Hududiy elektr tarmoqlari


IV. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Download 57,16 Kb.
bet3/10
Sana08.02.2023
Hajmi57,16 Kb.
#909104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ulgurji shartnoma 2023

IV. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
Iste’molchining elektr qurilmalarini Ta’minotchi korxona elektr tarmoqlariga texnik shartlarga muvofiq о‘rnatilgan tartibda ulash;
sifat kо‘rsatkichlari amaldagi davlat standartlariga (GOST 32144-2013 va GOST 13109-97) muvofiq о‘rnatilgan tartibda elektr energiyasini olish;
elektr energiyasi yetkazib berishning tо‘xtalishi yoki tо‘xtatib qо‘yilishi sabablari tо‘g‘risida belgilangan tartibda axborot olish;
Ta’minotchi korxonaga iste’mol qiladigan elektr energiyasi hajmlarining о‘zgartirilishi tо‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish. Bunda elektr energiyasining shartnomadagi hajmini о‘zgartirish bо‘yicha taklif mо‘ljallanayotgan о‘zgartirishdan 10 kun oldindan (joriy oy tugagungacha) berilishi kerak
elektr energiyasi tо‘liq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat kо‘rsatkichlari amaldagi davlat standartlariga muvofiq bо‘lmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr ta’minoti korxonasi (aybdor tashkilot) tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplash;
Shartnomani qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama tartibda bekor qilish;
Shartnoma bekor qilganda foydalanilmagan elektr energiyasi miqdori uchun tо‘langan mablag‘ni qaytarilishini talab qilish;
Elektr energiyasi yetkazib berilishi tо‘xtatilganda yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;
elektr ta’minoti shartnomasini tuzishda va bajarishda yuzaga kelayotgan nizolarni hal etish uchun sudga, monopoliyaga qarshi davlat organiga yoki bо‘ysunuvi bо‘yicha yuqori organga (mansabdor shaxsga) murojaat qilish;
Ta’minotchi korxona vakillari kelganda ularni kelganligini qayd etish daftari (shnurlangan holda) tutilgan taqdirda unga Ta’minotchi korxona vakili kelganida belgilangan tartibda о‘zi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni (FIO, mansabdor shaxs buyrug‘i raqami va sanasi, lavozimi, sana, kelgan vaqti, kelish sababi va boshqalar) yozma tо‘ldirtirib, imzo chektirish;
elektr energiyasi priborlari va qurilmalari xavfsizligini ta’minlash maqsadida doimiy ishlaydigan kuzatuv kameralarini о‘rnatish.
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin.
4.2. Iste’molchi quyidagilarga majbur:
Ta’minotchi korxona tomonidan belgilangan elektr energiyasini iste’mol qilish rejimiga rioya etish;
foydalanilgan elektr energiyasi (quvvati) uchun о‘z vaqtida haq tо‘lash;
ishlatilayotgan elektr qurilmalari, asboblar va asbob-uskunalarning zarur texnik holatini va iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki elektr ta’minoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining nosozligi tо‘g‘risida xabar qilish;
elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
“О‘zenergoinspeksiya”ning yozma kо‘rsatmalarini о‘z vaqtida bajarish;
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari talablariga rioya etish;
о‘rnatilgan tartibda Ta’minotchi korxona vakiliga elektr energiyasini hisobga olish priborlarini kо‘rishiga imkon berish; yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan elektr qurilmalaridan foydalanish boshlanishidan kamida bir oy oldin elektr energiyasining zarur miqdori uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga buyurtmanoma berish;
kelgusi yil uchun elektr energiyasiga bо‘lgan ehtiyojni aniqlashda elektr energiyasini elektr tarmoqlaridan uzatishda, ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlar turlarining) texnologik jarayoni ishlab chiqarish ehtiyojlariga, ishlab chiqarish binolari va ma’muriy binolarni yoritish, isitish, shamollatish uchun elektr energiya sarfini, shuningdek, ushbu elektr tarmoqlariga ulangan subiste’molchilarning ehtiyojini hisobga olish.
Iste’molchi tomonidan hisobga olish priborni EHNATda muqobil (soz holda) ishlashiga tо‘sqinliq qilishi amaldagi Qonun va boshqa meyoriy huquqiy hujjatlarga asosan javobgar bо‘lishiga sabab bо‘ladi.
Shuningdek, ulangan quvvati 5 MVt va undan ortiq bо‘lgan Iste’molchi Ta’minotchi korxonaning talabiga kо‘ra quyidagilarni hisobga olishi va bu haqida xabar berishi shart:
iste’mol qilinayotgan quvvatning har sutkalik, har oylik sarfi va amaldagi miqdori;
yagona elektr energetika tizimining eng kо‘p va eng kam yuklamali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;
yagona elektr energetika tizimining eng kо‘p yuklamasining о‘tish davrida aktiv energiya (quvvat)ning har 30 daqiqadagi sarfi.
Ulangan quvvati 250 kVA va undan ortiq bо‘lgan iste’molchilar yuqorida kо‘rsatilgan majburiyatlar bilan birgalikda quyidagilarga majbur:
mahsulot birligini ishlab chiqarish (ishlarni amalga oshirish) uchun elektr energiyasi sarfining texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan ilg‘or normalarini ishlab chiqish - umumiy ishlab chiqarish va texnologik; yakka tartibdagi va guruh bо‘yicha; yillik, choraklik va oylik - ularni ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyasi takomillashtirilishi (о‘zgartirilishi) va yangi texnika joriy etilishiga qarab qayta kо‘rib chiqish;
korxona bо‘yicha, shu jumladan kо‘p energiya sarflaydigan uskunalar, sexlar
va iste’molchilar guruhlari bо‘yicha elektr energiyasi balanslarini tuzish hamda ular asosida ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, elektr energiyasining samarasiz sarflanishi va isrof bо‘lishini aniqlash, ularni kamaytirish va bartaraf etish bо‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kelgusi davr uchun elektr energiyasiga bо‘lgan ehtiyojni va elektr tarmoqlarining energiya о‘tkazish qobiliyatini oshirish, elektr ta’minoti sxemalarini takomillashtirish zaruriyatini aniqlash maqsadida (mahsulot ishlab chiqarishning, bajariladigan ish turlarining mо‘ljallanayotgan prognoz hajmlaridan va elektr energiyasi sarfi meyorlaridan kelib chiqib, ularni kamaytirish va elektr energiyasini tejashni hisobga olgan holda) elektr energiyasining bir yil va kelgusi davr uchun balanslarini tuzish;
mahsulot (ishlar) birligiga elektr energiyasi sarfining tasdiqlangan meyorlariga rioya qilish va ularni kamaytirish bо‘yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
elektr energiyasini tejash bо‘yicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Iste’molchi Ta’minotchi korxona tomonidan о‘rnatilgan tartibda belgilangan energiya iste’molini cheklash jadvalini bajarishi shart.
Yillik elektr energiyasi iste’moli ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘iga teng yoki ortiq bо‘lganda vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda energetika tekshiruvidan о‘tkaziladi;
Ta’minotchi korxona vakillari tashrif buyurganda qonunbuzilish holati aniqlanganida va aniqlanmaganida taqdirida ham belgilangan tartibda va shaklda dalolatnoma rasmiylashtirib, uni bir nusxasini taqdim etilishini talab qilish;
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bо‘lishi mumkin.
4.3. Ta’minotchi korxona quyidagi huquqlarga ega:
iste’molchilardan elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan majburiyatlarni tegishli darajada bajarishni talab etish;
iste’molchilar tomonidan elektr ta’minoti shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoki buzilishi oqibatida unga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda qoplanishi;
avariya rejimida iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish (о‘chirish);
EHNATga ulangan va oldindan tо‘langan mablag‘ tugagandan sо‘ng elektr energiyasi uchun oldindan tо‘lovni amalga oshirish qurilmasiga ega hisobga olish pribori mavjud bо‘lgan iste’molchilarni uzish. Bunda uzilgandan sо‘ng iste’molchining kо‘rishi mumkin bо‘lgan zarari uchun Ta’minotchi korxona javobgar bо‘lmaydi.
Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda Iste’molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish oqibatlari uchun javobgar bо‘lmaydi.
Ta’minotchi korxona qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin.
4.4. Ta’minotchi korxona quyidagilarga majbur:
Iste’molchiga elektr energiyasini elektr tarmog‘i orqali elektr tarmoqlarining balans bо‘yicha mansublik bо‘linish chegarasigacha shartnomada kо‘rsatilgan hajmda muntazam yetkazib berish;
uskunalar, elektr uzatish liniyalarini, hisobga olish priborlaridan foydalanish, ularga texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash, shuningdek, о‘z elektr xо‘jaligi obyektlaridagi nosozliklarni bartaraf qilish;
elektr tarmog‘i hо‘jaligi obyektlarini rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bо‘lgan uzilishlar tо‘g‘risida kamida 3 kun oldin ogohlantirish;
Iste’molchini elektr energiyasini yetkazib berilishi tо‘xtatilishi va tо‘xtatilish sabablari tо‘g‘risida xabardor qilish (Iste’molchi mas’ul xodimlarini uyali aloqa vositasi orqali (telefonogramma), ovozli xabar, telegram xabarnoma, SMS xabar (internet saytlar) orqali yoki yozma tarzda) ­­­kiritilayotgan cheklashlar tо‘g‘risida, cheklashlarni hajmi va vaqti kо‘rsatilgan holda Iste’molchiga oldindan xabar berish;
elektr energiyasi tо‘liq yetkazib berilmaganligi yoki elektr ta’minotidagi boshqa buzilishlar tо‘g‘risidagi Iste’molchining arizasini, ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay kо‘rib chiqish Qoidalarga muvofiq bartaraf etish va batafsil javob yuborish;
Iste’molchiga о‘rnatilgan tartibda yetkazib berilgan energiya hisobini yuritish;
Iste’molchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh kun muddatda elektr energiyasining oylik shartnomaviy hajmiga о‘zgartirishlar kiritish, elektr energiyasining oylik shartnomaviy miqdorini kо‘paytirish (kamaytirish) mumkin bо‘lmagan taqdirda - bu haqda, rad etish sababini kо‘rsatgan holda, iste’molchiga xabar qilish;
Iste’molchida о‘rnatilgan hisobga olish priborlarini almashtirish va о‘rnatish, plombalashni ta’minlash;
amaldagi davlat standartiga (GOST 32144-2013 va GOST 13109-97) muvofiq bо‘lgan elektr energiyasini yetkazib berish.
iste’molchining sarflagan elektr energiyasi uchun qarzi vujudga kelganda qarzni besh kun muddatda tо‘lash zarurligi tо‘g‘risida yozma xabardor qilish (EHNATga ulangan iste’molchilar bundan mustasno);
Iste’molchilarga tuziladigan dalolatnomalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan shakllarini о‘z veb saytida e’lon qilishi;
ishdan bо‘shatilgan Iste’molchilar bilan ishlab kelgan xodimlarni (inspektorlarni) ishdan bо‘shaganida va yangi xodimlarning ishga tayinlanginligi tо‘g‘risida о‘z veb saytida va ijtimoiy tarmoqlari sahifalarida e’lonlar berib, Iste’molchilarni xabardor qilish;
Iste’molchiga kuzatuv, о‘rganish, borganda qonunbuzilish holati aniqlanganida va aniqlanmaganida taqdirida ham belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirib, uni bir nusxasini Iste’molchiga taqdim etish;
Iste’molchi tomonidan elektr ta’minoti korxonasi vakillarini qayd etish daftari tutilgan taqdirda unga Ta’minotchi korxona vakili borganida belgilangan tartibda о‘z tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni (mansabdor shaxs buyrug‘i raqami va sanasi, lavozimi, sana, kelgan vaqti, kelish sababi va boshqalar) yozma tо‘ldirib, imzo chekish;
telefon raqamlari о‘zgarganda, bu haqida Iste’molchilarga xabar berish.
Ta’minotchi korxona qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bо‘lishi mumkin.

Download 57,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish