I bob. Arxeologiya fani va etnografiya



Download 59,05 Kb.
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi59,05 Kb.
#907376
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ARXEOLOGIK MANBALAR HAQIDA ETNOGRAFIK SO\'ROVLAR O\'TKAZISH

Kurs ishining ob'ekti. XXI asr boshiga kelib jahon aholisi soni 7 mlrd.dan oshdi. O’tgan XX asr mobaynida dunyoning etnik qiyofasi, unda yashovchi xalqlarning taqdirida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari millatlar taqdirida ayanchli iz qoldirdi. Hozirgi davrda jahonda fanga ma'lum ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashaydi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda yer ko’rrasida etnoslarning soni 3-4 mingga yetadi. Shulardan 257 tasi bir million kishidan ortiq aholiga ega bo’lgan xalqlardan iborat bo’lib, ular jahon aholisining 96% ini tashkil qiladi. Eng kam sonli aholiga ega 1,5 mingga yaqin xalqlar dunyo aholisining atigi 1-2% ini tashkil qiladi. Dunyo aholisi 3 mingga yaqin tilda so’zlashadi. Sayyoramizning Avstraliya, Afrika, Amerika qit'alarida ibtidoiy jamiyat darajasida turgan urug’-qabilalardan tortib, katta-kichik xalq va elatlargacha mavjuddir. Albatta, ular ham sekinlik bilan qabilaviy tuzum sharoitidan bozor munosabatlari girdobiga tortilmoqda.
Kurs ishining mavzusi - Arxeologik manbalar haqida etnografik so'rovlar o'tkazish
Kurs ishining tuzilishi - Kurs ishi kirish qismidan, ikkita bob har bobda ikkitadan reja bor. Xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. ARXEOLOGIYA FANI VA ETNOGRAFIYA

    1. Arxeologiya fani haqida umumiy tavsif

Maʼlumki, “xalq” tushunchasi bir necha maʼnoga ega. Baʼzan oddiy tilda bir toʼp kishilarni yoki avomni xalq desak, baʼzan bir necha elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham xalq deb ataymiz. Аslida “xalq” soʼzi arabcha “yaratmoq” demakdir. Lekin oʼzbek tilida bu soʼz muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnografiyada xalq maʼnosida “etnos” atamasi qoʼllaniladi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida ayrim shaxs yoki kishilarning istagi bilan emas, balki obʼektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslarning joylanishini, ularning mazkur mintaqa tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan koʼchishi (migratsiya) natijasida kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik maʼlumotlardan foydalanadilar. Ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropologiya fani yordam beradi. Etnografiya “sof” irqlarni emas, balki tarix taqozosi bilan oʼzaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklarni oʼrganadi. Аntropologiya esa u yoki bu xalqning, etnik birlikning jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi.
Arxeologiya fani, boshqa fanlar singari oʼziga xos tadqiqot usullari va maxsus atamalariga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʼliq boʼlib, oʼz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari bilan aloqador holda amalga oshiradi. Аyniqsa u antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik kabi fanlar yutuqlaridan keng foydalanadi.2
Etnik jarayonni tadqiq qilishda turli tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari, ogʼzaki ijod namunalaridan keng foydalaniladi. Etnoslarning kelib chiqishi va etnik qiyofasini aniqlashda tilshunoslik maʼlumotlari ham yordam beradi.3 Ularning moddiy madaniyat xususiyatlarini arxeologiya fani bilan hamkorlikda aniqlash mumkin. Аholining joylashishi, oʼsishi, tevarak-atrofning taʼsiri, migratsiyasi kabi masalalarni oʼrganishda tarixiy-geografiya va demografik tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Etnoslarning maʼnaviy madaniyati sanʼatshunoslik, musiqashunoslik, dinshunoslik, fol’klor va adabiyot bilan hamkorlikda oʼrganiladi.
Dala ishlarida asosan axborotchilardan suhbat yoʼli bilan yozma yoki magnitofon va diktafon orqali maʼlumotlar toʼplash, muayyan maishiy-madaniy turmush hodisalari, oila-nikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va oʼyinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy oʼrganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qoʼllaniladi. Zamonaviy texnika vositasida (raqamli videokamera va raqamli fotoapparat, audio yozuvlar) va anʼanaviy dala yozuvlarida xalq maʼnaviy hayotining obʼektlari va koʼrinishlari (anʼanalar, marosimlar, urf-odatlar, folklor qoʼshiqlar va shu kabilar) aks etadi. Baʼzida dala tadqiqotlari jarayonida ayrim moddiy va maʼnaviy madaniyat namunalari muzeylar kollektsiyasi uchun yigʼiladi. Etnosotsiologik tadqiqotlar esa asosan maxsus anketalar tarqatish yoʼli bilan oʼtkaziladi va ular keyinchalik maxsus kompyuter prog-rammalari, masalan, SPSS asosida tahlil qilinadi.4
Moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyatning o’tmishini o’rgatuvchi fan hisoblanadi. Arxeologik manbalar tarixiy manbalarga nisbatan ancha qadimiydir. Uning ilk davri 2,5-3 million yilga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati tarixini 24 soat deb faraz qilsak, uning 23 soat-u 56 minuti yozma manbalarsiz davrga, 4 minuti yozma tarixga to’g’ri keladi. Demak, kishilik tarixining juda katta davrini o’rganish arxeologik manbalarga tayanib olib boriladi.
Etnoarxeologiya predmetning qanday yaratilganligini va undan nima maqsadda foydalanilayotganini tushunishga ham yordam beradi.5 Keyinchalik arxeologlar qadimgi jamiyatlar o'xshash ekologik sharoitlarni hisobga olgan holda zamonaviy hamkasblari bilan bir xil usullardan foydalangan degan xulosaga kelishlari mumkin.
Etnoarxeologiyaning yaxshi namunalaridan biri Brayan Xeyden (1987) bo'lib, uning jamoasi Mesoamerikan quern-toshlarini ishlab chiqarishni o'rganib, tarixdan oldingi quern-toshlarni ishlab chiqarish bo'yicha qimmatli ma'lumotlarni taqdim etdi. Boshqa ko'plab tadqiqotlar kulolchilik, me'morchilik, oziq-ovqat, tola va boshqa moddiy madaniyat turlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga qaratilgan. XXI asr boshiga kelib jahon aholisi soni 7 mlrd.dan oshdi. O’tgan XX asr mobaynida dunyoning etnik qiyofasi, unda yashovchi xalqlarning taqdirida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari millatlar taqdirida ayanchli iz qoldirdi. Hozirgi davrda jahonda fanga ma'lum ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashaydi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda yer ko’rrasida etnoslarning soni 3-4 mingga yetadi. Shulardan 257 tasi bir million kishidan ortiq aholiga ega bo’lgan xalqlardan iborat bo’lib, ular jahon aholisining 96% ini tashkil qiladi. Eng kam sonli aholiga ega 1,5 mingga yaqin xalqlar dunyo aholisining atigi 1-2% ini tashkil qiladi. Dunyo aholisi 3 mingga yaqin tilda so’zlashadi. Sayyoramizning Avstraliya, Afrika, Amerika qit'alarida ibtidoiy jamiyat darajasida turgan urug’-qabilalardan tortib, katta-kichik xalq va elatlargacha mavjuddir. Albatta, ular ham sekinlik bilan qabilaviy tuzum sharoitidan bozor munosabatlari girdobiga tortilmoqda.
Maʼlumki, “xalq” tushunchasi bir necha maʼnoga ega. Baʼzan oddiy tilda bir toʼp kishilarni yoki avomni xalq desak, baʼzan bir necha elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham xalq deb ataymiz. Аslida “xalq” soʼzi arabcha “yaratmoq” demakdir. Lekin oʼzbek tilida bu soʼz muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnografiyada xalq maʼnosida “etnos” atamasi qoʼllaniladi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida ayrim shaxs yoki kishilarning istagi bilan emas, balki obʼektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslarning joylanishini, ularning mazkur mintaqa tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan koʼchishi (migratsiya) natijasida kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik maʼlumotlardan foydalanadilar. Ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropologiya fani yordam beradi. Etnografiya “sof” irqlarni emas, balki tarix taqozosi bilan oʼzaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklarni oʼrganadi. Аntropologiya esa u yoki bu xalqning, etnik birlikning jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi. Arxeologiya tarixining tarkibiy qismi bo’lib ijtimoiy fanlar orasida alohida o’rin tutadi. «Arxeologiya» termini «arxayos» - qadimgi, «logos» - fan degan ikkita grekcha so’zning birikishidan tashkil topgan. Demak arxeologiya qadimgi bilimlar haqidagi fan degan ma’noni bildiradi. Lekin ilgargi vaqtda arxeologiyani fanning qaysi sohasiga qo’shish to’g’risida bahslar bo’lib, ba’zilar uni qadimgi san’at haqidagi fan, yana boshqa birovlari singan sopol idishlarni o’rganuvchi fan degan fikrlarni bildirganlar. Ba’zilar esa uni tarix fanining xizmatkori bo’lgan ikkinchi darajali fan deb tushunganlar. Tarix va arxeologiya aslida o’zaro chambarchas bog’liq, bir-birini to’ldiruvchi yagona fanning ikkita sohasidir. Insoniyat o’tmish davrlarini arxeologiyasiz o’rganib bo’lmas ekan. Arxeologiya insoniyatning o’tmish tarixini o’rganishda arxeologik ekspeditsiyalar natijasida ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buramlarga suyanib ish ko’radi. Hozir O’rta Osiyoning barcha joylarida shahar, rayon, qishloqlarda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Topilgan arxeologik manbalarni shartli ravishda quyidagi ikki turga bo’lish mumkin:
1. Tabiiy manbalar (paleozoologiya, paleobotanika) - inson va hayvon suyaklari, o’simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar bo’lib ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar o’rganadilar.
2. Inson tomonidan yaratilgan manbalar bo’lib, ular mehnat qurollari, yarog’-aslahalar, sopol idishlar, san’at va zeb-ziynat uyamlari, qoyatosh rasmlar, yozuv hamda yozma manbalar va hokazolar. shuni aytish kerakki, yozma manbalarni tarixchilar, moddiy manbalarni o’rganish bilan arxeologlar moddiy buyumlar va yozma manbalarga tayanib ish ko’radilar. O’rta Osiyo qadimgi Sharq tarixining ajralmas qismini tashkil etadi. Kishilik madaniyatining ilk markazlaridan biri hisoblanadi. O’rta Osiyo tabiiy iqlim sharoiti, xilma-xil hsimlik va hayvonot dunyosiga boy iqlim sharoiti asosan mo’tadil bo’lganligidan inosnning yashashi uchun juda qulaydir. Bu hol esa ibtidoiy va qadimgi kishilar diqqat e’tiborini tortmasdan mumkin emas edi. Shu tufayli odamlar bu o’lkada juda qadim zamonlardan boshlab yashagan. O’lkaning hamma yerida ibtidoiy va qadimgi davr kishilari qoldirgan xilma-xil obidalar - tosh asri makonlari, g’orlari, bronza davri qishloqlari va mozorlari, temir davri qal’alari va shaharlarning xarobalari, qoyatoshga ishlangan rasmlar, sug’orish inshootlarining qoldiqlari, qadimiy mudofaa devorlarining qoldiqlari juda keng tarqalgan. Arxeologiya qazishmalarida topilgan moddiy manbalarni o’rganish bilan birga har xil yer qazish ishlarida tasodifan topilgan narsalarni, shu jumladan xazinalarni ham o’rganadi. Yer tagida yotmagan moddiy manbalar ham bor. Masalan o’rta asr xazinalaridan qolgan buyumlar va naqshinkor eski binolar va hokazolar ana shunday manbalardir. Arxeologlar bularni ham o’rganadilar. Tosh, metall, sopol va yog’ochdan yozuvlarni o’rganadigan epigrafika fani, tanga pullarni o’rganadigan numizmatika fani, muhrlarni o’rganadigan sfragistika fani, gerblarni o’rganadigan geraldika fani kabi arxeologiyaning bir qancha alohida tarmoqlari bor. Arxeologiya tarixga oid fan bo’lib qolish bilan birga qazishmalardagi kuzatmalarni izohlab bermoq uchun geologiya, botanika, zoologiya va antropologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi va shu bilan birga o’zi ham o’sha tabiat fanlariga qimmatli materiallar beradi. O’rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy yodgorliklarini o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu o’lka Rossiyaga qo’shib olingach, bu yerga turli kasbdagi kishilar ko’plab kela boshladi. Ular orasida mahalliy moddiy yodgorliklarga qiziquvchi kishilar ham bor edi.
Insoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi sivilizatsiyaga ega bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko’paytirib borishi bilan bog’liq kechgan.U yoki bu sivilizatsiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o’zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo’ladi. Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o’ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O’zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda. XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq guruh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Masson boshliq arxeologlar guruhi Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg’ona vodiysida qidiruv va qazish ishlari olib bordilar. 30-40-yillarda O’zbekiston va MDH olimlari hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Termiz ekspeditsiyasiga M.E.Masson, Xorazm ekspeditsiyasiga S.P.Tolstov, Zarafshon ekspeditsiyasiga A.Yu.Yakubovskiy rahbarlik qildilar. Bular tomonidan nafaqat O’zbekiston, butun Markaziy Osiyoning qadimgi tarixini, ajdodlarimizning ibtidoiy jamoa tuzumi, turmush tarziga oid qator qimmatli asarlar yaratilgan6. Bular orasida V.M.Massonning «Strana tisyachi gorodov» - M., «Nauka», 1966, A.P.Okladnikovning «Paleolit i mezolit Sredney Azii / Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzы» - M.-L.,1966, S.P.Tolstovning «Drevniy Xorezm. Opыt istoriko-arxeologicheskogo issledovaniya» -M., 1948, V.A.Shishkinning «Afrasiab - sokroviщnitsa drevney kulturы» - T., «Fan, 1966, «Arxetekturnыe pamyatniki Buxarы» -T., 1936 va boshqa asarlar bor.Ikkinchi jahon urushidan so’ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o’rganish maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil etildi. S.P.Tolstov boshliq Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi, A.N.Bernshtam boshliq Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov va V.A.Shishkinlar boshliq Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi tadqiqot ishlari olib bordi. Mazkur ekspeditsiyalarda qatnashgan tadqiqotchilar muhim asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari - A.Asqarov, O’.Islomov, A.R.Muhammadjonov, E.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar yetakchiligidagi tadqiqotchilar O’zbekiston qadimgi tarixining paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davrlarini o’rgandilar. Arxeologiya va antropologiyaga oid tadqiqot ishlari Vatanimizning barcha vohalarida – Toshkent, Buxoro, Zarafshon, Surxondaryo bo’ylarida, Xorazm va Farg’ona vodiysida keng olib borildi. O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda eng qadimgi, qadimgi, hozirgi zamon odamlarining juda ko’p qazilma holdagi qoldiqlari topilgan. Bu hududda zinjantropga zamondosh ajdodlarimiz yashagan. Undan keyin yashagan odamzod ajdodi pitekantroplar bo’lib, ular bundan 1 mln. yil burun yashagan. Uning zamondoshi ham O’rta Osiyo hududida hozircha uchragani yo’q. Pitekantroplardan keyin, ya’ni bundan 500-600 ming yillar burun yashagan odamzodning ilk izlari Xitoydan topilib, ularni olimlar sinantroplar deb atashdi. Sinantrop topilgan makondan (ular g’orlarda yashagan) toshdan ishlangan mehnat qurollari bilan birgalikda qalin kul qatlami ham topildi. Shuningdek, qalin madaniy qatlam va u qatlam ichida hayvon suyaklari ham uchragan. Bu qoldiqlar sinantroplarning g’orda uzoq vaqt (bir necha yuz ming yilliklar) yashaganligidan guvohlik beradi. Sinantroplar davridan boshlab odamzod birinchi bo’lib olov bilan tanishdi va undan o’z hayot faoliyatida foydalandi. Ana shu sinantroplarga zamondosh ibtidoiy odam ajdodining izlari O’rta Osiyoning bir necha joylarida uchraydi. Bu davr ajdodlari hali to’da-to’da bo’lib yashaganlar. Ular tabiat iqlimining sovib, ayrim tumanlarni muzliklar qoplagan, ayrim tumanlarda esa to’xtovsiz yomg’irlar yog’a boshlagan zamonda yashaganlar. Bu davr ibtidoiy to’da davrining o’rta bosqichi – ashel davriga to’g’ri keladi. Sinantroplar davrida ibtidoiy ajdodlarimiz asosan g’orlarda yashaganlar. Ularning kundalik tirikchiligi yovvoyi daraxtlarning mevalari, ayrim o’simliklarning ildizlari edi. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ov qilganlar. Biroq ov o’ljasi hisobiga kun kechirish sinantrop zamondoshlari uchun juda og’ir kechgan. Shuning uchun bo’lsa kerak, ular qurt-qumursqa va mayda kemiruvchi jonivorlarni ham iste’mol qilishga majbur bo’lganlar. Bu davr odamlarining mehnat qurollari asosan toshdan, yirik ov hayvonlarining suyak va shoxlaridan hamda qattiq daraxt shoxlaridan yasalgan. Afsuski, zamonning zayli bilan bizgacha u qurollardan faqat toshdan yasalgani yetib kelgan. Bu tosh o’rganilgan va ular birinchi bor topilgan makon nomi bilan ashel qurollari deb atalgan. Ashel tipidagi qurollar dastlab Fransiyadan topildi. Ular yassi tuxumsimon qilib ishlangan, uchli, nayzasimon, qarama-qarshi tomonlari esa yo’g’onroq tuxumsimon bo’lib, olimlar bu qurolga qo’l boltasi yoki qo’l cho’qmori deb nom berishdi. Ana shu qurol yordamida ibtidoiy ajdodlarimiz yirik hayvonlarni ov qilganlar, o’simlik ildizlarini kovlab yeyish uchun biror narsa tayyorlaganlar, o’lja bo’lgan hayvon go’shtini maydalaganlar va terisini shilganlar, daraxt shoxlarini kesib, ulardan qurollar yasaganlar.
Arxeolog va geologlarning hisobiga ko’ra, ashel davri bir million yil burun boshlanib, miloddan av. 200-100 ming yillargacha davom etgan. Bu davr tabiiy-geografik muhiti O’rta Osiyo sharoitida, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiatning yozi issiq va quruq, qishi sovuq, yog’ingarchilik kam bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Ana shu sharoitda O’rta Osiyoning hozirgi cho’l va dashtlari landshafti rasmiylashdi hamda shu landshaftga xos hayvonot olami va o’simliklar dunyosi shakllandi. Ashel davrining oxirgi bosqichiga kelib, havo keskin soviydi. Ovro’paning shimoliy mintaqalarini muzliklar qoplaydi. O’rta Osiyo esa, asosan uning tog’li zonalarida muzliklar hosil bo’lib, daryolar oqimida o’zgarishlar yuz beradi va yangidan-yangi daryolarni shakllanishiga olib keladi. O’rta Osiyo muzliklari vohalarni qoplagan bo’lib, ular asosan tog’li viloyatlar darasida tarkib topadi. O’rta Osiyo pasttekisliklarida esa yomg’irlar uzluksiz yog’ib, havoning goh sovishi, goh ilishi kuzatiladi va ular bilan bog’liq holda o’simliklar dunyosida ham o’zgarishlar mintaqaning bu qismida yuz beradi. Qalin o’rmonlar o’rnini cho’l mintaqasiga xos o’simliklar egallaydi. O’rta Osiyo sharoitida ro’y bergan bu o’zgarishlar mintaqaning ayrim tumanlarida ilk ajdodlarimizning manzilgohlari Farg’ona vodiysining So’x rayonidagi Selung’ur g’oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonidan topib o’rganildi. Selung’ur g’ori 1958- yili akademik A.P.Okladnikov tomonidan topib o’rganilgan. Olim u yerda arxeologik qazilmalar o’tkazib, topilgan tosh qurollarga qarab, g’or yuqori paleolit davrida, ya’ni bundan 40-30 ming yil burun ibtidoiy odamlar tomonidan o’zlashtirilgan degan xulosaga keladi.
Ammo 1980-yildan boshlab A.P.Okladnikovning shogirdi, o’zbek arxeologi,O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi U.Ismoilov
g’orni qayta o’rgana boshladi. U.Ismoilov g’orning bir necha joyida qazilmalar o’tkazib, toshdan ishlangan juda boy mehnat qurollari va hayvon suyaklarini topdi. Olim Selung’urda yashagan ajdodlarimiz g’orni qadimgi tosh davrining yuqori paleolit bosqichida emas, balki ashel davrining bosqichida o’zlashtirganliklarini isbotladi. Seleng’ur g’ori tariximiz uchun benihoyat muhim yodgorlik. Bu makonda ajdodlarimizning suyak qoldiqlari ham topildi. Antropolog olimlar Seleng’ur suyak qoldiqlarining sinantroplarga zamondosh ekanligini aytmoqdalar. Seleng’urning asosiy tadqiqotchisi U.Ismoilov esa g’or materiallarini qaytadan o’rganib, ularning yoshi yaqin bir mln. yil atrofida bo’lishi kerak, degan xulosaga keldi. Seleng’ur g’oridan odamning qoldiqlari Farg’ona vodiysidan topilgani uchun, unga "Fergantrop" ya’ni "Farg’ona odami" degan shartli nom berish taklif qilinmoqda. Seleng’urdagi ilmiy izlanishlar va u yerdan topilgan odam yer yuzida odamning paydo bo’lishi muammosi yechimiga qo’shilgan ulkan hissa bo’lib, endilikda O’rta Osiyo hududida odamzod ilk bor paydo bo’lgan mintaqalar qatoriga kirdi. Ashel davrining so’nggi bosqichida, taxminan bundan 200 ming yillar burun qadimgi ajdodlarimiz Ko’lbuloq yaqinidan o’zlariga qarorgoh topganlar. Ko’lbuloq qarorgohi Angren shahridan 10-12 km g’arbda bo’lib, shu nom bilan atalgan buloq suvi yoqasida joylashgan. Yodgorlikda bir necha yuz ming yillar davomida ibtidoiy ajdodlarimiz yashaganlar. Ko’lbuloq manzilgohi 1862- yilda topildi va 1963-yildan boshlab bu yerda o’zbek arxeologi M.R.Qosimov izlanishlar olib bordi. Yodgorlikni qazish jarayonida uning qadimgi tosh davrining deyarli barcha bosqichlariga (ashel, muste, yuqori paleolit) tegishli ekanligi isbotlandi. Ko’lbuloqda odam qoldiqlari topilmagan, ammo tosh qurollar va hayvon suyaklari behisob. M.R.Qosimovning fikriga ko’ra, Ko’lbuloqning quyi qatlami ashel davrining so’nggi bosqichiga tegishlidir. Ushbu yodgorlik butun O’rta Osiyo qadimgi tosh (paleolit) davri yodgorliklari uchun arxeologik davriy tizim berdi. Yuqorida bayon etilgan dalillarga asoslangan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin.
O’rta Osiyo, jumladan, Farg’ona vodiysi o’zining tabiiy iqlim sharoitida va ekologik imkoniyatlariga ko’ra, ibtidoiy to’da davrining o’rta bosqichi – ashel davridan boshlab eng qadimgi ajdodlarimizning e’tiborini o’ziga tortgan va bu mintaqadagi Seleng’ur g’orida sinantroplarning zamondoshlari ilk bor makon topgan. Bu makondan odam suyak qoldiqlari topildi. Bu voqea O’rta Osiyoni odamning paydo bo’lish mintaqalari turkumiga kiritdi. Seleng’ur topilmasi juda yomon saqlangan. Ammo akademik V.P.Alekseev va professor T.K.Xo’jaevlar fikriga ko’ra, bu yerdan topilgan odam bosh suyagi qopqog’ining morfologik tuzilishi uning juda qadimiy va g’ordan topilgan boshqa kimyoviy dalillar bilan zamondosh ekanligini inkor etmaydi. Ushbu topilma o’z ahamiyati bilan O’rta Osiyo hamda O’rta Sharq mintaqasida tengsiz kashfiyot hisoblanadi. Shuning uchun o’zbek arxeologlari va antropologlari uni "fergantroplar", ya’ni "Farg’ona odamlari" deb atamoqdalar. U odamning paydo bo’lishi shajarasida pitekantrop bilan neandertal odamning oralig’idagi bo’g’inni to’ldiradi. Ibtidoiy to’da davrining so’nggi bosqichi arxeologiya fani davriy tizimida muste davriga to’g’ri keladi. Bu davrda yashagan ajdodlarimiz esa odamning paydo bo’lishi shajarasida neandertal odami nomi bilan fanga kirgan. Neandertallar davrida ibtidoiy ajdodlarimiz yer yuzining qator mintaqalarini o’zlashtiradilar. Neandertallar yashagan zamonni arxeolog va geolog olimlar bundan 100-40 ming yillar bilan belgilaydilar. Ana shu 60 ming yil davomida neandertallarning biologik-jismoniy tuzilishida keskin o’zgarishlar yuz berdi. Agar bundan 100 ming yil burungi neandertallarni tasavvur etadigan bo’lsak, ular hali past bo’yli, ikki oziq tishi bo’rtib chiqqan, qo’l panjalari kalta va yo’g’on, boldir suyaklari bir oz egri bo’lganligi uchun tik turib yura olmagan. Bundan 40 ming yil burun yashagan neandertallar esa ko’p jihatdan deyarli hozirgi zamon odamlariga yaqin bo’lgan7. Ularning orasida baland bo’ylilari uchraydi. Peshonasi va pastki jag’i shakllangan. Ikki oziq tishlari boshqa tishlardan ajralib tursa-da, tashqariga bo’rtib chiqmagan. Oyoqlari tik va beli to’g’ri. Neandertallarning biologik tuzilishidagi bu keskin o’zgarishlar, albatta, ularning pishirilgan go’shtni ko’proq iste’mol qilishga o’tganligi natijasidir. O’rta Osiyoda neandertallar davriga oid birinchi yodgorlik 1938-yilda A.P.Okladnikov tomonidan Boysun tog’ining Teshiktosh deb atalgan g’oridan topib o’rganildi. Hozirgi kunda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar O’rta Osiyoda 50dan ortiq joydan topilgan. O’zbekistonda ular Toshkent viloyatining Obirahmat, Xo’jakent, Paltov nomli ungur va g’orlarida, Ko’lbuloq deb atalgan qadimgi buloq yoqasida Samarqand viloyatining Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Xo’jamazg’in deb nomlangan buloq yoqasida, Buxoro viloyatidagi Qizil Nurota, Samarqanddan Kitobga olib boruvchi Taxttokaracha dovonida joylashgan Omonqo’ton g’orida, Navoiy viloyatidagi Uchtutda topib o’rganildi. Bu yodgorliklarda o’tkazilgan arxeologik qazilmalar vaqtida o’sha zamon odamlarining toshdan ishlangan mehnat qurollari (qo’l-cho’qmor, hayvon terisini shilishda ishlatiladigan tosh "pichoqlar", tosh uchuruq va tosh o’zaklar nukleos) ko’plab topilgan. Qazilma jarayonida har xil hayvonlarning suyak parchalari va shoxlari ham uchragan. Olimlar ana shu topilmalarni o’rganib, neandertalga zamondosh ajdodlarimizni ovchilik bilan, birinchi galda yirik hayvonlar ovi bilan shug’ullanganlari haqida xulosaga kelganlar. Neandertallarning kundalik hayoti juda qiyin bo’lib, kundalik hayot kechirish yo’lida yirtqich hayvonlar bilan, tabiatning izg’irin, sovuq iqlimi bilan doimo kurash olib borishiga to’g’ri kelgan. Ajdodlarimiz hali yovvoyi hayvonlardek gala-gala bo’lib yashaganlar, jamoatchilik kurtagi bu davrda shakllanmagan. Nikoh tizimida tartibsizliklar hukmron bo’lgan, yirik hayvonlarni ov qilish har doim ham muvaffaqiyatli bo’lavermagan. Neandertallar ham tez yuguruvchi kichik hayvonlarni ov qilishga odatlanmaganlar. Chunki bu zamonda uzoqdagi tezkor hayvonlarni nishonga oluvchi qurollar kashf etilmagan. Hatto, dara va ko’llardagi baliqlarni tutish uchun zarur tosh nayza va tosh qarmoqlar ham yo’q edi. Ana shunday og’ir hayot kechirgan ajdodlarimiz oldida yashash uchun yagona chora – yirik hayvonlarni ov qilish va yovvoyi daraxtlarning mevalarini hamda ayrim o’simliklarning ildizlarini kovlab iste’mol qilishdan iborat edi.
O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekistonda topilgan muste davri yodgorliklari orasida Teshiktosh g’ori alohida ahamiyat kasb etadi.Teshiktoshda o’tkazilgan arxeologik qazilmalar vaqtida ko’pgina arxeologik ashyoviy dalillar bilan birgalikda g’or devoridan 9 yashar bolaning mozori topildi. Chuqurcha qazilib, bola skeleti unga chalqanchasiga yotqizilgan. Bola mozorining atrofi hayvon shoxlari bilan o’ralgan. Shoxlarning deyarli hammasi o’sha zamonda Boysun tog’i daralarida yashagan tog’ qo’chqori va Buxoro bug’usi shoxlari bo’lib chiqdi. G’orda qalin kul qatlami bor.
Qadimdan xalqlar savdo-sotiq yoki urushlar tufayli bir-biri haqida aniqroq ma'lumotlarga ega bo’la boshlagan. Sharqda Bobil, Ossuriya, Eron xukmdorlari o’zlarini ulug’lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarda bosib olingan va buysundirilgan mamlakatlar xalqlari haqida ko’plab ma'lumotlar qoldirgan. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflari o’z asarlarida qo’shni qabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati to’g’risida boy ma'lumotlar qoldirishgan. Eng yaxshi hollarda, bu tadqiqotlar uzoq muddatli etnografik dala ishlarini o'z ichiga olgan (masalan, Herbich 1987, Kramer 1997, Deal 1998, Dietler & Herbich 1998, Hinshaw 2000, Longacre & Skibo 2000, Kohn 2010).




    1. Download 59,05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish