashning «panel» usuli kо‘p qо‘llaniladi. Zanglash yoki halokatga uchrash natijasida shikastlangan kuzov bо‘lagi olib tashlanadi, hamda uning о‘rniga yangi yoki boshqa avtomobildan kesib olingan xuddi shunga о‘xshash ta’mirlash detali (paneli) о‘rnatiladi.


Download 160,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish