I-bosqich talabasi



Download 40,58 Kb.
bet1/5
Sana01.06.2022
Hajmi40,58 Kb.
#625862
  1   2   3   4   5
Bog'liq
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI




NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

HARBIY TA`LIM FAKULTETI
I-BOSQICH TALABASI
AVULOV O`LMASNING
<> FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI


Toshkent - 2021y
Mavzu: Harbiy xizmatchilardagi emotsiya, xissiyot va iroda.
Reja:

  1. Emotsiya va xissiyotlar haqida tushuncha.

  2. Iroda va uni harbiy xizmatchilarda tarbiyalash yo’llari.

  3. Iroda – odamning o‘z ustidan, o‘z his-tuyg‘ulari, o‘y-fikrlari, xatti-harakatlari ustidan hukmronlik qilishidir.

  4. Irodasi sustlikning patologiyasi .



  1. Emotsiya va xissiyotlar haqida tushuncha.

«Emotsiya» so‘zi lotincha bo‘lib, «hayajonlantiraman», «iztirobga solaman» degan ma’noni bildiradi. Emotsiya va hissiyot terminlari ko‘p hollarda bir ma’noda ishlatiladi. Emotsiya shaxsning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.
His-tuyg‘ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimiz ham, uning muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlari ham his-tuyg‘ular uyg‘otadi.
Hissiyotlar faoliyat ta’siriga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: astenik va stenik.
Astenik hissiyot shunday hissiyotki, u kishining faoliyatini, g‘ayrat-shijoatini susaytiradigan hislardan iborat bo‘lib, ko‘pincha kishi umidsizlanganda, ruhiy tushkunlikka tushganda ro‘y beradi.
Stenik hissiyot esa, aksincha, shaxsning hayot faoliyatini jadallashtiradigan, kuch-g‘ayratini oshiradigan, barcha ruhiy jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Masalan, haddan tashqari xursandchilik.
Amalga oshish shakliga ko‘ra hissiyotlar qo‘yidagi uch turga bo‘linadi:

  • Kayfiyat;

  • Affekt;

  • Ishtiyoq;

Inson emotsiya va hissiyotlarining birlamchi manbai uning ehtiyojlaridir. Emotsiya va hissiyotning manba–sabablarini insonning maqsad va ehtiyojlariga mos keladigan yoki aksincha mos kelmaydigan buyumlar va hodisalardan axtarish kerak. Ko‘plab ijobiy hissiyotlar (qoniqish, xursandchilik va hokazo) inson istaklari qondirilganda tug‘iladi yoki aksincha, ular qondirilmaganda esa salbiy his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Agar, bordiyu atrofdagi buyum va hodisalar insondagi maqsad va ehtiyojlarga aloqador bo‘lmasa, ular hissiy munosabatlarni yuzaga keltirmaydi, ya’ni, inson ularga nisbatan befarq munosabatda bo‘ladi.
Emotsiya va hissiyotlar kechinmalar sifatida qa’tiy o‘zaro aloqadorlikka ega bo‘lsalar-da, ular o‘rtasida muhim farqlar ham mavjud. Organizmning ovqatga, sovuqdan va jaziramadan himoyalanishga, uyquga, o‘z-o‘zini saqlab qolishga nisbatan bo‘ladigan ehtiyojlari bilan bog‘liq qoniqish (yoki qoniqmaslik) hissiyotlari emotsiyalarga misol bo‘ladi. Emotsiyalar insonlarga ham, hayvonlarga ham xos. Biroq, inson emotsiyalari hayvonlarnikidan butunlay farqlanadi: ular ma’lum darajada ijtimoiy tajriba ta’siri ostida o‘zgargan, qayta tuzilgan bo‘ladi. Insondagi emotsiyalarning namoyon bo‘lish shakli ham (emotsional kechinmalar vaqtida o‘z xulq-atvorini boshqara olish imkoniyati), shunindek, u yoki bu emotsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish va maqsadga erishish usullari ham ijtimoiy hayot sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Insonning faoliyat jarayonida tug‘iladigan vaziyatlarga, shuningdek, unga ta’sir etadigan buyumlarning alohida xususiyatlariga nisbatan bo‘ladigan reaksiyalari vaqtida emotsiyalar paydo bo‘ladi. Masalan, musiqiy ohanglar yoqimli bo‘lgani holda, ikkita shisha bo‘lagini bir-biriga ishqalaganda chiqadigan tovush yoqimsiz bo‘ladi. Bunday emotsiyalar shartsiz reflekslarga asoslanadi, ya’ni, u insonning ijtimoiy xususiyatlariga bog‘liq emas.
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsning sub’ektiv kechinmalarini aks ettirilish hodisasidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’ektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot – yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarini aks ettirilishdir. Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, qo‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo‘lar edi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’bassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali, xoh zararli bo‘lishdan qat’i nazar) omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat sub’ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining ijtimoiy hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida shakllangan (evolyusion yo‘sinda), muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomad qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.
Shaxs hissiyotning sub’ekti hisoblanib, mazkur holatning namoyandasi, uni aks ettiruvchi tariqasida olamni anglash, bilish jarayonida o‘zining shaxsiy faoliyatini (xulq-atvorini) maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun hissiy kechinmalarni o‘zgartirish qudratiga ega. His-tuyg‘ular shaxsdan ajralgan holda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular hissiyot sub’ekti bilan birga hukm suradi, binobarin, hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo‘ladi, xolos. Insonda emotsional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida ta’bassum yoki qayg‘u, goho ajablanish uyg‘otadigan narsa va hodisalar hissiyotning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Shaxsdagi emotsional o‘zgarishlar uning hayoti va faoliyatida, shaxslararo munosabatida, insonlar bilan muomalaga kirishishda, ayrim hollarda biron bir voqelik to‘g‘risida xayol surganda, armon tuyg‘usi odamga xotirjamlik bermaganida yuzaga keladi.
Shaxsning emotsional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizolar va ularning hal qilinishi, oldining olinishini aks ettirishdan iborat jarayonlar majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama hissiyotni keltirib chiqaradigan omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan muhit o‘rtasidagi (tabiiy muhit, ijtimoiy muhit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi munosabatlar; 2) tana a’zolari, ichki organizm tarkiblari muhitidagi munosabatlarning nisbiy muvozanati o‘zgarib turishi; 3) favquloddagi vaziyatlar tufayli yuzaga keladigan har xil kechinmalar va boshqalar.
His-tuyg‘ularning yana bitta (to‘rtinchi) sifati shaxsning hissiyot ob’ektlariga nisbatan emotsional munosabatlarining qisqa muddatli aks ettishini ta’minlovchi tashqi ta’sirining noaniqligi ifodalanishidir.
Shuni eslab o‘tish lozimki, hissiyot o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning kuchayishi yoki susayishiga qarab qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bashorat qilish yoki payqash mumkin. Shaxsning his-tuyg‘ularida ham barqaror, ham o‘zgaruvchan jabhalari birgalikda hukm suradi.
Shu sababdan shaxsning hissiyotida hukmron, ustuvor his-tuyg‘ular mavjud bo‘lishiga qaramay, ular vaziyat, sharoit yangilanish bois keskin o‘zgarishlarga uchraydi, dinamik stereotiplar zaiflasha boshlaydi. Shuning uchun psixologiyada hissiyot o‘zgarishining dinamikasi degan atamalar birikmasi uzluksiz ravishda qo‘llanilib kelinadi.
Shaxsda namoyon bo‘layotgan hissiyot asta-sekin jadallashib borgani evaziga u ruhiy kechinma sifatida mustahkamlanib qolishi mumkin. Masalan, jahon xalqlarida er kurrasining u yoki bu joylarida qo‘poruvchilik ko‘rinishlariga jirkanch nazar bilan qarash tuyg‘usi uyg‘ongan bo‘lsa, keyinchalik terrorizmga (lotincha terror kuch ishlatish bilan qo‘rqitish demakdir) shafqatsiz kurash, nafrat umumiy militarizmga (latincha militaris harbiylashtirish ma’nosini anglatadi) yo‘naltirildi. Xalqlarda narkotik (yunoncha harkotikos miyani aynitadigan) moddalarga nisbatan jirkanch tuyg‘usi kuchayib borishi, dinamikasi sababli narkobiznesga (inglizcha business foyda degani)bilan ayovsiz kurash insoniyat genini (zotini) buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka o‘sib o‘tdi. Shaxs kechirayotgan his-tuyg‘ular mazmundor, aks ettirilayotgan hodisalar rang-barang, o‘zaro ta’sirlar, aloqalar, munosabatlar serqirra, ko‘pyoqlamalik xususiyat kasb etsa, u holda hissiyot dinamikasiga puxta negiz hozirlaydi.
Lekin shuni ham ta’kidlash ma’qulki, hissiyot dinamikasi har xil kechishi, uning xususiyati, yo‘nalishi biroz o‘zgarishi mumkin. Chunki hissiyot bir yo‘nalishda kuchayib borish bilan bir qatorda uning susayishi, hatto so‘nib borishi, haddan tashqari zaiflashuvi ham kuzatiladi. Masalan, intizomni buzgan xodimni «haydash» bilan qo‘rqitish emotsional ta’sirini yo‘qotadi, agarda biror jazo chorasi qo‘llanilmasa, mabodo talabani dars qoldirishi po‘pisa qilish bilan cheklansa, unda qo‘rqinch ruhiy holati yo‘qoladi. Ana shunday hodisalar va nomutanosibliklarning takrorlanishi sababli emotsional moslashuv (adaptatsiya) jarayoni vujudga keladi, demak, hissiyotda o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Agarda hissiyot ob’ektining (narsa, hodisa, holat kabilarning) mazmuni, ma’nosi shaxsda qiziqish uyg‘ota olmasa, bunday holda emotsion to‘yinish yuzaga keladi, oldin qiziq tuyulgan narsa keyinchalik zerikarli, yoqimsiz, noxush kechinmalar hosil qila boshlaydi. Shaxs bir necha marta surunkasiga axborot, qo‘shiq, hangoma eshita bergach, unda hayajonlanish, rohatlanish, kayfiyat ko‘tarilishi paydo bo‘lmaydi, aksincha insonda zerikish hissi uyg‘onadi, ularni eshitish esa jahl chiqazadi. Shuning uchun xoh ma’lumot, xoh yumor bo‘lishdan qat’i nazar yangilik alomatlarisiz insonda qiziqish yo‘qoladi.




  1. Download 40,58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish