I bob. Pul tushunchasi va uning finksiyalari



Download 1,02 Mb.
bet2/11
Sana19.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#824667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
New Tayyor PUL BOZORI VA UNDAGI MUAMMOLAR kurs ishi (1)

Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda davlat fiskal siyosatining ahamiyatini o’rgani sh va xulo salar beri shdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Pul bozori. Pul bozorida muvozanatning mazmun mohiyati va ahamiyatini o'rganish;
-Pul bozori. Pul bozorida muvozanatning tashkiliy-huquqiy as o s larini o’rganish
soliq siyosatini amalga oshirish holatini tahlil qilish;
Kurs ishining predmeti sifatida Pul bozori. Pul bozorida muvozanat oshirish jarayonida, ya'ni davlat byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonida hamda xarajatlardan samarali foydalanishda jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi.
Kurs ishining obyekti sifatida O’zbekiston Re spublikasi soliq tizimi hamda davat byudjetining faoliyati belgilab olindi.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, uchta bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda davlat fiscal siyosatini ahamiyatini oshirish masalalarini o’rganish natijasida tadqiqot yuzasidan erishilgan yutuqlardan talabalar kelgusi ishlarida foydalanishlari mumkin.


I BOB PUL TUSHUNCHASI VA UNING FINKSIYALARI
1.1. Pul tushunchasi, funksiyalari, agregatlari va pulga talabning klassik nazariyasi.
Pul – iqtisodiyot sub`ektlari mulkining bir turi bo`lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko`ra farq qilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya`ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf-xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o`zgarmas bo`lgan sharoitda pul yoki xech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga xarakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funktsiyasi mavjud deb qaraladi.
Bular: 1) to`lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o`lchovi vositasi, jamgarish (boylik to`plash) vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to`lov vositasiga aylantiradi. Xozirgi zamon iqtisodiyotida to`lovlar uch yo`l bilan amalgam oshiriladi: 1) naqd pul to`lovi; 2) bankdagi xisobvaraqlarda yozuv orqali, ya`ni naqd bo`lmagan pul ko`chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiklovchi xujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.
Qiymat o`lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
O`z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga ko`ra pullar ularga o`tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muxim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo`lsa, unda u boylik to`plash maqsadida jamgariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko`chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasi jamgarish vositasi vazifasiga nisbatan muximroq ahamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to`lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo`linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o`zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
“M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo`l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar”
Makroiqtisodiy taxlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko`p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o`ssa, foiz stavkasining o`sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o`sadi. Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo`lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi:

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish