I bob. Asosiy makroiqtisodiy modellar va ularning ahamiyati



Download 130,43 Kb.
bet1/15
Sana21.06.2022
Hajmi130,43 Kb.
#688249
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
I bob. Asosiy makroiqtisodiy modellar va ularning ahamiyati


MUNDARIJA:

KIRISH……………………..………………………………………………….....




I BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY MODELLAR VA ULARNING AHAMIYATI…………………………………..………………………………..




1.1. Makroiqtisodiy muvozanatlik modellari (AD-AS va IS-LM modeli)……………………….………....................................................................




1.2. Iqtisodiy o’sish modellari (E.Domar va R.Xarrod modeli)…………………………………….............................................................




II BOB. O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI MODELLEASHTIRISH .........




2.1. Makroiqtisodiy modellashtirishning O`zbekiston iqtisodiyotidagi o`rni……………………………………………………………………………….




2.2. O`zbekistonda makroiqtisodiy modellarni qo`llash bilan bog`liq muammolar va ularni hal etish yo`llari………………………………………...




Xulosa ….......................……………………………………………………..........




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…....………………………………..............




KIRISH
Iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiya va biznes muhitini yanada yaxshilash, milliy manfaatlarimiz uchun eng qulay tarzda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, iqtisodiy faollik darajasini oshirish kabi vazifalar davlat tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat samaradorligiga, uning ilmiy asoslanganligi hamda real voqelikni hisobga olib o‘tkazilayotganligiga bog‘liq.
Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi respublikamizda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o‘stirishning muhim sharti hamdir.
Shu boisdan Davlatimiz rahbari iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, “Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart.
Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
Oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin. Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy etishimiz lozim.
Iqtisodiyotning barqaror oʻsishi, birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bogʻliqdir. Qaysi sohada yuqori qiymatga ega mahsulot yaratilsa, biz ana shu sohani birinchi navbatda qoʻllab-quvvatlaymiz. Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishimiz lozim” – deb ta’kidladilar.1
Bozor iqtisodiyoti, ayniqsa vaqtinchalik yuzaga keladigan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, bashoratlash va boshqarish bo’yicha qarorlar qabul qilishda hamda ularni amaliyotga joriy etishda makroiqtisodiy modellardan foydalanish muhim o’rin tutadi. Jumladan, ko’p tarmoqli ishlab chiqarish jarayonlarida tarmoqlararo munosabatlarni modellarini qo’llash, tarmoqlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni samaradorligini aniqlash imkonini beradi.
Raqobarbardosh bozor sharoitida iste’molchilarning o’z daromad va jamg’armalariga qarab iste’mol uchun tayyor maxsulot yoki ishlab chiqarish uchun xomashyo maxsulotlarini tanlash holati yuzaga keladi. Bunday sharoitda is’te’mol tanlovi modellaridan foydalanish tanlovni samarali o’tkazish masalarini techishda yordam bersa, iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillardan birining o’zgarishi natijasida uning o’zgarish darajasini aniqlashda elastik nazariyani qo’llash yordamida moddiy ishlab chiqarish qonuniyatlari, taqsimoti va iste’molni o’rganish hamda iqtisodiyotda optimallashtirish masalalari yechiladi.Barcha iqtisodiy tadqiqotlar iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish natijasida amalga oshiriladi. O’zaro bog’lanishlarni tasavvur va tahlil qilish asosini esa iqtisodiy – statistik usullar va ekonometrik modellar tashkil etadi. Bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modelllaridan inflyatsiyani jilovlashda, muomaladagi pul miqdorini muvozanatda saqlab turishda va eng muhimi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishda keng foydalaniladi va bunday makroiqtisodiy muvozanatlik modellari bu jarayonlarni amalga oshirishda “yo’l xaritasi” sifatida namoyon bo’ladi.
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi.
Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin;

  1. Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = Yalpi ichki mahsulot.

  2. Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot.

  3. Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = milliy daromad

  4. Milliy daromad – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = shaxsiy daromad.

  5. Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar = Ixtiyordagi daromad.


  • IS-LM modeli va uni qiyosiy tahlil qilish

  • Makroiqtisodiy muvozanatning “Klassik” va “Keyns”cha modellarini tahlil qilish

  • Makroiqtisodiy prognozlash modellari va ularning tahlilini qilish

  • Prognozlashning matrisali modellarini nazariy tahlil qilish

  • Dinamik tarmoqlararo balans modellari asosida prognozlash

– Balans modelining prognozlashda qo`llanilishini tahlil qilish


Download 130,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish