Hozirgi zаmon fаlsаfаsi, uning аsosiy oqimlаri reja


  Falsafaning  jamiyat  taraqqiyoti  töğrisidagi  ta'limotlar  asosida  tadrijiy



Download 253,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.05.2021
Hajmi253,73 Kb.
#63724
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ta'lim, Falsafa - Madaminova D.I.

3.  Falsafaning  jamiyat  taraqqiyoti  töğrisidagi  ta'limotlar  asosida  tadrijiy 

taraqqiyot  va  inqilobiy  sakrashlar  yölidan  borishni  ilgari  surgan 

ta'limotlar. 

Koʼpchilik  tadrijiy  yoʼlni  maʼqul  koʼradi  va  biz  yuqorida  tilga  olgan 

faylasuflarning  aksariyati  ana  shunday  qarash  tarafdori.  ll  Yangi  davr  falsafasida 

tarqalgan  oqimlar-  Marksizm  va  uning  *  oqibatlari  ri  maRksizm  bulib,  Uning 

asoschisi  nemis  iqtisodchisi  va  faylasufi  K.  Marks  (1818  —  1883)dir.  Uning 

ijtimoiy  falsafasi  kapitalizmda  sinfiy  kurashning  mutlaq  antogonizm  darajasiga 

koʼtarilishi,  oxir-oqibat  proletariat  diktaturasining  oʼrnatilishi  va  shu  yoʼl  bilan 

sinfsiz  jamiyatga  oʼtishni  targʼib  qiladigan,  real  hayotni  aks  ettirmaydigan 

nazariyadir. Keyinchalik sobiq ittifoqda hukmron mafkuraga aylangan bu taʼlimot 

dastlab K. Marks va F. Engelьs yozgan “Kommunistik partiya manifesti ”da bayon 

qilingan.  Uning  nazariy  asoslari  K.  Marksning  “Kapital  F.  Engelьsning  “Аnti-

Dyuring”va  “Tabiat  dialektikasi  ”  asarlarida  taʼriflab  berilgan  boʼlib,  ijtimoiy 

hayotda  salbiy  oqibatlarga  olib  keldi.  Uborliq  tushunchasini  materiya  bilan 

aynanlashtirgan,  ruhni  butunlay  inkor  qilgan,  materializm  va  ateizmni 

mutlaqlashtirgan.  Bu  taʼlimotning  K.  Kautskiy,  V.  Plexanov  boshliq  moʼʼtadil 

tarafdorlari keyinchalik sotsial-demokratiyaga koʼproq moyil boʼlishdi. Rossiyada 

V.Lenin  boshchiligidagi  tarafdorlari  esa  sinfiy  kurash  yea proletariat  diktaturasini 

mutlaqlashtirish  yoʼlidan  bordilar.  Buu  oʼz  navbatida,  inqilobiy  sakrash  yoʼlini 

tanlashga olib keldi va Rossiyani terror yoʼliga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi 

dunyoqarash jamiyat va xalqlar taqdirida gʼoyat salbiy oʼrin tutishi maʼlum boʼldi. 

Gʼarbda  Marksning  hozirgi  davrdagi  tarafdorlari  “neomarksizm”  oqimini  tashkil 

etadilar.  Koʼpgina  neomarksistlar  sinfiy  kurashni  mutlaqlashtirmaslik,  inqilobiy 

emas,  tadrijiy  sakrash  yoʼlidan  borish  ustuvor  bulishi  lozimligini  eʼtirof  eta 

boshladilar.  Аmmo  ularning  asl  qarashlarini  jamiyat,  millat  emas,  sinf  va  ular 

oʼrtasidagi  kurash  taraqqiyoti  belgilaydi,  degan  usha  taʼlimotga  bogʼliqligicha 

qolmoqda.  Аlohida  taʼkidlash  lozimki,  yaqingacha  sobiq  ittifoq  va  uning 

ittifoqchilari  hududida  mutlaq  hukmron  boʼlgan  mafkuraning  taqdirini  urganish, 

uning  tarixidan  xolisona  xulosa  chiqarish,  bu  taʼlimotning  qanday  ayanchli 

natijalarga  olib kelganini bilib qoʼyish ham foydadan xoli  emas.  Bu borada  lom-

mim  demaslik  foyda  bermaydi.  Zero,  taʼlimotlar  tarixi  insonlar,  ularning  taqdiri, 

yuksalishi  yoki  tanazzuli  tarixidir.  Bu  yuksalish  yoki  tanazzul  koʼp  hollarda 

muayyan  gʼoyalar,  mafkuralar  taʼsirida  roʼy  beradi.  Gohida  minglab,  millionlab 

kishilarni  maftun  qilgan  baʼzi  gʼoyalar  yoki  mafkuralar  oxir-oqibat  ana  shu 

millionlarning  zavoliga  sabab  boʼlishi  ham  mumkin.  Biz  qisqa  tahlil  qilgan 

marksizm va keyinroq u paydo boʼlgan hududda shakllangan natsional sotsializm 

(fashizm)  nazariyalari  ana  shu  tarixiy  haqiqatni  isbotlaydi.  Bu  haqiqatning  ostida 

esa  biror  taʼlimot  qadriyatlarini  mutlaqlashtirish,  albatta,  muayyan  “izm  ”ga, 

aqidaparastlikka  olib  keladi  bu,  oʼz  navbatida,  jaholat  va  qabohatga  eltuvchi 

yoʼldir,  degan  umuminsoniy  tamoyil  yotadi.  XX  asrga  kelib  jamiyat  tarixiy 



taraqqiyotiga  oid  taʼlimotlarni  umumlashtirish  natijasida  ijtimoiy  taraqqiyotning 

plyuralistik modeli, “lokal madaniyatlar” hamda “tsivilizatsiyalarning xilmaxilligi” 

kontseptsiyalari  shakllandi.  Ularga  kura,  jamiyat  tarixi  —  uziga  xos 

madaniyatlarning  birligi  emas,  xilma-xilligidan  iborat.  Shu  maʼnoda  u  organik 

tabiatdagi hayot shakllarining rangbarangligiga qiyoslanadi. Demak, tabiat qanday 

xilma-xillikning  birligi  boʼlsa,  jamiyat  ham  ana  shunday  rang-baranglikning 

uygʼunligidir.  Jamiyatda  ham  hamma  va  har  bir  narsaning  oʼz  oʼrni  bor.  Bu 

gʼoyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler va q Shpengler (1880—1936) 

hamda  ingliz  А.  Toynbi  tarixchisi  А.  Toynbi  (1889—1975)  taʼlimotlarida  har 

tomonlama  asoslab  berishga  harakat  qilindi.  O.  Shpengler  oʼzining  “Evropaning 

soʼnishi”  nomli  asarida  tarixni  bir-biridan  mustasno  bulgan  madaniyatlar 

majmuidan iborat, deb hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni 

koʼrsatadi.  Bular:  arab,  hind,  vavilon,  xitoy,  yunon-rim,  vizantiya-arab 

madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar oʼziga xos diniy 

asosga  ega bulib, ularning har biri  qatʼiy  biologik maromga  (ritmga)  boʼysunadi. 

Va quyidagi asosiy davrlarni bosib oʼtadi: tugʼilish va bolalik, yoshlik va kamolot. 

qarilik  va  soʼnish.  Buning  asosida  madaniyatlar  rivojining  ikki  bosqichi  mavjud, 

deb  koʼrsatiladi.  Birinchi  bosqich  —  madaniyat  ravnaqi  (sof  madaniyat)  va 

ikkinchisi  —  uning  tanazzuli  (“tsivilizatsiya”).  0.  Shpengler  yevropotsentrizmga, 

yaʼni  barcha  madaniyatlarni  yevropalashtirish  gʼoyasiga  qarshi  chikdi.  Har  bir 

madaniyatning  oʼziga  xosligi,  bir-biridan  mustasno  holda  rivojlanish  gʼoyasini 

mutlaqlashtirdi. Ular oʼrtasidagi oʼzaro aloqadorlik ham mavjudligiga kam eʼtibor 

qaratdi. Yana bir olim А. Toynbi esa oʼzining 12 jildlik “Tarixni oʼrganish” asarida 

madaniyatlarning  lokal rivojlanish  gʼoyasini davom ettirdi. Birok, uning taʼlimoti 

Shpengler  kontseptsiyasidan  oʼzining  ikki  jihati  bilan  farqlanadi.  Birinchidan, 

insonda  oʼz  hayotini  erkin  belgilash  imkoniyati  mavjudligini,  tarixiy  taraqqiyot 

zaruriyat  va  erkinlikning  oʼzaro  birligidan  iborat  ekanligini  nazarda  tutsa, 

ikkinchidan.  tarixiy  taraqqiyotning  davriy  modeli  dunyoviy  dinlar  (buddizm, 

xristianlik, islom) ning barcha xalqlarni  yaqinlashtiruvchi  va jipslashtiruvchi bosh 

omil  gʼoyasi bilan boyitilgan. Toynbi gʼarb xristian sivilizatsiyasining  tanazzulga 

qarab  borayotganligini  koʼrsatib,  uning  oldini  olish  yoʼlini  maʼnaviy  birlikda, 

jahon  xalqlarining  yagona  dinni  qabul  qilishlarida,  deb  hisoblaydi.  Umuman 

olganda,  hozirgi  paytda  jamiyat  taraqqiyotining  sivilizatsion  kontseptsiyasi 

koʼpchilik  faylasuflar  tomonidan  tan  olinmokda.  Xususan,  industrial  va 

postindustrial  jamiyat  gʼoyalari,  ayniqsa,  ommaviylashib  bormokda.  Unga  koʼra, 

jamiyat taraqqiyotiningbosh mezoni sanoatning rivojlanish darajasidir.  

 

 




Download 253,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish