Hozirgi kunda «О‘zavtotexxizmat» oaj korxonalari kuchli texnik imkoniyatlarga va kadrlarga EGA



Download 160,88 Kb.
bet1/10
Sana26.04.2022
Hajmi160,88 Kb.
#581791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kuzov uchas 2019


KIRISH




Kirish

Hozirgi kunda «О‘zavtotexxizmat» OAJ korxonalari kuchli texnik imkoniyatlarga va kadrlarga ega. Respublikaning barcha xududlarida 26ta zamonaviy texnik xizmatlar kо‘rsatish shahobchalari, 3ta avtota’mirlash ustaxonalari, 27 ta avtosalonlar va 36ta ehtiyot qismlarni sotish dо‘konlar3000ta sig‘imli avtomobillar uchun yopiq saqlash joylari faoliyat kо‘rsatmoqda. Tizimdagi ishlaydiganlar soni 2113 kishini tashkil qiladi. Avtomobillarni sotish miqdori, uni tashkil qilishga va keyingi


servisga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda «О‘zavtotexxizmat» tizimi aksionerlik jamiyatlari, avvallari «О‘zDEUavto» YOAJ deb nomlangan «General Motors-Uzbekistan»
yopiq aksionerlik jamiyatining avtomobillarni sotish bо‘yicha diler hisoblanadi. Dilerlik faoliyati boshlanganda to shu kungacha «О‘zavtotexxizmat» OAJ joylardagi korxonalari orqali Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqaradigan 337047 dona avtomobil sotilgan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ««О‘zDEUavto» yangi modellar ishlab chiqarish choralari haqida» 24 iyul 2007 yil qarorni [6] bajarish bо‘yicha «О‘zavtotexxizmat» aksionerlik kompaniyasi «General Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda О‘zbekistonda avtomobilning «Shevrolet» modelini ishlab chiqarish bо‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Mamlakatimiz avtomobil zavodi konveyeridan tushgan birinchi «Shevrolet» modeli avtomobillarini sotish xuquqi «О‘zavtotexxizmat» OAJga berildi. Hozirda «Shevrolet» avtomobillari bizning tizim avtosalonlarda «Neksiya», «GAZ-2410 » va «GAZ-2410 » modellari qatorida talab qilinmoqda. Respublika aholisiga 2008 yil sentabr oyi boshigacha 723 dona «Kaptiva», 1290 dona «Epika» va 242 dona «Takuma» markasida avtomobillari sotilgan. «О‘zavtotexxizmat» ochiq aksionerlik jamiyati tarkibiga kiruvchi aksioner jamiyatlar servis sohasiga katta e’tibor berishmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‘zbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2006-2010 yillarda jadal rivojlantirish choralari haqida» 2006 yil 17 aprel [3] va «О‘zbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2010-yilgacha bо‘lgan davrda jadal rivojlantirish qо‘shimcha choralari haqida» 2007 yil 21 maydagi qarorlarini [5] bajarish bо‘yicha salmoqli ishlar qilindi, natijada avtomobillarga texnik xizmatlar kо‘rsatish va ta’mirlash ishlari xajmi 2 marta oshdi, shulardan aholiga xizmatlar kо‘rsatish 1,7 marta. 2006-2008 yillarda avtotransport vositalari texnik xizmatlar kо‘rsatish va ta’mirlash 14 mlrd. 479 mln. 158 ming sо‘mga yetdi. 10ta texnik xizmatlar kо‘rsatish kichik shahobchalari avtosalonlari bilan, qishloq joylarda 4ta avtoustaxona qurildi. Yangi xizmat turlar rivojlandi, bular: gazaballon 16 uskunalar о‘rnatish va avtotransport vositalarni harakatlanuvchi bо‘linmalarda ta’mirlash. qо‘shimcha 285ta ishchi о‘rinlar yaratildi.
30 yanvar 1997 yil О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19 dekabr 1996 yilgi qarori bо‘yicha «О‘zavtosanoatservis» OAJ tashkil etildi. «О‘zavtosanoatservis» faoliyatining asosiy yо‘nalishi avotoservis majmua shahobchalaridan foydalanish, О‘zbekiston Respublikasi magistral avtomobil yо‘llarida xizmatlar kо‘rsatishdir. Majmuali xizmatlar kо‘rsatishga avtomobillarga yoqilg‘i tо‘ldirish, texnik xizmatlari kо‘rsatish, ehtiyot qismlar dо‘koni, avtomobillarni yuvish va kafe kiradi. Shunday avtomobillarni yuvish va kafe-bar kabi qо‘shimcha xizmatlarni bо‘lishi,
xaydovchilarga dam olish, mijozlarga har tomonlama xizmatlar kо‘rsatish imkoniyatini beradi, korxonalar ishini samaradorligini oshiradi. О‘zbekiston Respublikasida xalqaro yuk tashishlarga va mamlakatning tranzit-transport imkoniyatlarini rivojlanish imkoniyatini tarkibiy qismi bо‘lgan shunga mos infrastrukturani rivojlanishiga katta ahamiyat beriladi.
Avtomobil yо‘llar yoqasidagi servis asta-asta yaxshilanib bormoqda, yо‘l harakati qatnashchilariga xizmatlar kо‘rsatishga bо‘lgan talab О‘zbekiston Respublikasi yо‘l tarmog‘ining salmoqli qismida qondirilgan. avtomobillarga yoqilg‘i tо‘ldirish, texnik xizmatlari kо‘rsatish, yо‘l yoqasida savdo va ovqatlanish korxonalari tarmog‘i yaratildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009 - 2014 yillarda О‘zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2009 yil 22 apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda О‘zbekiston milliy avtomagistrali bо‘ylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, yangi ish о‘rinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral bо‘yidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2010-1015 yillar uchun О‘zbekiston Milliy Avtomagistrali yо‘l infratuzulmasi va servis kо‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturini tasdiqladi. Yо‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha xizmatlar kо‘rsatadi:
- haydovchilar va yо‘lovchilar, avtoturistlarning dam olishini ta’minlash;
- transport vositalariga texnik xizmat kо‘rsatish;
- tibbiy yordam va avariya holatida yordam berish.
Dastur doirasida olti yil davomida 75 ta gaz va avtomobil yoqilg‘i quyish shahobchalari, 59 ta gaz tо‘ldiruvchi kompressor stansiyalari, 73 ta avariya hizmatiga ega texnik yordam punktlari, 47ta avtomobillarning qisqa muddatli tо‘xtash maydonchalari, 23 ta kemping va 48 ta motellar, 45 ta
sanitar - gigiyenik uzellari qurilishi rejalashtirilmoqda. Kemping va motellar orasidagi masofa 100 km dan, qisqa muddatli tо‘xtash maydonchalari orasidagi masofa esa 15-20 dan oshmaydi. Oxirgi о‘n yillarda, avtomobil parkini tez kengayishi va an’anaviy suyuq yoqilg‘ilarni yetishmovchiligini о‘sishi natijasida gazsimon yoqilg‘ilarga e’tibor kuchaydi. Arzon va yonganda kam zaharli kо‘rsatkichlarga ega suyultirilgan neft gazi (SNG) va siqilgan tabiiy gaz (STG) suyuq uglevodorod yoqilg‘ilarni о‘rnini bosadi.
Zamini tabiiy gazga boy О‘zbekiston Respublikasi uchun gaz yoqilg‘ilarini qо‘llashni kengaytirish nihoyatda muhim. О‘zbekistonda yiliga taxminan 7-8 mln. tonna neft (gaz kondensatini qо‘shganda), 55 mlrd. kub metr tabiiy gaz olinadi. Tabiiy gazning respublika yoqilg‘i energiya balansidagi (YOEB) ulushi 65 %, jahon yoqilg‘i energiya balansidagi ulushi 22-24 %. Shunday qilib, tabiiy gaz О‘zbekistonda energiya iste’molchilar uchun va birinchi navbatda transport uchun asosiy va istiqbolli yoqilg‘i turidir.


UCHASTKAGA TAVSIFNOMA




Kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasiga tavsifnoma


Avtoxalokat yoki zanglash, charchash yoki eskirish natijasida shikastlangan kuzovlar kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasida ta’mirlanadi.Ushbu ustaxona avtoservis korxonasidagi barcha ustaxonalardan eng kattasi bо‘lib, undagi ishlarning hajmi va murakkabligi kо‘p vaqtni talab etadi. Shuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan kо‘p bо‘ladi. Tunikasozlik ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stansiyalarda tashkil etiladi.


Download 160,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish