Huquq va O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi fani yuzasidan



Download 28,91 Kb.
bet2/2
Sana11.06.2022
Hajmi28,91 Kb.
#653246
1   2
Bog'liq
zakovat uchun savollar

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas- 25 modda

12. “Demokratiya” so’zining aynan tarjimasi qaysi so’zga to’g’ri keladi va “demokratiya” atamasi qaysi davlatda yuzaga kelgan?


J: Bu so’z “Xalq hokimiyatchiligi ” so’zining aynan tarjimasi bo’lib, ushbu atama ilk marotaba Qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan.

13. Huquq sohasida keng ishlatiladigan GENDER TENGLIGI tushunchasi nimani anglatadi?


J: Erkak va ayollar, qiz va o’g’il bolalar uchun huquqlarning, qadriyat, mas’uliyat , imkoniyat va natijalar tengligini anglatadi.

14. Ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi ommaviy yurish nima deyiladi?


J:Namoyish

15. Oliy Majlis huzurida tashkil qilingan Inson huquqlari bo’yicha vakillik institute nima deyiladi?


J: Ombudsman deyiladi.

16. O’zbekiston Respublikasida ilk ta’sis etilgan orden qaysi va uning ta’sis etilgan vaqtini belgilang?


J: “Sog’lom avlod uchun” ordeni bo’lib, Respublika Prezidenti Farmoniga binoan 1993 yil 7- mayda ta’sis etilgan.

17. Inson necha yoshgacha bola hisoblanadi?


J:Inson voyaga yetguniga qadar bola hisoblanadi. Ya’ni 18 yoshga yetgunga qadar.

18. “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi Farmon va uning natijalari haqida nimalar bilasiz?


J: “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi Farmon 2005 yil 1- avgustda ta’sis etilgan bo’lib unga ko’ra , 2008 yil 1- yanvardan O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosi bekor qilinib umrbodlik qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.
19.Fuqarolarning davlatni boshqarishdagi ishtiroki qanday huquqlarda namoyon bo’ladi?
J: Bu ularning siyosiy huquqlarida namoyon bo’lib, saylovlarda ishtirok etish, saylash va saylanish orqali, siyosiy partiyalarga a’zo bo’lishlari orqali namoyon bo’ladi.

20. Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga egami? Javobni huquqiy izohlang?


J: Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga ega . Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo’lishi mumkin emas. 71- modda

21.O’zbekiston Respublikasining tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi qanday huquqiy asosga ko’ra ajralib chiqadi? Bu haqda qaysi moddada bayon qilingan?


J: O’zbekiston Respublikasining tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi umumiy referendum o’tkazish va uning natijalariga ko’ra ajralib chiqishi Konstitutsiyamizning 74- moddasida keltirilgan.

22.Respublikamizda davlat boshqaruvi nechaga bo’linadi?


J:Uchga bo’linadi: Qonun chiqaruvchi,Ijro etuvchi, Sud hokimiyati

23.O’zbekiston Respublikasi Oliy vakillik organi qaysi va uning vazifasi nimadan iborat?


J:Oliy Majlis bo’lib, vazifasi Qonun chiqaruvchi hokimiyat ishlarini amalga oshirishdir.

24.Oliy Majlis palatalari nechta va ular haqida ma’lumot bering?


J:Palata 2 ta Quyi va yuqori palata. Quyi palata Qonunchilik palatasi , yuqori palata esa Senat deyiladi.

25.Oliy Majlis vakolat muddati naecha yil


J; 5 yil

26.Oliy Majlis a’zolari haqida ma’lumot bering?


J: Jami a’zolari soni 250 ta Qonunchilik palatasida 150 nafar, senatda esa 100 nafar

27. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra Oliy Majlis Senati va a’zolari qanday nomlangan?


J:Hududiy vakillik palatasi deb nomlanib, a’zolari senatorlardir.

28. Senatorlar tarkibining saylanishi qanday amalga oshadi?


J:Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo’yicha olti kishidan iborat a’zo hamda 16 nafari amaliy tajribaga ega bo’lgan fan, madaniyat, maorif sohasi xodimlaridan Prezident tomonidan saylanadi.

29. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki Senati a’zosi bo’lish uchun yosh darajasi qanday belgilanadi?


J: Saylov kuniga qadar 25 yoshga to’lgan O’zbekiston Fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati shuningdek Senat a’zosi bo’lishi mumkin.

30.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani qabul qilish,unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish -Oliy Majlisning qaysi palatasi vakolatiga kiradi?


J:Har ikkala palataning birgalikdagi vakolatiga kiradi.

31.Oliy Majlis deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish qaysi palata vakolati hisoblanadi?


J:Bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi

32. Respublika Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Konstitutsiyaviy sudini va O’zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashining raisini tayinlash qaysi vakillik organining vakolati hisoblanadi?


J:Bu Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolati

33.Respublika Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati aisini tayinlash va lavozimidan ozod etish tog’risidagi Farmonlarini tasdiqlash qaysi vakillik oragni vakolati?


J:Senatning mutlaq vakolati

34.Oliy Majlis Senati majlislari qay tarzda chaqiriladi?


J:Senat majlislari zaruriyatga qarab, yilida kamida 3 marta o’tkaziladi.

35. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlislari qay tarzda o’tkaziladi?


J:Sessiyalar davriida, sessiyalar esa qoida tariqasida sentyabr oyining birinchi ish kunidan kelgusi yil iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi.

36. Oliy Majlis palatalari majlislari qachon vakolatli hisoblanadi?


J: Qachonki majlislar tashkil etilganda barcha deputat va senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo’lsa.

37.Qaysi muhim majlisda Oliy Majlis tarkibining ya’ni deputatlar va senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart?


J:Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda.

38.Qonun qachon yuridik kuchga ega bo’ladi?


J: Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O’zzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingandan keyin.

39.Senat ma’qullagan Qonun Respublika Prezidentiga necha kun ichida yuboriladi?


J:10 kun

40. Senat tomonidan ma’qullanib, Respublika Prezidentiga yo’naltirilgan Qonun necha kun ichida imzolanib , e’lon qilinadi?


J:30 kun

41. Ijro etuvchi hokimiyat bu…


J:Vazirlar Mahkamasi.

42.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod javob beradigan talablar qanday?


J:35 yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, saylovgacha kamida O’zbekiston Respublikasida 10 yil muqim yashayotgan, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’ zbekiston Respublikasi Prezidenti bo’lishi mumkin.

43.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsi daxlsizligi haqida qaysi moddada bayon etilgan?


J:91- modda

44. Vazirlar mahkamasi faaoliyati davrida kimlar oldida javobgardir?


J:Respublika Oliy Majlisi va Respublika Prezidenti oldida javobgardir.

45.xalq deputatlari kengashlari va hokimlarning vakolat muddati necha yil?


J: 5 yil

46. Konstitutsiya moddasini to’liq ayting va bu nechanchi modda?


“Sudyalar……….., faqat qonunga bo’ysunadilar”
J;Mustaqildirlar, 112- modda

47. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116- moddasiga ko’ra ayblanuvchi …………………….huquqi bilan ta’minlanadi?


J:Himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi

48.Respublika so’zining ma’nosi?


J:Umumiy ish degan ma’noni bildiradi, lotincha so’zdan olingan

49.Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizmiga kim boshchilik qiladi?


J: O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori

50. Konstitutsiyaning kirish qismi muqaddimasi nima deyiladi?


J:Preambula

51. Huquqda vatanidan judo bo’lgan, bevatan degan ma’noni qaysi atama bildiradi?


J:Apatrid, grekcha so’z

52.Armiya nima? Uning Lug’aviy ma’nosi qanday?


J:Armiya bu- davlat qurolli kuchlari to’plami. Lotincha “armare” so’zidan olingan bo’lib, “qurollantirish” degan ma’noni bildiradi.

53.Davlatning rasmiy emblemasi bu…


J:Daavlat gerbi

54. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’I uzunligi va eni?


J:Uzunligi 250 sm, eni 125 sm

55.O’zbekiston Davlat Gerbi tasviri muallifi kim?


J:Anvar Mamajonov

56.Deputat so”zining ma’nosi?


Lotincha “deputatus” so’zidan olingan bo’lib, elchi, vakil degan ma’noni bildiradi.

57.Suverenitet nima?


J: Davlatning ichki va tashqi munosabatlarda boshqa bir davlatdan to’la mustaqilligi

58.Veto nima?


J:Qandaydir organ qarorini to’xtatib turadigan yoki kuchga kirishiga yo’l qo’ymaydigan hujjat. Lotincha VETO- ta’qiqlayman degan ma’noni bildiradi.

59.Prokuror kim?


J:Davlat qoralovchisi

60.Emansipatsiya nima?


J:Lotincha so’z bo’lib, jabr zulmdan, qaramlikdan, xurofotdan qutulish, teng huquqlilikka erishish demakdir

61.Kodeks nima?


J: Huquqning biror bir tarmog’iga oid qonunlar to’plami.

62. Davlat bayrog’imizdagi ranglarning, oy va yulduzlarning o’lchamlari haqida ma’lumot bering?


J:Oq, moviy, yashil ranglar 40 smdan, qizil rangli hoshiyalar 2, 5 sm, Yarim oy diametri 30 smli, besh qirrali yulduzlar esa 6 sm li aylana ichiga sig’adi.

63.Adliya so’zining ma’nosi?


J: Arabcha “adolat, to’g’rilik, haqqoniylik” degan ma’noni bildiradi.

64.Prokuror so’zining fransuzcha va lotincha ma’nosi qanday?


J: Fransuzchada Qoralovchi, Lotinchada “G’amxo’rlik qilish” degan ma’noni bildiradi.

65.Mamlakatimizda fuqarolar o’rtasidagi munosabatlar nima orqali tartibga solinadi?


J: O’zb-n Res-si Konstitutsiyasi va Fuqarolik Kodeksi orqali

66.Voyaga yetmaganlarning muomala layoqati qachon vujudga keladi?


J: 118 yoshga kirganda, uni belgilashda insonning bo’yi, vazni , tanasi, muskullari va aqliy qobiliyatlarining rivojlanish darajasi hisobga olinadi.

67.Jarima nima?


J: Jinoyat qilgan insondan davlat hisobiga pul undirishdir

68. Voyaga yetmaganlarga jarima tayinlash qoidalari?


J: Bunda faqat 16 yoshga to’lgan voyaga yetmaganlargagina qo’llaniladi va eng kam oylik ish qahining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.

69.Voyaga yetmaganlarni ahloq tuzatish ishlariga jalb etish tartibi?


J: Bunda faqat mehnatga qodir , voyaga yetmaganni mehnatga majburan jalb etishdan iborat .

70.Voyaga yetmaganlarni ozodlikdan mahrum etish tartibi qanday?


J: Bu jazo turi voyaga yetmaganlarga nisbatan 6 oydan 10 yilgacha muddatga tayinlanadi.

71.Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburiy jamoat ishlarini qo’llassh tartiblari haqida ma’lumot bering?


J: Faaqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan 60 soatdan 240 soatgacha qo’llaniladi.

72. Voyaga yetmaganlarga nisbatan Ozodlikni cheklash qay tartibda amalga oshiriladi?


J:Bu voyaga yetmaganlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan muddatga tayinlanadi.
73.Kattalar voyaga yetmaganni tilanchilikka, spirtli ichimlik ichishga jalb qilsa qancha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llaniladi?
J: 3 yilgacha

74. Kattalar voyaga yetmaganni giyohvand moddalar iste’mol qilishga jalb qilsa qancha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llaniladi?


J: 3 yildan 5 yilgacha

75. Kattalar voyaga yetmaganni jinoyat sodir etishga jalb qilsa qancha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llaniladi?


J: 5 yildan 10 yilgacha

76.Jinoyat nima?


J: Jinoyat bu –jamiyat uchun xavfli bo’lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlikdir)

77.Huquqbuzarlikning qanday turlarini bilasiz?


J:Fuqarolik huquqbuzarligi, Ma’muriy h-k, intizomiy, jinoiy huquqbuzarliklar

78. “Temur tuzuklari” haqida ma’lumot bering?


J: Tuzuklar Nizomiddin Somiy tomonidan bitilgan bo’lib, 2 qismdan iboratdir .1 qismida A.Temurning tug’ilgan davri, bolaligi, tahsil olish jarayonida nimalarga e’tibor qaratilganligidan boshlab taxtga o’tirguniga qadar bo’lgan davrlar, 2-qismida esa Uning saltananat tepasiga kelib , yurtni boshqarish usul uslublari, boshdan kechirgan janglari, qo’llagan jang san’ati, a’yonlari va hattoki askarlariga qancha maosh tayin etganligi, harbiy unvon hamda darajalar haqida so’z boradi.

79.Huquqni muhofaza etuvchi organlarga nimalar kiradi?


J: Prokuratura va prokuratura organlari, Adliya vazirligi va adliya organlari, IIV va IIV organlari, DXX,Davlat soliq qo’mitasi va soliq organlari, Davlat bojxona qo’mitasi va bojxona organlari

80.Notarius kim?


J:O’zbekiston Respublikasida Qonunlar, me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlashda xizmat qiluvchi notarial idorada ishlovchi mansabdor shaxs notariusdir

81.Intellektual mulk huquqi nima?


J: Bu mualliflik huquqi hisoblanib, uning amal qilish muddati muallif vafot etgandan keyin 50 yilgacha saqlanadi va undan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi.

82.O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimi qachon ilk bor ta’sis etilgan?


J:1990 yil 24 mart

83.BMT qanday tashkilot?


J:Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot.

84. BMTga doir 7 ta ma’lumot ayting?


J: 1) BMT 1945 yil 24- oktyabrda tuzilgan
2) BMT Ustaviga dastlab 51 ta davlat imzo chekkan
3)2000 yilga kelib BMT Ustaviga imzo chekkan davlatlar soni 189 taa yetgan
4)BMTning shtab kvartirasi(doimiy o’rni)-Nyu York
5)BMTning maxsus tillari:xitoy,ingliz,fransuz,rus,ispan bo’lib keyinchalik arab tili ham qo’shilgan
6) BMT ning asosiy oragani-Bosh Assambleya hisoblanadi
7)BMT 193 ta davlatni birlashtirgan ulkan siyosiy tuzilma
8)BMT Bosh Assambleyasining sentyabr oyida o’tkazilgan 71- sessiyasi majlisi oldidan O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovni yod etish ,marosimi o’tkazilgan.

85.Qaysi buyuk allolamiz jahonga “Shayx ur-rais” ya’ni “Olimlar rahbari” nomi bilan tanilgan? Bu alloma haqida 5ta ma’lumot bering.


1. Bu alloma 980-1037 yillarda yashab ijod qilgan Abu Ali Ibn Sino
2.U qomusiy olim, tabib,tibbiyotshunos, tabiatshunos,faylasuf,agronom,tilshunos,matematik,musiqashunos, huquqshunos, yozuvvchi va shoirdir
3.450 dan ortiq asarlar yozgan
4.Bizgacha 160 taga yaqin asarlari yetib kelgaan
5.G’arbda AVETSINA nomi bilan mashhur
6. U yaratgan Tib qonunlari asari dunyoning bir qancha tillariga tarjima qilinib, bugungi kun tibbiyotida keng ishlatilmoqda

86. Amir Temur bobomiz tomonida aytilgan jumlani to’ldiring:” Davlatu saltanat uch narsa bilan tikdir. Bular:………..,……………,…………….


J:mulk,xazina,lashkar

87. Prezident so’zining lug’aviy ma’nosi nima?


J: Lotincha so’z bo’lib, “oldinda o’tiruvchi”

88.Cheklangan monarxiya tuzulishiga ega davlatlarga 4 ta misol ayting


J:Buyuk Britaniya, Daniya,Norvegiya, Shvetsiya

89. “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiya si” qachon qabul qilingan?


J:1948 yil 10 dekabrda

90.Fuqaro va fuqaro o’rtasidagi munosabatlar, jamiyat tushunchalari dastlab qayerda shakllandi?


J:Avvaalo Sharqda, Qadimgi Bobilda “Xammurapi qonunlari”, Turondaa “Avesto”, keyinchalik Ellada va Rimda paydo bo’ldi.

91. “Boshsiz mamlakat jonsiz tanga o’xhsaydi. Bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindur” – bu so’zlar kimga tegishli?


J:Amir Temur

92.Konstitutsiyamizga ko’ra Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident qaysi lavozimda ishlay oladi?


J:Umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi.

93. Huquq kim tomonidan o’rnatiladi va uning amal qilinish darajasi haqida gapirib bering?


J: Huquq davlat tomonidan o’rnatiladi ,davlat tomonidan himoya qilinadi va u barcha uchun majburiy hulq atvor qoidalari tizimidir

94.Norma so’zining ma’nosi?


J: Lotincha so’z bo’lib, “qoida, namuna” demakdir

95.Sanksiya nima?


J: Lotincha so’z bo’lib, “majburiy chora“ degan ma’noni bildiradi

96.Qonun osti hujjatlariga nimalar kiradi?


J:Prezident Faarmonlari, Hukumat qarorlari, Boshqa ijroiya organlarining normative hujjatlari

97. O’zbekistonda vazirliklar hamda tashkilotlarning , fuqaarolarning huqquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor normative hujjatlarni qayd etish tizimi faoliyatini yuritish Qaysi organ zimmasiga yuklatilgan?


J:Adliya Vazirligi

98.Tibbiy xizmat haqida qaysi modda bizning huquqlarimizni kafolatlaydi?


J:40-modda

99. Maktab ishlari davlat nazoratida ekanligini qaysi modda orqali bilishimiz mumkin. Moddani sharhlang.


J:41- modda. Bepul umumiy ta’lim olishning davlat tomonidan kafolatlanishi aks ettirilgan

100. Konstitutsiyamizning 66- moddasida nimalar davlat muhofazasda ekanligi bayon qilingan?


J; Onalik va bolalikning muhofazasi hamda , Farzandlar ota –onasining nasl nasabi va fuqarolik holatidan qaat’iy nazar qonun oldida teng ekanligi kafolatlangan.
Download 28,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish