I bob. O'Zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirish 1


jadval Oltin-valyuta zahiralari yirik hajmda bo’lgan ba'zi bir davlatlar ro’yxati



Download 127,25 Kb.
bet4/12
Sana28.05.2022
Hajmi127,25 Kb.
#612589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

jadval
Oltin-valyuta zahiralari yirik hajmda bo’lgan ba'zi bir davlatlar ro’yxati
(mlrd. AQSH dollarida)




Chet el valyutasi

Valyuta va oltin






1990

1996

1997

1990

1996

1997

Rivojlangan mamlakatlar:

589,1

789,2

777,2

895

1065,5

1023,4

Yaponiya

78,5

216,6

221,1

87,8

225,6

229,2

AQSH

72,3

64,0

56,8

173,1

160,7

144,3

Germaniya

67,9

83,2

80,8

104,5

118,3

112,6

Ispaniya

51,2

57,9

63,4

57,2

63,7

68,6

Italiya

62,9

45,9

42,2

88,6

70,6

64,5

Shveytsariya

29,2

38,4

35,0

61,3

69,2

62,9

Frantsiya

36,8

26,8

29,0

68,3

57,0

56,4

Gollandiya

17,5

26,8

27,7

34,4

39,6

36,1

Norvegiya

15,3

26,5

28,5

15,8

27,0

28,8

Avstriya

9,4

22,9

20,6

17,2

26,8

24,0

Rivojlanayotgan mamlakatlar:

318,2

780,1

842,4

373,3

838,6

895,0

Xitoy

29,6

107,0

122,8

34,5

111,7

127,1

Tayvan

72,4

88,0

90,0

77,7

93,0

94,6

Singapur

27,7

76,8

80,7

27,7

76,8

80,7

Gonkong

24,6

63,8

67,6

24,6

63,8

67,6

Braziliya

7,4

58,3

55,8

9,2

59,7

57,2

Janubiy Koreya

14,8

34,0

34,0

14,9

34,2

34,2

Tailand

13,3

37,7

31,4

14,3

38,6

32,2

Indiya

1,5

20,2

25,7

5,6

24,9

30,0

Malayziya

9,8

27,0

26,6

10,7

27,9

27,4

Meksika

9,9

19,4

23,8

10,2

19,5

23,9


«Luvr kelishuvi» iqtisodiyot va pul-kredit siyosatini muvofiqlashishiga olib kelmadi, chunki unda hisob stavkasini o’zgartirish kelishuvi doirasidan chetga chiqilmadi hamda AQSH davlat byudjeti taqchilligi muammosini hal etish masalasi va xalqaro to’lovlarni balanslashtirilmaganligiga erishilgani yo’q.
Oxirgi yigirma yil davomida valyuta siyosatidagi barqaror holatni olib borish maqsadida hamda o’z valyutalarining kuchli pozitsiyasini ushlash uchun bir qancha rivojlangan va shunisi kizikarliki, rivojlanayotgan mamlakatlar ham yigayotgan oltin-valyuta zahiralarining ko’payishi bilan izohlash mumkin. Oltin va valyuta zahiralarining yetarliligi bir qancha Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz paytida interventsiya qilishga asosiy manba bo’lib xizmat qildi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki haqidagi qonunning 42-moddasida xalqaro zahiralar to’g’risida quyidagicha qayd etib o’tilgan:
«Markaziy bank o’zining balans hisoblarida O’zbekiston Respublikasining xalqaro zahiralarini shakllantiradi. Bu zahiralar quyidagilarni:

  • oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;

  • naqd chet el valyutasini;

  • chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda
    bo’lgan chet el valyutasi qoldiqlarini;

  • chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki
    kafolatlangan chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni o’z ichiga oladi.

Markaziy bank O’zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek, xalqaro operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni ta'minlash uchun yetarli bo’lgan darajada xalqaro zahiralar saqlab turilishiga yordam beradi.
Mamlakat valyuta siyosatini takomillashtirish quyidagi vazifalarni samarali bajarishga ko’p jihatdan bog’liq:

  1. Markaziy bankning pul-kredit instituti sifatida iqtisodiyotdagi mavqei avvalo, uning banknota emissiyasi sohasidagi monopol mavqei va pul-kredit siyosatining ta'sirchanligi bilan belgilanadi. Bu esa, o’z navbatida, hal qiluvchi darajada Markaziy bankning hukumatdan mustaqilligiga bog’liq.

  2. Markaziy bankning valyuta siyosati doirasidagi bajaradigan barcha operatsiyalarini 3 asosiy turi mavjud, ya'ni:

  1. valyuta interventsiyasini boshqarish bilan bog’liq operatsiyalar;

  2. rasmiy oltin-valyuta zahiralarini boshqarish bilan bog’liq operatsiyalar;
    v) hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq operatsiyalar.

Yuqoridagi paragraflarda amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ta'sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud va ularni hal qilish dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi.
Markaziy bankning valyuta siyosatining ta'sirchan-ligini oshirish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
1. Hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq operatsiyalarni to’liq Markaziy bank ixtiyoriga berish.
Ushbu masala hal qilinmasa, Markaziy bank valyuta mablag’lari harakatini pul massasiga ta'siri bilan bog’liq jihatlarini to’liq nazorat qilish imkoniyatiga ega emas.
Shu narsa yaqqol ko`rinib turibdiki, Markaziy bank hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq valyuta mablag’larining harakatida bevosita ishtirok etish huquqiga ega emas. Hukumatning o’zini moliyalashtirish manbalariga ega ekanligi markaziy bankning ushbu jarayondagi ishtirokini cheklab qo’yadi. Buning ustiga, hukumatning tashqi qarzini to’lashda manba bo’lib xizmat qiluvchi Respublika Valyuta Fondi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank xuzuridadir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, AQSH, Germaniya, Avstriya Markaziy bankning hukumatning tashqi qarzini to’lashdagi ishtiroki kattaligini ko’rish mumkin.
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida amalga
oshiradigan asosiy vazifalaridan biri - mamlakatda tijorat tusidagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo’lib turibdi. Buning uchun esa, joriy bozorni rivojlantirish zarur. Avvalo, Respublika Valyuta Birjasini likvidli-ligini to’liq ta'minlash zarur. Chunki, har qanday turdagi muddatli valyuta operatsiyasi - «svop», «Forvard», valyutaviy optsionlar va fyucherslar bilan bog’liq operatsiyalar pirovard natijada SPOT bozorining likvidliligiga bog’liq.
Markaziy bank «GOLD-SVOP» operatsiyalari vositasida SPOT bozorining likvidliligini ma'lum vaqt mobaynida ta'minlab turishi mumkin. Ammo, bunda SPOT bozoridagi likvidlilik doimiy tusga ega bo’lishi lozim. Aks holda «GOLD-SVOP» operatsiyalari jiddiy zarar keltirishi mumkin. Bunda SPOT bozorining likvidliligi yanada pasayib ketishi mumkin.
3 . O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta siyosatining ta'sirchanligini oshirish bilan bog’liq muhim masalalardan biri, iqtisodiyotni chet el valyutalarida kreditlash jarayoniga kumaklashish mumkin.
Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish davom etayotgan hozirgi sharoitda chet el valyutalarida kredit olishga talab kuchli. Bu talab esa, o’z navbatida, tijorat banklari tomonidan «spred» darajasini yuqori belgilashga imkon beradi. Bu esa, investitsiya faolligini ma'lum darajada bugib kuyishi mumkin. Lekin, tijorat banklari yuqori darajada foyda olishga erishadilar. Sababi shundaki, ular kichik «spred» bilan kredit oladilar va yuqori darajadagi talabga asoslangan holda «spred» darajasini oshiradilar.
Ana shu holatga barham berish maqsadida Markaziy bank garovli kreditlar mexanizmidan foydalanish kerak. Buning afzalligi shundaki, Markaziy bank tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari qoldiqlarini ma'lum qismini garov sifatida olib, bozor darajasidan past stavkada xorijiy valyutada kredit berish mumkin. Bunda berilgan kredit summasiga egalik qilish Markaziy bank tasarrufida koladi. Shu yo’l bilan Markaziy bank chet el valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasiga ta'sir qiladi. Asosiy masalalardan biri, bu erda, garovga olingan summalarga foiz to’lash xususida bo’ladi. Sababi shundaki, bu summalarga bozor stavkasida foiz to’lash kerakmi yoki, undan past stavkada foiz to’lash zarurmi, degan savol tug`iladi.


Download 127,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish