I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatning bitim tuzishdan manfaatdorligi



Download 61,66 Kb.
bet26/27
Sana30.04.2022
Hajmi61,66 Kb.
#598869
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
MODDALAR KORXONA 1

43-modda. Jamiyatning bitim tuzishdan manfaatdorligi
Tuzilishidan jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxslar, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zosi manfaatdor bo‘lgan yoki o‘z affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchisining manfaatdorligi bo‘lgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining roziligisiz jamiyat tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari quyidagi hollarda jamiyat tomonidan bitim tuzilishidan manfaatdor shaxslar deb e’tirof etiladi:
bitim taraflari hisoblansalar yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini ifodalasalar;
bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxs aksiyalarining (paylari, ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega bo‘lsalar (har biri alohida-alohida yoki jamlangan holda);
bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan bo‘lsalar.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar jamiyatning ustavida belgilangan boshqa hollarda ham jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar:
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) affillangan shaxslari aksiyalarining (paylar ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
ular tuzilishidan manfaatdor deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan tuziladigan yoki taxmin qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining e’tiboriga yetkazishlari kerak.
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimlarni jamiyat tuzishi to‘g‘risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning uning tuzilishidan manfaatdor bo‘lmagan ishtirokchilari umumiy ovozlarining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Agar bitim jamiyat bilan boshqa taraf o‘rtasida, bitim tuzilishidan manfaatdor shaxs ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq shunday shaxs deb e’tirof etiladigan paytga qadar bo‘lgan, odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilgan bo‘lsa, manfaatdorlik bo‘lgan bitimni tuzish ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorini talab qilmaydi (jamiyat ishtirokchilarining keyingi umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga qadar qaror talab qilinmaydi).
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan va ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan bitimlar jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosi asosida sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Manfaatdor shaxs jamiyat oldida o‘zi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Agar bir necha shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar bo‘ladi.
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish jamiyatning ustavi bilan uning vakolatlari jumlasiga kiritilishi mumkin, bitim yoki bitimning predmeti bo‘lgan mol-mulkning qiymati bo‘yicha haq to‘lash summasi jamiyatning oxirgi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan mol-mulki qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lgan hollar bundan mustasno.

Download 61,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish