I. bob. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi



Download 279,5 Kb.
bet3/4
Sana01.10.2019
Hajmi279,5 Kb.
#22847
1   2   3   4
Bog'liq
MILLIY TARBIYA diplom as


Тарбиявий воситаси сифатида ўқитувчининг шахсий намунаси ва обрўси, анъана ва қадриятлар, таълим муассасасидаги мухитнинг инсонпарварона эканлиги хизмат қилиши мумкин.

Фақат ахлоқий ва маънавий жиҳатдан комил шахсгина ижобий тарбиявий таъсир кўрсатишга қодир бўлиб, фақат мутахассис сифатида етилган кишигина ёшларга юксак маънавият хамда тақаккур соҳиби сифатида ўзининг ижодий ўзлигини намойиш қилишга ҳаракат қилиш туйғусини юқтириш мумкин.

Юксак маънавий комиллик, юрт озодлиги, ободлиги ва халқ фаровонли йўлида фидокорона меҳнат қилиш, ўзига ва атрофдагиларга нисбатан талабчан бўлиш, ўзида иродавий сифатларни тарбиялай олиш, интилувчанлик, ташаббускорлик, ташкилотчилик, ижодкорлик ҳамда мустақил фикрлаш лаёқатига эга бўлиш каби хислатларни мустақил Ўзбекистон Республикаси ҳаётида устувор бўлган тамойиллар сифатида эътироф этиш мумкин.


    1. Milliy tarbiya tushunchasining ma’naviy talqini.


O’zbekistonda davom etayotgan milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayoni ta’lim va tarbiya targ’ibotini ham isloh qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga payvand qilishni, yosh avlodlarda O’zbekiston vatanparvarlariga hos fazilatlarning tarihiy o’zaklarini aniqlashni, o’zbek xalqi tarihi, tili, ma’naviyati, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy-tarbiyaviy tadqiq qilishni talab etmoqda. Ana shu nuqtai nazardan tadqiqotimiz mavzusi milliy pedagogik tarih qirralarini ham o’rganishni talab qiladi. Chunki tarih o’zbek xalqi oldiga qachon, qanday tarbiyaviy talablar qo’yganligini; davr o’zgarishi bilan milliy tarbiyada fe’l-atvorimizda qay sifatlar qaysi tomonlarga o’zgarganligi, qaysi sifatlar o’zgarmay, avloddan-avlodga meros bo’lib etib kelganligini aniqlash respublikamizda milliy ma’naviyatni o’rganish, tiklash va istiqbolini belgilash nuqtai nazaridan g’oyat qimmatlidir.

Markaziy Osiyo xalqlari, ularning turmush tarzi, odatlari bilan jahonning atoqli tarihchilari qiziqib kelishgan. Buni tarihchi Strabonning asarlaridagi massagetlar ahloqiy tasavvurlari haqidagi ma’lumotlardan ham ko’rish mumkin. Uning yozishicha, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o’lkamiz hududida ko’plab qabilalarga bo’linib yashagan. Ular uchun o’zaro halollik, adolatlilik hamma narsadan ustun qadriyatlar hisoblangan.



O’tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo’lgan farzandni orzu qilishganini anglash uchun xalqimiz uzoq tarih davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. O’zbek xalq og’zaki ijodiyoti namunalarida tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, g’ururlilik, sadoqatli (jon do’sti) do’st bo’la olish, o’z burchini, o’z so’zini oqlash, mardlik, jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo’lgan. O’zbek olimi, professor Y. Jumaboevning qayd qilishicha, ajdoddarimiz « ... o’z burchini ado etish, dushman ustidan g’alaba qilshl yo’lida qahramonlarcha o’z jonlaridan kechishga, har qanday mashaqqatlarga bardosh berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o’z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to ohirigacha kurashishga shay» turganlar.

Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon bo’lganligini sak qabilasiga mansub cho’pon Shiroqning eramizdan avvalgi 519 yilda ko’rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin. Grek tarihchisi Gerodot shoh Doroning O’rta Osiyoga qilgan hujumi haqida hikoya qila turib, Shiroqning mingboshi Ranosbatga qarata aytgan quyidagi so’zlarini keltiradi:

« — Men g’alaba qildim, chunki saklarni, mening yurt-doshlarimni sizlarning hammangizda saqlash uchun men siz forslarni ochlik va chanqoqlik azobiga mubtalo etib, holdan toydirishga muvaffaq bo’ldim».

Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarihiy umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada ham umumiylik mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Bu haqda islomgacha davr madaniyati tarihi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, O’rhun-Enisey yozma obidalari, maniheylik, mazdakizm kabi oqimlar ta’limotlarini o’rgangan olimlarning ilmiy hulosalari mavjud. Avestoning eng eski qismlaridan biri «Yasna»da chorvadorning adolatli, oqil va hur-matga sazovor bo’lishi maqsadiga etkazishini e’tiqod darajasiga ko’tarishgan. Lekin qo’lida qurol bilan, zo’rlik ishlatib, yaylovlarni er bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-toroj qiluvchi ko’chmanchilarni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada, qadimgi ajdolarimiz nazdidayoq adolatsizlik natijasida «biz» — «ular» (bosqinchilar) antitezasi paydo bo’lgan. Bu esa o’z navbatida yosh avlodlarda vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan.

Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida ahloqiy uchlik: o’y-niyat—so’z—ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug’atimizga kirib kelgan «vijdon» so’zi bilan ham ifodalash mumkin. «Men Yahshi niyat, Yahshi so’z va Yahshi ishga shon-shavkat bahsh etaman. Men yahshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat bahsh etaman» — deb yozilgan «Yasna»da. «Yahshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtoj va havf-hatar ostida qolganda ko’maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baht-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvliqda, o’z maslakdosh birodarlari bilan do’stlik va hamkorliqda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o’z fikri-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yahshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yahshi niyatini yo’qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi», — deb hisoblangan.

Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo’shilishga, el bilan birga bo’lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o’z-o’zidan ko’rinib turibdi. Zamonlar o’tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo’yiladi-gan talablar ham o’zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o’zlaridagi hislatlarning nafaqat Hudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg’ay bordilar. Jumladan, yahshi so’zlar — ahliga vafodorlik, berilgan va’dani oqlah, hamma oldi-berdilarda halol bo’lish, o’zgalarning haqini yemaslik, buzuqlikdan o’zini to’htata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyib bordi.

Ma’naviyat – nur, ma’naviyatli shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o‘zligini anglagan, o‘zining borliqdagi o‘rni va vazifasini tushunib etgan, haqiqat oldidagi o‘z maqomiga loyiq bo‘lish va burchini ijro etish ma’suliyatini zimmasiga ola biladigan inson. Millat ma’naviyati, o‘z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir.

Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq halqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davomi etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbek xalqi milliy ma’naviyat jahon xalqlari madaniyati tarixida o‘ziga xos bebaho o‘ringa ega. Jahon madaniyati qadriyatlarini boyitish, sermazmun, o‘ziga xos xususiyatlari bilan kishini o‘ziga tortadi.

Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik huquqiy, siyosiy badiiy, ekologik qarashlar, butun insoniyatning mulki bo‘lgan boshqa qadriyatlardan iboratdir. Xaqiqatan madaniyat-umuminsoniy hodisa.

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da «ma’naviy –axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar»ga alohida o‘rin berilgan. Unda aytilishicha, «YOsh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qoidalariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etiladi» Demak, milliy ma’naviyat va uning asosiy mohiyati;



Birinchidan, islohotlarning ikkinchi bosqichida ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk insonlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish; Ikkinchidan, halq xo‘jaligining barcha sohalarida ma’naviy poklikka to‘la erishish; Uchinchidan, milliy qadriyatlarni to‘la tiklash va shu asosida milliy iftixor tuyG‘ularini shakllantirish; To‘rtinchidan, O‘zbekiston mustaqilligini rivojlantirish va takomillashtirish ishlarida faol qatnashish, bu yo‘lda fidoyilik namularini ko‘rsatish; Beshinchidan, mustaqil jamiyat va uning taraqqiyoti uchun halol xizmat qilish. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat ekanligiga ishonch tuyg‘ularini tarbiyalash; Oltinchidan, mustaqil hukumatimiz chiqargan qaror va qonunlarga, Prezident Farmonlariga sodiq bo‘lish, qadrlash va amal qilishdan iboratdir.

Barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirishda quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish kutilgan samarani beradi:

1.SHaxs irodasini shakllantirish. Iroda ichki, ammo muhim insoniy sifatdir. Iroda kishida bilish, his qilish va chiniqish quvvatini hosil qiladi. Iroda vositasida shaxs olam va odamni, voqea va hodisalarning sabablarini anglab etadi, haqiqatni his qiladi va yaxshilik – yomonlik ta’sirlarida bardosh berish ko‘nikmasini hosil qiladi. SHaxs irodasi shakllantiriladi, u o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. SHu ma’noda Irodani shaxs jamiyatning ongli individi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, buning aksi bo‘lgan irodasiz kishi esa ongsiz, mute va o‘zgalarga «qul» sifatida shakllanadi.

2. SHaxsni haqiqatgo‘y sifatida voyaga etkazish. Haqiqatgo‘ylik muhim ahloqiy qadiryat sifatida shaxsning ma’naviy ahloqiy qiyofasida muhim o‘rin tutadi. Haqiqatga intilish shaxsni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga turtki beradi. SHu ma’noda haqiqatgo‘ylik shaxsning xarakterini shakllantiruvchi omillardan biridir.

3. SHaxsni insonparvar sifatida voyaga etkazish. Insonparvarlik shaxs faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi va uni baholovchi muxim fazilatdir. SHaxs o‘z faoliyatida insonparvarlik fazilatini namoyon qilmas ekan, u jamiyatning ilg‘or kishisiga aylana olmaydi.

Zero, jamiyatimiz rivojining hozirgi bosqichida ma’anviy ahloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. CHunki jamiyatimiz demokratik qadriyatlarni qabul qilib borgan sari uning a’zolarini «tarbiyalash»ga bo‘lgan davogarlar ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, turli diniy oqimlar o‘zlarining mutaassibona, illyuzion xususiyatlarga boy tarbiya yo‘llarini tiqishtirishga urinishmoqda. Bunday sharoitda ma’naviy –ahloqiy tarbiya yo‘nalishlarini aniq belgilab olish dolzarb hisoblanadi.

SHu ma’noda ma’naviy – ahloqiy tarbiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

1. Maqsadlilik.

2. Onglilik.

3. Samaradorlik.



II. BOB. FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY TARBIYA MA’NAVIYATINING AHAMIYATI
2.1. “Milliy tarbiya, fuqarolik jamiyati” tushunchalarining mohiyati va ularning bog’liqligi

Mamlakatimizda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash hamda jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatimiz ma’naviy hayotida amal qilayotgan milliy mafkuraning bosh gʻoyasida shaxs va millatning ozod va erkin yashashi, Vatan ravnaqi yoʻlida ulardagi barcha imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, orzu-intilishlarini amalga oshirishdek ulugʻ maqsadlar mujassamlashgan. Aynan ushbu vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy-huquqiy sohalardagi ijtimoiy-siyosiy institutlarning oʻrni va roli muhim ahamiyat kasb etadi.

Tabiiyki, shaxs, millat va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish oʻzining milliy-gʻoyaviy asoslariga ega. Ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyati asosida milliy gʻoyaga tayangan xolda institutlar faoliyatida milliy an’ana va qadriyatlarni rivojlantirishning quyidagi negizlari mavjud:

1) Milliy madaniy meros va qadriyatlarni saqlash, yangi madaniyat namunalarini yaratish ishini ragʻbatlantirish.

2) milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda jamiyat a’zolarini ijtimoiy faolligini oshirish, faol yoshlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish, hozirda amal qilayotgan ta’lim jarayoni bilan uzviy holda samarali va ta’sirchan tarbiya vositalaridan foydalanish, jamiyat ma’naviy hayotini yanada yuksaltirish, undagi ilgʻor usullarni saqlab qolgan holda, dunyodagi ilgʻor texnologiyalar bilan boyitishni taqozo etadi. Va yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirishda milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarning bir soʻz bilan aytganda, milliy ma’naviy va madaniy meroslarning oʻrni katta, ularning tub mohiyatini teran anglash, yoshlar ma’naviy dunyosining goʻzal boʻlishiga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati Zangiota Tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji va Toshkent shahar Yunusobod Mashinasozlik kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov jarayonida ma’lum boʻldiki, “Oilangizda oʻzbek xalqi tarixi va uning milliy qadriyatlari toʻgʻrisida suhbat olib borasizlarmi?” degan savolga 24,3 % oʻquvchi yoshlar oilasida oʻzbek xalqi tarixi va uning milliy qadriyatlari toʻgʻrisida suhbat olib borilishi aniqlandi. 48,6 % oʻquvchi yoshlar oilasida bunday mavzudagi suhbatlar ba’zi vaqtlarda, 13,5 % oʻquvchi yoshlar oilasida umuman olib borilmasligi, yana shuncha foiz oʻquvchi yoshlar ayta olishi qiyin ekanligi aniqlandi.6

Bundan tashqari, “Siz barkamol inson boʻlib yetishishingizga ishonasizmi?” degan savolga, 72,9 % oʻquvchi yoshlar barkamol inson boʻlib yetishishiga ishonishi, 10,8 % oʻquvchi yoshlar esa shubhasiz toʻliq ishonishi, 10,8 % oʻquvchi yoshlar qisman ishonishi, 5,4 % esa, ishonmasligi aniqlandi.7 Demak, yuqoridagi natijalardan aniq boʻladiki, yoshlar oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy va tarbiyabiy ishlar yanada samarali va koʻp olib borilishi talab etiladi.

Shuningdek, bugungi kunda barkamol avlod, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishdan asosiy maqsad xalqaro miqyosda tobora avj olib borayotgan, shaxsning jamiyat hayotida faollashuviga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi, buzgʻunchi yovuz gʻoyalarga tayangan omillarga qarshi kurash, ularni bartaraf etishdek oʻta murakkab va mashaqqatli vazifalarni bajarish zarur. Yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish jarayoni ketayotgan bir paytda, ularning ongini puch gʻoyalar bilan toʻldirishga, oʻy-fikrlarini buzgʻunchi narsalarga band qilishga urinishlar ham bolayotganligini e’tirof etish mumkin. Buzgʻunchi gʻoyalarni targʻib qilishning asosiy quroli sifatida OAV xossatan, internet tarmoqlari tanlanmoqda. Internetning foydali tarafidan farqli oʻlaroq, salbiy oqibatlaridan oʻquvchi yoshlar qay darajada xabardor ekanliklarini bilish maqsadida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovda quyidagi natijalar aniqlandi. 52,7 % oʻquvchi yoshlar internetning salbiy oqibatlari borligini, 33,3 % oʻquvchi yoshlar biroz, 13,8 % esa internetning salbiy oqibatlari yoʻqligini aytishdi. Bundan shu narsa, ma’lumki, hali aksariyat oʻquvchi yoshlar internetning salbiy oqibatlari haqida xabardor emas.8

Yuksak ma’naviyatni shakllantirishda, yosh avlodni erkin, mustaqil fikrlashi, hayot voqealigini toʻgʻri tahlil qila olish va baholay olish kabi koʻnikmalarni qaror topishida ijtimoiy-siyosiy institutlar muhim oʻrin egallaydi. Hozirda, gʻarbdan bizga kirib kelayotgan, shaxs tomonidan mavjud ijtimoiy voqealikni tanqidiy asosda tahlil qilish, fikrlash tamoyiliga e’tibor kuchaymoqda. Yot gʻoya, axborot hurujlari ma’naviy tahdidlar, ommaviy madaniyat, shu orqali bizdagi mavjud sharqona ma’naviy qadriyatlarni sindirib, ularning oʻrniga oʻzlarining tafakkur tarzini va shu orqali turmush tarzini olib kirishga intilmoqdalar.

Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan shaxs va ijtimoiy guruhlar muayyan nodavlat notijoriy tashkilotlari orqali oʻzlarining turli ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va boshqa manfaatlarini amalga oshirib borib, jamiyatni boshqarishda faol qatnashadi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki milliy gʻoyaning umuminsoniy negizi boʻlgan qonun ustuvorligiga asoslangan holda ijtimoiy munosabatlar shakllantirib boradi. Ana shunday boshqaruv mexanizmiga asoslangan davlat va jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyili yanada toʻlaroq amal qilish uchun shart-sharoit yaratiladi.

Siyosiy ong va madaniyatni shakllantirishda mamlakatimiz ijtimoiy hayotda faoliyat koʻrsatayotgan ijtimoiy-siyosiy institutlar mafkuraviy jarayonlarda ham va shu orqali ijtimoiy faol yoshlar ishtirok etayotganligini bildiradi, oʻziga xos mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun ham “Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashi bu boradagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirib borishi, Inson huquqlari milliy markazi, Ma’rifatparvarlar jamiyati, Oila markazi, Ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar oʻz faoliyatini milliy istiqlol mafkurasi bilan uygʻun holda tashkil etishi maqsadga muvofiqdir” deyiladi. Shuningdek, milliy gʻoya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishga moddiy, ma’naviy va mafkuraviy jihatdan koʻmak beradigan “Kamolot” YIH, Siyosiy partiyalar, Kasaba uyushmalari, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, “Sogʻlom avlod”, “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Imom Buxoriy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, ijtimoiy-siyosiy institutlar va boshqa jamoat tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu yoshlarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Yuqorida bayon qilingan fikr va mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish joiz:

1. Oʻzbekistonning oʻziga xos va oʻziga mos taraqqiyot yoʻli demokratik huquqiy davlatni barpo etish orqali fuqarolik jamiyatiga qonuniy oʻtish ekanligini e’tiborga olgan xolda mamlakatimiz miqyosida yoshlarning turli talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy institutlar muhim oʻrin tutadi.

2. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida institutlarni erkin samarali ish yuritishi - fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslari va kafolatlari qay darajada yaratilganligi bilan belgilanadi;

3. Xalqimiz tabiatidagi demokratiyaga moyillik, adolatsevarlik, taraqqiyotparvarlik va azaldan qon-qonimizga singib ketgan xalqchilligimizning mavjudligi va uning bardavom boʻlishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni qanchalik ma’naviyatli ekaniga bogʻliq. Yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, milliy an’ana va qadriyatlarni tiklash va rivojlantirishdagi oʻrni va roli muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan holda bu jarayonni tizimli tarzda mudom amalga oshirish va uning targʻibot-tashviqotida yangi zamonaviy mexanizmlardan foydalanilgan holda olib borishdan iborat.

Yuqorida keltirilgan xulosalarga asoslanib, qoʻyidagi nazariy va amaliy tavsiyalarni keltirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:

- milliy gʻoya va mafkura masalasi bilan bogʻliq dolzarb muammolarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga ta’sirini oʻrganish, milliy manfaatlarimizga hayot tarzimizga zid boʻlgan zararli gʻoyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;

- bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi qaratilgan gʻoyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning gʻarazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni xushyorlikka va ogohlikka da’vat etish, olimlar, siyosatchi va mutaxassislar, ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targʻibot tizimini yoʻlga qoʻyish;

- yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirishga xizmat xizmat qiladigan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zarurligi;

- sogʻlom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish;

- milliy va xalqaro huquq normalarini qiyosiy tahlil qilish va yoshlar huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirishning zarurligi;

- yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ahamiyati muhim ijtimoiy-ma’naviy zarurat sifatida ortib bormoqda. Shu sababli har bir ta’lim dargohi ma’naviy-ma’rifiy ishlari mazmuni va ularni yanada takomillashtirishni, ya’ni mafkuraviy muammolarni va gʻoyaviy kurash masalasini yanada chuqur ilmiy-pedagogik tahlil qilish, talaba-yoshlarda amaliy mafkuraviy koʻnikmalarni shakllantirish yoʻllarini yaxshilash, talabalarni mafkuraviy targʻibotga tayyorlash metodlarini ishlab chiqishni talab etadi;

- ommaviy axborot vositalaridagi mavjud shakl va usullarini oʻzgartirishimiz, ularni milliy manfaatlarimiz va zamonaviy mezonlarga muvofiqlashtirish, boshqa sohalar kabi ommaviy axborot vositalarida ham tahdidlariga qarshi barcha zamonaviy vositalardan foydalanishimiz kerak;

- ommaviy axborot vositalarida ichki va tashqi siyosatda roʻy berayotgan fakt va voqealarni yoritishda yangicha yondoshuvlarni qoʻllash, milliy ommaviy axborot vositalari tizimining xalqaro miqyosdagi jamoatchilik fikriga ta’sirchanligini oshirish, dushmanlik kayfiyatida boʻlgan axborot vositalarining mafkuraviy xurujlariga matbuotdagi chiqishlar orqali munosib javob berish;

- ommaviy axborot vositalari orqali mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va Oʻzbekistonning xalqaro aloqalarini tahlil qilish borasida tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish.

Hozirgi davr ommaviy axborot vositalari oʻzining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan birgalikda, jiddiy muammolarga ham duch kelmoqda. Bunday muammolar jumlasiga milliy gʻoyaga zid boʻlgan axborot yoki xabarlarni tarqatilishi va manipulyatsiya qilinishi kabilarni keltirish mumkin.

Yoshlarda huquqiy madaniyatni oshirishda qoʻyilayotgan muammolar sirasiga ommaviy axborot vositalarini bu borada olib borayotgan ishlarida huquqiy axborotlar, targʻibot va tashviqot zerikarli, bir tomonlama yoki faqat faktlari bilan chegaralanib qolganida koʻrishimiz mumkin. “Moddiy va madaniy ne’matlarning hammasi birgalikda uygʻunlashgan chogʻidagina, haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin” – degan edi Farobiy. Darhaqiqat, aytish kerakki buni oldini olish avvalambor oʻzimizning qoʻlimizdadir. Yoshlarning oʻz qiziqishlari boʻyicha yoʻnaltirib, imkoniyat yaratib berish zarurdir. Holbuki, niholga qanchalik e`tibor bersak, shunchalik unib-oʻsadi. Shunday ekan yoshlarning huquqiy va axloqiy jihatdan tarbiyalanishi har birimizning zimmamizdagi yuksak mas’uliyatli vazifadir.

2. 2. Milliy tarbiyaning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi o’rni va ahamiyati
Yoshlar ta’limi va tarbiyasida, ularda ijtimoiy taraqqiyotning nazariy-metodologik masalalarini rivojlantirishda oʻqituvchining shaxsiy fazilatlari, nazariy, metodik tayyorgarligi hamda axloqiy qiyofasi birinchi darajali ahamiyatga ega. Shuning uchun ham XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligi hozirgi kunda hech kimga sir emas.

Oʻzbekiston demografik xususiyatiga koʻra yoshlar mamlakati hisoblanadi. Oʻziga xos ijtimoiy guruh sifatida yoshlar doimo olimlar tomonidan olib boriladigan tadqiqotlarning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda. Chunki, aynan ular yuz berayotgan oʻzgarishlarning indikatorlari boʻlib hisoblanadi va jamiyat rivojlanishining salohiyatini belgilab beradi. Ma’lumki, bugungi kunda Oʻzbekistonda 10 mln 675 ming kishi 18 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki butun aholining tahminan 35 foizini tashkil qiladi. 18 mln 300 ming kishi esa 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki, butun aholining 60 foizini tashkil qiladi. Aholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlarning mavjud muammolarini hal qilish, ularni hayotimizning haqiqatdan hal qiluvchi amaldagi kuchiga aylantirish toʻgʻrisida butun jamiyatning doimiy gʻamxorlik qilishi masalasi oʻz-oʻzidan jamoatchilikning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda.

Oʻzbekistonda bugun umumiy aholi soni 30 million 500 mingga yaqin kishini tashkil etmoqda.9 Bu raqamlar faqat yurtimiz aholisining son jihatdan oʻsishinigina koʻrsatib qolmay, u navqiron millat sifatida katta intellektual imkoniyatlarga ega ekanini ham namoyon etadi.

Oʻzbekiston oʻz istiqbolini yoshlarda koʻrishi sotsiolog olimlar oldiga ham ulkan vazifalarni qoʻyadiki, bu sharafli yumush jamiyatimizdagi muhim ijtimoiy qatlamning ijtimoiy qiyofasi, tavsifini, fe’li, orzu-niyatlari haqida doimo boxabarlikni ta’minlashdan tashqari ular faoliyatini optimallashtirish, ezgulikka yoʻnaltirib turish, oxir oqibatda esa barkamol avlodni tarbiyalashga hissa qoʻshishdan iboratdir.

Biroq, biror narsadan natija kutishdan avval biz oʻsha narsani chuqur anglab, masalaga ilmiy-amaliy yondashishimiz darkor. Shu jihatdan olganda davlatning yoshlar siyosati, kadrlar tayyorlash milliy dasturi samarasini oshirish uchun ham jamiyatimizdagi yoshlarni oʻziga xos qatlam sifatida chuqurroq oʻrganish sotsiologiyaning bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Bundan tashqari, yoshlarning ma’naviy kamolatini yanada yuksatirishga xizmat qilayotgan ijtimoiy-siyosiy institutlardan “Kamolot” YIH, Siyosiy partiyalar, Kasaba uyushmalari, Turli xil jamgʻarmalar, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa shu kabilarini misol keltirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 7800 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu koʻrsatgich 2000-yilga qaraganda 2,5 barobar koʻpdir.

Jumladan, “Kamolot” YIH yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, yoshlarda chuqur bilim, yuksak madaniyat hosil qilish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fazilatlarini yuksaltirish, zamonaviy ishbilarmonlik, tadbirkorlik omilkorlikni shakllantirish, yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, huquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish, hayotga tadbiq etish va boshqa vazifalarni bajaradi.

“Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga chuqur singdirish, yosh avlodning mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga keng jalb qilinishini ta`minlash.”-harakatning bugungi kundagi asosiy vazifalardan biridir.10 Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga ishonch bildirish, jamiyat va davlatning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hattoki, uning huquqiy asoslari ham taminlangan.

Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladigan yana bir tashkilot “Mahalla” institutidir. Mahalla instituti yurtimiz va xalqimizga xos milliy qadriyatlar va ma’naviyat sarchashmasidir. Oʻzaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, toʻy-tomosha, hashar va ma’rakalarni koʻpchilik bilan bahamjihat oʻtkazish kabi yumushlar azaldan mahalla hayotida oʻz aksini topgan.

Istiqlol yillarida mahalla hayoti bilan bogʻliq asriy an’ana va urf-odatlarimiz tiklanib, zamon bilan uygʻun rivojlanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususan, mahalla institutining oʻrni va rolini oshirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini hayotga joriy etishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mahallalarda olib borilayotgan amaliy ishlar aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mahallalarda sport maydonchalari barpo etilmoqda, mavjudlari ta’mirdan chiqarilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda.11

Darhaqiqat, mahallalardagi ijtimoiy muhit barqarorligiga erishish, yoshlarni turli yot gʻoya va mafkuralar ta’siridan asrash hamda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilmoqda. Bu ishlarga mas’ul boʻlgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar uchun oʻquv-seminarlar tashkil etilib, ularning malakasi oshirilmoqda.

Fuqarolik jamiyatiga xos qadriyatlardan biri fuqarolar istak va manfaatlarini demokratik institutlar vositasida davlat vazifasi darajasiga koʻtarish amaliyotiga erishishdir. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining institutlaridan biri sifatida Mazkur maqsadga erishishda muhim oʻrin tutadi.

Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlar qatlami ishtirokini ta’minlashda va ularning manfaatlarini himoyalashda ham siyosiy partiyalarning ta’siri kuchayib bormoqda. Yoshlarning ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini davlat organlari va turli nodavlat notijorat tashkilotlar vositasida himoyalash, mavjud muammolarini hal etish mumkin, lekin siyosiy partiyalarning ishtirokisiz yoshlarning siyosiy manfaatlarini himoyalash qiyin.

Partiyalarning yoshlar qatlamiga munosabatida umumiy jihatlar boʻlgani holda, dasturlarida ularning oʻz siyosiy platformalariga xos maqsad va vazifalar ham belgilanganligini qayd etish lozim.

Xulosa qilib aytish mumkinki, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni oʻz vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yoʻlidan chetda qolib ketishi muqarrar.

Hayot, taraqqiyot doimiy yuksalishda, yangi-yangi marralar sari odimlayveradi. Yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir yetuk mutaxassis yoshlar Vatanimiz rivoji yoʻlidagi ezgu sa’y-harakatlarni amalga oshiradigan, roʻyobga chiqaradigan qudratli kuchdir.

“Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga koʻmaklashmoqda”.12

Darhaqiqat, jamiyat fuqarolarining ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati katta. Har bir nodavlat notijorat tashkilotlar yoki ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyati kelajak avlod kamolotiga ta’sir etuvchi muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanadi. Jamiyatning ma’naviy salohiyati va davlat taraqqiyoti va farovonligiga oʻz hissasini qoʻshayotgan bu tashkilot va institutlarning kun sayin ortib borayotgani quvonarli hol, albatta. Lekin, shunga qaramay yoshlar ma’naviyatiga oid yuzaga kelayotgan muammolar ham yoʻq emas. Bu narsaga koʻz yumib ham boʻlmaydi. Chunki, birgina e’tiborsizlik, keyinchalik koʻpchilllikka tarqalishi va oxir-oqibat salbiy holatlarga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ijtimoiy-siyosiy institutlardan yanada ogohlik talab etiladi.
Sharq falsafasi va islom ta’limotida axloq, odob, ta’lim tarbiya masalalariga doimo katta e’tibor berib kelingan.

«Qadimgi ajdodlarimiz, - deydi I. Karimov,- komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, Sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo’ladi, Vatani, halqi uchun jonini fido etishga ham o’zini ayamaydi. Buning aksi ularoq, yolg’onchi, va’daboz kishida vataniarvarlik tuyg’usi bo’lmaydi»13.

Axloq ma’naviyatning shirayu sharbatidir. Inson akloqi shunchaki salom alik, hushmuomaladangina iborat emas. Axloq - bu avvalo, insof va adolat tuyg’usi, imon, halollik degani.

Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy siyosiy qadriyatlar alohida o’rin tutadi. erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e’zozlab, qadrlanib kelingan.

Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu tug’risida shunday so’zlar yozilgan: «O’zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-kimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»14.

Jahon halqlari tomonidan e’tirof etilgan, «Inson huquqlari va erkinliklari deklaratsiyasi»ga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir insonning fuqarolik shahsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari kafolatlangan, fuqarolarning burchlari belgilab qo’yilgan.

Respublikamiz barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, konun oldida tengdirlar. Konstitutsiyada yozib qo’yilgandek, «O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi»15.

Boshqa halqlar, millatlarga nisbatan do’stlik birodarlik munosabatida bo’lishi — bu o’zbek halqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Halqimiz hech qachon o’zini boshqa halqdan ustun qo’ymagan. Boshqa millatlarga, boshqa mazhab vakillariga munosib darajada ehtirom ko’rsatgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz milliy belgi bo’yicha har qanaqa farqlashlarga qat’iyan qarshi chiqamiz. Jahonda katta va kichik millatlar va elatlar yo’q. Ularning har biri asriy barqaror va tengi yo’q an’analari bilan, tarihiy merosining boyligi bilan, milliy ruhining umumiyligi bilan, madaniyatining o’ziga hosligi bilan ahamiyatlidir. «Respublika aholisi orasida ko’pcxilikni tashkil qilgan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy madaniyati va tarihini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli halqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga hos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas’ul bo’lishdan ham iboratdir.

Fuqarolar o’rtasidagi tinchlik, millatlararo totuvlik va do’stlik, ularni saqlash va mustahkamlashga intilish doimo halqimizning o’ziga hos fazilati bo’­lib keldi va shunday bo’lib qolmokda»16.

Ijtimoiy siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo’lga kiritilgan barqarorlik, tinchlik totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi.

«Ko’p millatli jamiyatimizda, - deydi I. Karimov, - ijtimoiy siyosiy barqarorlik fuqarolar o’tasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi mustaqil O’zbekistonning bunyod bo’lishi va rivojlanishining birinchi, boshlang’ich bosqichida qo’lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo’ldi» 17.

Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - bular davlatcxiligimizning yangi binosi barpo qilinadigan poydevordir. Bu bizni ertangi porloq. kunimizga olib boradigan yo’ldir. Tinchlik va barqarorlik — bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashtiruvchi vositadir. «Insonparvarlik, yahsxilik sofdillik singari umuminsoniy qadriyatlarni qabul qilgan va birgalikda barham ko’rgan mamlakatgina, halqgina butun dunyo halqlariga yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqli, o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatilishi mumkin»18. Yuqorida biz qadriyatlarning asosiy turlariga to’htalib o’tdiq holos. Qadriyatlar mohiyati shular bilan chegaralanib qolmaydi, albatta.

Qadriyatlar sub’ektini inobatga olgan holda, turli shakldagi mulkdorlarga tegishli bo’lgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarning mavjudligini eslatib o’tish joizdir.

Ma’lumki, jumhuriyatimiz iqtisodiyoti negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. «O’zbekis­tan Respublikasida mulkcxilik tug’risida»gi qonuniga 1993 yil 7 mayda qilingan qo’shimchaga muvofiq hozir mamlakatimizda besh xil mulk shakli mavjud. Ularga quyidagilar kiradi: 1) xususiy mulk; 2) shirkat (jamoa) mulki; 3) davlat mulki; 4) aralash mulklar; 5) boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shahslarining mulki.

Yuqorida ko’rsatilgan mulk egalarining tasarrufidagi moddiy va ma’naviy boyliklar — turli mulk ega­larining qadriyatlarini tashkil etadi.

Xususiy qadriyatlarga oila va oila a’zolarining mulklari, ularning xususiy tadbirkorlik asosida orttirgan moddiy va ma’naviy boyliklari kiradi. «Xususiy tadbirkorlik va tashabbusni qo’llab-quvvatlash haqida»gi qonunning qabul qilinishi tufayli keyingi ikki-uch yilda jumhuriyatimizda kichik tadbirkorlik faoliyati keng rivojlanib bormoqda.

Konstitutsiyamizga muvofiq «xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat konunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

Mulkdor mulkiga o’z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi»1.

Jamiyatning negizini tashkil qiluvchi oila — eng ulug’ qadriyat bo’lib hisoblanadi. Unda odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. «O’zbeklarning aksariyati o’zining shahsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining, qarindosh urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon esonligi tug’risida g’amho’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir»1.

Jamoa, kooperativ, fermer ho’jaliklari, o’rta va kichik korxonalarning faoliyati bilan uzviy borlik bo’lgan moddiy va ma’naviy mulklarning majmuasi, ularning orzu umidlari, iymon e’tiqodlari shirkat (jamoa) qadriyatlari turkumini tashkil etadi.

Davlat qadriyatlariga uning tasarrufida bo’lgan er osti va er usti boyliklari, moddiy va ma’naviy mulklari, suverenitet va hududiy yahlitligi, aholining tinch hayoti va havfsizligi, davlat ramzlari — bayrog’i, gerbi va madhiyasi, qurolli kuchlari, moliya, pul, kredit tizimi qabilar kiradi.

Har xil mulk egalarining, MDH va horijiy mamlakatlar, turli tashkilotlar bilan hamkorlikda tuzilgan qo’shma korxonalarning mol mulklari, moddiy va ma’naviy boyliklari — aralash mulkni, qo’shma qadriyatlarni tashkil etadi.

Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar, shuningdek yuridik va jismoniy shahslarning mulklari ham alohida qadriyatlarni tashkil etadi. Ularning dahlsizligi konun bilan kafolatlanadi. Respublikamizda barcha fuqarolar va yuridik shahslarga ishbilarmonlikni rivojlantirish, ho’jalik faoliyatining qonun tomonidan man etilmagan barcha turlarini amalga oshirish uchun teng imkoniyatlar yaratib berilgan.

Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko’ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo’linadi.

Milliy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati, tarihi, urf odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.

Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g’oyagina emas, balki tuyg’u hamdir. Bu tuyg’u kishida millatning tarihi, ruhiyati, hozirgi holati va xususiyatini tushunish, his qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’ypyp bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarni anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki, millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy his-tuyg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan mahrum qilishga urinish tarih va insoniyat oldidagi eng katta jinoyatdir.

Har bir ruhan sog’lom kishida o’z qadr qimmatini saqlash, o’zini hurmat qilish tuyg’usi mavjud. Har bir millatda ham huddi shu holatni ko’ramiz. Millatlarning o’z o’zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi.

Milliy qadriyatlarning e’zozlanishi va kuchayib borishi zinhor milliy hudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak SHuning uchun ham bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag’rikengliq sahovat talab qilinadi. Zotan, milliy qadriyatlarning o’zi ayni paytda, mintaqaviy yoki umuminsoniy qadriyatlarning uzviy qismi sifatida namoyon bo’ladi.

Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarihi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo’lgan halqlar manfaatlariga hizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi.

Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida Markaziy Osiyo hududida istiqomat qiluvchi o’zbeq qozoq, tojiq qirg’iz, turkman halqlariga hos bo’lgan qadriyatlarni eslatib o’tishimiz mumkin. Buyuk Turon diyorida unib o’sgan mazkur halqlarning tarihi, tili, mada­niyati, dini, urf odat va an’analarida juda ko’p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir birlariga orasini, quda qudag’ay bo’lganlar, hozir ham bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur halqlarning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, savdo sotiq. munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.

Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan halqlarimiz tarihimizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g’urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotiing o’zi taqozo qilmoqda.

Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy hududni tashkil qilish, Orol muammolarini hal etish, ekologik havfsizlikni ta’minlash, mintaqamizda yashovchi halqlarni tibbiy, ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarihiy, ma’naviy merosimizni avaylab asrash qabilar kiradi.

Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni jihatdan chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va halqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq koladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi birorta halq va millat o’zidan boshqa halq va millatlardan, umuman jahon tsivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan, alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa halqlarning madaniy ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. SHu sababli, barcha halqlarning ijtimoiy iqtisodiy, madaniy ma’naviy rivojlanishi, tarihi bir biri bilan chambarchas bo’lib ketgan.

Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining tarakqiyoti bilan bog’lik bo’lgan umum­bashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari er yuzida ilm fanini taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini to’htatish, xalqaro havfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat hom ashyosi, ener­giya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon okeani resurslarini o’zlashtirish bilan bog’lik bo’lgan muammolar kiradi.

Qadriyatlarning jamiyat taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta’siri nuqtai nazaridan progressiv va reakion qadriyatlarga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, mada­niyati va ma’naviyatining ilgari qarab rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil Respublikamizni har tomonlama ravnaq toptirib, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shishga astoydil hizmat qiladigan qadriyatlar — bu progressiv qadriyatlarni tashkil etadi. Aksincha, jumhuriyatimizning oldida turgan ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy. madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga tusqinlik qiladigan hodisalar reaktsion qadriyatlarga kiradi.




Download 279,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish