Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Pahlavon  Mahmud,  Sulton  Vays



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Pahlavon  Mahmud,  Sulton  Vays, 

Nosiriddin Rabg„uziy, Sulaymon Bog„irg„oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk 

farzandi Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin 

Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Safo Mug„anniy, Chokar, Sheroziy, Hojixon, 

Bola  baxshi

  kabi  o„nlab  va  yuzlab  allomalar,  shoirlar  va  san‟atkorlar  nomini  biz  – 

bugungi avlod vakillari cheksiz ehtirom bilan tilga olamiz va boshimizga ko„taramiz. 

Biz bugun Xivaning 2500 yillik tarixiga nazar solar ekanmiz, tarixning eng suronli 

davrlarida  ham  ajdodlarimiz  ozodlikka,  ma‟rifatga,  yaratuvchilikka  intilib 

yashaganlariga  guvoh  bo„lamiz.  Bugun  salobat  bilan  ko„kka  bo„y  cho„zib  turgan 

tarixiy yodgorliklar, nodir obidalar va osori-atiqalar shundan dalolatdir. 

Zero,  qadim  zamonlarda  Sharq  va  G„arbni  tutashtiruvchi  Buyuk  Ipak  yo„li  mana 

shu makondan o„tgan. Bu yo„l nafaqat savdo ko„prigi vazifasini bajargan, balki uzoq 

asrlar davomida turli millat va mazhablarga mansub kishilarni o„zaro yaqinlashtirgan, 

turli xalqlarning ilm-u fanini, madaniyatlarini o„zaro boyitgan. 

Har qanday millat ham Xivaday maskanni yaratgan va asrlar mobaynida e‟zozlab 

saqlagani  uchun  g„ururlanishga  haqlidir.  Chunki  Xiva  yurtimizni  ziynati  bo„lib 

qolmay,  umumbashariy  sivilizatsiya  uchun  ham  xizmat  qilgan,  bundan  buyon  ham 

xizmat qiladi. Ichanqal‟a va Dishanqal‟a majmui, xususan, Sherg„ozixon, Muhammad 

Rahimxon,  Isfandiyorxon  madrasalari  xalqimizning  asrlar  davomida  avloddan-

avlodga o„tib kelayotgan yuksak salohiyati, nafis mahoratiga, milliy madaniyatimizga 

qo„yilgan bebaho yodgorlikdir. 

Aziz vatandoshlar! 



 

470 


Fursatdan  foydalanib,  yana  bir  masalaga  diqqatingizni  qaratishni  istardim. 

Mustamlakachilik  yillarida  xalqimizning  siyosiy  tarixi  har  tomonlama  yerga  urib 

kelindi,  ta‟qib  ostiga  olindi.  Butun  jahonga  nomi  ketgan  allomalarni  va  mutafakkir-

larni savodsiz, johil, ilm-u ma‟rifat dushmani deb tahqir etishga urindilar. 

Barchamizga  yaxshi  ma‟lum:  Xivaning  madrasalarida  ilm-fan  cho„qqilarini  zabt 

etgan,  mana  shu  ziyo  va  bilim  maskanlarida  ta‟lim  olgan  olim-mutafakkirlar,  din 

peshvolari  nafaqat  O„zbekiston  va  O„rta  Osiyo  tarixida,  dunyoning  uzoq-uzoq 

yurtlarida ham o„z mo„tabar nomlarini, o„chmas izlarini qoldirgandir. Buni hech kim 

inkor qila olmaydi, deb o„ylayman. 

Ming  bora  shukronalar  bo„lsinkim,  adolat  yana  qaror  topdi.  Buyuk 

ajdodlarimizning nomlari yana tiklandi. 

Vatanimiz  tarixida  siyosiy  jihatdan  qudratli,  iqtisodiy  farovon  saltanatlar 

bo„lganiga  va  ularda  ilm,  madaniyat-ma‟rifat  keng  rivoj  topganiga  bugun  hech  kim 

shak keltirolmaydi. 

Shu  ma‟noda,  xorazmshohlardan  Otsiz,  Tekish,  El  Arslon,  Sulton  Muhammad, 

Xiva  xonlaridan  Abulg„oziy  Bahodirxon,  Muhammad  Rahimxon  (Feruz)  va 

boshqalarning  fozil  insonlar,  ma‟rifatli  va  yetuk  siymolar  bo„lganlarini  eslab 

o„tishimiz joizdir. 

Muhtaram do„stlar! 

Bugungi  tantanalar  –  qadimiy  Xivaning  2500  yillik  to„yini  nishonlashimiz 

ma‟naviy islohotlarimizning uzviy bir qismidir. 

Xivaning to„yi yosh avlod qalbida o„zligini anglash, bebaho merosimizga vorislik, 

xalq  yaratuvchilik  dahosiga  hurmat,  bunyodkorlik  ishlariga  rag„bat  tuyg„ularini 

uyg„otishiga  ishonaman.  Xivaning  to„yi  xalqimizning  o„z  o„tmishiga,  milliy 

qadriyatlarga samimiy izzat-ehtiromini yanada kuchaytirmog„i muqarrar. 

Biz  bugun  har  bir  intilish  –  tashabbusimizda,  oldinga  qo„yilgan  har  bir 

qadamimizda ajdodlarimizning uyg„oq va madadkor ruhini sezib turibmiz.  

Shu nuqtayi nazardan, Xivaning to„yi faqatgina tariximizning bebaho sahifalarini 

tiklash,  madaniyatimizni  boyitish  yo„lida  xizmat  qilib  qolmay,  balki  bevosita  oliy 

maqsadimiz – kelajagi buyuk davlatimiz poydevorini shakllantirib, o„zimizning milliy 

an‟analarimizga  suyangan  dasturlar  asosida  taraqqiy  topgan  demokratik  davlatlar 

qatorida jahon hamjamiyatiga kirib borishiga xizmat qilajak. 

Men  shuni  alohida  g„urur  va  mamnuniyat  bilan  aytamanki,  asriy  va  betakror 

obidalar, ming yillik an‟analar bilan bir qatorda, Xorazmning yana bir ulug„ va ulkan 

boyligi  bor.  Bu  boylik  –  shu  muqaddas  zaminda  yashab  kelayotgan  oq  ko„ngil, 

bag„rikeng,  mehmondo„st,  lafzi  halol  insonlardir.  Xorazmni  Xorazm  qilib,  uning 

shuhratiga shuhrat qo„shib, dovrug„ini dunyoga taratayotgan shu elning aql-zakovati, 

omilkorligi, bilim va tajribasi, sabot-matonatidir. 

Qadimdan  dehqonchilik  madaniyatini  gurkirab  rivojlantirgan  Xorazmning 

mirishkor dehqonlari salohiyati to„g„risida alohida to„xtashni istardim. 

O„zingiz o„ylang, miloddan avvalgi VIII-VII asrlardayoq uzunligi 60–70 kilometr, 

eni  35–40  metr  bo„lgan  kanallardan  iborat  murakkab  va  ulkan  sun‟iy  sug„orish 




 

471 


tizimlarini  yaratib,  dehqonchilik  qilgan  ko„hna  Xorazm  ahli  zakovati  va  matonatiga 

qoyil qolmay bo„ladimi! 

Qush  uchsa  qanoti  kuyadigan  Qoraqum  sahrosi  bilan  yil  o„n  ikki  oy  mardona 

olishib,  har  bir  tomchi  suvni  gavhardek  avaylab  mo„l  hosil  yetishtirish  har  qanday 

dehqonning ham qo„lidan kelavermaydi. Bunga faqatgina dehqonchilik ilmining piri 

bo„lib ketgan xorazmlik mirishkorlargina qodir. 

Agar mendan haqiqiy qahramonlik namunasi nima deb so„rashsa, xorazmlik oddiy 

dehqonning har kunlik mehnati qahramonlikdir, deb javob bergan bo„lardim. 

Mana,  bu  yil  ham  Xorazm  ahli  paxta  tayyorlash  bo„yicha  yillik  rejani 

mamlakatimizda  birinchi  bo„lib  ado  etdi.  Bu  g„alaba  haqiqatan  ham  Vatanimiz 

nishoni bo„lmish go„zal Xivaning 2500 yillik to„yiga munosib tuhfa bo„ldi. 

Bugungi  fursatdan  foydalanib,  siz  –  aziz  Xorazm  dehqonlarini,  barcha  Xorazm 

ahlini mana shu to„yona bilan yana bir karra muborakbod etishga ruxsat bergaysiz. 

Buyuk ajdodlar xotirasiga cheksiz hurmat-ehtirom xorazmliklar tabiatining o„ziga 

xos  jihatidir.  Voha  ahli  mustaqillik  yillarida  yana  bir  ezgu  va  savob  ish  bilan 

mamlakatga namuna bo„ldi: viloyatda xalqimizning atoqli namoyandalari sharafiga 20 

dan ziyod bog„lar bunyod etildi. Navoiy bog„i, Qodiriy bog„i kabi jozibador go„shalar 

ijod va yaratuvchilik tuyg„usiga oshno bo„lgan har bir insonni bag„riga chorlamoqda. 

Iqtisodiyotning  boshqa  sohalarida  ham  xorazmliklar  shaxdam  qadamlar 

qo„ymoqda.  Mamlakatimizdagi  eng  yirik  qand  zavodi  qurilishi  jadal  sur‟atlar  bilan 

olib  borilmoqda,  qancha-qancha  yangi  korxonalar  ishga  tushmoqda.  Urganch 

aeroporti qayta ta‟mirlandi. Urganchdan to Xivaga qadar 34 kilometrli trolleybus yo„li 

ishga tushdi. 

Xiva shahri ta‟mirlanib, yangi chiroy va sayqal kasb etdi. Bu xayrli ishlari uchun 

Xorazmning  saxovatli  quruvchi  va  me‟morlariga,  barcha  mehnatkashlariga  samimiy 

tashakkur bildirib, ularga sihat-salomatlik, ezgu ishlarida omad tilamoqchiman. 

Muhtaram do„stlar! 

Aziz mehmonlar! 

Biz,  O„zbekiston  ahli,  shuni  yaxshi  anglaymizki,  dunyodagi  barcha  xalqlarning 

kelajagi  bashariyat  o„zining  butun  tarixi  davomida  yaratgan  buyuk  umuminsoniy 

qadriyatlarni chuqur anglash, avaylab asrash va yanada rivojlantirishga bog„liqdir. 

Yangi ming yillikka qadam qo„yar ekan, ulug„ madaniy va ma‟naviy an‟analarning 

vorisi  bo„lmish  bizning  xalqimiz  o„z  istiqbolini  dunyo  hamjamiyatiga  kirish,  butun 

sayyoramizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bilan chambarchas bog„langan 

holda ko„radi. 

Bugun  o„tkazilayotgan  tantanalar  ham,  bu  tantanalarda  jahonning  turli 

mintaqalaridan  kelgan  buyuk  olimlar,  tarixchilar,  davlat  va  jamoat  tashkilotlari 

arboblari,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti,  YuNESKO  rahbariyatidan  vakolatli 

mehmonlar qatnashayotgani ham buning yaqqol dalolati va isboti, deb bilaman. 

Xivadagi  mangulikka  daxldor  obidalar  o„zbek  xalqining  nasl-nasabi  qadimiy  va 

mo„tabar ekanligini dunyoga ko„z-ko„z qilib turibdi. Biz bundan g„ururlanish bilan bir 

qatorda, zimmamizda chuqur ma‟naviy mas‟uliyat yukini ham his etmog„imiz darkor. 




 

472 


Bu  mas‟uliyat  –  otameros  yurtimizni  jon-dildan  sevish,  asrab-avaylash,  kelajak 

avlodlarga yanada go„zal, yanada obod qiyofada yetkazish burchidir. 

Shunday muqaddas va mo„tabar diyorda tug„ilishning o„zi katta baxt. 

Komil ishonch bilan ayta olamanki, bizning ozodligimiz, hurriyatimiz qudrati bilan 

butun  mamlakatimiz,  jumladan,  Xorazm  vohasi  ham  hademay  o„z  taraqqiyotining 

yangi va yuksak davriga kiradi. 

Bu  tabarruk  zamindan  yetishib  chiqadigan  yuzlab  xorazmiylar,  beruniylar, 

zamahshariylar  o„zlarining  tengsiz  salohiyati  bilan  jumlai  jahonni  hayratga  soladi. 

O„zlariga  qanot  bergan  Xorazm  diyori  shon-shuhratiga  munosib  hissalarini 

qo„shadilar. 

Bizning  bugungi  bunyodkorlik  ishlarimiz,  hayotning  barcha  sohalarida  amalga 

oshirayotgan  islohotlarimiz,  buyuk  tariximiz,  beqiyos  ma‟naviy  merosimiz  ana  shu 

ishonchga mustahkam poydevor bo„lib xizmat qiladi. 

Aziz vatandoshlarim, do„stlarim! 

Xivaning  qutlug„  to„yi  bilan  har  biringizni  yana  bir  karra  chin  dildan  qutlab, 

barchangizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman! 

Ona  O„zbekistonimiz,  muqaddas  Xorazm  zamini  gullab-yashnasin,  fayz-u 

barakaga to„lsin! 

O„tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar  – millatimizning faxr-u 

iftixori bo„lmish go„zal Xivamiz dunyo turguncha tursin! 

Xalqimizning, millatimizning shon-shuhrati yanada ziyoda bo„lsin! 

Baxt, omad – yorimiz, Alloh – madadkorimiz bo„lsin! 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish