Hozirgi o’zbek tilida lisoniy munosabat va uning turlari


A’zolari orasidagi munosabatlarga ko‘ra ziddiyatlar: A) noto‘liq (privativ); B) darajali (gradual); V) teng qiymatli (ekvipolent) kabi turlarga bo‘linadi



Download 306,49 Kb.
bet5/5
Sana21.06.2022
Hajmi306,49 Kb.
#687455
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hoat mustaqil

A’zolari orasidagi munosabatlarga ko‘ra ziddiyatlar: A) noto‘liq (privativ); B) darajali (gradual); V) teng qiymatli (ekvipolent) kabi turlarga bo‘linadi.

  • Noto‘liq ziddiyatda qarshilanuvchi a’zolardan biri ziddiyat belgisiga ijobiy, boshqasi esa betaraf munosabatda bo‘ladi. Masalan, [bola] va [o‘g‘il] leksemalarini olaylik. Ular «erkak jinsli» deb atalgan ziddiyat belgisiga ikki xil munosabat bildiradi. Bu belgi [o‘g‘il] leksemasi semantik tarkibida aniq berilgan, shu boisdan uning munosabati ijobiy yoki belgilangan deyiladi va shartli ravishda [+] belgisi bilan beriladi. [bola] leksemasida esa jins belgisi aniq emas. Chunki uning semantik tarkibida «er» yoki «ayol» (ya’ni jins) semasi yo‘q. Boshqacha aytganda, bola o‘g‘il ham qiz ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning ziddiyat ko‘rsatkichiga ishorasi belgilanmagan (noma’lum, majhul) deyiladi va shartli ravishda +/- yoki O (nol) belgisi bilan beriladi. Buni chizmada quyidagicha beramiz.Noto‘liq ziddiyat tilning barcha sathlarida amal qiluvchi muhim qonuniyatdir. Masalan, morfologiyada leksemalarni umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra, mustaqil va nomustaqil leksemalarga bo‘lish privativlik asosida amalga oshiriladi. Bunda «lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik» noto‘liq ziddiyatning belgisi bo‘lib, ziddiyatda mustaqil leksemalar belgilanmagan, kuchsiz a’zo bo‘lsa, nomustaqil leksemalar belgili, kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi.

Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta bo‘lib, bir belgi (ziddiyat belgisi)ning o‘sib yoki kamayib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil qiladi. Masalan, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra, unli fonemalar darajalanishi quyidagicha: [a] - [e] - [i] yoki [o]-[o‘]-[u]. Bunda belgi birinchi a’zoda kuchsiz, ikkinchi a’zoda o‘rtacha va keyingi a’zoda kuchli yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Darajali ziddiyat ham barcha sath birliklarida uchraydi. Masalan, leksikada ninni-chaqaloq-go‘dak-bola..., turq-bashara-bet-yuz-chehra..., morfologiyada harakat nomi-sifatdosh-ravishdosh («fe’lni o‘zgalash darajasiga ko‘ra» belgisi asosida) kabi.

Ekvipolent (teng qiymatli) ziddiyatda ikki a’zo qarshilantirilib, har biri o‘ziga xos, ikkinchisiga xos bo‘lmagan belgiga ega bo‘ladi. Masalan, ovoz va shovqinga ko‘ra jarangli va jarangsiz undoshlar teng qiymatli (o‘ziga xos belgiga ega bo‘lgan a’zoli) ziddiyatni hosil qiladi.

E’tiboringiz uchun Tashakkur


Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish