I-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish


Qanday hujjatlar taqdim etiladi?



Download 258,51 Kb.
bet11/13
Sana25.02.2022
Hajmi258,51 Kb.
#462788
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
o\'zbekistonda kichik tadbirkorlik berilgan soliq va kredit imtiyozlari

Qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Kredit olish uchun qarz oluvchi — jismoniy shaxslar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ariza;

  • pasport nusxasi;

  • jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlash bo‘yicha tavsiyanoma.

2. Kredit olish uchun qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
biznes-reja;
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno);
ta’minot turlaridan biri (uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polisi, mol-mulk, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi).

2.3.Tadbirkorlik subyektlariga yana bir imtiyoz: kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan soliq imtiyozlarining uzaytirilishi
Koronavirusdek koʻrinmas balo nafaqat insoniyat hayotiga, balki mamlakatda barcha sohalar va tarmoqlar faoliyatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bugun Oʻzbekistonda ham kasallik avj olayotgani tufayli biroz oldin yumshatilgan karantin qoidalari yana kuchaytirildi. Bu esa yana koʻplab tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatishga majbur qilmoqda. Lekin xavotirga oʻrin yoʻq.
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 20-iyul kuni imzolangan “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda tadbirkorlik subyektlari uchun bir qator imtiyozlar belgilandi.
Xususan, pandemiya davrida umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash, ularning daromadlarini taʼminlash, shuningdek, ish oʻrinlarini saqlab qolish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etiladigan boʻldi. Shuningdek, koʻchmas mulkni ijaraga berish boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ham vaqtincha toʻxtatiladi.
Ahamiyatli tomoni, 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalaridan alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim undirilmaydi. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati esa 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllagan holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan xodimlarning yillik oʻrtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshiriladi.
Yana bir yengillik bu — mazkur korxonalarning 2021-yil 1-iyulga qadar karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab, tuman (shahar) hokimliklarini xabardor qilgan holda isteʼmolchilarga ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish uchun oʻzlariga tutash boʻsh yer uchastkalarida yengil konstruksiyalarni bepul joylashtirish va qurish huquqi berilayotganidir.
Yaʼni endilikda karantin qoidalari yumshatilishi bilan tadbirkorlik subyektlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan, davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport toʻxtashi taqiqlanmagan joylarni koʻrsatgan holda xabardor qilish orqali avtodoʻkon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilishlari mumkin boʻladi.
Isteʼmolchilarga ovqatlanish yoki hordiq chiqarish xizmatlarini koʻrsatish uchun yengil konstruksiyalarni joylashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha vaqtinchalik talablar esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Farmonda belgilab qoʻyilganidek, 2020-yilda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.
Mazkur hujjat bilan Prezidentimizning 2020-yil 18-maydagi tegishli Farmonida belgilangan quyidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalari 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilmoqda:
– mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha berilgan imtiyozlar;
– kichik tadbirkorlik subyektlari;
–bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan, banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun;
– ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga pasaytirish boʻyicha mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlar (aksizosti mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
–bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam boʻlmagan muddat davomida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan, tovarlarni (isteʼmol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz soligʻini toʻlash muddatini kechiktirish taqdim etish.
Shuningdek, mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorlikni undirishni toʻxtatish kabilar shular jumlasidandir.
Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbarining navbatdagi qoʻllab-quvvatlovi ayni paytda daromadsiz qolgan ushbu tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyatdir. Faqat ulardan foydalanayotganda gigiyena va karantin qoidalariga toʻliq amal qilish lozim. Aks holda oqibati qanday boʻlishi barchamizga ayon.

Download 258,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish