I bob ijtimoiy reabilitatsiya tushunchasi mohiyati



Download 42,18 Kb.
bet4/7
Sana18.07.2022
Hajmi42,18 Kb.
#824437
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asadov shoxruh ijtimoiy pedagogika

I Bob bo`yicha xulosa
jtimoiy pedagogikada metod (methodos)-bu shaxsning ijtimoiylashuviga va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, pozitiv ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirishga qaratilgan bola qamda ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir. Ijtimoiy pedagog tomonidan qollaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif etiladi:
1.Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, sotsiologik savol-javob ishlari, ekspertizadan otkazish va h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h.k) kiradi.
2.Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar, savol-javoblar, loyiqa testlari, sotsiometriya), psixokorrektsiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi.
3.Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta'lim-tarbiya berish
metodlari)
4.Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta'sir korsatish, ijtimoiy pedagogik hamkorlik qilish va h.k) Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta.


IIBob Mavzuning empirik o`rganilishi
2.1 O`zbekistonda SOS bolalar mahallasining faoliyati
O`zbekistonda bir qancha ijtimoiy rebilitatsion muassalar mavjud. Bolalar koloniyalari, Bolalar uylari, mehribonlik uylari, Sos bolalar mahallalari shular jumlasidandur Shular orasidan biz SOS bolalar mahallalariga to`xtalamiz.SOS bolalar mahallarining kelib chiqish tarixi. SOS - bolalar qishloqchasi - bu yetim qolgan yoki ota-ona qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos usuli. Bu usulga avstriyalik pedagog German Gmayner asos solgan. Bugungi kunda dunyoning 124 mamlakatida keng qo‘llanib kelmoqda. SOS- bolalar qishloqchasi bir necha kottedj-uylardan iborat. Ularning har birida «ona» va 6-8 ta bola yashaydi. Bu bolalar yoki ota-onasidan yetim qolgan, yoki ularning ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. Qishloqda hech kim ulardan haqiqiy hayotlarini va ularga «onalik» qilayotgan odam aslida onalari emasligini yashirmaydi. Bolalar qishloqchasidagi alohida uylarda onalarning yordamchilari- «xolalari» ham yashaydi. Ular dam olish kunlari «ona» kasal bo‘lib qolganda, yoki biror ish bilan uydan ketganda «ona» ning o‘rnini bosadilar.
Qishloqchani direktor boshqaradi. U qishloqchadagi alohida uyda oilasi bilan birga yashaydi. Direktorlik vazifasidan tashqari u qishloqchadagi barcha bolalarga ota va erkak kishining namunasidir. Albatta, qishloqchada boshqa erkak kishilar- direktor o‘rinbosari, usta, haydovchi, xavfsizlikni ta’minlash xodimi ham mavjud. Shu bilan birga qishloqchaning faoliyat ko‘rsatishida psixologning ishiga alohida e’tibor beriladi. U ham bolalarga, ham «ona» larga, ham xodimlarga psixologik yordam ko‘rsatadi.
Vatanimizda ham bunday SOS bolalar mahallari tashkil etilgan. Bu haqida davlatimiz rahbari tomonidan qator qonun va qonunosti hujjatlari imzolangan. Jumladan; SOS - bolalar qishloqchasi - bu yetim qolgan yoki ota-ona qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos usuli. Bu usulga avstriyalik pedagog German
Gmayner asos solgan. Bugungi kunda u dunyoning 124 mamlakatida keng
qo‘llanib kelmoqda.
SOS- bolalar qishloqchasi bir necha kottedj-uylardan iborat. Ularning har
birida «ona» va 6-8 ta bola yashaydi. Bu bolalar yoki ota-onasidan yetim qolgan,
yoki ularning ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. Qishloqda hech
kim ulardan haqiqiy hayotlarini va ularga «onalik» qilayotgan odam aslida onalari
emasligini yashirmaydi. Bolalar qishloqchasidagi alohida uylarda onalarning
yordamchilari- «xolalari» ham yashaydi. Ular dam olish kunlari «ona» kasal
bo‘lib qolganda, yoki biror ish bilan uydan ketganda «ona» ning o‘rnini bosadilar.
Qishloqchani direktor boshqaradi. U qishloqchadagi alohida uyda oilasi bilan
birga yashaydi. Direktorlik vazifasidan tashqari u qishloqchadagi barcha
bolalarga ota va erkak kishining namunasidir. Albatta, qishloqchada boshqa
erkak kishilar- direktor o‘rinbosari, usta, haydovchi, xavfsizlikni ta’minlash xodimi ham mavjud. Shu bilan birga qishloqchaning faoliyat ko‘rsatishida psixologning ishiga alohida e’tibor beriladi. U ham bolalarga, ham «ona» larga, ham xodimlarga psixologik yordam ko‘rsatadi.
Mustaqilikka erishganimizdan so`ng Vatanimizda ham SOS bolalar mahallalarini qurishga e`tibor qaratilib kelinmoqda. Buni davlatimiz rahbariu tomonidan qabul qilingan bir qancha qonun va qonun osti hujjatlari misolida ko`rishimiz mumkin. Jumladan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2020 yildagi 738-son qarorida ,, SOS O`zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-taadbirlari to`g`risida” so`z ketadi. Ushbu qarorda quyidagilar haqida so`z ketadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarorini ijro etish, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shaklini va boshqa muqobil shakllarini joriy qilish, ularning hamjamiyatga tezda ijtimoiy moslashishi uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 12-avgustdagi 263-son qaroriga muvofiq SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlarida joylashgan bolalar mahallalari, yoshlar uylari va ijtimoiy markazlari budjet mablag‘lari hisobidan to‘liq moliyalashtirishga qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi bo‘linmalarining faoliyatini to‘g‘ri ifodalash maqsadida:
bolalar mahallalari — bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari;
yoshlar uylari — yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari;
ijtimoiy markazlar — ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari deb nomlansin. Mazkur Nizom yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va to‘liq davlat ta’minotidagi bolalar (keyingi o‘rinlarda — bolalar) uchun SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlarining (keyingi o‘rinlarda — xizmat) maqomini va ularni tashkil qilish tartibini belgilaydi.
2. Xizmat SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi filialining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda — filial), uning doirasida bolalar oilada yoki oilaga o‘xshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanadilar.
3. Xizmat bolaning oilada yashash, tarbiyalanish, sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim olish, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanish, mehnat tarbiyasiga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, bolaga nisbatan nomunosib muomalada bo‘lishdan himoya qilish va jamiyatga qo‘shish maqsadida tuziladi.
4. Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardir:
oilada yoki oilaga o‘xshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida bolalarning aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanishiga yordam beradigan qulay muhitni yaratish;
bolalar hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash;
umumiy o‘rta ta’lim olishlarini ta’minlash;
bolalarni ijtimoiy himoya qilishni va ularning jamiyatga moslashuvini ta’minlash;
bolalarni milliy urf-odatlar asosida Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
bolalarning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z kasblarini o‘zlari tanlashlari uchun sharoit yaratish;
muqobil parvarishlash holatidagi bolaning o‘z oilasi bilan aloqa bog‘lashiga ko‘maklashish;
bolani o‘z oilasiga reintegratsiya qilish (qaytarish) . Xizmat tarbiyaviy jarayonni oilada yoki oilaga o‘xshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tashkil qiladi. Xizmat oilaga o‘xshash muhitda tarbiyaviy jarayonni ta’minlash uchun tarbiyachi boshchiligida (SOS ona/ota-ona) oila deb ataladigan guruhni tashkil qiladi. Qoida tariqasida har bir oilada turli yosh va jinsdagi 4 nafardan 7 nafargacha bola tarbiyalanadi. Ayrim hollarda oilada 8 nafar bola tarbiyalanishi mumkin. Tarbiyachilar (SOS ona/ota-ona) oilaviy uyda doimiy ravishda yashaydilar.
“SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyatining va Uyushmaning tegishli hujjatlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda oiladagi bolalar soni tarbiyachining (SOS onaning/ota-onaning) pensiyaga chiqish rejasini bajarish davrida uch yilgacha bo‘lgan muddatda belgilanganidan (4 nafar boladan) kam bo‘lishi mumkin.
7. Xizmatdagi har bir oila filial hududidagi alohida uyga joylashtiriladi yoki mahalla hududidagi yakka tartibdagi uyga (kvartiraga) joylashtiriladi.
8. Xizmat kamida 6 ta oilani tashkil qiladi.
9. O‘z oilasidan ajrab qolgan va qisqa muddatli muqobil parvarishlashga ehtiyoji bor bo‘lgan bolalar 8 oygacha muddatga qisqa muddatli muqobil parvarishlashga qabul qilinadi.
Qisqa muddatli muqobil parvarishlash filial hududidagi alohida uyda yoki mahalla hududidagi yakka tartibdagi uyda (kvartirada) tashkil qilinishi mumkin. Qisqa muddatli muqobil parvarishlash xizmati oilaga tenglashtiriladi.
10. Bola qisqa muddatli muqobil parvarishda bo‘lgan vaqtida ushbu xizmat tomonidan bolani o‘z oilasiga reintegratsiya qilish yoki bolaning manfaatlariga mos keladigan muqobil yechimni topish ishlari olib boriladi (SOS oila, qondosh oila, patronat oila va muqobil parvarish qilishning boshqa shakllari).
11. Qisqa muddatli muqobil parvarishlashning bitta tarkibiy bo‘linmasidagi bolalar soni 8 tadan oshmaydi.
12. Qisqa muddatli muqobil parvarishlashda ishlaydigan tarbiyachilar kecha-kunduz navbatchilik bilan ishlaydilar.
13. Xizmatda tarbiyalanishga qabul qilingan bolalarning yoshi, qoida tariqasida, 3 yoshdan boshlab va umumiy o‘rta ta’lim muassasasini tugatgungacha bo‘lgan yosh hisoblanadi. Uch yoshdan kichik bo‘lgan bolalar katta akalari va opalaridan ajralmaslik uchun xizmatga qabul qilinadi. Uyushma bilan kelishgan holda bolalar, agar qandaydir rasmiy tasdiqlangan sabablarga ko‘ra talabalar yotoqxonasida turar joy bilan ta’minlanmagan bo‘lsa yoki biologik qarindoshlar ularga yashash joyini berishdan bosh tortgan hollarda o‘rta maxsus ta’lim muassasasini tugatgunga qadar xizmatda tarbiyalanishi mumkin.
14. Bolani parvarish qilish bolaning rivojlanishidagi barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, bolaning o‘z oilasidagi oilaviy munosabatlari, uning tugilib o‘sgan oilasi tarixi va o‘tmishda unga nisbatan nomunosib muomalada bo‘lganlik tajribasi ham e’tiborga olinadi.
15. Xizmat xodimlari bolalarning aka-ukalari va opa-singillarini, boshqa qarindoshlarini qidirib topishga, ularning munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishlari shart, bolalarning manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Nizoli hollarda bolalar va ularning ota-onalari va/yoki qarindoshlari o‘rtasidagi munosabatlar tartibi vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadi.
16. Filial ma’muriyati bolalarning ota-onalari va/yoki qarindoshlari bilan uchrashib turishlariga ko‘maklashishi va ularning ota-onalik huquqlari tiklangan taqdirda ular bilan birlashishlariga hamda bolalarning manfaatlariga zid bo‘lmagan boshqa hollarda qarshilik ko‘rsatmasligi kerak.
17. Filial ma’muriyati bolalarning ota-onalari va/yoki qarindoshlari bilan uchrashib turishlariga qarshilik ko‘rsatishlari (bolaning manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasno) mumkin emas.


Download 42,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish