I bob. O'Rta osiyo tekisliklari


I.BOB.O'RTA OSIYO TEKISLIKLARI



Download 181,53 Kb.
bet2/6
Sana26.06.2022
Hajmi181,53 Kb.
#705874
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'RTA OSIYO TEKISLIKLARI, SUV HAVZALARI VA TOG\' HUDUDLARDA YASHOVCHI UMRTQALI HAYVONLAR

I.BOB.O'RTA OSIYO TEKISLIKLARI.
1.1. Suv havzalari va tog' hududlari haqida.
Tekislik tabiat zonalari. O’rtaOsiyoning turli qismlarida quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdori turlicha, shimolida kamroq (100 kkal/ sm2), janubida ko‘proq (160 kkal/sm2). Bu esa haroratning, namlikning notekis taqsimlanishiga va iqlim mintaqalarining hamda har bir iqlim mintaqasi ichida o‘ziga xos tabiat zonalarining hosil bo‘lishiga olib keladi. O’rtaOsiyo hududida juda baland tog‘lar joylashganligi sababli harorat va namlikning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi tufayli balandlik mintaqalari vujudga kelgan. Binobarin, O’rtaOsiyo hududida tabiat zonalari kenglik (shimoldan janubga) va balandlik bo‘yicha almashinib keladi. O’rta Osiyo hududi mo‘tadil mintaqaning janubida va subtropik min- taqaning shimoliy, quruq qismida joylashgan. Mo‘tadil iqlim mintaqasida dasht, cha- laCho’lva Cho’lzonalari, subtropik mintaqada subtropik cho‘llar zonasi joylashgan.
Dasht zonasiga To‘rg‘ay platosining shi­moliy qismi, Qozog'iston past tog‘larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. 0‘lka okeanlardan uzoqda joylashganligi sababli iqlimi quruq, yog‘inlar kam, bahor va kuz qisqa. Yillik yog‘in miqdori 300 mm, yanvar- ning o‘rtacha harorati —17 dan —18°C gacha, iyulniki +20 dan +24°C gacha bo‘ladi. Dasht zonasining shimoliy qismida qora tuproqlar, janubida to‘q kashtan tuproqlari tarqalgan. Dasht o‘simliklari, asosan, pakana qiyoq, chalov, betaga, zig‘ir, yo‘ng‘ichqa, ayiqtovon, yaltirbosh va boshqalardan iborat.
Hayvonlardan kemiruvchilar ko‘proq tarqal­gan. Dasht zonasi hozirgi paytda deyarli to‘liq haydab yuborilgan va ekinzorlarga aylantirilgan. ChalaCho’lzonasiga To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog'iston past tog‘larining juda katta janubiy qismi kiradi.
Quyosh nurlarini ko‘proq oladi, harorat yuqori, . namlik yetishmaydi, qishi qattiq; yanvarning o'rtacha.harorati —16°C, ba’zan sovuqg-48°C ga yetishi mumkin, yozi issiq, iyulning o'rtacha harorati 23«26°C, yillik yog‘in miqdori 200—225 mm. Asosan, kashtan tuproqlar tarqalgan, qatlami yupqa, chirindi miqdori qora tuproqqa nisbatan kamroq. Dehqonchilikka nam yetishmasligi xalaqit beradi. Ayrim joylarda tuproq sho'rlangan. Asosiy o‘simliklari burgan, qora shuvoq, ko‘kpek.
Cho’l zonasiga Turon tekisligi va Balxashbo‘yi tekisliklari kiradi. O’rta Osiyoda, asosan qumli toshli, gilli cho‘lar tarqalgan. Cho‘llaming hosil bo‘lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog'in miqdorining kamligi, oqar suvlarning yo'qligi. O'simlik qoplami siyrak, massasi kam, tezda qovjirab qoladi va chirindi hosil bo‘lmaydi. Tuproqlari, asosan, qumli, sur- qo‘ng‘ir, gilli, toshloq va bo‘z tuproqlar. Bo‘z tuproqlar sug‘orilganda yaxshi hosil beradi. Past joylarda sho'rxoklar va sho‘rtoblar ham uchrab turadi.
0‘simliklari, asosan, saksovul, yantoq, quyonsuyak, sho ‘ra va shuvoqlard&n iborat. Hayvonlardan chayon, falanga, gekkon kaltakesagi, bo‘g‘ma ilort, ko‘zoynakli ilon, efa iloni, echkemaAar yashaydi. Cho’lzonasining o'simlik va hayvonot dunyosi qurg-qchil sharoitga moslashgan. 0‘simliklar- ning ildizi uzun, bargi kichik, ignasimon yoki butunlay yo‘q. Hayvonlar in- larida yashaydi yoki qum orasiga kirib ketadi, ba’zilari kunduzi uxlab; kechasi ovga chiqadi, ba’zilari yozda butunlay uyquga ketadi, ba’zilari umuman suv ichmaydi, ba’zilari yegan ovqati tarkibidagi suvga qanoat- qiladi.
Turon provinqiyasining gidrotermik rejimi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra unga Eron, Kichik Osiyo o‘lkalari yaqinligini ko‘rsatib o‘tish joiz. Bu jihatdan janubiy Cho’lmintaqasiga quruq kontinental subtropik iqlim hosligi barcha iqlimshunoslar tomonidan tan olingan. I. P. Gerasimov Turon provinqiyasini keng Eron-Arabiston oblastining bir qismi sifatida qaraydi. Lekin Markaziy Qozog‘iston provinqiyasinnng gidrotermik rejimiga ko‘ra mo‘‘tadil mintaqadagi o‘lkalarga yaqinligi asoslangan.
Cho’lmiltaqasida o‘simliklarning o‘zgarishiga qarab janubdan shimolga tomon quyidagi bir necha o‘simlik kichik mintaqalarini ajratish mumkin: I) cho‘l-qum va taqirli tuproqlardagi efemerli daraxtzorlar, 2) bo‘z-qo‘ng‘ir va cho‘l-qum tuproqlardagi efemerli cho‘l, 3) bo‘z-qo‘ng‘ir tuproqlardagi sho‘ra-shuvoqli cho‘l, 4) qo‘ng‘ir tuproqlarda boshoqli o‘simliklar bilan sho‘rali shuvoqzorlar. Mazkur mintaqalanish eng ko‘p tarqalgan o‘simlik va tup-roqlarni qamrab olgan variant bo‘yicha ajratilgan.
O‘simliklarning tog‘yonbag‘irlari bo‘yicha mintaqalanishi tuproqlar kabi tabiiy qonuniyatlarga bog‘liq. Bu borada gidrotermik rejimning balandlik oshgan sari o‘zgarishini xisobga olish birinchi darajali ahamiyatga ega, keyingi navbatda relef va tuproqlarning hamda geologik tuzilish ta’siri ustun. O‘simlik olamining balandliklar bo‘yicha mintaqalanishida hozirgacha anchagina ilmiy tajriba to‘plangan. O‘rta Osiyo tog‘ tizmalarida o‘simliklarning mintaqalanishi E. P. Korovin (1958, 1968), K. 3. Zokirov (1971), L. N. Sobolev (1969) va boshqalarnnng ishlarida chuqur asoslanilgan. Ko‘pgina geobotaniklar, geograflar balandlik bo‘yicha mintaqalanishda asosan tuproq va relef, iqlimni asos qilib oladilar. Bu usul o‘z-o‘zidan ravshai, chunki o‘simliklarning balandlik oshgan sari o‘zgarishi ayni mazkur omillar xarakteriping o‘zgarishiga bog‘liq. K. 3. Zokirov o‘simliklarni mintaqalanishida boshqacha usulni qo‘llagan. U xalq orasida keng qo‘llaniladngai tushunchalar, ya’ni «cho‘l», «adir», «tog‘», «yaylov» ushbu mintaqalanishda ishlatilishi ko‘p jihatdai ma’qulligini asoslab bergan. Bir jixatdan mazkur taklif o‘rinli, chunki qisqa va keng ma’noli ushbu tushunchalar foydalanish bo‘yicha ham ko‘pgina qiyinchilik-lardan xoli qiladi.Subtropik iqlim mintaqasi tabiat mintaqalari. Bu mintaqagaf asosan, Turk­man—Xuroson tog‘lari va Atrek vodiysi kiradi. Bu yerlar quruq subtropik iqlim vujudga kelgan. Tuproqlari bo‘z, tog’ yonbag'ir changalzorlar, archazorlar va pistazorlar tarqalgan. Vodiylarda dehqonchilik qifinadi.
Biz yuqoria qayd qilganimizdek O’rta Osiyo hududuida sun’iy suv havzalariga sug’orish kanallari yer osti sizot va oqava suvlarini to’plovchi zovur kollektorlar, kichik suv tintuvchi va to’plovchi hovuzlar baliq ko’paytiradigan katta hovuzlar suv omborlari iflos suvlarni to’plovchi va tozalovchi biologic hovuzlar sholipoyalar kiradi. Ulardan tashqari yer ostidan chiqarilgan issiq va qaynoq mineral suvlar gipotermal (harorati 15-18º) mezotermal (18-30º) iliq buloqlar (30-40º) issiq buloqlar (40-60º) haqiqiy yuqori haroratli buloqlar (60-80º) suvi qaynoq buloqlar (80-93º) ham bor.
O’rganilgan suv havzalarida minimal harorat qishda (1+1,5º) suv yuzasida kuzatiladi. Suv yuzasining 30-40 sm. qalinligi muz bilan qoplanadi. Suvning maksimal harorati yoz faslida (26-32º) sholipoyalarda +35º (39º) gacha ko’tariladi.
Ko’pchilik sun’iy suv havzalarining suvi chuchuk ularning tuzligi 118-1270 mg/l atrofida o’zgarib turadi. Zovur kollektorlarda suv tuzligi 7765-116021 mg/l gacha yetadi. Suvdagi tuzda sulfat, xlor, kalsiy, magniy natriy kaliy ionlari ko’p uchraydi. Suvning permaganat oksidlanishi sug’orish kanallarida 0,6 balqichilik hovuzlarida esa 60 mgO2/l gacha borsa biologic hovuzlarda 2500 mgO2/l ga yetadi. Suvning BPK5 0,88-11 biohovuzlarda 1072 mgO2/l. Suvning aktiv ko’rsatkichi pH±6,7-8,3 ayrim hollarda pH=11 gacha ko’tarilib suv ishqor muhitga o’tadi. Suvning erigan kislorodga to’yinishi 73- 175% o’g’itlangan baliqchilik hovuzlarida 255-260 bilogik hovuzlarda esa 3005 dan yuqori to’yingan bo’ladi.
Suniy suv havzalarining har birini o’ziga xos morfologiya gidrologiya va gidroximiyasi va o’simlik hamda hayvonlarning tarkibi miqdori rivojlanish tarqalish kabi xususiyatlari bor. Oʻrta Osiyo — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirgoqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeandan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 ylarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi. Oʻrta Osiyo:
Joʻgʻrofiy maʼnoda Markaziy Osiyoning SSSR tarkibiga kirgan qismi. Unga Ustyurt platosi, Turon pasttekisligi, Toʻrgʻay platosi, Qozogʻiston va qisman Kopetdogʻ, Pomir, Tyan-Shan togʻlari kiradi.
Siyosiy-maʼmuriy maʼnoda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston (baʼzida Qozogʻiston ham qoʻshiladi) davlatlari maydoni.
Oʻlkaning gʻarbiy chegarasi Elburs togʻining 54° 15’ shq.u. qismidan boshlanib, Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻi orqali Mangʻishloq qoʻltigʻigacha, undan Ustyurtning shimoli-gʻarbiy chinki boʻylab, Doʻngʻiztov, Chogʻray platosi, Choʻchqa va Mugʻojar togʻlari sharqiy etagi orqali oʻtib, 58° shq.u. va 48° shahrik.ga borgandan keyin shimoliga buriladi va Jetigʻara shahri gacha, undan keyin Qoʻstanay shahri orqali Ayritovgacha boradi. Soʻngra Qozogʻiston past togʻlarining shimoliy chegarasi boʻylab sharq va janubiy sharq tomon davom etib, Qozogʻiston — XXR chegarasiga tutashadi. Sharqiy chegara esa Savr, Sharqiy Jungʻariya, Jungʻariya, Boroxoro, Iren — Xabirga, Qarat, Holiqtogʻ tizmalari suvayirgʻichlari, Xontangri togʻ tuguni, Qaqshal, Otboshi tizmalari suvayirgʻichlari orqali oʻtib, Fargʻona tizmasiga kelib tutashadi, soʻngra Olay tizmasining sharqiy chekkasi va Sariqoʻl tizmasi suvayirgʻichi boʻylab oʻtib, Hindukush togʻlariga tutashadi. Bu yerda, Muztogʻdan boshlab gʻarbga tomon janubiy chegara boshlanadi va Hindukush, Safedkoʻh, Nishopur tizmalari suvayirgʻichlari boʻylab oʻtib, Elburs togʻi orqali Kaspiy dengizining janubi-sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. Oʻrta Osiyo yirik geosistema sifatida (maydoni 3300 ming km²chamasida) Qozogʻistonning kattagina qismini, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, qisman Xitoy hududlari, hamda Afgʻoniston va Eronning Amudaryo havzasiga qarashli qismini oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyoning qoʻshni tabiiy oʻlkalaridan farqlantirib turuvchi oʻziga xos bir qancha belgilari mavjud. Bular: 1) Yevrosiyo materigida tutgan oʻrnining oʻziga xosligi, yaʼni materikning ichkarisida, okeanlardan uzoqdan joylashganligi; 2) oʻlkaning berk havzadan iborat ekanligi, yaʼni bu yerda shakllangan asosiy oqimning tashqi dengiz, okeanlarga chiqib keta olmasligi va oʻlkaning eroziya bazisi hisoblangan Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqkoʻl kabi ichki havzalarga quyilishi; 3) Yer yuzasining oʻziga xosligi, yaʼni oʻlkaning shim., shimoli-gʻarbiy katta qismi tekisliklardan, sharqiy va janubiy qismi togʻliklardan iboratligi; 4) tabiiy sharoitida ichki tafovutlarning kattaligi, yaʼni tabiatining barcha komponentlari oʻlkaning turli qismlarida keskin farq qilishi; 5) oʻziga xos gorizontal tabiiy zonalarning mavjudligi va ularga mos balandlik mintaqalarining rivojlanganligidir. Bu oʻlkada oʻsimliksiz koʻchma qumlar, oʻtish qiyin boʻlgan chakalakzor oʻrmonlar, ekinzor va bogʻlardan iborat vohalarni koʻrish mumkin; 6) ekologik sharoitiga koʻra ham berk oʻlka, bu tabiatdan foydalanishda ehtiyotkorlikni talab etadi.

Download 181,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish