Hozirgi ozbek adabiy tilining leksik sathi va leksikologiyasi Reja



Download 32,63 Kb.
bet1/6
Sana14.01.2022
Hajmi32,63 Kb.
#362512
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza


Hozirgi ozbek adabiy tilining leksik sathi va leksikologiyasi

Reja:


  1. Leksema va so‘z

  2. Leksemaning ongda paradigmatik va sintagmatik munosabat

  3. Yasama so‘zning leksemalashuvi

  4. Bir sememali va ko‘p sememali leksemalar


Tayanch tushunchalar: til, lison, nutq, sath, lisoniy sath, nutqiy sath, til, tilshunoslik, tilshunoslik bo‘limlari

O‘zlashtiriladigan tushunchalar: leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema
Leksikologiya (ot. grek. lexikos co‘zga oid va logos - ta’limot) tilning lug‘at tarkibini, leksikasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Leksikologiyaning o‘rganish manbai co‘z bo‘lsa, o‘rganish predmeti uning quyidagi jihatlari:

a)lisonning asosiy lug‘aviy birligi sifatidagi leksema muammosi, leksik birlik tiplari;

b)til lug‘at tarkibi strukturasi;

v)lug‘aviy birliklarning qo‘llanilishi;

g)lug‘at tarkibining boyishi va taraqqiyoti:

d)leksik birliklarning tildan tashqaridagi borliq bilan o‘zaro munosabati.

Co‘z umumlingvistik muammo, shu boisdan u umumiy so‘z nazariyasi doirasida ham o‘rganiladi. Leksik birlik doirasiga nafaqat alohida so‘z (tugal shakllangan birliklar), balki so‘zga teng barqaror birlik, murakkab, tarkibli so‘z ham kiritiladi. Lekin so‘z asosiy lug‘aviy birlik sanaladi.

Shakl va mazmun birligidan iborat so‘z til birligi sifatida uch yo‘nalishda o‘rganiladi:

a) struktur jihatdan (so‘zning qurilish xususiyatlari);

b) semantik jihatdan (so‘zning lug‘aviy ma’nosi);

v) funksional jihatdan (so‘zning lison va nutq strukturasida tutgan o‘rni).

Struktur yondashuvda so‘z leksikologik nazariyasining asosiy vazifasi uning alohidaligi va o‘ziga xosligi mezonini tiklashdir. Birinchi holatda so‘z so‘z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal shakllanganlik va alohidalik belgilari ochiladi. So‘zning nutqdagi analitik shaklining lisoniy asosi yoritiladi. Ikkinchi holatda so‘zning turli grammatik shaklidan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash xususida so‘z boradi. Shu munosabat bilan grammatik shakl olgan leksema - so‘zshakl tushunchasi muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy - fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari ÿrganiladi.

Lug‘aviy birlikning semantik tahlilida, ular (lug‘aviy birliklar) leksik semantika - semasiologiya tadqiq manbaiga aylanadi. Bunda so‘zning tushuncha (signifikat) va borliqdagi atalmish (denotat)ga munosabati o‘rganiladi. Semasiologiyada so‘zning semantik xususiyati – bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh va hosila, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari tekshiriladi. Bunda asosiy e’tibor so‘zning semantik strukturasiga, so‘z ma’nolari tipi va ularni ajratish mezoniga, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi va taraqqiyoti, so‘zning ma’nosini yo‘qotishi va grammatik formantga aylanishi – desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi.

Funksional yondashuvda so‘zning nutqda voqelanish jarayonidagi roli, shuningdek, boshqa lisoniy sath birliklari voqelanishiga, ular umumiy ma’nolarining parchalanishiga qo‘shgan «hissasi» tekshiriladi. Masalan, (odamcha) so‘zida [odam] leksemasi (-cha) morfemasining «kichraytirish-kamsitish» ma’nosini (qizcha) so‘zidagi «kichraytirish-erkalash» ma’nosidan farqlagan, morfologik sath birligi bo‘lgan [-cha] morfemasining «kichraytirish» umumiy ma’nosini parchalab, uning birini ikkinchisidan ajratgan.

Leksikologiya leksikaga til tizimidagi ichki sistema sifatida qaraydi. Shuningdek, o‘zaro ma’noviy umumiylikka ega bo‘lgan lug‘aviy birlik yanada kichik, ichki tizimcha sifatida qaraladi. Shu asosda katta va kichik, ichki tizimlarning pog‘onali, bir-birini tashkil etuvchilik munosabati ochiladi. Masalan, [olma], [o‘rik], [nok] kabi ho‘l meva nomi bir tizimni tashkil etadi. Sabzavot nomi boshqa bir tizimni tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi - kichik tizimchalardan tashkil topgan «meva-sabzavot nomi» tizimini tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab davom etaveradi.

Tilning lug‘aviy tarkibi bir xil emas. So‘zlar turli asosga ko‘ra ko‘plab tiplarga ajratiladi. Masalan, qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumiy iste’mol va chegaralangan (yoki xususiy) leksika, qo‘llanish davriga ko‘ra eskirgan so‘z, zamonaviy so‘z va neologizmr, qo‘llanish doirasiga ko‘ra dialektizm, professionalizm, jargon kabi turlarga bo‘linadi.

Leksikologiya til lug‘at tarkibining boyishini o‘rganganda uning 3 tipini ajratadi. Bulardan 2 tasi (yangi so‘z yasash, so‘zni yangi ma’noda qo‘llash) ichki boyish imkoniyati bo‘lsa, bittasi tashqi (so‘z o‘zlashtirish)imkoniyatdir.

Lug‘aviy birlikning borliqqa munosabatini o‘rganish leksikologiyaning muhim aspektidan biri. Bunda ularning kishi hayotiga, amal qilayotgan davrga munosabati ochiladi. Masalan, yaqin o‘tmishda [savdogar] so‘zida salbiy ottenka bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ijobiy bo‘yoqli so‘z sifatida keng iste’molda.

Leksikologiyaning umumiy, xususiy, tarixiy, qiyosiy, nazariy, amaliy leksikologiya kabi turi mavjud.

Umumiy leksikologiya leksikaning qurilish, amal qilish va taraqqiy etishining umumiy qonuniyatini ochsa, xususiy leksikologiya ma’lum bir tilning lug‘at tarkibini o‘rganadi.

Tarixiy leksikologiya so‘zning tarixiy shakliy va ma’noviy holatini, taraqqiyotini tekshiradi.

Qiyosiy leksikologiya qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarning leksik birliklarini taqqoslash bilan shug‘ullanadi. Masalan, qalqimoq so‘zi o‘zbek tilida narsalarning yuzaga chiqishini ifodalaydi va uning turk tilidagi varianti ma’nosi («kishining o‘rnidan turishi» ) farqlanadi (Saat kachda kalkiyursunuz? - Qachon uyqudan turasiz?) Yoki qarindosh bo‘lmagan o‘zbek va rus tillaridagi [yabloko] (meva) va [olma] (meva va daraxt) leksemalarining lisoniy qiymatlari har xil.

Amaliy leksikologiya leksikografiya (lug‘atchilik), tarjima, lingvo-poetika va nutq madaniyatini o‘z ichiga oladi. Ularning har biri leksikologik nazariyani boyitadi. Masalan, tarjima qiyosiy leksikologiya uchun qimmatli materiallar beradi.

Nazariy leksikologiya leksikada lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlab, ularning tizimiy munosabatlarini tadqiq qiladi.

Leksikologiya o‘z o‘rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik tadqiq usul - distributiv (so‘zning chegarasini belgilash, morfologik strukturasini aniqlash), substitutsiya (so‘zlar ma’noviy xususiyatlarini tahlil etish), komponent tahlil (leksema va so‘zlar ma’noviy tarkibini aniqlash), transformatsion va statistik metodlaridan foydalanadi.


Download 32,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish