2.2. 4-sinf matematika darsligidagi arifmetik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish Boshlang‘ich matematika kursining asosiy materiali natural sonlar va asosiy kattaliklar, matematikasidir. Butun boshlang‘ich ta‘lim davomida bolalarda natural son va arifmetik amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu ish tushunchalarni amaliy qo‘llanishining turli usullarini qarab chiqish bilan, bolalarning sonlarni ba‘zi xossalarini, o‘nli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan hisoblash usullarini o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan ish bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu ishning natijasida bolalar dasturga kiritilgan nazariy xarakterdagi masalalarni ham, o‘rganilgan nazariy masalalarni ham amaliy va o‘quv masalalarini hal qilishga tatbiq etish malakalarini ongli va mustahkam egallashlari hamda og‘zaki va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak. Bunda nazariya va amaliyot dasturning arifmetik qismi ustida ishlash davomida birgalikda va bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Umumiy maktab ishida dasturni aynan shu muhim talabi ko‘pincha buzilishini ko‘rsatadi.
Endi 4-sinf matematika darsligidagi arifmetik mazmundagi masalalardan ko‘rib
Beriligan:
16•7•10•5 = (16*7) * (10*5) = 112 * 50 =5600
45•4•2•5 = (45*4) * (2*5) = 180 * 10 = 1800
25•8•9•4 = (25*4) * (8*9) = 100 *72 = 7200
10. 169-bet. 759-misol. Katakchalar o‘rniga >, <, yoki = belgilaridan mosini qo‘ying: 1) 7 km 046 m > 460 m; 2) 32 020 kg = 32 t 020 kg.
2.3. 4-sinf matematika darsligidagi algebraik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish Boshlang‘ich matematika kursida o‘quvchilarni o‘zgaruvchi tushunchasini o‘zlashtirishgaasta-sekin tayyorlash masalasi ko‘zda tutiladi.
Bu ish 1 sinfdanoq boshlanadi, unda “darchali” misollar qarab chiqiladi.
Darslikda shu tarzdagi misollar keltirilgan (5+...=7, ...+...=4 va hakozo).
Bolalar uchinchi sinfda oddiy tenglamalar bilan ham tanishishadi, unda harf faqat noma‘lum sonni ifodalaydi. Biroq shu sinfning o‘zida bolalar noma‘lum son sifatidagi “x” harfi bilangina tanishmay, bu yerda harf tegishli ifodalarda turli son qiymatlarni qabul qiluvchi o‘zgaruvchi sifatida keladi. Bolalar eng oddiy harfiy ifodalarning ma‘nosini tushuna bilishlari, ularga kirgan harflarning berilgan son qiymatlarida, ularga kirgan harflarning berilgan son qiymatlarida ifodalarning qiymatlarini topa olishlari, o‘zgaruvchining qanday qiymatlarida 3+a>7 tengsizlik to‘g‘ri bo‘lishlarini bilishlari kerak.