I bob. Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning nazariy va uslubiy asoslari


-rasm. Iqtisodiyotda raqobatning shakllanish jarayonlari



Download 1,54 Mb.
bet5/29
Sana20.06.2022
Hajmi1,54 Mb.
#683016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Fermer xo`jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo`nalishlari (buxoro tuman fermer xo`jaligi materiallari asosida)

1-rasm. Iqtisodiyotda raqobatning shakllanish jarayonlari.11
Raqobatlashuvning har qanday shakli narx mexanizmini qo‘llashga asoslanadi. Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxlariga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Narx bo‘yicha raqobat sotilayotgan mahsulotga nisbatan narx diskriminatsiyasi bilan tavsiflanadi. Narx bo‘yicha diskriminatsiya ko‘pincha xizmat ko‘rsatish chog‘ida qo‘llaniladi (shifokor, advokat, mehmonxona egasi xizmatlari, tez nobud bo‘luvchi mahsulotlarni tashish xizmati). Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladi va bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga karaganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina tovarining yakka qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushirish imkonini beradi. Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri–demping narxlarni qo‘llashdir.
Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlar bo‘yicha chiqaradi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish, mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi. Narxsiz raqobat mahsulot sifatini hamda uni sotish sharoitlarini takomillashtirish orqali amalga oshirilib, birinchidan, tovarning texnik jihatlarini takomillashtirish; ikkinchidan tovarning iste’molchi ehtiyojlariga moslashuvini yaxshilashda namoyon bo‘ladi. Raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi bilan emas, balki uning sifati, servisni tashkil qilish, u yoki bu mahsulot ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi. Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi kerak. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotilishini rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanish iste’molchiga bozorda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda. Fermer xo‘jaliklari faoliyatining barqarorligini ta’minlashda ularning mamlakat ichki bozoridagi mavqeini mustahkamlanishida raqobat muhitining shakllanishi va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu jarayonni asoslash, avvalambor nazariy jihatdan raqobat muhiti, raqobatbardoshlik tushunchalariga bozor iqtisodiyotiga o‘tish nuqtai nazaridan aniqlik kiritishni taqozo etadi. Fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirishda, dastavval raqobat muhiti shakllanmog‘i lozim. Vaholanki, raqobatbardoshlik, raqobat muhiti bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligini inobatga oladigan bo‘lsak, raqobatbardosh mahsulot raqobat muhitining mahsuli hisoblanadi. Shuning uchun ham, ushbu ikki tushuncha bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli ham, ularni majmuaviy holda tadqiq qilish fermer xo‘jaliklarini raqobatbardoshligini oshirishning yo‘llarini belgilashda muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu kategoriyalarga olimlarning berayotgan tavsifining aksariyatida majmuaviy tahlil qilishga harakat qilinganligini ta’kidlash joiz. Shu nuqtai nazardan ham, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, bevosita fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va ustuvor rivojlanishi davrida raqobatbardoshlik tushunchasini asoslashda U.M.Mo‘minovning ilmiy qarashlarini nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham mavjud sharoitga mos kelishini ta’kidlash joiz. Bizning fikrimizcha, U. M. Mo‘minovning «raqobatbardoshlik – bu raqobatchilar o‘rtasidagi mahsulotga nisbatan baho beruvchi yuqori malakali ishchilar mehnatidan foydalanilgan mashinalar tizimi, optimallashtirilgan va shunga moslashtirilgan intensiv texnologiyalar qo‘llanishi tufayli yuzaga kelgan yakuniy natija hisobiga olingan belgi, deb qaralishi mantiqiy asosga ega. Raqobat muhiti esa, ushbu belgiga ega bo‘lgan mahsulotni etishtirish, qayta ishlash, ayirboshlash va sotish uchun yaratilgan shartsharoitlardan iborat»12 deb bergan ta’rifi tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari va ta’sir etish jihatlarini hisobga olgan holda yondashilganligidan dalolat beradi. Ushbu ta’riflarda tarmoqda raqobatbardoshlikning mavjud bo‘lishida fermer xo‘jaliklarining turli tabiiy-iqtisodiy sharoitda faoliyat yuritishlari, aksariyat qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘z joylashuviga ko‘ra, qulay joylarni tanlash imkoniyatiga ega emasligi sababli, qulay tabiiy sharoitda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga nisbatan raqobat ustuvorligiga ega bo‘la olmasligi va tabiiy-iqtisodiy tabaqalanishning saqlanib qolishi to‘liq o‘zining aksini topganligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham, biz fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligining shakllanishi va rivojlanishi qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda raqobat, raqobatbardoshlik va raqobat muhiti o‘zaro yaqin bo‘lib, bir-birini to‘ldirib turadi. Fermer xo‘jaligining mahsuloti va uning raqobatbardoshligini raqobatning natijasi, aksincha, raqobatbardoshlik bo‘lmasa, raqobatning mavjud emasligi hamda ushbu muhitning yaratilmaganligi natijasi deyish mumkin.
Bizning fikrimizcha, fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligining shakllanishi va rivojlanishi o‘zaro bir-birini to‘diruvchi: mahsulot etishtiruvchi-fermer xo‘jaligi, sotuvchi, qayta ishlovchi, xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar va ular munosabatlarining shakllangan sharoiti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini takror ishlab chiqarish tizimida biologik, texnikaviy, iqtisodiy jarayonlarning ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va iste’mol qilish bosqichlarida namoyon bo‘lishi va fermer xo‘jaliklarining ustuvorlikni egallash uchun bo‘ladigan kurashi hamda mahsulotni narx, sifat va ekologik ko‘rsatkichlar orqali xaridorlar talab, istak-xohishlarini qondira olishi hamda ma’lum vaqt mobaynida raqobatchilar mahsulotidan ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunligi bilan bog‘liq munosabatlardan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida fermer xo‘jaliklarining barqaror rivojlanishi va faoliyatining iqtisodiy samaradorligini pasayishiga, tabiiy imkoniyatdan to‘g‘ri va unumli foydalanmaslik natijasida mahsulot etishtirish sarf-xarajatlarining ko‘payishi, sifatining past bo‘lishi kabi omillar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa, raqobatbardoshlikni tizimlashtirib o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish