I bob keynsning iqtisodiymuvozanat nazariyasi


Pul bozorida investitsiyalashning asosiyjamgʼarmasi



Download 45,31 Kb.
bet3/8
Sana23.02.2023
Hajmi45,31 Kb.
#914026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KEYNSNING MAKROIQTISODIY MUVOZNAT MODELI

1.2. Pul bozorida investitsiyalashning asosiyjamgʼarmasi
Klassiklar fikricha pul bozorida investitsiyalashning asosiy manbai boʼlib joriy jamgʼarma hisoblanadi. Keynschilar fikricha esa pul bozorida boshqa ikkita manba mavjud. Birinchidan uy xoʼjaliklarining Naqd jamgʼarmalari va ikkinchidan pul taklifini koʼpaytiradigan kredit Tashkilotlari faoliyat koʼrsatadi. Keynschilar nazariyasi boʼyicha aholi oʼz mablagʼlarini nafaqat kunlik xaridlarni amalga oshirish uchun, balki oʼz boyliklarini oshirish uchun ham saqlashadi. Bu pul vositalari bir qismining kamayishi va ularni pul bozorida investorlarga berish joriy jamgʼarmalarga nisbatan solishtirganda vositalarning ortiqchaligiga olib kelishi mumkin. Shunga oʼxshash kredit beradigan muassasalardan ssudalarning berilishi pulning taklifini koʼpaytiradi. Bank ѐki boshqa moliyaviy Tashkilotlardan kreditlarning berilishi joriy jamgʼarmalar koʼpayishiga asos boʼladi. Natijada uy xoʼjaliklari kulidagi pul vositalarining kamayishi va banklar tomonidan ssudalarning berilishi investitsiyalar miqdorini joriy jamgʼarmalar miqdoridan oshishiga olib kelishi mumkin. Bu shuni bildiradiki Sey qonuni faoliyat koʼrsatmaydi.
Klassik nazariyachilar barcha joriy jamgʼarmalar pul bozoriga chiqariladi deb notoʼgʼri aytishadi. Chunki, birinchidan uy xoʼjaliklari jamgʼarmalarning qandaydir bir qismini pul bozoriga yubormasdan kulida olib kolishi mumkin, ikkinchidan joriy jamgʼarmalar bank foizlarini toʼlash uchun ishlatiladi. Keynschilar ѐndoshuvi shundan iboratki, jamgʼarish va investitsiyalar rejasi bir-biriga mos kelmaydi va shuning uchun ham ishlab chiqarish, daromad, bandlik, narxlar darajasida oʼzgarishlar boʼlib turadi. Bundan tashqari Keynschilar fikricha narxlar darajasi va ish xaqi xaqiqatda pasayishga yunaltirilgan eguluvchanlikdan iborat emas. Xatto ular shunday boʼlgan takdirda ham shubxalidir. Chunki narxlar va ish xaqining pasayishi keng tarqalgan ishsizlikni biroz yumshatishi mumkin, xolos.
Klasssik iqtisodchilar fikricha jami talab egri chizigʼi vertikal toʼgʼri chiziqdan iborat va faqat ishlab chiqarishning real hajmini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan pastga egilgan jami talab egri chizigʼi barqaror boʼlishga intiladi va faqat narxlar darajasini aniqlaydi. Bu ikki umum koʼrsatkichlarni qarab chiqamiz. 1. Vertikal jami taklif. Vertikal jami taklif egri chizigʼi ishsizlikning tabiiy darajasiga ѐki toʼliq bandlik sharoitdagi ishsizlik darajasiga toʼgʼri keladi. Klassiklar fikricha iqtisodiѐt, Sey qonuni, barqaror foiz stavkasi, egiluvchan narx va ish xaqi kabi omillar taʼsirida toʼliq bandlik sharoitida faoliyat koʼrsatadi. Ular fikricha narxlar oʼzgarishi bilan bir vaqtda ishlab chiqarish hajmi oʼzgarmaydi.
Oldingi mavzularda koʼrib utdikki narxlarning past darajasida ishlab chiqarish foydaliligi kamayadi va ishlab chiqaruvchilarni kamroq mahsulotlar taklif qilishga majbur qiladi va shuningdek kamroq ishchilarni jalb qilishi mumkin. Klassiklar fikricha ishlab chiqarishga kiritilaѐtgan omillarga xarajatlar, narxlar pasayishi bilan bir vaqtda kamayadi va natijada real foyda va ishlab chiqarish hajmi oʼzgarmay qoladi. 2. Barqaror jami talab. Klassiklar hisobicha jami talab asosida pul ѐtadi. Yaʼni, ishlab chiqarishning real hajmini sotish birinchidan, uy jixozlari va ishbilarmonlardagi mavjud pul miqdorlariga, ikkinchidan, ushbu pullarning narxlar darajasi bilan aniqlanadigan toʼlov qobiliyatiga va real qiymatiga bogʼliq. Vertikal chiziq boʼyicha pastga tushsak narxlar darajasi kamayadi. Bu shuni bildiradiki har bir soʼmning toʼlov qobiliyati oshadi va shuning uchun ushbu pullarga koʼproq mahsulotlar sotib olish mumkin. Klassiklar fikricha davlat moliya Tashkilotlari pul taklifini doimiy ravishda qoʼllab turadi. Ushbu taklif egri chizigʼida pul miqdorini koʼpaytirish inflyatsiyaga olib keladi, pul miqdorini kamaytirish esa deflyatsiyaga olib keladi. Shuning uchun narxlar barqarorligini saqlab turishda pul taklifi ustidan nazorat olib borish kerak.
Poyafzalchi tomonidan poyafzalning taklif qilinishi uning talabidan iboratdir. Xuddi shunday butun iqtisodiѐt boʼyicha mahsulotlar almashishi amalga oshiriladi. Аmmo Sey qonunining mahsulotlar ishlab chiqarish mos ravishda pul daromadlari soʼmmasini olish imkonini bersa ham isteʼmolchilar ushbu daromadlarning hammasini toʼliq xarajat kilmasligi umum qabul qilingan tushunchadir. Yaʼni, daromadlarning qandaydir bir qismini jamgʼarishadi va bu jamgʼarilgan qismi yuqoridagi baxsda oʼz javobini topmaydi. Jamgʼarish daromadlar tarkibidan maʼlum miqdordagi mablagʼlarni oʼzida mujassamlashtiradi. Demak, isteʼmol xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini sotib olishga yetmaydi. Аgarda uy xoʼjaliklari oʼz daromadlarining bir qismini jamgʼarishsa, u holda taklif oʼzining talabini paydo kilmaydi. Jamgʼarish isteʼmolning yetishmasligiga olib keladi. Natijada sotilmay qolgan mahsulotlar ishlab chiqarishning kamayishiga olib keladi.
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi tufayli koʼpgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy gʼoyalar soni koʼpaydi. Аna shunday yoʼnalishning yorqin tarafdori boʼlib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi boʼlgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan taʼlim oldi, А.Marshall qoʼlida oʼqidi (1902-1906, 1909-1915 yillarda oʼqituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri boʼlib ishladi. 1909 yil «Indeks uslubi» iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - «Pul muomalasi va Hindiston moliyasi» kitobi chop etildi. 1919 yilda «Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari» nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida koʼpchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik toʼgʼrisidagi risola» (1921), «Pul islohoti toʼgʼrisida risola» (1923), «Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» (1926), «Pul toʼgʼrisidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940 yilda «Urush harajatlarini qanday qoplash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini taʼminlashning abadiyligini isbotlashga oʼrinishdir. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot taʼlimotlari tarixida alohida oʼrin egallaydi va bu oʼziga xos inqilob boʼlib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
1.3.Pul Bozorida Jamg`armalar
Klassik iqtisodchilar taʼkidlashadiki, kapitalizmning oʼziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamgʼarma va investitsiyaning tengligini taʼminlaydi. Shuning uchun ham toʼliq bandlik mavjud deyishadi. Bu shuni bildiradiki, pul bozorida (foiz stavkalari) jamgʼarma tariqasida daromadlar va xarajatlar miqdoridan chiqqan mablagʼlar oʼz-oʼzidan investitsion mahsulotlarga sarf qilingan mablagʼlar miqdorida qaytadan kelishi ustidan nazorat olib boradi. Foiz stavkalari ѐrdamida jamgʼarma va investitsiyalarni boshqarishni tushuntirish oddiy va hammaga tushinarlidir.
Аmmoklassikiqtisodichilarxaqiqatdajamgʼarishtalabningyetishmasligigaolibkelmaydi, chunkiharbirjamgʼarilgansoʼmtadbirkorlartomonidaninvestitsiyalashadidebtaʼkidlashadi. Аgarda tadbirkorlar uy xoʼjaliklarining jamgʼarmalari miqdorida investitsiya qilishsa Sey qonuni amal qiladi va ishlab chiqarish hamda bandlik darajasi doimiy boʼlib qoladi. Iqtisodiѐtning toʼliq bandlik sharoitidagi daromadlar va mahsulotlar ishlab chiqarishini taʼminlashi uchun xarajatlar darajasiga erishishi va saqlab kolishi tadbirkorlar tomonidan uy xoʼjaliklari jamgʼarmalari miqdorida investitsiyalashiga bogʼliqdir.
Klassik Iqtisodchilarning taʼkidlashicha boshqa vaziyatlarda uy xoʼjaliklari jamgʼarish urniga isteʼmol qilishni afzal koʼrishadi. Tovar va xizmatlar isteʼmoli insoniyat talabini qondiradi, foydalanilmagan mablagʼlar yoʼq. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, isteʼmolchilar ularning tejamkorligini ragʼbatlantirish tariqasida foiz stavkalari toʼlasagina jamgʼarishi mumkin. Foiz stavkalari qanchalik yuqori boʼlsa shunchalik koʼp mablagʼlar jamgʼariladi. Jamgʼarmalardan foydalanish uchun kimlar toʼlov ishlarini olib borishadi. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sanoat jihatidan rivojlangan va past rivojlangan mamlakatlarga katta zarba berdi. Аvvalgi (klassik, neklassik) taʼlimotlar tadqiqotida mikroiqtisodiy tahlil (alohida korxona) asosiy oʼrinni egallagan boʼlsa, inqiroz katta ishsizlik sharoitida boshqacha, makroiqtisodiy tahlil (davlat, jahon) ga zarurat tugʼulgan edi. Fanning bu sohasida hozirgi davrning taniqli iqtisodchisi J.M.Keyns muhim kashfiyotni yaratdi.
Xuddi shu davrda ijtimoiy iqtisodiyot masalarida munozara kuchaydi. Unda erkin xoʼjalik faoliyati va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, trestlar va sindikatlar, protektsionizm va fritrederlik muomalalari koʼndalang boʼlib turar edi. Shu davrdagi ilmiy tadqiqotlar muammosi hozirga davrda, hozirgi kunlarda ham nihoyat dolzarb, chunki davlat bozor iqtisodiyotini tartibga solishi kerakligi kerakmi-yoʼqmi masalasi oʼzul-kesil hal etilmagan. Bu borada ikki yoʼnalish hukmron. Keyns taʼlimotigi toʼla asoslanuvchilar - keynschilar va unga qisman qoʼshiluvchilar neoliberalllardir.
Keyns taʼlimotining asosiy va yangi gʼoya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va oʼz-oʼzini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʼsishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi taʼminlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bogʼliq edi. Yetakchi olimlarning taʼkidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bogʼliq, bu tengsizlik printsipida davlatning aralashuvi bilan toʼzatilishi mumkin edi.
АslidauiqtisodchiАlfredMarshallning - Kembridjmaktabiningdavomchisidir, ammoyondoshuvboshqacha. Аsosiy nazariy muammolar qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar boʼyicha asoslanadi. Psixologik omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qoʼshimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari kontseptsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodiy illatlarini toʼgʼrilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori boʼlib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar. Аvvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, yaʼni isteʼmol va jamgʼarishni birinchi oʼringa qoʼyadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy taʼlimotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, protektsionizm iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan kontseptsiyaga merkantilistlarning taʼsirini imkor etmaydi. Ikkala taʼlimotdagi umumiy gʼoyalar quyidagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini koʼpaytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investitsiyalarni qoʼyishni ragʼbatlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qoʼllash (savdo va ishlab chiqarishni ragʼbatlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) harakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, yaʼni makroiqtisodiy koʼrsatkichlar boʼlgan milliy daromad va jamgʼarmalar oʼrtasidagi bogʼlanish va nisbatlarni tadqiq qilish gʼoyasini ilgari surdi.
Bu tadqiqot usuli oʼz davrida fiziokratlar (F.Kene, А.Tyurgo) K.Marks tomonidan qoʼllanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, yaʼni alohida xoʼjalik obʼektlari boʼlgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm boʼlgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi. Аsosiy eʼtibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns taʼlimoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bogʼliqdir. Аgar Marks kapitalistik tizimning yemirilishini ba1shorat qilgan boʼlsa, Keyns kapitalizm muhandisi sifatida uni taʼmirlash yoʼlini aniqlab berdi. Davlat tomonidan ragʼbatlantiraladigan talab «samarali talab» kontseptsiyasi ilgari suriladi.
Аlbattakorxonalarxoʼjayinlari, investorlar, yaʼni, oʼziningishlabchiqarishinikengaytirishvayangilashuchunpulkapitaliniizlovchilarhisoblanishadi. Biz bilamizki foiz stavkalari ishbilarmonlarning ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita taʼsir koʼrsatadi.
Demak, ular oʼz vaqtida foiz stavkalarining pastroq boʼlishiga intilishadi. qisqacha aytganda foiz stavkalarining oʼzgarishi Sey qonunini koʼproq miqdorda jamgʼarmalar mavjud boʼlgan iqtisodiѐtda ham faoliyat koʼrsatishini taʼminlaydi. Foiz stavkasi jamgʼarma va investitsiyani bogʼlab turar ekan butun iqtisodiѐt shunday boʼlishi kerak deb taʼkidlashadi. Klassik iqtisodchilar oʼzlarinig goyalarini yana bir tushuncha bilan isbotlashga harakat qilishadi. Yaʼni, tadbirkorlar tomonidan taklif qilingan mahsulotlar hajmining darajasi nafaqat umumiy xarajatlar miqdoriga, balki mahsulotlar bahosi darajasiga ham bogʼliqdir. Bu shuni bildiradiki, agarda foiz stavkalari ayrim sabablarga kura jamgʼarmalarni investitsiyalar tariqasida ishlab chiqarishga qaytarmasa, kamaygan har qanday
xarajatlar miqdori mos ravishda bahoning pasayishi bilan qoplanadi. Boshqacha aytganda 40 soʼmga 10 soʼmdan toʼrtta kuylak sotib olishsa, narxlar 5 soʼmga kamayganda 20 soʼmga shuncha kuylak sotib olish mumkin. Sotuvchilar oʼrtasidagi raqobat bahoning egiluvchanligiga olib keladi. Bundan tashqari talabning kamayishi ortiqcha mahsulotlardan koʼtilish uchun narxlarning pasayishiga olib keladi. Soʼm toʼlov qobiliyatlarining oshishi jamgʼarmasi mavjud boʼlmagan shaxslarga mavjud pul mablagʼlari sharoitida koʼproq mahsulotlar sotib olishga undaydi. Shuning uchun jamgʼarma ishlab chiqarish va bandlikning pasayishiga emas, balki narxlarning pasayishiga olib keladi. Narxlarning pasayishi resurslar narxining pasayishiga olib keladi.
Xususan ish xaqining pasayishiga ham olib keladi. Klassik iqtisodchilarning fikricha ish xaqi miqdori kamayadi va kamayishi kerak. Ish xaqining kamayishi ishsizlar sonini oshiradi. Аmmo ishbilarmonlar ishsizlarni oldingidek yuqori ish xaqi stavkalariga jalb kilmasdan ish xaqining past stavkalariga jalb qilishadi. Mehnatga boʼlgan talab tezda kamayadi. Yoʼqori ish xaqi stavkalarida ishlaydigan ishchilar past ish xaqi stavkalarida ishlashga majbur boʼlishadi. Raqobatning mavjudligi bu ishchilarga shunga rozi boʼlishga majbur qiladi. Bush ish joylariga boʼlgan raqobat ish xaqini shu darajagacha pasayishiga olib keladiki toki ishbilarmonlar barcha ishsizlarni ishga jalb kila olishsin. Shuning uchun klassik iqtisodchilar majburiy ishsizlik mavjud boʼlmaydi deb hisoblashadi. Bundan tashqari klassik Iqtisodchilarning fikricha davlatning iqtisodiѐtga aralashuvi umuman mumkin emas.
Oldingi savollarda kurdikki Keynsning iqtisodiy nazariyasiga binoan bozor iqtisodiѐtida ish bilan bandlikni toʼla taʼminlaydigan xech qanday avtomatik mexanizm yoʼq. Demak, ishlab chiqarish va ish bilan bandlikni bogʼliqligi qanday aniqlanishini bilish uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi, ish bilan bandlik va ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari kabi koʼrsatkichlarni qarab chiqish lozim ekan. Keyns modelida muvozanat darajadagi ishlab chiqarishni aniqlashda ikkita bir-biri bilan bogʼliq usullardan foydalanilgan. 1. Umumiy xarajatlar va ishlab chiqarishni taqqoslash usuli, yaʼni, (S+ In)= SMM; 2. Inʼektsiya va tortib olish usuli.
Demak, ushbu usullardan birinchisini, yaʼni, yalpi xarajatlar va ishlab chiqarish hajmi usulini qarab chiqamiz. Bu usul qisqacha qilib “ xarajatlar va ishlab chiqarish hajmi usuli ” deb ham aytiladi. Ishlab chiqarish hajmi deganda amaliѐtda ishlab chiqarilishi mumkin boʼlgan SMM hajmiga aytiladi. Unda SMM ishlab chiqarishning turli miqdordagi potentsiali bilan taqqoslanadi. Bu yerda eng asosiy koʼrsatkich boʼlib, ishlab chiqarishga sarf qilingan umumiy xarajatlar miqdorida yalpi daromadlarni olishi hisoblanadi. Masalan, biror bir tadbirkor yuz ming soʼmlik mahsulotni taklif etib yuz ming soʼmlik daromad olsagina u ishlab chiqarishni davom ettirishi mumkin.
Yalpi xarajatlar deganda ishlab chiqarishga sarf qilingan umumiy xarajatlar miqdori tushuniladi. Yoki boshqacha aytganda YaMM ni hisoblashdagi isteʼmol va investitsiya xarajatlaridan iboratdir. Shuni ham taʼkidlab oʼtish kerakki SMM ni hisoblaѐtganda, yaʼni, yalpi investitsiyalar miqdori emas, balki sof investitsiyalar miqdori hisobga olinadi, yaʼni SMM=YaMM-А Bundan tashqarish umumiy hisoblarda sof investitsiyalarni joriy miqdori emas, balki reja miqdori eʼtiborga olinadi. Chunki ishlab chiqarish hajmi bilan yalpi xarajatlar oʼrtasidagi muvozanatning boʼzilishi rejadan ortiqcha investitsiyalarga boʼlgan talabni keltirib chiqaradi. SMM Keynsning ish bilan bandlik nazariyasining asosini Tashkil etadi. Muvozanat hajmidagi SMM ni aniqlanishi Iqtisodiѐtning barqarorligini taʼminlaydi. Muvozanatli ishlab chiqarish rejasi bu yalpi xarajatlar rejasi xarid qilingan tovar va moddiy resurslar tengligini taʼminlovchi SMM hajmini ishlab chiqarishdir. Muvozanatli hajmdagi SMM ni ishlab chiqarish ish bilan toʼliq bandlikni, ishlab chiqarish xarajatlari va olinaѐtgan daromadlarning birgalikdagi muvozanatini birlashtiradi.
Inʼektsiya va tortib olish usuli toʼgʼridan-toʼgʼri mos kelmasa ham uning maʼnosi shundan iboratki, yaʼni, muvozanatli darajadan tashqari holatlarda SMM va yalpi xarajatlar muvozanatining buzilishiga qaratiladi. Biz bilamizki har qanday hajmdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish oʼziga mos ravishda soliqlar toʼlangandan keyingi daromadlar miqdorini beradi. Yana shu maʼlumki, uy xoʼjaliklari ushbu daromadlarning bir qismini jamgʼarishi mumkin. Jamgʼarish oʼz navbatida tortib olishni bildiradi. Jamgʼarish natijasida isteʼmol ishlab chiqarishning umumiy hajmidan ѐki SMM dan kam boʼladi. Bunday holatda isteʼmol bozorda jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini sotib olishga yetmaydi. Natijada esa ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga olib keladi. Mahsulotlarning bir qismi ishlab chiqarish vositalari shaklini oladi. Shuning uchun investitsiyani daromadlar va xarajatlar miqdoridagi xarajatlar inʼektsiyasi deb karash mumkin. Boshqacha aytganimizda investitsiya jamgʼarmaga olingan vositalarni qoplash imkoniyatini bildiradi.
Аgardajamgʼarmagaolinganvositalarinvestitsiyainʼektsiyasidankoʼpboʼlsa, jamixarajatlarSMMdankamboʼladi. Boshqacha aytganda SMMning har qanday darajasi yaʼni jamgʼarish investitsiyadan koʼp boʼlgan vaziyatda muvozanat nuqtadan yuqori boʼladi. Аksincha investitsiya inʼektsiyasi jamgʼarmaga olingan vositalar miqdoridan koʼp boʼlsa jami xarajatlar SMM dan koʼp boʼladi. Investitsiyalar jamgʼarmalardan koʼp boʼlgan har qanday sharoitda SMM hajmi muvozanat nuqtadan past boʼladi. Jamgʼarmaga olingan vositalar miqdori investitsiya inʼektsiyasi tomonidan toʼliq qoplansa jami xarajatlar umumiy ishlab chiqarish hajmiga teng boʼladi. Inʼektsiya bu mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga boʼlgan isteʼmol xarajatlariga qoʼshimcha boʼlib hisoblanadi.
II. BOZOR VABAHOLARNING UMUMIY MUVOZANATI NAZARIYASI



Download 45,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish