I va II guruh anionlari aralashmasining analizi tartibi



Download 24,92 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2022
Hajmi24,92 Kb.
#491236
  1   2   3   4
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot


3-amaliy mashg’ulot
I VA II GURUH ANIONLARI ARALASHMASINING ANALIZI TARTIBI
Ishdan maqsad: I va II guruh anionlari aralashmasining analizi tartibini o`rganishdan iborat.
Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi,sentrafuga, asbest, distirlangan suv, probirkalar; H2SO4, I va II guruh anionlarining reagentlari.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Berilgan control aralashmada I guruh anionlari- Cl-, Br-, J-, S2-,CN-, SCN-, [Fe(CN)6]4-, [Fe(CN)6]3-, ClO3-, BrO3-, Se2-, Te2-, NO3-, NO2-, CH3COO- va II guruh anionlaridan F-, SO3-2, S2O3-2, CO32-,Cr2O72-, AsO33-, AsO43-, BO33-, BO2-, SiO3-2, C2O4-2, VO3-, MoO42-, WO4-2, GeO3-2, JO3-, JO4-, C4H4O62-, SiF62-, SeO3-2, SeO42-, TeO32-, TeO42- kabi anionlar bo`lishi mumkin.
Birinchi va ikkinch guruh anionlari aralashmasininc analizi
Birinchi va ikkinchi analitik gruppalar aralashmasini analiz qilganda ham analiz taxminiy sinashlardan boshlanadi.
1. Taxminiy sinashlar. Taxminiy sinashlar 6.13 kabi amalga oshiriladi.
2. Ayrim anionlarni topishda ularbirikmalarining uchuvchan kislotalar hosil qilishidan foydalaniladi. Uchuvchan kislotalarning mavjudligini tekshirishda mikroprobirkaga3-4 tomchi tekshiriladigan eritma va 3-4 tomchi 6 N H2SO4 eritmasi qo`shiladi. Natijada ayrim anionlaruchuvchan kislotalarhosil qiladi,bu kislotalarning ayrimlari beqaror bo`lganligi uchun parchalanib, parchalanish mahsulotlari holida chiqadi. Bunda ajralayotgan gazning tarkibida azot oksidlari (nitrition ishtiroki),oltingugurt (IV) oksid (sulfit va tiosulfat ionlar ishtiroki),vodorod sulfid (sulfid ion ishtiroki) borligi tekshiriladi.
1.Azot oksdlarii ajralayotganligini tekshirishda uchi halqa shaklidagi nixrom simi kaliy yodid va kraxmal aralashmasining eritmasiga botirilib, so`ngra ajralayotgan gaz yo`liga tutiladi.Agar nixrom simiuchidagi tomchi ko`karsa, tekshiriladigan eritmada azot oksidlari bo`ladi.
2. Oltingugurt (IV) oksidlarini topishda uchi halqali nixrom simi yodning kraxmalli eritmasiga botiriladi va ajralib chiqayotgan gaz oqimiga kiritilganda,ko`k rang yo`qolsa, eritmada sulfit, tiosulfat yoki sulfid ionlari bo`ladi. Nixrom simi halqasini natriy nitroprussid va rux atsetatning to`yingan eritmasiga botirib. gaz oqimiga tutganda qizil rangning paydo bo`lishi ham sulfit ajralayotganligini ko`rsatadi.
3. Vodorod sulfid ajralayotganligini tekshirishda nixrom simining halqasi natriy nitroprussidning ammiakli eritmasiga tushirilib,gaz yo`liga tutilganda binafsha rang paydo bo`lsa, vodorod sulfid ajralayotganligi va eritmada sulfid ion borligini ko`rsatadi.
4. Karbonat ionini topishda analizga xalaqit beradigan sulfit va tiosulfationlariajralishikerak.Buning uchun 3-5 tomchi tekshiriladigan eritmaga pH>7 bo`lganda, 5-6 tomchi 3 % li vodorod peroksid tomiziladi. Reaksiya tugagach, shu eritmaga 2 N H2SO4eritmasi qo`shiladi. Karbonat angidridning ajraiishi karbonat ionning mavjudligiga ishoradir.
5. Borat ionini topishuchun kichkinatigelda 10 tomchi tekshiriladigan eritmani bug`lating. Quruq qoldiqni sovitgandan keyin ozgina kalsiy ftorid bilan aralashtiring va shu aralashmaga 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislotaqo`shing. Bor ishtirokida uchuvchan BF3 ajraladi. Hosil qilingan aralashmaga nixrom simini tushirib,gorelka alangasi tepasiga (alangaga tegizmay) tutilsa. birozdan so`ng alanganing cheti yashil rangga kiradi.
6. Atsetat ionini topish uchun tekshiriladigan eritmaning 5-10 tomchisiga pH=7 bo`lganda tomchilab cho`kma tushishi to`xtagunga qadar AgNO3 qo`shiladi. Cho`kma sentrifugalab ajratiladiva sentrafugalangan atsetat ioniga tegishli reaksiyalar (5.30)qilibko`riladi. Buning uchun sentrifugatga 5-6 tomchi FeCl3 yoki Fe(NO3)3 eritmasidan tomiziladi. Atselat ion ishtirokida qo`ng`ir-qizil rang paydo bo`ladi, aralashma suv hammomida qizdirilganda esa qo`ng`ir-qizilrangli temir dioksiatsetat cho`kmaga tushadi. Cho`kmani senlrifugalab ajratib. qurilgandan so`ng unga soat oynasi yoki mayda tigelda KHSO4 ishqalansa, sirka kislota hidi keladi.

Download 24,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish