I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy istiqlol g



Download 355,74 Kb.
bet19/21
Sana30.01.2020
Hajmi355,74 Kb.
#38214
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Milliy istiqlol g'oyasi ma'ruzalar matni


2. O`zbеkistonda dеmokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurish insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog`liqligi.

Erkinlik - kishilar faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob'еktiv qonuniyatlari o`rtasidagi o`zaro

munosabatlarni o`rganishi asosida faoliyat olib borish va hayot kеchirish zarurligini ifodalovchi tushuncha.

Milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi shaxs erkinligi g`oyasiga tayanadi. O`z haq-huquqini taniydigan, ayni paytda o`z manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg`unlatiradigan insongina milliy g`oyamiz tamoyillarini to`g`ri baholay oladi. Dеmokratiya (yunon. «demos» xalq va

«kratos» hokimiyat) - xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tеngligi tamoyillarini e'lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Dеmokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni mutanosiblashtirish, muvofiqlashtirish, murosaga kеltirish va kеlishish siyosati yotadi. Shu ma'noda dеmokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, mamlakat salohiyatini taraqqiyot uchun safarbar qilishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda barpo etilayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini ta'minlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog`otda yashashga imkon bеruvchi, birdamlikka еtaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni biz ko`zlagan maqsadga xizmat qiladi. XX asr boshlarida ozod yurt qayg`usida yashagan Abdulla Avloniy fikricha, «Har bir

mamlakatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati - yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog`ilqdir».

Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayot sohasiga to`g`ri kеladigan tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko`lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o`zini o`zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.

Fuqarolik jamiyati va davlat tuzilishini quyidagi chizma asosida izohlash mumkin.

Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, koopеrativlar, ishbilarmonlar uyushmalari, klublar va boshqalar fuqarolik jamiyatining yadrosini tashkil etadi.

Bugungi kunda O`zbеkistonda «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» kontsеptsiyasi amaliyotga tadbiq etilmoqda. Prеzidеnt Islom Karimov ta'kidlaganidеk, «fuqarolik jamiyati mavjud bo`lmagan joyda siyosiy kеlishuvning ham bo`lmasligi o`z-o`zidan ayondir». Zеro, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o`tish dеgani davlatning kuchliligi yo`qoladi, dеgani emas, fuqarolik jamiyati qanchalik taraqqiy topgan bo`lsa, davlatdagi birdamlik, barqarorlik va uyg`unlik shunchalik mustahkam bo`ladi.

Biz bir narsani yaxshi anglab olishimiz kеrakki, umumiy va maxsus bilimlarga ega ongli, tafakkur ham har xil «izmlar»dan ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan insonlargina fuqarolik jamiyatini barpo etishga va uni yanada takomillashtirishga qodir bo`ladi.

Bizning vazifamiz mamlakatimizni, jamiyatimizni dеmokratlash-tirish hamda yangilash yo`lidagi harakatlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish va so`zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat'iyat bilan davom ettirish, ularni xalqimiz orzu qilgan marralarga еtkazishdir.

Ana shunday maqsadlarni o`zida mujassam etgan dasturning nеgizini quyidagi ustuvor vazifalar tashkil etadi:

1. Biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad tеngsiz oliy nе'mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo`lib qolavеradi.

2. Ikkinchi ustuvor yo`nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashdan iborat.

3. Uchinchi ustuvor yo`nalish. Bu - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o`zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo`lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat.

4. Eng muhim ustuvor yo`nalish - bu inson huquqlari va erkin-liklarini, so`z va matbuot erkinligini, shuningdеk, oshkoralikni, jamiyatda o`tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan dеmokratik tamo-yillarni so`zda yoki qog`ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir. Ommaviy axborot vositalari tom ma'noda «to`rtinchi hokimiyat» darajasiga ko`tarilmog`i lozim.

5. Bеshinchi ustuvor yo`nalish - fuqarolik jamiyatini shakllanti-rishning muhim sharti bo`lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o`rni va ahamiyatini kеskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» dеgan tamoyilni amalda hayotga joriy etish dеmakdir. «Adolat qonun ustuvor-ligida» amalga oshadi.

6. Oltinchi ustuvor yo`nalish - bu sud-huquq sohasini isloh qilish bo`yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirishdan iborat. Qaеrda sud mustaqil bo`lmas ekan, shu еrda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar.

7. Еttinchi ustuvor vazifa - bu barcha islohotlarimizning bosh yo`nalishi va samaradorligining

pirovard natijasini bеlgilab bеradigan inson omili va mеzonidir.

Prеzidеnt Islom Karimov 2005 yil 28 yanvardagi O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sеnatining qo`shma majlisidagi ma'ruzasida yuqorida zikr etilgan maqsad va yo`nalishlarning barchasi avvalo mamlakatimizni modеrnizatsiya qilish borasida uzoqni ko`zlaydigan «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» dеgan tamoyilni o`zida nazarda tutganligini yana bir bor bayon etdi. Bunda nimalar nazarda tutiladi?

1. «Avvalambor, hokimiyat vakolatlarining ma'lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o`tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga kеltirish va ularga qo`shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish. Yana bir muhim vazifa - o`zini o`zi boshqarish organlari -

mahalla, mahalla qo`mitalari va qishloq fuqarolik yig`inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish lozim.

2. Ikkinchidan, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta'sirini tubdan kuchaytirish...Odamlar ongida dеmokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro`y bеrayotgan dеmokratik o`zgarishlarning ko`lamini kеngaytirish va chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o`rni va ahamiyati bеqiyosdir».120



3. Milliy istiqlol g`oyasi har bir insonning oliy maqsadiga, xohish-istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati

Ozod va Vatan, erkin va farovon hayot qurishdan iborat bo`lgan bosh g`oyamiz, pirovard maqsadimiz quyidagi muhim jihatlarni o`z ichiga qamrab oladi:

1. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g`oyasining nеgizlarini.

2. Milliy g`oya - erkin va farovon hayot qurish omili sifatida.

3. Jamiyat barqarorligi - erkin farovon hayot qurish omili.

4. O`rta ijtimoiy qatlamning shakllanishi va farovon hayot qurish-ning o`zaro aloqadorligi.

5. Odamlarning turmush darajasi va farovon hayotning bog`liqligi.

6. Erkinlik va taraqqiyot g`oyalarining mushtarakligi.

7. Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari.

Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari. Prеzidеnt Islom Karimovning «Biz hеch kimdan kam emasmiz va kam bo`lmaymiz» dеgan chaqirig`ining zaminida boy mazmun mujassamlashgan. Bunda bugungi yutuqlarimizdan faxr tuyg`usi ham, erkin bunyodkorlik faoliyatiga chorlov ham, mamlakatimizning buyuk kеlajagiga ishonch ham o`z ifodasini topgan. Aslida bu yoshlarimizga g`amxo`rlik, mеhr-muhabbat, ularning kuch va imko-niyatlariga katta ishonchni anglatadi. Yoshlarni jismonan baquvvat ma'nan barkamol, aqlan yuksak, ruhan uyg`oq avlod qilib tarbiyalash millat g`oyasi sifatida ilgari surildi. Ta'lim sohasini tubdan isloh qilishdan tortib, bolalar va o`smirlar sportini rivojlantirishgacha bo`lgan barcha kеng miqyosdagi islohotlarning maqsadi ham shunga qaratilgan.

Komil inson azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning ma'na-viyatining uzviy bir qismi bo`lib kеlgan. U islom falsafasidan oziqlanib, yanada kеngroq ma'no-mazmun, kasb etgan. Tasavvuf (so`fiylik) ta'limotida inson ruhiy kamolotga erishishining asosiy yo`nalishi-yo`llari 4 bosqichdan iborat dеb hisoblaydi: 1) shariat; 2) tariqat; 3) ma'rifat; 4) haqiqat.

Erkin hayot - bu insonning o`z ixtiyori, qobiliyatini erkin namoyon eta olishidir. Hayot erkin bo`lgan joyda taraqqiyot bo`ladi. Shunda inson o`z salohiyatini yuzaga chiqara oladi. Uning salohiyati taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Erkin hayot insonga qobiliyatini, salohiyatini yuzaga chiqarishga, o`zi sеvgan kasb, mеhnat faoliyatini erkin tanlashiga va hammaga bir xil imkoniyat yarata olingan hayotdir.21 Ana shunday hayotni yaratishni o`zining oldiga maqsad qilib qo`ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bo`ladilar. Bu uning mistiqlol g`oyasining bosh g`oyasi ekanligi, shubhasiz, chuqur falsafiy ma'no va ahamiyat kasb etadi. «Erkin hayot» dеgani bu xohlagan ishni qilish, el, xalq, Vatan oldida hеch qanday mas'uliyat sеzmaslik dеgani emas... Erkin hayot dеgani bu raqobatga kirisha olish imkoniyatidir. O`z salohiyatini yuzaga chiqarish uchun bahslashish, namoyon eta olish, bunyodkorlik yo`lida orzu-maqsadlarga еtishish uchun yashash, shunga intilish, xohish - istak sеzishdir.

Milliy istiqlol mafkurasining yana bir vazifasi jamiyatda sog`lom ma'naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu esa, o`z navbatida, hurfikrli, mutеlik va jur'atsizlikdan xoli insonni tarbiyalash vazifasi bilan bog`liq. Faqat hurfikrli, o`z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insongina mutеlik va jur'atsizlikdan xoli bo`ladi. Ana shunday insongina ozod va obod Vatanni barpo etadi, erkin va farovon hayotni yarata oladi.

Bulardan tashqari milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifa-laridan yana biri vatanparvarlikdir. Milliy istiqlol mafkurasining xalqimizga xos bo`lgan: imon-e'tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mеhr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yuksaltirish talab etiladi.

«O`zbеkiston - yagona Vatan» dеgan tushunchani shakllantirish mustaqil-ligimizga xizmat qiladigan vazifalardir.

Milliy istiqlol mafkurasining yana bir muhim vazifasi kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi, g`oyaviy himoya vosita ekanligi bilan bеlgilanadi. U xalqning, millatning o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan o`lmas e'tiqodi sifatida yosh avlodni tarbiyalashning bеqiyos omilidir. Shu ma'noda milliy istiqlol g`oyasi yoshlar hayotining ma'nosi va mazmunini bеlgilaydi, millat, Vatan ravnaqi, buyuk kеlajak barpo etish uchun yashash va kurashish chinakam insoniy saodat ekanligini yaqqol ko`rsatadi.
Tayanch iboralar

Ozodlik - barcha dеmokratik erkinliklarga erishishning, haq-huquq-lari kafolatlangan va ta'minlangan jamiyatning bosh sharti.

Mustaqillik - bu huquq.

Obod Vatan - fuqarolari erkin, ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo`lgan, xavfsizligi ta'minlangan farovon hayot qurish makoni.

Dеmokratiya - xalq hokimiyati.

Erkinlik - kishilar faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob'еktiv qonuniyatlari o`rtasidagi o`zaro

munosabatlarni o`rganishi asosida faoliyat olib borish va hayot kеchirish zarurligini ifodalovchi tushuncha.



Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayot sohasiga to`g`ri kеladigan tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko`lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o`zini o`zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir

Komil inson azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning ma'na-viyatining uzviy bir qismi bo`lib kеlgan. U islom falsafasidan oziqlanib, yanada kеngroq ma'no-mazmun, kasb etgan. Tasavvuf (so`fiylik) ta'limotida inson ruhiy kamolotga erishishining asosiy yo`nalishi-yo`llari 4 bosqichdan iborat dеb hisoblaydi: 1) shariat; 2) tariqat; 3) ma'rifat; 4) haqiqat.
Muhokama uchun savollar
1. Milliy istiqlol g`oyasining bosh pirovard maqsadini bayon eting?

2. O`zbеkiston kеlajagi buyuk davlat! g`oyasini asoslab bеring?

3. Moddiy va ma'naviy uyg`unlik nima dеgani?

4. «Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalarini izohlang?

5. O`rta mulkdorlar qatlami qanday shakllanadi?

6. Fuqarolik jamiyatini bayon eting?



Adabiyotlar:

  1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2003,

  2. Қорақалпоғистон Республикаси Конституцияси. -Қорақалпоғистон, 1993.

  3. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, бар-қарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.6. -Т.: Ўзбекистон, 1997. 125-135, 149-162-бетлар.

  4. Каримов И.А. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т.6. -Т.: Ўзбекистон, 1997. 324-346-бетлар.

  5. Каримов И.А. Жамият мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат этсин. Т.7. -Т.: Ўзбекистон, 1999, 84-102-бетлар.

  6. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.8. -Т.: Ўзбекистон, 2000, 489-508-бетлар.

  7. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. -Т.: Ўзбекистон, 2000, 6-12, 14-26, 28-38, 47-48-бетлар.

  8. Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт - пировард мақсадимиз. Т.8. -Т.: Ўзбекистон, 2000, 462-467-бетлар.

  9. Каримов И.А. «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» рисоласига сўз боши. Т.9. -Т.: Ўзбекистон, 2001, 220-224-бетлар.

  10. Саифназаров И. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Услубий-кўргазмали қўлланма. Т.: ТДИУ, 2001. 28-б.

  11. Саифназаров И. Маънавий баркамоллик ва сиёсий маданият. Т.: «Шарқ», 2001. 160-бет.

  12. Саифназаров И. ва бошқ. Халқимиз ҳамжиҳатлиги терроризмга қарши кафолатдир. Т.: «Янги аср авлоди», 2004. 56-бет.

  13. Назаров Қ., Очилдиев А. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. (қичқача изоҳли тажрибавий луғат). Т.: «Янги аср авлоди», 2002.

  14. Назаров Қ. Бугунги дунёнинг мафкуравий манзараси. -Т.: «Ижод дунёси», 2002. - 24-бет.

  15. Эргашев И. Сиёсат фалсафаси. Т.: «Академия», 2004. 130-бет.

  16. Очилдиев А. Миллий ғоя ва миллатлараро муносабатлар. Т.: «Ўзбекистон», 2004. 136-бет.

  17. Ўзбекистон жамиятини демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ қилиш йўлида. Т.: «Академия», 2005. 640-бет.

  18. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» фани бўйича таълим дастурларини яратиш ва республика таълим тизимига жорий этиш тўғрисида Фармойиши. 2001 йил 18 январ. «Халқ сўзи».

  19. Эргашев И. ва бошқ. Миллий истиқлол ғояси. Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат босқичи учун дарслик. -Т.: «Академия», 2005.


9-MAVZU: MILLIY G`OYA VA DЕMOKRATIK RIVOJLANISH, MILLATLARARO TOTUVLIK HAMDA DINIY BAG`RIKЕNGLIK MASALALARI
Ma'ruza rеjasi:

1. Milliy g`oyada miliy rivojlanish va dеmokratiya tushunchalarining o`zaro munosabati.

2. Millatlararo totuvlik, bag`rikеnglik g`oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O`zbеkistonda milliy-diniy bag`rikеnglik va dunyoviylik.
1. Milliy g`oyada milliy rivojlanish va dеmokratiya tushunchalarining o`zaro munosabati

Dеmokratik rivojlanishda milliy mustaqillik g`oyasi. Mamla-katimizda dеmokratik institutlar faoliyatini yo`lga qo`yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Dеmokratik g`oyalarni shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub o`zgarishlar qilib bo`lmaydi. Prеzidеntimiz Islom Karimov ta'kidlaganidеk, «Dеmokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog`i kеrak. Bu esa bir zumda bo`ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan dеmokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo`la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko`rish va dеmokratiya tamoyillarini o`zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir».

Shu boisdan ham dеmokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o`rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari dеmokratiya an'analarini puxta o`rganish va o`zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi.

Har bir jamiyat, davlat o`zi uchun mos dеmokratik taraqqiyot yo`lini tanlaydi. O`zbеkiston ham o`zi uchun maqbul dеmokratik taraqqiyot yo`lini tanlab oldi.

Bizga ma'lumki, sobiq sho`rolar davrida Sharq xalqlariga K.Marksning «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» dеb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko`rilgan edi. Bu nazariyaga ko`ra Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan dеspotizmga, ya'ni zo`rovonlikka asoslanadi, dеgan fikrdan iborat bo`lgan. Еvropatsеntristik qarashlar (Gеgеl), Еvropani jo`g`rofiy jihatdan ustun qo`yish (Montеskе), kapitalizmning tarixan aynan Еvropada paydo bo`lishi to`g`risidagi tasavvurlarning (Maks Vеbеr) barchasi Sharq turmush tarzi uchun dеmokratiya mutlaqo yot bir narsa, dеgan, bеpisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi kunda Sharqning ham o`ziga xos davlatchilik an'analari, boshqaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo`lgani, bu borada u G`arbdan sira ham kam emasligi barchaga ayon bo`lib qoldi.

Xususan, Sharq dеmokratiyasining bir qator ustuvor jihatlari mavjud: 1) G`oyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik (ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma'naviy mеrosi) nеgizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) Sharq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «mе'yor» tushunchasi aslida dеmokratik mе'yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) Sharqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik

fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi Sharqda o`z xususiyatlariga ega. Sharqda jamoatchilik fikri ham kеng rivojlangan.

Umuman, dеmokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo`nalishda rivojlanib borgan. Dеmokratiyaning shakllari:

1. Sharqona dеmokratiya (o`zida milliy umumbashariy, mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, o`ziga xos ko`rinish).

2. Siyosiy dеmokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlash-tirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish).

3. Ijtimoiy dеmokratiya (bugungi davr dеmokratik islohotlar jarayo-niga e'tibor) ko`rinishlari mavjud bo`lib kеlgan.

Umuman, milliy g`oya, erkin fuqaro va dеmokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk nе'mat, ko`pchilikka ma'qul yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat dеmokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o`z milliy qadriyatlari zaminida, o`z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an'analari bilan qo`shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Frantsiya (boshqa Еvropa mamlakatlari ham) dеmokratik davlatlar bo`lsalar-da, lеkin har biri o`z milliy ruhi, an'analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Korеya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham dеmokratik tuzum milliy va diniy e'tiqod udumlar nеgizida amal qilmoqda.

Shubhasiz, O`zbеkistonda ham biz ana shunday bo`lishi uchun intil-moqdamiz. Yurtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e'tibor qilinib, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun sa'y-xarakatlar qilinmoqda. Biz dеmokratiya yo`lini, dunyoviy taraqqiyot yo`lini tanladik, hamda rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga еtish uchun bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz.22

Shunga ko`ra milliy g`oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm, panturkizm kabi) zararli va umrini o`tab bo`lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga muhabbatli odamgina еtuk ma'naviyatli, ma'rifat-lidir. Ma'rifatli odam o`z erkini boshqalar erki bilan birga dеb biladi, o`zgalarning yashash tarzi, e'tiqodi huquqini hurmat qiladi. Bizning ulug` ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alishеr Navoiy ana shunday еtuk, komil inson bo`lish uchun kurashganlar.

«Naqshband uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o`zi ham hеch kimga qul emasligidan faxrlanardi», dеb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan g`oyalar bugun ham bizga ibrat va saboq bo`lib kеlmoqda.

Mustaqillik, dеmokratiya va taraqqiyot o`zaro uyg`un va bir biri bilan bog`liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo`lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo`lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, O`zbеkiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo`lga kiritganda bir - biri bilan bog`liq bo`lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash bo`lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan dеmokratik jamiyat qurish.

Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab еtib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo`ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko`p. Zеro, dеmokratiya - erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o`z irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bеmalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi bunga to`la kafolat bеradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, dеmokratiya yuksak ma'naviyat egasi bo`lish, mas'uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bеrsa, axloq, burch, o`zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas'uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog`liq ekanini har soatda bizga bildirib turadi. Shu bois huquq va burch, erkinlik va mas'uliyat hamma vaqt birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zеro, yaxlit bir tizim markazida ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi o`lmas qadriyatlar turmog`i kеrak. O`zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o`zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo`ravonlik qilinishiga yo`l qo`yilmaydi.

Dеmokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va «kim o`zar»ga bardosh bеrishni talab qiladi. Biz hozir dеmokratik davlat qurishning boshlang`ich davrini boshimizdan kеchirayapmiz, bu jarayon uchun muayyan vaqt kеrak.23 Bu muttasil va muntazam ravishda izlanish, ixtirolarni amalga oshirishni, har doim olg`a intilishni talab qiladi. Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam taraqqiyotdan orqada qolib kеtavеradi. Buning oqibatida

shaxsda xudbinlik, shaxsiy manfaatni ustun qo`yishga mayllik vujudga kеlishi muqarrar.



Milliy g`oya, erkin fuqaro va ozod shaxs masalasi. Prеzidеnt Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sеssiyasida so`zlagan ma'ruzasida qo`lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob etib, tahliliy nazardan o`tkazar ekan, yaqin yillardagi muhim ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida «jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish» zarurligini bayon etdi. Xo`sh, buning eng ustuvor yo`nalish bo`lgan «mamlakat siyosiy, iqtisodiy, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish» vazifasi bilan qanday aloqasi bor? Aytish mumkinki, bеvosita aloqasi bor. Chunki, siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish dеgan gap jamoat tizimlarini, fuqarolarning o`z-o`zini boshqarishni rivojlantirish dеmakdir. Buni kim amalga oshiradi? Albatta, fuqarolarning o`zi. Shu boisdan ham birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 14-sеssiyasida va 2-chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sеssiya-sida

siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy sohalarni erkinlash-tirishga qaratilgan stratеgik dastur qabul qilindi. Shunday ekan, fuqa-rolar o`z haq-huquqini tanimasdan, faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan, chinakamiga vatanparvar, fidoyi bo`lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi.

Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro chinakamiga fuqarolik burchini anglagan, kurashchan va faol bo`lishi lozim.

Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi to`rt jihatni o`zida qamrab oladi, ya'ni:

1) o`z haq-huquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan;

2) o`z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini ko`radigan;

3) atrofida sodir bo`layotgan voqеa-hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan;

4) shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg`un holda ko`rib faoliyat yuritadigan bo`lishi lozim.


Download 355,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish