I-bob. Ta`Lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlar faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari



Download 54,24 Kb.
bet1/9
Sana31.05.2022
Hajmi54,24 Kb.
#623610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TA`LIM-TARBIYA JARAYONIDA IJTIMOIY INSTITUTLARNING O`ZARO HAMKORLIGI




MUNDARIJA
KIRISH……......………………………………………………………3


I-BOB. TA`LIM-TARBIYA JARAYONIDA IJTIMOIY INSTITUTLAR FAOLIYATINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI…………............................................................................8


1.1. Ijtimoiy institutlar faoliyatining mazmuni va ilmiy jihatdan o`rganilganligi…………….....................................................………....8
1.2. Pedagogik jarayonda ijtimoiy institutlarning o`zaro hamkorligiga ta`sir etuvchi omillar va ularning ahamiyati..……………………….....14
I-bob yuzasidan xulosa ………………………….…………………….19


2-BOB. TA`LIM-TARBIYA JARAYONIDA IJTIMOIY INSTITUTLAR FAOLIYATINING AMALGA OSHIRILISHI VA ULARNING TAHLILI………………………………………….…...21


2.1. Pedagogik jarayonlarda ta`lim ijtimoiy institut sifatida.………....21
2.2. Taʼlim muassasalarida ijtimoiy institutlar o`zaro hamkorligini amalga oshirishning amaliy tahlili ……………….………..………….32
II-bob yuzasidan xulosa…………………………….…………………36


XULOSA VA TAVSIYALAR………………….…………………....37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….…………….…39
ILOVALAR……………………….…...…………………………...…41


KIRISH
Mamlakatimizda yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. O`g`il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak manaviyatli bo`lib ulg`ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
“Institut ” deganda bir birlari bilan ancha keng birlikka qoshilgan qismlar yoki elementlaming ozaro tartibga solingan joylashuvi tushuniladi. Ijtimoiy institut-jamiyatdagi mavjud mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi hamda ijtimoiy vazifalar tizimidan kelib chiquvchi nisbatan mustahkam, o`zaro bog`langan ijtmoiy birliklar, shuningdek, ijtmoiy tizim elementlarining majmuasi; jamiyatning yoki ijtimoiy guruhning ichki qurilmasidir. Ijtimoiy institutning oxirgi tarkibiy qismlari ijtimoiy hayotda ishtirokchi shaxslar sifatida namoyon bo`ladigan insonlardir. Institutning o`zi esa, shaxslarning bir-biriga nisbatan tartibli joylashtirilishidir.
Ijtimoiy institut-( lotincha institutum, ruscha lug`aviy ma`nosi-ustanovniya, o`zbekcha ma`nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to`plamini, ikkinchidan, mahkama muassasalarini bildiradi. Ijtimoiy institut tushunchasi huquqshunoslik fanidan kirib kelgan. Yurispendensiyada ijtimoiy institutlar deyilganda ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar (merosxo`rlik, mulkka egalik , oila va nikoh institutlari ) tushuniladi.
Institutsional sotsiologiya-ijtimoiy hayotiy tashkil etishning va idora etishning barqaror shakllarini o`rganuvchi sohadir.
Ijtimoiy institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko`rinishda, ijtimoiy institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko`ra esa, ijtimoiy institut va shakillarining konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadiga muvofiqdir, rasmiy va norasmiy, barqaror standartlashgan tamoyil, normalar, o`rnashmalarni bildiradi. Ijtimoiy institutlar hatti harakatining nisbatan barqaror shakllari namunalarini, avloddan-avlodga o`tuvchi an`analar, odatlarni qayta takror hosil qilishini ham ta`minlaydi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir ijtimoiy institut muayyan ijtimoiy ahamiyatli vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi. Har bir ijtimoiy institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta`minlovchi konkret funksiyalar, ushbu institutga xos bolgan sotsial pozitsiya va rahbar shuningdek maqsadga muvofiq, kerakli xatti-harakatni rag`batlantiruvchi va deviant xatti-harakatlarga qarshi qaratilgan tazyiqlar tizimi bilan tavsiflanadi.
Jamiyat faoliyatini ta`minlovchi ijtimoiy institutlar, jamiyatning barcha jabhalariga yangi jamiyat tarzida hozirlovchi turli xil ijtimoiy institutlardir. Prezdentimiz Sh.M.Mirziyoyev izchil tadbiq qilayotgan konstitutsiyaga muvofiq, yangi ijtimoiy institutlar an`anaviy ijtimoiy institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo`yiladigan balki jamiyatimizning o`tmishi, hozirgi va kelajagi vorisligini ta`minlashga xizmat qiladigan, jamiyatdan begonalashmagan mamlakatimiz mintaqasiga mos keladigan ijtimoiy institutlar faoliyatiga yo`l ochib bermoqda.
Jamiyatni tashkil etuvchi ijtimoiy institutlarga oila, maktab, mahalla, nazorat organlari va boshqa ijtimoiy institutlarni kiritishimiz mumkin.
Oila - insonlarning tabiiy biologik-fiziologik, moddiy, iqtisodiy, xuquqiy- qonuniy, ma'naviy, axloqiy aloqa-munosabatlari asosida qurilgan ijtimoiy birlikdan iborat.
Mahalla - kishilarni jam qiluvchi, ular ortasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, milliy qadriyatlarimizni avloddan-avlodga yetkazuvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla ijtimoiy institut sifatida sharqona demokratiyaning bebaho namunasidir.
Rivojlanib borayotgan bolalar hamda o’smir shaxsini o'rganish eng dolzarb psixologik va pedagogik muammolardan biridir, ammo bu faqat jinsning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu yoshdagi gender tafovutlari psixologiyasini jiddiy o'rganish endigina boshlanmoqda va empirik dalillar juda munozaralidir. O'qituvchilar va maktab psixologlari ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lgan dolzarb masala - bu o'quv faoliyatining boshida tashvishli tajribalarni boshdan kechirayotgan birinchi sinf o'quvchilariga ularga moslashishga yordam beradigan tarbiya va o'qitish sharoitlarini yaratish masalasidir.
“Bizni hamisha o`ylantirib keladigan yana muhim masala- bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so`z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog`liq. Bugun zamon shiddat bilan o`zgaryapti. Bu o`zgarishlarni hammadan ham ko`proq his etadigan kim-yoshlar. Mayli, yoshlar o`z talablari bilan uyg`un bo`lsin.Lekin ayni paytda o`zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug` zotlarning avlodimiz , degan davat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o`zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya takidladi prezidentimiz.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta masuliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasining barcha bo`g`inlari maktabgacha ta`lim, maktab, o`rta mahsus va oliy ta`lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta tamirlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o`z samarasini beradi.
O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi natijasida jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o`tdi. Jamiyatning yangilanishi ta`lim sohasida islohotlar qilinishini, o`zgartirishlar kiritilishini, yangicha ta`lim berish usullarini, yangicha yondashuvlarni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan sog`lom mustaqil fikrlovchi, aqliy takomillashgan yuksak ahloqli va istedodli shaxsni jahon andozalariga mos ravishda dunyoviy bilimlar bilan ham nazariy, ham amaliy qurollantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi demokratik boshqaruv tamoyillariga asoslangan huquqiy davlat hamda fuqorolik jamiyatini barpo etish maqsadida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy , madaniy va ilmiy sohalarda tub islohotlar olib borilayotgan bir sharoitda yoshlarning intelektual salohiyatini yuksak darajaga ko`tarish , bu borada o`quvchilarning kasbiy shakllanishida intelekt darajasini aniqlash va dinamikasiga tasir etuvchi omillarni o`rganish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Respublikamizda tub demokratik o`zgarishlar yuz berayotgan bir davrda insonparvar psixologiyaning qonuniyatlarini va ilmiy materiallarini o`rganish, ulardan o`z faoliyatimizda foydalanish vazifasi qo`yilmoqda. Ayniqsa uzluksiz ta`lim tizimi jarayonida ta`lim subektlarining psixologik xususiyatlarini, o`zaro munosabatlarining psixik asosini tadqiq etish muhim masaladir.
O`zbekiston Respublikasi yoshlarning bilim olishlari va dunyoqarashlarini qatiy maqsadli, izchil, tizimli, uzviy tashkil etish, ularni jamiyatning faol azosi sifatida faoliyat ko`rsatishlariga erishish, eng avvalo, mazkur masalaning dolzarb pedagogik-psixologik muammo sifatida keng ko`lamli va chuqur tadqiq etishni taqozo etadi. Shu sababli kurs ishi “Ta`lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning o`zaro hamkorligi” mavzusida bajarildi.
Kurs ishining maqsadi: Ta`lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning o`zaro hamkorlik faoliyatini oʻrganish.
Kurs ishining predmetini: Ta`lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning o`zaro hamkorligi muammolari
Kurs ishining obekti: Ta`lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning o`zaro hamkorlik jarayoni
Kurs ishining vazifalari:
-Nazariy materiallarnini o'rganish.
-Sotsiumda ijtimoiy institutlar faoliyatini o'rganish uchun zarur bo'lgan diagnostika vositalarini tanlash.
-Pedagogikada ijtimoiy institutlar muammosi bo‘yicha ijtimoiy-psixologik nazariya va konsepsiyalarni o‘rganib chiqish.
- Ijtimoiy institutlar faoliyatida uchraydigan muammoli vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish borasida pedagogik psixologik tavsiyalar.
-Ijtimoiy institutlarning o`zaro hamkorligini o'rganish.
-Ma'lumotlarni qayta ishlash va qiyosiy tahlil qilish.

Download 54,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish